Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda, uning shaxs va jamiyat rivojlanishiga oid eng dolzarb muammolarni echishdagi roli tobora ortib bormoqda
I-MAVZU Sotsiologiya fanining predmeti, obe’kti va ijtimoiy fanlar tizimidagi ŏrni
Download 32.75 Kb.
|
Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda
I-MAVZU
Sotsiologiya fanining predmeti, obe’kti va ijtimoiy fanlar tizimidagi ŏrni Reja Sotsiologiya mustaQil ijtimoiy-siyosiy fan sifatida. Uning ob’ekti va predmeti. Sotsiologiyaning boshQa fanlar tizimida tutgan ŏrni. Sotsiologiyaning tarkibiy tuzilishi. Sotsiologiyaning metodlari va sotsiologik Qonunlar. Sotsiologiya faning asosiy vazifalari va muammolari. Sotsiologiya /lotincha ”societas” – jamiyat va yunoncha “logos” – tushuncha, ta’limot ma’nosini anglatib/ jamiyatning tarkibiga kiruvchi alohida institutlar, tizimlar, guruhlar va ularning ŏzaro aloQadorligini ŏrganuvchi fandir. Demak, sotsiologiya umumiy ma’noda jamiyat tŏG’risidagi fandir. Sotsiologiya fan sifatida XIX asrning 30-yillarida shakllanib, bu tushuncha fanga frantsuz faylasufi Ogyust Kont tomonidan kiritilgan. Ma’lumki, O.Kont falsafasi “pozitivizm” nomi bilan mashhur. U falsafani fan va metodologiya sifatida rad etadi. Uningcha, “pozitiv” falsafaning asosiy maQsadi xususiy fanlar umumiy xulosalarini umumlashtirish vazifasidan iborat bŏlgan. Bu printsipni sotsiologiyaga ham tadbiQ Qilgan. Uning sotsiologiyasi empirik ma’lumotlarni tŏplash va kuzatishdan iborat bŏlgan. Empirik ma’lumotlarni falsafiy jihatdan umumlashtirish esa rad etilgan. Ilmiy nazariyasiz va ilmiy metodologiyasiz jamiyat hayoti tŏG’risidagi empirik ma’lumotlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib bŏlmaydi. Ular nari borganda, sub’ektiv xulosalardan iborat bŏlib Qolaveradi. Hozirgi kunda “sotsiologiya”, “sotsilog”, “sotsiologik savol-javob” “sotsiologik tadQiQot natijalari” degan iboralar kundalik hayotga kirib kelmoQda. Ularni radio va televidenieda eshitishimiz, turli rŏznoma va oynomalarda ŏQishimiz mumkin. Sotsiologik tadQiQotlar ijtimoiy fikrlarni ŏrganishning, siyosiy partiyalar, liderlar, programmalarning reytingini, ijtimoiy tashkilotlarning va harakatlarning mavQeini aniQlashning, davlat siyosati ishlab chiQish va boshQa masalalarni echishning zarur vositasi bŏlib kelmoQda. Lekin sotsiologiyaning fan sifatidagi predmetini aniQlashga yondashish sust bormoQda. Kŏpchilik sotsiologiyani anketa, interv’yu, savol-javoblar bilan tenglashtirib Qŏyadi. TŏG’ri, anketa, interv’yu, savol-javoblar sotsiologik tadQiQotlarning muhim vositalaridir, lekin ularni sotsiologiya bilan tenglashtirmaslik zarur. U holda sotsiologlarni 2-3 oylik kurslarda etishtirib chiQarish mumkin bŏlib Qoladi. Lekin professional sotsiologni, professional yurist, vrach yoki iQtisodchi kabi kurslarda etishtirib chiQarish mumkin emas. Unda sotsiologlarni ishlari yuzaki, ilmiy jihatdan past va obe’ktiv bŏlmay Qoladi. Ular u yoki bu baho, prognoz, programmalarni ishlab chiQish uchun notŏG’ri asos bŏlib, oxir-oQibat siyosiy yoki boshQa spekulyatsiyalarni keltirib chiQarishi mumkin. Sotsiologiyaning predmetini aniQlashning murakkab tomoni, ijtimoiy hayotning sotsiologiya ŏrganadigan Qismini aniQ kŏrsatib berish Qiyinligidadir. Ba’zan sotsiologiyani “jamiyat haQidagi fan” deb ataydilar. Amerikalik sotsiolog Neyl Smelzer sotsiologiyani “jamiyat va ijtimoiy munosabatlarni ilmiy jihatdan ŏrganuvchi” fan1 sifatida belgilaydi. Ammo, bunday ta’rif ancha umumiy tarzda bŏlib, sotsiologiyaning fan sifatidagi aniQ chegaraviy mazmunini, mohiyatini belgilab bera olmaydi. Chunki ijtimoiy falsafa, iQtisodiyot nazariyasi, siyosatshunoslik, tarix, madaniyatshunoslik kabi kŏplab ijtimoiy va gumanitar fanlar ham jamiyat hayotini ob’ekt sifatida ŏrganadi. BoshQacha Qilib aytganda, gap sotsiologiyaning boshQa fanlardan farQli ŏlaroQ ŏziga xos predmeti haQida bormoQda. Agarda, “sotsiologiya” sŏzining etimologiyasidan kelib chiQsak, sotsiologiya “sotsiallik” /jamiyat/ tŏG’risidagi fan /ta’limot/dir, demakki, «sotsial» tushunchasining aniQ mohiyatini, uning sohasini aniQlash zarur. Har bir fan ŏz ŏrganish ob’ekti va predmetiga ega. Lekin fanning u yoki bu ob’ekti, boshQa ilmiy fanlarning tadQiQot predmeti bŏlib kelishi mumkin. Konkret fanning predmeti ushbu fanning ob’ektida ŏrganiladigan ŏziga xos tomonidir. Ob’ekt – bu ob’ektiv voQelik sifatida tadQiQotchiga Qarama-Qarshi turgan, uning faoliyati Qaratilgan narsalardir. Ob’ektiv voQelikning har Qanday voQea-hodisalari har Qanday ijtimoiy fanning tadQiQot ob’ekti bŏlib kelishi mumkin. Ma’lum bir fanning tadQiQot predmeti haQida sŏz borar ekan, unda ob’ektiv voQelikning u yoki bu Qismi /shahar, QishloQ, inson, madaniyat, tashkilot va b./ shu fanga xos bŏlgan tomoni ushbu ob’ektning ikkilamchi tomoni yok mavjud bŏlishi uchun shart-sharoit bŏlib xizmat Qiladi /masalan, iQtisodiyotning sotsial konteksti/. Ilmiy adabiyotlarda “ob’ekt” va “predmet” tushunchalarining Qŏshilib ketish yoki tenglashtirish hollarini kŏrish mumkin. Predmet ham ob’ekt singari ob’ektiv voQelikning aniQ yoki ŏziga xos xususiyatiga ega Qismi yoki elementlari birligidir. Shu bilan birga har bir fan ŏz predmeti bilan boshQasidan farQ Qiladi. Fizika, ximiya, biologiya, iQtisodiyot, sotsiologiya va boshQa fanlar ham ŏz predmetiga ega. Bu fanlarning hammasi tabiat va jamiyatni xarakterlovchi turli xil voQea-hodisa va jarayonlarni ŏrganadi. Lekin bu fanlarning har biri ob’ektiv voQelikning: a) ŏziga xos tomoni yoki ŏz sohasini; b) shu fanga xos Qonun-Qoida va Qonuniyatlarini; v) shu Qonun va Qonuniyatlarning ŏziga xos shakllari va mexanizmlarini ŏrganadi. BoshQacha Qilib aytganda, har bir ijtimoiy fan jamiyatni, ob’ektiv voQelikni ob’ekt sifatida ŏrgana turib, unda ŏz predmetini ajratib oladi. Shuni ham ta’kidlab ŏtish zarurki, ob’ektiv voQelikning aynan bir tomoni bir necha fanlarning tadQiQot ob’ekti bŏlib kelishi ham mumkin. Shunday Qilib, jismoniy voQelik – kŏpchilik va tabiiy va texnik fanlarning, sotsial voQelik esa - ijtimoiy va gumanitar fanlarning tadQiQot ob’etidir. G.V.Osipovning ta’kidlashicha: “fan predmetini faQatgina ob’ektga Qarab aniQlash notŏG’ri, chunki har Qanday fanning tadQiQot ob’ektlari kŏp bŏlishi mumkin, lekin predmeti esa faQatgina shu fanning ŏzigagina xos va yagona bŏlishi kerak”. Turli xil fanlarning bir-biridan farQi shundaki, ular birigina ob’ekt misolida ushbu jamiyatni rivojlantiradigan ŏziga xos Qonun va Qonuniyatlarni ŏrganadilar. Aytaylik, jamiyatning rivojlanishi va harakatlanishi shu fanlarning predmeti bŏlib iQtisodiy, sotsial, siyosiy, ma’naviy, psixologik ehtiyojlardan kelib chiQadi. Bundan tashQari, ushbu ob’ektiv voQelikning alohida Qismlari ham shu fanlarning tadQiQot ob’ekti bŏlib kelishi mumkin: masalan, mehnat, kundalik hayot, ta’lim, oila, shahar, QishloQ, siyosiy institutlar va boshQalar iQtisod, sotsiologiya, psixologiya demografiya, huQuQ va boshQa shu kabi fanlarning tadQiQot obe’ktidir. Sotsiologiyaning predmet va ob’ektini aniQ ajratib berish hozirda sotsiologlar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Sotsiologiya predmetiga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. Masalan, Vesbsterov luG’atida sotsilogiya insonlarning sotsial guruhlarning vakili sifatida, birgalikdagi hayotining tarixi, rivojlanishi, tashkil topishi va muammolarini ŏrganuvchi fan deb berilgan. O.Kont sotsiologiyani jamiyat tŏG’risidagi fan deb bilgan. E.Dyurkgeym esa sotsiologiya predmetini ijtimoiy ma’lumotlar, ya’ni sotsial faktlardan iborat deb bilgan,1 nemis sotsiologi G.Zimmel’ ta’rifiga kŏra, - sotsiologiya xususiy ijtimoiy fanlarning bilish nazariyasi,2 yana bir nemis sotsiologi M.Veberning fikricha, sotsilogiya ijtimoiy xulQ tŏG’risidagi fandir.3 Ijtimoiy xulQni M.Veber insoniy munosabatlardan iborat deb bilgan. Insoniy xulQ esa ŏz navbatida ijtimoiy mohiyatiga egadir. Mashhur rus sotsiologi P.A.Sorokinning fanni predmeti haQidagi fikri umumiy ma’noga ega bŏlib, u “jamiyat yoki ijtimoiy hodisalardan iborat” deb bilgan.1 Jamiyat esa ruhiy ŏzaro aloQadorlikka ega bŏlgan birliklar majmuidan iborat. Sotsiologiya xuddi shunday ŏzaro aloQadoliklardan iborat jamiyat hayotini ŏrganadi. Sovet davri sotsiologlardan V.A.Yadovning fikricha, “sotsiologiya- jamiyatning bir butun organizm ekanligi, ijtimoiy munosabatlarning bir butunligi tŏG’risidagi fan”.2 Yana bir sotsiolog G.V.Osipov “Sotsiologiya” ŏQuv Qŏllanmasida, sotsiologiya – ijtimoiy tizimlarning funktsionallashuvi va rivojlanishi tŏG’risidagi, umumiy va ŏziga xos ijtiomiy Qonun va Qoidalari, Qonuniyatlari, bu Qonun va Qonuniyatlarning shaxs, ijtimoiy birliklar, sinflar, xalQlar faoliyatidagi yuzaga kelish va amal Qilish shakllari tŏG’risidagi fan, deb ta’riflagan.3 YuQorida keltirilgan fikrlardan xulosa Qilib aytish mumkinki, sotsiologiya – ijtimoiy birliklar, tashkilotlar, jarayonlar va munosabatlarning yuzaga kelishi, funktsionallashuvi va rivojlanishi Qonuniyatlarini ŏrganuvchi fandir. YuQorida biz jamiyatning sotsial sohasi /sotsial guruhlar, institutlar, sotsial munosabatlar va aloQalar, sotsial sistemalar/ sotsiologiyaning, uni ŏrganishning ŏziga xos oblasti, sohasi ekanligini ta’kidlab ŏtdik, ya’ni sotsiologiyani fan sifatida sotsiallikni ŏrganadi, deb aytish mumkin ekan. Bundan kelib chiQib sotsiologiyaning fan sifatidagi predmetini Quyidagicha ta’riflash mumkin: Sotsiologiya - sotsial sistemalarning yuzaga kelishi, funktsionallashuvi va rivojlanishini, ularning strukturasini, komponentlarini /sotsial birliklar, sotsial tashkilotlar va institutlar/, shuningdek, ularning jamiyatda tutgan ŏrni, ehtiyojlari va QiziQishlarining Qondirilishiga muvofiQ ular ŏrtasida yuzaga keladigan munosabatlarni ŏrganuvchi fandir. Ayrim olingan shaxsdan boshlab oila, ijtimoiy guruhlar, sinflar, tabaQalar, tashkilotlar, birliklar va boshQa tizimlar ŏrtasidagi ijtimoiy oQibatlari sotsiologik tadQiQot ob’ekti sifatida ŏrganiladi. BoshQa ijtimoiy va gumanitar fanlardan farQ Qilib, sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini uch bosQichda ŏrganadi:
AniQ – empirik; Xususiy;
Umumiy;
Shunga muvofiQ ravishda sotsiologiya empirik sotsiologik tadQiQot, maxsus sotsiologik tadQiQot, umumsotsiologik tadQiQot jarayonlarini ŏz ichiga oladi. Download 32.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling