Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda, uning shaxs va jamiyat rivojlanishiga oid eng dolzarb muammolarni echishdagi roli tobora ortib bormoqda


Download 32.75 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi32.75 Kb.
#1008663
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda


Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda, uning shaxs va jamiyat rivojlanishiga oid eng dolzarb muammolarni echishdagi roli tobora ortib bormoqda. Shu boisdan insorparvarlik salohiyati bepoyon bŏlgan mazkur fanni ŏrganish, shu fanga oid ŏquv-uslubiy qŏllanmalarni yaratish, sotsiologik nazariy-metodologik va konkret-amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi.

Sotsiologiya rivojining bir yarim asrdan ziyod tarixi, sotsiologik institutlar, markazlar, oliy ŏquv yurtlarida, shu jumladan bizning mamlakatimizda ham maxsus sotsiologiya kafedralarining tuzilishi va ular faoliyati mazkur yosh fanning ma’lum yutuqlariga olib keldi.

Sotsiologiya fanini ŏrganish jamiyatning yaxlit va bir butunligi bilan bir qatorda uning ziddiyatlarini ham tushunishga yordam beradi. Sotsiologiya shaxs, kollektiv va jamiyat ŏzaro munosabatlarining qonun va qonuniyatlarini ochib beradi, shakllanayotgan yosh avlod dunyoqarashini beqiyos darajada kengaytiradi va ularning jamiyatdagi ŏz ŏrnini anglashiga kŏmaklashadi.

Hozirgi davrning keskin ŏzgargan sotsial-siyosiy shart-sharoitlari oliy darajadagi mutaxassislikka, da’vogar shaxslarga qŏyiladigan talablarni yuksak darajaga kŏtaradi. Yosh mutaxassislar ŏzlarining kasb mahoratlarini muntazam, sistemali ravishda oshira borib, zamon qŏygan muammo va echimlarni tez va ijodiy hal qilish qobiliyatiga ega bŏlishlari lozim. Bunday imkoniyatni ularga yaratib beruvchi fanlardan biri sotsiologiya fanidir.

Sotsiologiya kursi shaxsning fuqarolik va professional jihatlarini, uning intelekti va ijodiy qobiliyatlarini, yalpi umumgumanitar madaniyatini shakllantirishga kŏmaklashadi.

Ayniqsa, sotsiologiyani ŏrganish bŏlajak ŏqituvchi kadrlar uchun juda muhimdir. Chunki har bir psixologiya-pedagogikaga oid masala sotsial rivojlanishning ŏziga xosligi bilan chambarchas bog’liq. Sotsiologiyani pedagogik oliy ŏquv yurtlarida ŏqitilishining aktualligi yana shu narsa bilan bog’liqki, xalq ta’limi rivojlanishi, ravnaqi sotsial taraqqiyotning muhim dalilidir. Mazkur ma’ruzalar tŏplamida barcha ijtimoiy muammolarni muallimning tarbiyaviy-ma’rifiy faoliyati orqali tushuntirishga harakat qilinadi.

Sotsiologiya ŏquv kursining maqsadi- shaxsga sotsiologik yondoshishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, shaxs sotsiallashuvi faktorlarini va uning sotsial hatti-harakatining asosiy qonuniyatlarini tushuntirish, talabalarga sotsiologik tahlil usullarini ularning profesional faoliyatida tadbiq qilish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.

Sotsiologiya muammolarini kŏrib chiqishdagi umum metodologik yondoshish, birinchidan, kursning yalpi mazmuni va tuzilishida jamiyat rivojining ŏta muhim qonuniyatlarini aks ettirish zaruratidan, ikkinchidan, ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda muqobil variantlarni tavsiya etish ehtiyojidan, uchinchidan, ŏta dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bŏlgan muammolarni tahlil qilish zarurligidan, tŏrtinchidan, turli-tuman munosabatlar, aloqalar, faoliyatlar majmuasiga ega inson sotsiologik tadqiqotning markazida ekanligidan kelib chiqadi.





Download 32.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling