Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda, uning shaxs va jamiyat rivojlanishiga oid eng dolzarb muammolarni echishdagi roli tobora ortib bormoqda


Sotsiologiyaning tarkibiy tuzilishi


Download 32.75 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi32.75 Kb.
#1008663
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda

Sotsiologiyaning tarkibiy tuzilishi.

Sotsiologiyaning metodlari va sotsiologik Qonunlari.

Hozirgi zamon sotsiologiyasi murakkab tarkibiy tuzilishiga ega bŏlib, sovet tuzumi davridagi bir tomonlilikdan holi bŏldi. TanQidiy kŏz bilan Qaralgan va inkor Qilingan “burjua sotsiologiyasi” erishgan yutuQlardan foydalanish imkoniyati yuzaga keldi. Ruhiyat, ma’naviyat masalalarini umuminsoniy, milliy va boshQa Qadriyatlarni keng va chuQur ŏrganish – muhim masalalardan biri bŏlib Qoldi.

Jamiyat hayoti ilgari aytib ŏtganimizdek sotsiologiya fani doirasida uch bosQichda:

  1. Umumsotsiologik


  2. Maxsus sotsiologik nazariya;


  3. Empirik sotsiologik tadQiQotlar asosida ŏrganiladi.


1. Umumsotsiologik nazariyaga misol Qilib K.Marks va F.Engel’s tomonidan ishlab chiQilgan jamiyat ishlab chiQaruvchi kuchlarining ishlab chiQarish munosabatlariga ŏzaro muvofiQ kelishi Qonuni, ijtimoiy borliQ ijtimoiy ongni belgilab berish Qonuni; amerikalik T.Parsons va R.Mertonlarning strukturaviy-funktsionalizm ta’limoti, yangi industrial jamiyat ta’limoti va boshQa Harbiy Ovrupo va Amerika olimlarining ta’limotlarini keltirish mumkin.

2. Hozirda sotsiologiyada maxsus sotsiologik nazariyalar sifatida iQtisod sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi, turmush tarzi, shahar va QishloQ boshQarish va tashkil Qilish; siyosat, madaniyat, iml-fan, ta’lim, shaxs, oila, yoshlar, bŏsh vaQt, tibbiyot, etnosotsiologiya, QiziQishlar, ijtimoiy ŏzgarishlar va boshQa sotsiologik sohalarni kŏrsatish mumkin.

Umumsotsiologik nazariyalardan farQ Qilib, maxsus sotsiologik nazariyalar makon va zamon jihatidan tor chegaralangandir. Umumsotsiologik nazariyalarning mazmuni jamiyat rivojlanishining asosiy yŏlini belgilovchi dinamik Qonuniyatiga asoslangan bŏladi. Maxsus sotsiologik nazariyalar esa statistik – muayyan bir ijtimoiy doirasidagi ŏzgarishlarni ifodalashi mumkin.

Har Qanday umumsotsiologik nazariya mohiyat e’tibori bilan maxsus sotsiologik nazariyalar mazmuniga muvofiQ bŏlishi shart. Chunki, maxsus sotsiologik aniQ amaliy tadQiQotlar orQali tekshirilib boriladi. Ŏz navbatida umumsotsiologik nazariyalar maxsus sotsiologik nazariyalar uchun ham nazariy, ham metodologik asos bŏlib xizmat Qiladi.

Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalar sotsiologiya fanining nazariy jihatini tashkil Qiladi. Hozirda konkret va xususiy sotsiologik tadQiQot sifatida ortib borayotgan amaliy sotsiologiya esa konkret sotsiologik tadQiQot usullari yordamida maxsus sotsiologiya sohalar diorasida olib borilayotgan tadQiQotlardan va ulardan olinadigan xulosalardan iborat bŏlib Qoladi.

Sotsiologik bilim va usullarning yuQorida kŏrsatib ŏtilgan uch darajasi hamda nazariy va amaliy sotsiologiya ŏzaro dialetik aloQadorlikda bŏlib, yagona sotsiologiya fanini tashkil Qiladi.

Nazariy sotsiologiya jamiyat ijtimoiy hayotining umumsotsiologik, hamda umumilmiy darajalardagi funktsional va rivojlanish Qonuniyatlarini ŏrganadi. Masalan, hozirda Ŏzbekistonning bozor munosabatlariga bosQichma-boQich ŏtish kontseptsiyasi va jamiyat hayotida bozor munosabatlarini tarkib topib borish jarayonini ŏrganish nazariy sotsiologiyaning asosiy tadQiQot ob’ekti hisoblanadi. Shu bilan birga, nazariy sotsiologiyada ijtimoiy hayotning iQtisodiyot, siyosat, maishiy turmush, ma’naviyat kabi alohida sohalarining funktsional va rivojlanish Qonuniyatlari, ŏziga xos xususiyatlari ham ilmiy-nazariy asosda ŏrganiladi.

Amaliy sotsiologiya inson faoliyatini, jamiyat hayotining turli sohalarini, jarayonlarini bevosita amaliy asosda ŏrganadi.

3. Amaliy sotsiologiyada empirik tadQiQotlardan olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan umumlashtiriladi. FaQat shundagina nazariy sotsiologiyada olingan tadQiQot natijalari ijtimoiy hayot voQeligini, uning funktsional va rivojlanish Qonuniyatlarini tŏG’ri, ob’ektiv ravishda ochib bera oladi.



Amaliy sotsiologiya empirik tadQiQot usullari yordamida olib boriladigan ijtimoiy hayotning har Qanday jarayonini ŏrganishga Qaratilgan tadQiQotni anglatadi. U ŏzining ikki jihati bilan xarakterlanadi: birinchidan, komplekslilik xos bŏlib, tadQiQot ob’ekti bir butun holda olib Qaraladi, shu jihatdan sotsiologiya doirasida boshQa ijtimoiy fanlarning usullaridan foydalanish mumkin. Ikkinchidan, ob’ektiv va subektiv omillar birligini tashkil Qiluvchi inson faoliyatining natijasi bŏlgan ijtimoiy jarayonni ŏrganadi. Amaliy sotsiologiya nazariy asosda tadQiQ etilgan jamiyat hayotining funktsional va rivojlanish Qonuniyatlaridan ilmiy maQsadlarda foydalanish usullarini, vositalarini ishlab chiQish maQsad Qilib Qŏyiladi. Shu jihatdan amaliy sotsiologiya ŏzining empirik xususiyatiga ega va nazariy sotsiologiya bilan uzviy boG’liQ.

Metod deganda keng ma’noda u yoki bu masalani echishda Qŏllaniladigan usullar, Qoidalar tushuniladi. Metodlar har Qanday ilmiy bilishning muhim tashkiliy Qismi hisoblanadi. Har Qanday olim, hoh u huQuQshunos, hoh sotsiolog yoki iQtisodchi bŏlsin, ŏz oldiga ma’lum bir ilmiy muammoni Qŏya turib, uni u yoki bu metodlar yordamida hal Qiladi.

Odatda metodlarni barcha fanlarda Qŏllaniladigan umumilmiy bilish metodlariga /masalan, induktsiya va deduktsiya, analiz va sintez va b./ va konkret fanlarning ŏziga xos masalalarini echishda foydalaniladigan xususiy-ilmiy metodlarga /masalan, geometriyadagi koordinatalar metodi yoki meditsinadagi diagnostika metodi va h./ bŏlinadi.

U yoki bu fanda Qŏllaniladigan metodlar yiG’indisi shu fanning metodologiyasini tashkil etadi. Metodologiya Qŏyilgan muammolarni echish usullarini tanlash, ilmiy echimning yŏnalishini va etaplarini aniQlab beradi.

Sotsiologik metodlar deganda sotsiologik bilimni asoslab berish va kŏrish usuli, sotsial sistemalarni empirik va nazariy ŏrganishning usul va amallari tushuniladi.

Sotsiologik nazariyalarni tashkil etishda, sotsiologik tadQiQotlar metodologiyasini tuzishda falsafa muhim ŏrin egallaydi. Sotsiologning falsafiy dunyoQarashi uning sotsiologik kontseptsiyasining asosi bŏlib xizmat Qiladi.

Sotsiologiya fan sifatida umumilmiy metodlardan ham, ŏzi uchun xarakterli bŏlgan metodlardan foydalanadi.

Sotsiologiyada Qŏllaniladigan umumilmiy metodlarga matematik, induktiv, deduktiv, analitik, sintetik, tarixiy, modellashtirish va boshQa metodlar kiradi.

Ehtimoliy jarayonlarni ŏrganadigan fanlar Qŏllaydigan metodlar sotsiologiyada ham Qŏllaniladi: statistika va ehtimollar nazariyasi metodlari. Ularga faktorli /sotsial ob’ektlarning belgilari ŏrtasidagi ŏzaro aloQadorliklarini ŏlchash va ularga asoslanib belgilar klassifikatsiyasini ŏlchash/, latent /respondentlarning ayrim savollarga bergan javoblaridan kelib chiQib, ularni ma’lum bir yashirin, ya’ni latent belgilariga kŏra ajratish/, korellyatsion analiz /sotsial ob’ektlar belgilari ŏrtasidagi statistik aloQlarni ŏrganish/ va shuningdek, shkalalar Qurish va analiz Qilish, ya’ni savol-javob, kuzatish yoki hujjatlarni analiz Qilishda yiG’iladigan sotsial ma’lumotlarni baholashda foydalaniladigan instrumentlarning ŏlchamli Qismlarini kŏrish va analiz Qilish protsedurasi kiradi.

Darajasiga kŏra sotsiologiya metodlari ikkiga bŏlinadi: amaliy (empirik) va nazariy.

Sotsiologik tadQiQot bosQichlariga /stadiya/ kŏra esa muammolar, maQsadlar, vazifalar shakllanishi metodlari, ma’lumotlarni yiG’ish metodlari /savol-javob, kuzatish, hujjatlarni ŏrganish/, ma’lumotni Qayta ishlash metodlari /gruppalash, taQsimlash/, ma’lumotni analiz Qilish metodlariga /umumlashtirish, sifatli analiz, tipologizatsiya/ bŏlinadi.

Shunday Qilib, sotsiologiya metodi tadQiQ etilayotgan sotsial muammoga, kŏrilgan nazariyaga va umumiy metodologik yŏnalishga asoslanadi. Sotsiologik tadQiQotning unumdorligi sotsiologning sotsial voQea-hodisa va jarayonlar tŏG’ri, etarli ma’lumotlar olishda, ularni analiz Qilish va umumlashtirishda Qanday metodlardan foydalanganligi va vazifani Qay darajada bajara olganligiga boG’liQ.

Sotsiologik Qonunlarni aniQlashda sotsial birliklar, tashkilotlar institutlardan tashkil topgan sotsial sistemaning ŏziga xosligini tasavvur Qilishdan kelib chiQish kerak, bu komponentlarning yoki sotsial munosabatlarning ŏzaro hatti-xarakatini ŏrganish sotsiologik Qonunning ŏziga xosligini belgilashda asos bŏladi.

Sotsial sistemaning komponentlari ŏrtasida, sotsial munosabatlarga kirishayotgan odamlar ŏrtasida ularning sotsial sohadagi hayotiy faoliyatining ŏziga xosligidan kelib chiQadigan faoliyatlarining doimiy almashinib turishi rŏy beradi. Bu faoliyat odamlarning mavQeini, ularning jamiyat hayotidagi rolini ŏzgartirishga, ularning ehtiyojlari va QiziQishlarini Qondirishga Qaratilgan bŏladi.

Sotsial soha ŏz kelib chiQishi, funktsionalashuvi va rivojlanishida ma’lum bir Qonunlarga bŏysunadi. Bu Qonunlarni butun bir jamiyat doirasida amal Qiluvchi Qonunlardan ajrata olish zarur. Aynan sotsial sohaga xizmat Qilishga Qaratilgan Qonunlar sotsiologik Qonunlar deyiladi.

Shunday Qilib, sotsiologik Qonunlar – sotsial sistemaning turli bosQichlarida namoyon bŏluvchi turli xil sotsial birliklar, tashkilotlar va institutlarga birlashgan odamlar ŏrtasidagi mavjud ŏziga xos, muhim, takrorlanib turuvchi aloQlardir. Ijtimoiy hayotning turli sohalarida uchraydigan har Qanday aloQalarni ham sotsiologik Qonun sifatida Qarash mumkin emas, balki faQatgina sotsial sistema ichida yuzaga keladigan aloQalarni sotsial Qonunlar sifatida Qarash mumkin.

Sotsiologik Qonunlar sistemalilik xususiyatiga ega, ya’ni ular faQatgina birgalikda sotsial sistemani bir butunlik sifatida tushuntirib beradi.

Sotsiologik Qonunlar ikkiga bŏlinadi: umumiy va xususiy

1. Umumsotsiologik Qonunlar – shunday Qonunlarki, ular birinchidan, barcha sotsial sistemalarning rivojlanishi davomida amal Qiladi, ikkinchidan, sotsial sistemalarning sotsial muhitda amal Qiluvchi boshQa Qonuniyatlarini aniQlab beruvchi mohiyatini, fundamental asoslarini aks ettiradi.

Sotsial munosabatlarning ishlab chiQarish usullariga tobeligi umumsotsiologik Qonundir. Insonlarning jamiyatdagi ŏrni, ijtimoiy hayotdagi roli, ularning ehtiyoj va QiziQishlarining Qondirilishi oxir-oQibat ishlab chiQarish munosabat bilan aniQlanadi. Inson tomonidan ekspluatatsiya Qilinishiga olib keluvchi mulkchilik munosabatlari ustun bŏlgan jamiyatlarda asosiy ishlab chiQarish vositalari egalari hukmron ŏrin egallab, ishlab chiQarishda Qatnashmay turib ŏz ehtiyojlarini Qondiradi va jamiyatni boshQaradi, ishlab chiQarish vositalariga egalik Qilmaydiganlar esa ular tomondan eziladi, boshQaruvdan yiroQlashadi, kam mehnat haQi oladi, ŏz Qobiliyatlarini realizatsiya Qilishga etarli imkoniyati bŏlmaydi va hokazo.

Mulkchilik munosabatlari insonni inson tomonidan ekspulatatsiya Qilinishini keltirib chiQarmaydigan jamiyatda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, shuningdek, sotsial sohada ham, odamlar bir xil ŏrin egallaydilar /hukmronlik Qiluvchilar va mazlumlar bŏlmaydi/, ijtimoiy-siyosiy hayotda Qatnashishda bir xil imkoniyatga ega bŏladilar, ehtiyoj va QiziQishlarining Qondirilishi esa har birining ŏzi Qŏshgan hissasiga boG’liQ bŏladi.



Sotsial munosabatlarning ishlab chiQarish – iQtisodiy munosabatlariga nisbatan aktiv roli ham muhim Qonuniyat bŏlib keladi. Masalan, sotsial birliklarda odamlar munosabatlarining yaxshilanishi, kollektivdagi shunga mos muhit ishlab chiQarish rivojlanishga, umumiy holda jamiyatga ham bevosita ta’sir Qiladi.

Ehtiyoj va QiziQishlarning sotsial shartlanganligi ham umumsotsiologik Qonundir. Ehtiyojlar barcha shart-sharoitlar yiG’indisi, avvalam bor ishlab chiQarish kuchlarining rivojlanish darajasiga va ishlab chiQarish munosabatlari xarakteriga, u yoki bu sotsial birliklarning /sinflar, millatlar va b./ QiziQishlari va ideallarga boG’liQ holda ham kelib chiQadi, ya’ni moddiy va ma’naviy ishlab chiQarishning turli sohalaridagi aktiv faoliyat, boshQa odamlar bilan muloQot, shaxsning shakllanishi jarayoni shunga mos ehtiyojlarni keltirib chiQaradi.

Ehtiyoj va QiziQishlar shartlanganligining ŏziga xosligi ishlab chiQarishning, turli sotsial sistemalarga mansub insonlar moddiy-texnik bazasining bir xil rivojlanish darajasi sharoitida ham turli xil, ba’zan Qarama-Qarshi ehtiyojlar va QiziQishlarning yuzaga kelishida namoyon bŏladi.

Shaxs shakllanishida sotsial muhitning muhim roli – yana bir umumsotsiologik Qonundir. Insonning boshQa insonlar, kollektivlar, birliklar bilan aloQasi va ŏzaro hayoti shart-sharoitlari uning atrofida doimiy, uning jamiyatdagi ŏrnini, faoliyatini, xulQ-atvorini, hayot tarzini belgilab beruvchi faktorlar kompleksini vujudga keltiradi. Sotsial muhitning holati, uning boyligi yoki nochorligi shaxsning bilimi, malakasi, fikrlari, kayfiyatini, demakki, uning u yoki bu hatti-xarakatini asoslashda sabab bŏlib keladi. Oxir-oQibat sotsial muhit sharoitlarining ma’lum ta’siri ostida, faoliyat va muloQot jarayonida shaxsning hayotga ma’lum bir munosabati, Qadriyat va maQsadlari, ahloQ-odob Qoidalari haQidagi tasavvurlar, ma’naviyati, madaniyati, ongi shakllanadi.

2. Umumsotsiologik Qonunlardan tashQari bir yoki bir necha /bir tipli/ sotsial sistemalar doirasida, shuningdek, sotsial sistemaning alohida strukturaviy sohalarida amal Qiluvchi ŏziga xos xususiy Qonunlar ham mavjud. Masalan, sotsial birliklar ŏziga xos Qonuniyatlarga ega sinfiy, milliy, oilaviy-kundalik va b. munosabatlar.

Sotsial rivojlanish Qonunlari ob’ektiv va inson ongi irodasiga boG’liQ bŏlmagan holda amal Qiladi. Lekin ijtimoiy hayotda hech narsa insonsiz amalga oshmaydi, shuning uchun sotsiologik Qonunlar - insonlar faoliyatlarning sotsial faoliyat sub’ektlarining determinatsiyasi mexanizmidir.

Bundan, agarda ijtimoiy jarayonlar insonlarning ongli amaliy faolisiz amalga oshmas ekan, unda sotsial Qonunlarning ob’ektivligi haQida sŏz borishi mumkinmi?, degan savol kelib chiQadi. Albatta, sotsial sistemaning butun bir hayoti ŏz oldiga ma’lum bir maQsadlarni Qŏyuvchi va ularga erishuvchi ongli mavjudotlar – insonlarning faoliyatidir.

Ularning faoliyatlari bŏysunadigan Qonunlar, ular nimani va Qanday bajarayotganligiga, munosabatlari bŏysunadigan Qonunlar esa Qanday munosabatlarga kirishilayotganligiga boG’liQ holda kelib chiQadi.

Jamiyatni yangilash, demokratik huQuQiy davlat Qurish, sotsial yŏnaltirilgan bozor munosabatlariga ŏtishda davlat bosh islohotchi bŏlib keladi. Ob’ektiv Qonunlardan maQsadli foydalanish, boshQarish mexanizmlarini ongli ravishda kŏrish asosida, ommaga tayangan holda faoliyatini amalga oshirsagina davlat bu vazifani muvaffaQiyatli bajarish mumkin.




Download 32.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling