Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda, uning shaxs va jamiyat rivojlanishiga oid eng dolzarb muammolarni echishdagi roli tobora ortib bormoqda
Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi ŏrni
Download 32.75 Kb.
|
Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda
Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi ŏrni
Har bir alohida olingan katta-kichik ijtimoiy tizim tarixiy rivojlanish jarayonida jamiyatning boshQa tizimlari bilan dialektik aloQada, munosabatda bŏladi. Shuning uchun, ayrim olingan ijtimoiy tizim tadQiQi jamiyat taraQQiyotning umumiy Qonuniyatiga ŏzaro mos tushgandagina tŏG’ri va ob’ektiv xarakterga ega bŏladi. Ijtimoiy voQelik zanjiridagi biron-bir xalQa tadQiQotchining e’tiboridan chetda Qolishi mumkin emas. Ijtimoiy hayot masalalarning ŏrganish doirasi tobora kengayib borayotganligi sababli sotsiologiya fani ham tobora kengayib bormoQda. Masalan, hozirgi zamon sotsiologiyasi asosida, “fanlar sotsiologiyasi”, “madaniyat sotsiologiyasi”, “ergonomika”, “boshQaruv sotsiologiyasi”, “mikro- sotsiologiya” kabi sohalar shakllanadi. Ikkinchi tomondan, sotsiologiyaning boshQa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan dialektik aloQadorligi kuchayib bormoQda. Sotsiologiyaning iQtisodiyot, falsafa, huQuQ, etika, psixologiya, pedagogika, tarix, ekologiya kabi fanlar bilan aloQadorligi bozor munosabatlariga ŏtish jarayonida yanada ortmoQda. Keyingi yillarda uning texnika fanlari bilan ŏziga xos aloQadorligi kuchaymoQda. Sotsiologiyada borgan sari matematika fani va usulning ahamiyati ortmoQda. IQtisod fanlari bilan sotsiologiyaning dialektik aloQadorligi moddiy ne’matlarni ishlab chiQarish, taQsimot, ayirboshlash, iste’mol jarayonlarini ŏrganishda namoyon bŏladi. AyniQsa, hozirda bozor munosabatlariga ŏtish, mehnatga yangicha munosabat shakllanishi jarayonida uning ahamiyati juda kattadir. IQtisodiyot sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi kabi sotsiologiyaning maxsus sohalari iQtisodiyotga boG’liQ masalalarni ŏrganadi va unga boG’liQ bŏlgan barcha muammoni hal etishga xizmat Qiladi. Shu jihatdan sotsiologiya jamiyatda va uning iQtisodiy hayotida ŏta muhim vazifalarni ŏtaydi. Sotsiologiya iQtisod fanlari bilan, ularning ŏrganish ob’ekti bilan uzviy boG’liQdir. IQtisodiy nazariyaning ilmiy G’oyalari yuQorida tilga olingan sotsiologiya sohalari uchun metodologik asos bŏlib xizmat Qilsa, ŏz navbatida, shu sohalarda olib borilgan ilmiy tadQiQot natijalari iQtisodiyot muammolarini hal etishga xizmat Qiladi. Sotsiologiya falsafa fani bilan ham uzviy boG’liQdir. Sotsial falsafa Qonun va kategoriyalari bevosita umumsotsiologik nazariya va kontseptsiyalarni ŏz ichiga oladi. Maxsus sotsiologik nazariyalar uchun esa nazariy va metodologik asos bŏladi. Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalarning rivojlanishi ŏz navbatida mazkur davr ijtimoiy fikrini shakllantiradi, unga nazariy va amaliy manba bŏlib xizmat Qiladi. Sotsiologik tadQiQot empirik ma’lumotlar, eksperimentlar yordamida ijtimoiy falsafiy ta’limotlarning Qanchalik tŏG’ri, mazkur ijtimoiy davr mazmuniga mos yoki ularning eskirib, ijtimoiy taraQQiyot talabiga javob beraolmay Qolganligini aniQlab berish imkoniyatiga ega. Ammo, sotsiologiya har Qanday siyosiy va idealogik tizimdan holi bŏlsagina, uning yuQorida kŏrsatilgan ilmiy Qimmati saQlanadi. HuQuQiy davlatni shakllantirib, uni yanada rivojlantirishda jinoyatchilikka Qarshi kurashni kuchaytirish, huQuQiy munosabatlarni tartibga solish katta ahamiyatga ega. HuQuQiy tashkilotlarga faoliyatini yangi davr talablariga mos ravishda tashkil etish, ularning ijtimoiy munosabatlar sohalaridagi ta’sirini takomillashtirishga e’tiborni kuchaytirish maQsadga muvofiQdir. Sir emaski, keyingi vaQtda jinoyatchilik ortdi. Jinoyatga Qarshi kurash va uning oldini olish – davlat ahamiyatidagi masala hisoblanadi. Unga Qarshi kurash jinoyat sodir etilgandan sŏng emas, balki unga Qadar olib borilmoG’i lozim. Jinoyatchilikning oldini olish, uning tub mohiyatini, motivi va keltirib chiQarayotgan sabablarning ŏrganishda sotsiologik tadQiQotlar olib borish muhim ahamiyatga ega. Demak, huQuQ fanlarining rivojlanishida ham sotsiologiyaning ŏrni kattadir. IstiQlol sharofati bilan milliy Qadriyatlarning Qayta tiklanishi, milliy ongning rivojlanishida, hozirgi murakkab iQtisodiy ŏtish davrida kishilar, ijtimoiy guruhlar ŏrtasidagi ma’naviy munosabatlar, tamoyil va normalarning ichki mohiyatini, rivojlanish xususiyatlarini ŏrganishda sotsiologiya bilan aholishunoslik fanlarining dialektik ŏzaro aloQadorligi juda ham zarur. Sotsiologik tadQiQot asosida ahloQ fani jamiyat hayotidagi ŏz mavQeini yanada oshiradi. Jamiyat rivojlanishi bilan kishilarning estetik ehtiyojlari ham ŏzgarib, yanada rivojlanib boradi. Kishilardagi bu ehtiyojni ŏrganish va ijobiy sifatlarni shakllantirishda, tarbiyalashda sotsiologik tadQiQotlarning natijalari, xulosa va takliflari ŏzining ilmiy Qimmatiga ega. Shu jihatdan sotsiologiya fani nafosat /estetika/ fani bilan ŏzaro boG’liQ. Yangi iQtisodiy munosabatlarga ŏtish kishilardagi ŏzini kŏzlash, ŏz shaxsiy manfaatini jamiyat, millat manfaatidan ustun kŏrishlik hollari kuchaymoQda. Kishilarda halovatlik, asabiylik ortmoQda. Odamlardagi asabiylikning ortishi xuddi yuQumli virus kabi tez tarQalib, ijtimoiy muammoga aylanmoQda. Ushbu muammolarni ŏrganish va hal etish borishda sotsiologiya bilan psixologiya fanlarining hamkorligi muhimdir. Bozor munosabatlariga ŏtishning dastlabki Qadamlari, a’niQsa ta’lim-tarbiya jarayonida juda katta ta’sir kŏrsatmoQda. ŎQuvchi yoshlar dunyoQarashida keskin ŏzgarishlar yuz bermoQda. NafaQat ŏQuvchi – yoshlarda, balki pedagog-ŏQituvchilar tarkibida ham jiddiy muammolar kelib chiQmoQda. ŎQuvchilar ongida ilmdan Qaytish, fanga e’tiborsizlik, engil mehnat evaziga yaxshi yashash, kŏp pul topish «instikti» kuchaygan. YuQoridagi fikrlardan shuni xulosa Qilish mumkin: milliy pedagogika hozirda sotsiologik tadQiQotlarga muhtoj. Bu tadQiQotlarning natijalari Qanchalik beshafQat bŏlmasin, ulardan tŏG’ri xulosalar chiQarish va amaliy tadbirlar ishlab chiQish davlat ahamiyatiga ega bŏlgan masaladir. Sotsiologiya va tarix fanlari jamiyat hayotini izchil, sistemali tarzda ŏrganadi. Ŏtmish tariximizni yaratishda mutafakkirlar sotsiologiya usullaridan keng foydalanganlar. Chunonchi, tarixiy ma’lumotlarni, manbalarni tŏplash, ularning haQQoniyligini aniQlash, tarixiy shaxslar esdaliklaridan, tarixiy voQealar guvohlarining xotiralaridan keng foydalanilgan. Masalan, At-Termiziy, Imom Al Buxoriy kabi hadisshunoslar, Abu Rayhon Beruniy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Xondamir, Xerman Vamberi kabi buyuk mutafakkir olimlar ŏzlarining tarixga oid Qimmatli asarlarini yaratishda sotsiologiya usullaridan unumli foydalanganlar. Tarixiy voQealarga boy bŏlgan bugungi kunimiz ertangi kelajagimiz uchun ŏtmish sahifalariga aylanadi. Shunday ekan, hayotimizning keng Qamrovli sohalarining ilmiy sotsiologik tadQiQotlari va tahlili natijalari tarix fani uchun xizmat Qilishi tabiiy. Asrimizning keyingi bosQichida jamiyat bilan tabiat ŏrtasidagi munosabatning keskinlashuvi – sotsiologiyaning tabiatshunoslik fanlari bilan aloQadorligini kuchaytiradi. Insonning tabiatiga, tabiiy muhitga ta’siri ortib bormoQda. Ekologik, demografik vaziyatning keskinlashuvi sotsiologiya fanini bevosita ushbu muammolarni hal etishga jalb Qiladi. Hozirgi zamon sotsiologiyasini matematikasiz tasavvur etib bŏlmaydi. Matematik usullarsiz sotsiologiya mavhum bir Qarash bŏlib Qoladi. AyniQsa, uning empirik darajadagi tadQiQot ŏtkazishdagi ŏrni katta. Hozirgi zamon G’arb sotsiologiyasi kibernetik usullardan, axborot nazariyasi, uyin nazariyasi bilan muvaffaQiyatli rivojlantirilgan. Ularda maxsus matematik usullardan daraja kŏrsatkichi, omillik, sababli va sirtdan tahlil QŏllanilmoQda. Sotsiologik tadQiQotlarni keng va unumli foydalanilmoQda. Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraQQiyoti asrida sotsiologiya va texnika fanlar aloQadorligi tabiiydir. Chunki, “inson – texnika”, “jamiyat-texnika”, “maishiy turmush – texnika” kabi tizimlarni ilmiy ŏrganish ular zimmasiga yagona vazifani yuklaydi. Inson yaratgan barcha texnika faQat inson va jamiyatning ijobiy taraQQiyotiga xizmat Qilsin. Ammo, doimo kutilgan natija bŏlavermaydi. Ularni ŏrganishda esa sotsiologiya fanining roli beQiyosdir. Jamiyat hayoti va inson faoliyatining turli jihatlarini ŏrganish jarayonida yuQorida nomi tilga olingan fanlar tarkibida ijtimoiylik yŏnalishi mavjud bŏladi. Shu jihatdan, ŏz navbatida ularning sotsiologiya fani rivojlanishidagi ahamiyati kattadir. Download 32.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling