Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda, uning shaxs va jamiyat rivojlanishiga oid eng dolzarb muammolarni echishdagi roli tobora ortib bormoqda
Sotsiologiyaning asosiy muammo va vazifalari
Download 32.75 Kb.
|
Sotsiologiya mustaqil fan sifatida baralla namoyon qilgan hamda xalqaro miqyosida keng tan olingan hozirgi zamonda
Sotsiologiyaning asosiy muammo va vazifalari.
Sotsiologiyaning asosiy muammolari uning predmeti sohasidan kelib chiQadi. Turli sotsiologik maktablar va sotsiologik bilimni tashkil etuvchi aniQ sistemalarning nazariy yŏnalishlarida kamchiliklarni hisobga olish zarur: Predmet va ob’ektni tenglashtirish; “Sotsial” tushunchasini aniQ ta’riflab bera olmaslik; Sotsiologiyaning markaziy muammosi – sotsial tizimlarni ŏrganishga boG’liQ masalalar kompleksidir. Bu birinchi navbatda Quyidagilarni tadbiQ Qilishdan iborat: sotsial tizimlarning vujudga kelishi va rivojlanishi; sotsial tizimlar komponentlarining tuzilishi /sotsial birliklar va guruhlar, sotsial tashkilotlar, sotsial institutlar/; sotsial sistemalarning /ular komponentlarining ŏzaro aloQa va ŏzaro hatti harakati usullari/ strukturasi va sotsial bir butunlilikning barQarorligini saQlab Qolish va tartibga keltirishdagi roli; sotsial tizimlarning, ularning strukturalari va komponentlarini Qayta ishlab chiQarishning mexanizmi va shart-sharoitlari1; Sotsiologiya tomonidan sotsial tizimning rivojlanish Qonuniyatlarini ŏrganish uning jamiyat strukturasini tashkil etuvchi komponentlar, u yoki bu sotsial birliklarni, sotsial tashkilotlarni, sotsial institutlarni keltirib chiQarish mexanizmi, shuningdek, sotsial sohadagi sotsial munosabatlar bilan ŏzaro aloQada tadQiQ etishni talab Qiladi. Bundan kelib chiQib, sotsiologiyaning vazifasi sotsial tizimlarning har bir komponentining ŏziga xosligini, ular bajaradigan ma’lum bir vazifalarni ŏrganishdan iborat bŏladi. Hozirgi davrda, bozor munosabatlariga ŏtishda, sotsial tizim strukturasini tadQiQ Qilish muhim ahamiyat kasb etmoQda. Bu sotsiologdan tadQiQotga ilmiy, ijobiy yondashishni talab Qiladi, chunki hozirgi ŏtish davrida yuzaga kelayotgan sotsial muammolar yangicha va ilgarilaridan ancha farQ Qiladi. Masalan, kŏp ukladli iQtisodiyotni yaratish, ishbilarmonlik faoliyatini tashkil etish bilan bir Qatorda yangi sotsialguruhlar /masalan, ŏrta mulkdorlar sinfi/ vujudga kelmoQdaki, ular jamiyatda sotsial-sinfiy munosabatlarga yangicha kasb etmoQda. Jamiyatning sotsial-sinfiy differentsiyasi kriteriylari haQidagi eski tasavvurlar bu sharoitda etarli bŏlmay QolmoQda, sotsial guruhlar klassifikatsiyasining yangi asoslarini topish, ularning jamiyatdagi ŏrni va ijtimoiy hayotdagi rolini aniQlash zarur bŏlib Qoladi. Sotsiologlar uchun faktlar va sotsial vaziyatlarni ularning konkret namoyon bŏlishida ŏrganish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Odamlarning sotsial birliklarning sotsial faktlar sifatidagi faoliyati, ularning ma’lum bir sotsial vaziyatda namoyon bŏlishini ŏrganish muhim va aktualdir. Sotsiologiyaning asosiy muammolaridan biri – shaxsning sotsial tizimdagi ŏrni, Qanday va Qay tarzda u yoki bu shaxs jamiyatning hayotiy faoliyatida Qatnashishi, bunda u Qanday asos va stimullarga asoslanishi haQidagi masalalarni ŏrganishdir. Shaxsning ijtimoiylashuvidagi shart-sharoitlarni ŏrganish ham muhimdir. Turli sotsial birliklarning tabiati, xususiyati, ehtiyoji va QiziQishlarining namoyon bŏlishini tadQiQ Qilish vazifasi ŏzi bilan sotsial munosabatlarni ŏrganish bilan boG’liQ bir Qator vazifalarni keltirib chiQaradi. HuQuQiy demokratik davlat Qurish yŏlidan borayotgan jamiyat oldida kolektivizm, sotsial adolat, shuningdek, barcha millatlarning, sotsial guruhlarning umumiy kelishuvi yŏlidagi hamkorliklari, uning barcha a’zolarining sotsial tengligini ta’minlash, ularning jamiyatdagi ŏrnini yaxshilash, jamiyatni yangilashda va progressida inson faktoridan maksimal darajada foydalanish masalalari bilan boG’liQ muammolarni echish vazifasi turadi. Sotsiologiya fanining vazifasi shu barcha protsesslarning sotsial birliklar, sotsial tashkilotlar va sotsial institutlar doirasida ŏzaro harakat Qiluvchi odamlar, sotsial guruhlarning sotsial ŏrni va sotsial Qiyofasidagi ŏzgarishlar bilan Qonuniy aloQalarini ŏrganishda namoyon bŏladi. Sotsiologiya milliy mafkurani shakllantirish, yaratish jarayonida alohida ŏrin tutadi. Eskirib Qolgan dunyoQarash, eskicha moddiy va ma’naviy munosabatlar ŏz ŏrnini yangisiga osonlikcha bŏshatib bermaydi. Buning uchun ma’lum vaQt kerak. Sotsiologiya shu vaQt davomida ma’naviyatda rŏy berayotgan ŏzgarishlarni aniQlashga va ilmiy asosga ega bŏlgan tadbirlar ishlab chiQishga xizmat Qiladi. Shunday Qilib, milliy davlatimiz ijtimoiy tizimdagi mavjud sistemalar tarkibiy-funktsional holatini sotsiologik tadQiQotlar orQali aniQlash va ŏrganish muammosi ham hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Ularning ichida milliy tuzilish va turli millatlarning ŏzaro ahil yashashini ta’minlovchi omillarni kuchaytirish yŏllarini aniQlash; oila, yoshlar bilan boG’liQ bŏlgan mavjud muammolarni jiddiy tahlil Qilib, real tadbirlar ishlab chiQish va hayotga tadbiQ Qilish; hozirda faoliyat kŏrsatayotgan mavjud salbiy xarakterdagi turli guruhlar: giyohvandlar, ishsizlar, bekorchi sayoQlar, ŏzgalar hisobiga kun kechiradigan boshQa tuzilmalarning millatimizga, mamlakat siyosiy vaziyatiga, iQtisodiyotiga, ma’naviyatiga va kishilarning ijtimoiy turmush tarziga etkazayotgan katta zarariga va bu guruhlar faoliyatiga chek Qŏyish muammolarni ŏrganish muhimdir. Turli ijtimoiy-iQtisodiy, siyosiy manfaatlar ŏrtasidagi ziddiyatlarni faQat bostirish, zŏravonlik yŏli bilan hal etib bŏlmaydi. Buni tarix takror va takror isbotlab bergan. Sotsiologiyaning vazifasi esa bu jihatdan ilmiy tahlil asosida davlatni, ijtimoiy munosabatlarni boshQarishga har tomonlama kŏmaklashishdir. Sotsiologiyaning jamiyat taraQQiyotidagi ikki muhim funktsiyasini ajratib kŏrsatish zarur: 2/ Amaliy funktsiya; 1. Ŏzining bilish funktsiyasi orQali jamiyat taraQQiyotining ob’ektiv Qonunlarini, konkret hayotiy jarayonlarni ilmiy asosda ŏrganadi. Mavjud ijtimoiy voQelikdagi jarayonlarni ŏrganish bilan jamiyat hayotining kelgusidagi rivojlanish oldindan payQash, tahlil Qilish uchun xizmat Qilish vazifasini bajaradi. Ijtimoiy bilish ilmiy sotsiologik nazariya va uslubiyotni ishlab chiQish muhim ahamiyatga ega. 2. Ŏzining empirik bilish darajasi va usullari bilan sotsiologiya amaliy funktsiyaga ham ega. Amaliy funktsiya bilish funktsiyasi bilan uzviy boG’liQdir. Ijtimoiy taraQQiyot Qonuniyatlarini, tendentsiyalarini sotsiologik tadQiQot orQali amaliy jihatdan ŏrganish jamiyatni ilmiy boshQarish va rejalashtirish, prognoz berish uchun asos bŏladi. Shuning uchun har bir viloyat va shaharlarda sotsiologik tadQiQotlar ŏtkazish, ulardan olingan ilmiy natijalarni respublika miQyosida markazlashgan ilmiy laboratoriyalarda umumlashtirish – davlat ahamiyatiga molik masaladir. Bozor munosabatlariga ŏtish jarayonida bunday ilmiy xulosalar amaliy ahamiyatga ega bŏlib, mustaQil Ŏzbekiston taraQQiyotini ilmiy asosda boshQarishni ta’minlaydi. Yangi iQtisodiy munosabatlar tarkib topishi va rivojlanishi bilan sotsiologiyaning amaliy funktsiyasining ahamiyati ham ortib boradi. AyniQsa, hozirgi iQtisodiy Qiyinchiliklar davrida mehnatni tashkil Qilish, ishsizlikni bartaraf etish, aholi moddiy turmush darajasini kŏtarish kabi dolzarb muammolarni hal etib borishda sotsiologiyaning amaliy vazifasi yaQQol kŏrinmoQda. Fanning ob’ektiv rivojlanishi kŏp jihatdan mavjud siyosiy tuzumga, rejimga boG’liQ bŏladi. Amaliy va nazariy sotsiologiya esa ŏz navbatida jamiyatni ilmiy-rejali boshQarishda davlatga juda katta yordam berish imkoniyatiga ega. Buning uchun: fan sifatida sotsiologiyaning nazariy va amaliy tomonlarini rivojlantirish; shu sohaning malakali mutaxassislarini tayyorlashga e’tibor berish; viloyatlarda, oliy ŏQuv yurtlarida sotsiologik ilmiy laboratoriyalar tashkil Qilish; ularni davlat tomonidan moddiy jihatdan raG’batlantirish; zamonaviy komp’yuter va hisoblash texnikasi bilan ta’minlash zarur. Download 32.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling