Sotsiologik tadqiqot nima


Download 27.82 Kb.
bet1/6
Sana17.12.2022
Hajmi27.82 Kb.
#1026553
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sotsiologik tadqiqotlarni turkumlashishi


Sotsiologik tadqiqotlarni turkumlashishi.

Reja:


  1. Empirik sotsiologik tadqiqot nima?

  2. Sotsiologik tadqiqot dasturi va uning tarkibiy tuzilishi.

  3. Empirik tadqiqot usullari.


Sotsiologik tadqiqot nima
Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Empirik so’zi kadimiy yunoncha bo’lib, tajriba ma’nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot. Yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy xayot hodisa va jarayonlari tugrisida olingan empirik ma’lumotlarni tahlilqilish, umumlashtirish zarur amaliy taqliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, tuplash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma’lumotlarga aytiladi.
Xozirgi bozor munosabatlariga o’tish jarayonida jamiyatda ro’y berayotgan muhim o’zgarishlarni, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o’rganib bo’lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmog’I zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatni ijtimoiy rivojlanishida va uni rejali prognoz berish bilan ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi.
Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik ma’lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta’minlash uchun, uning metodologik asosiga alohida e’tibor qaratilmog’i lozim. Ushbu bo’limda amaliy sotsiologik tadqiqot ishlari olib borishning metodologiyasi, uslubiyati, asosiy usul va vositalari xususida to’xtalib o’tamiz.
Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo’lib ko’rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat:

Download 27.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling