Sotsiologiya va falsafa Sotsiologiya va tabiiy fanlar Sotsiologiya va ijtimoiy fanlar
Download 146 Kb.
|
4-Мавзу SOTSIOLOGIYA FANLAR TIZIMIDA
4-mavzu. SOTSIOLOGIYA FANLAR TIZIMIDA REJA Sotsiologiya va falsafa Sotsiologiya va tabiiy fanlar Sotsiologiya va ijtimoiy fanlar Sotsiologiya fanlararo fan sifatida 1. Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi boshqa fanlar asosida va ular bilan o’zaro Chambarchas bog’liqlikda sodir bo’ldi. Sotsiologiyaning Shakllanish jarayonida alohida o’rin tutgan falsafa bilan nisbatini o’rganishdan boshlaymiz. Sotsiologiyaning fanni zamonaviy tushunish tizimida vujudga kelishini O.Kontning nomi va XIX asr bilan bog’laydilar, biroq ko’plab muammolar nisbatan avvalroq, eramizdan avvalgi VI asrda ilmiy bilim, falsafaning paydo bo’lish davrida qo’yilgan va hal etilgan. Geraklit ta’limotida tabiat qonunlarini jamiyat qonunlaridan ajratilishi, uning hodisaning doimiy harakati, o’zgarishlari, qarama-qarshi holatga o’tishi haqidagi dialektik fikrlari ijtimoiy fikr Shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Platon va Arastuning falsafasida jamiyat va hukumat haqidagi ta’limot muhim o’rin tutadi. Ular jamiyatni, uning tuzilmasini tahlil qiladilar Davlat, uning turlari haqida sermahsul fikrlarni bayon qiladilar. Arastu uru Sh haqida xo’jalik faoliyati sifatidagi fikrlarni bildiradi, pul paydo bo’lgunga qadar ehtiyojlarni qondirishning tabiiy usuli bo’lgan, biroq pul paydo bo’lgandan so’ng Cheksiz boylik manbaiga aylangan iqtisodiy almashinuv munosabatlarini tadqiq qiladi. Arastu boylikdan foydalanish va unga egalik qilish odobini yaratadi. Arastuning iqtisodiyot, shaxsiy mulk, ijtimoiy almashinuv, mukammal inson va davlat mohiyati haqidagi fikrlari, oila, fuqaro, ma’naviyat, inson va jamiyatning o’zaro munosabati haqidagi fikrlari nazariy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan1. O’rta Osiyo tsivilizatsiyaning qadimiy o’choqlaridan biri sifatida. O’rta Osiyo xalqlarining arab xalifaligi hukmronligidan ozod bo’lishi natijasida feodal davlatlar paydo bo’la boshlaydi. IX-X asrlarda buyuk taraqqiyparvar mutafakkirlar Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048, Abu Ali Ibn sinolar (980-1037)2 axloqiy-ijtimoiy ta’limotlar yaratadilar. O’zining Shaharning saxovatli kishilari qarashlari haqidagi asarida Al-Forobiy uyushmalarning tashkil topish sabablari, ularning tuzilmalari va xususiyatlarini ochib beradi. U Yaqin Sharq mamlakatlarining o’z tizimini ijtimoiy hayot masalalarini o’rganishga qadar olib borgan va yangi guruhga oid sotsiologiyaga asos solgan birinchi faylasufi hisoblanadi3. Beruniy xalqlar turlarini, ularning ijtimoiy tuzilmasini, etnos va tillarning kelib chiqishini o’rganadi. U ijtimoiy qatlamlarning vujudga kelishi va jamiyat rivojlanishining iqtisodiy va geografik Sharoitlari rolini belgilab beradi. Beruniy nafaqat guruhga oid sotsiologiyani rivojlantiradi, balki sotsiolingvistikaga ham asos soladi4. Ibn sino, yirik olim amaliyotchi bo’lgani bilan birga astrologiyani yolg’on fan sifatida tanqid qiladi, ijtimoiy fikrda esa uning taqdirga ishonish, qismat, iroda erkinligining teologik-kalamistik nazariyasining tanqidi katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ibn sinoning jamiyatni rivojlantirish, boshqarish, iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillari haqidagi fikrlari bugungi kunga kelib ham o’z ahamiyatini yo’qotmadi. Tiklanish davri deb atalgan insonparvarlik madaniyatining vujudga kelish davrida inson va uning tabiat hamda jamiyatdagi o’rni haqidagi muammolar qo’yilgan. T.Morning “Utopiya” (1516 y.) asarida haqiqat, teng huquqlilik haqidagi ijtimoiy fikrlar aytiladi, shaxsiy mulk esa ijtimoiy falokatlarning sababi sifatida o’rganiladi. U ishlab chiqarish mablag’lari hisobiga jamoaviy mulkka asoslangan ijtimoiy tuzumni ta’riflab beradi. Utopik sotsializmning bu kabi g’oyalari Tomazo Kampanellaning (1568-1639) ijtimoiy tuzumning ideal loyihasi yaratilgan “Quyosh Shahri” asarida davom ettirilgan5. Sotsiologiyaning paydo bo’lishiga tajribaga oid anglash va fanlarning: XV – XVI asrdagi yangi davr vaqtidagi matematika, mexanika va tabiat Shunoslikning rivojlanishi ahamiyatli darajada ta’sir ko’rsatdi. Aynan Shu davrda T.Gobbsning ijtimoiy organizm sifatidagi jamiyat haqidagi ta’limoti vujudga keldi. U ijtimoiy evolyutsiya, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy tuzilma haqida organizmik fikrlarni ilgari suradi. A.Smit va T.Gobbs ijtimoiy Shartnoma va tabiiy xuquqlar nazariyasini yaratadilar hamda ijtimoiy guruhlarning paydo bo’lish asoslari, A.Smitning ta’limotidagi erkinlik va shaxsiy mulkka egalik qilish xuquqi haqidagi ta’limoti to’g’risida chuqur fikrlar bildiradilar. XVIII asrda Frantsiyadagi ma’rifatparvarlik harakati sotsiologiyaning paydo bo’lishining bevosita g’oyaviy-nazariy asosi bo’lib xizmat qildi. XVIII asr – ma’rifat asri. Ma’rifatning asosiy Shiori – g’oyalar dunyoni boshqaradi, demak, ular ilmiy, yuqori ma’naviyatli va go’zal bo’lishi lozim. Ma’rifatparvarlarning ilmiy va amaliy faoliyati aynan Shu yo’nalishlarni amalga oshirishga qaratilgan. Sh.de Monteskening (1689-1755) davlat tuzumi turlarini ajratib ko’rsatishi, erkinlik haqidagi ta’limoti, ijtimoiy-siyosiy qarashlari ijtimoiy fikrga ahamitli hissa qo’shdi. “Fanlar entsiklopediyasi”ning yaratilishi, J.J.Russoning quyidagi “Odamlar orasida tengsizlikning kelib chiqishi haqida”, “Ijtimoiy Shartnoma” asarlari sotsiologiyaning nazariy asosi bo’lib xizmat qildi. Russoning sotsiologik g’oyalari, sen-Simonning ma’naviy faoliyat va uning ahamiyati haqidagi, tengsizlikning kelib chiqishi haqidagi, fuqarolik jamiyatining paydo bo’lishida xususiy erga egalikning roli haqidagi fikrlari sotsiologiyaning asoschisi O.Kontning “Ijobiy falsafa ruhi” asariga nazariy asos bo’lib xizmat qildi. Biroq, ijtimoiy muammolarni falsafiy qurilmasi XIX asr o’rtalaridagi jamiyati, ya’ni ijtimoiy ag’dar – to’ntarlarni: inqirozlarni, inqiloblarni, uru Shlarni boshdan kechirayotgan jamiyat rivojlanishining ehtiyojlarini qondirmagan. Sanoat, tashkilot va korxonalarning gullab-yashnashi uchun ijtimoiy rivojlanishning aniq, konstruktiv yo’llarini bilish talab etilgan. Falsafiy ta’limotlar barqarorlikni saqlash, aholi guruhlari manfaatlarining uyg’unligiga erishish, muayyan jamiyatda, u sodir bo’layotgan muayyan tarixiy davrda ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat samaradorligini oshirish yo’llarini topish kabi muhim savollarga javob berish imkoniga ega bo’lmagan. O’ Sha davrning muhim savoollariga javob topish uchun mavhum xulosalarga asoslangan bilim emas, balki empirik kuzatuv usullari, tajriba yordamida olingan real ijtimoiy jarayonlar haqidagi ob’ektiv ma’lumotlar asosida bilimlarni qurish imkoniga ega bo’lgan fan talab etilgan. Shu sababli yangi fanning – sotsiologiyaning yaratilishini O.Kont falsafani mahsulsiz metafizika sifatida inkor qilishdan boshlaydi. Bu esa o’z navbatida sotsiologiyaning kelgusidagi rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. XX asrning birinchi Choragida, sotsiologiya fanining rivojlanish markazi Amerikaga ko’chgan davrda sotsiologiya tadbiqiy fan sifatida rivojlanadi. Sotsiologik tadqiqotlar amaliyotining kengayib borishi bilan sotsiologiya empirik fan deb e’lon qilinadi va nafaqat falsafa, balki har qanday nazariya inkor qilinadi. Biroq Dyurkgeym, sotsiologiya mustaqil fan bo’lishiga va falsafadan ajralib chiqishi lozim bo’lishiga qaramasdan, u falsafa bilan barcha aloqalarni uzib yubormasligi zarur, deb hisoblagan6. Sotsiologiyaning ajratib olinishi sotsiologiya kabi, falsafa uchun ham muhim ahamiyatga ega, Chunki sotsiologiya yangi dalillarni o’rgangan va ularni umumlashtirgan holda inson va jamiyat falsafasini boyitib boradi. XX asrning o’rtalariga kelib sotsiologiya o’z rivojlanishining umumnazariy asoslarini izlash maqsadida yana falsafaga murojaat qiladi. Amerikalik sotsiolog Edvard Tirikyan falsafa va sotsiologiyaning ajratilishining salbiy oqibatlarini ta’kidlab o’tgan. Falsafa va sotsiologiyaning rivojlanish yo’llarini ifodalar ekan u, falsafa umumlashtirishning yuqori darajasidagi umumiy bilimni yaratishga intiladi, deb yozadi7. Sotsiologiya ijtimoiy dalillarni o’rganadi. Tirikyanning fikriga ko’ra falsafa va sotsiologiya o’rtasidagi aloqalarning tiklanishi nazariy va amaliy bilimni yaratishning yangi istiqbollarini ochib beradi. Sotsiologiya falsafani to’liq inkor qilishdan uning muhim ahamiyatga ega ekanligini tan olishga qadar bo’lgan yo’lni bosib o’tar ekan, globallashuv va yangi turdagi tsivilizatsiyaning tug’ilishi maqsadida falsafa va sotsiologiyaning o’zaro munosabatlarining Chuqurlashishini talab etadi, degan xulosaga keldi. 2. Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishida tabiiy fanlar alohida o’rin tutadi. XIX asrda tabiat Shunoslik ulkan muvaffaqiyatlarga erishadi. Olimlar kimyoviy elementlarning tuzilishi, tirik organizmlar rivojlanishining fizik qonuniyatlari haqidagi nazariyalarni yaratadilar. Ushbu kashfiyotlar kuchli empirik asos va empirik usullarga: kuzatishlarga, tajribaga tayanadi. Sotsiologiyaning klassik vakillari bo’lgan O.Kont va G.Spenserlarning jamiki nazariy faoliyati tabiiy fanlarning analogi (o’xshashi) bo’lgan yangi ijtimoiy fanni yaratishga qaratilgan. XIX asr oxirlarining ustuvor yo’nalishi naturalizm bo’lgan. Naturalizm – sotsiologiyaning jamiyat rivojlanishini tabiat qonunlari: iqlim, odamlarning biologik yoki irqiy xususiyatlari yordamida ta’riflovchi yo’nalishidir. Aynan Shu davrda jamiyatni muayyan vazifalarga: o’sish, differentsiatsiya, kasallik, o’lim, regeneratsiya kabilarga ega bo’lgan biologik organizm sifatida o’rganuvchi, ijtimoiy qonunlarni esa Darvin tomonidan kashf qilingan biologik evolyutsiya qonunlariga: tabiiy tanlov va yashash uchun kurash, ayovsiz kurash va hukmronlikka intilish sifatida talqin qilinuvchi o’xshash ravishda o’rganuvchi qator yo’nalishlar vujudga keladi. Naturalizm sotsiologiyada adolatli ravishda tanqidga uchradi. Jamiyatning o’ziga xosligi tabiiy jarayonlar bilan qiyoslanishi marksizm tomonidan ochib berilgan. Ushbu maqsadga muvofiq faoliyat, mehnat, nutq, va nihoyat, tafakkur insonni hayvonot dunyosidan ajratib turadi. Biroq masala yopilmadi, Chunki 1970 yilga kelib sotsiobiologiya yo’nalishi paydo bo’ldi, uning asoschisi entomolog Uilson ijtimoiy hayotning tabiiy asoslarini o’rgangan. Sotsiobiologlar hayvonlar va insonning ijtimoiy xulqi shakllarining bir nechta kontseptsiyalarini ishlab chiqdilar: altruizm, qayta tiklash, tajovuzkorlikning roli va h.k. Tajovuzkorlik – sotsiobiologlarning fikriga ko’ra, insonni hayvonlar bilan yaqinlashtiruvchi jihat, zarur hisoblanadi va “evolyutsiya jarayonida moslashuvchan va maxsus tanlangan ta’sirlar namunalarini aks ettiradi”8. Sotsiobiologiya asosida o’rganish sohasi xalqlarning tuzilmasini, uning madaniyatini (til, turmush, an’analar), milliy o’zligini belgilab beruvchi ijtimoiy omillari bo’lgan etnosotsiologiya kabi yo’nalish Shakllanib boradi. Etnosotsiologiya u yoki bu milliy hodisalarni ishlab chiqarish mexanizmini, ya’ni ular qayday faoliyat olib boruvchi va o’zini qayta tiklovchi ekanligini aniqlashga yo’naltirilgan. Etnik o’ziga xos xususiyatlar, milliy rivojlanish va milliy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy muammolarni o’rganar ekan, etnosotsiologiya millatlarning mobilligiga, millatlararo munosabatlar madaniyatini oshirish yo’llarini aniqlashga o’z hissasini qo’shadi. Shunday qilib, o’rganilishi biologiya kabi sotsiologiyaga ham qiziqarli bo’lgan integral sohalarning vujudga kelishi haqida gapirish mumkin. Shunday qilib, sotsiologiya – bu tabiiy tabiat haqidagi fan emas, balki insonning ijtimoiy tabiati (mohiyati) haqidagi fandir. U o’z o’rganish predmetiga ega – inson va jamiyat rivojlanishi va faoliyatining ijtimoiy qonunlari. Endi sotsiologiya va aniq fanlarning nisbatini o’rganib chiqamiz. Ma’lumki, O.Kont sotsiologik fanni ijtimoiy fizika deb nomlagan. Bu fizikada ishlab chiqilgan usullar kabi usullarni yaratishga yo’naltirilgan. XIX asrda energetizm kontseptsiyasi vujudga keldi. Uning vakili Ostvald quvvatning saqlanish va o’zgarish fizik qonunini ijtimoiy jarayonlarni ta’riflashga qo’llashga harakat qilgan. Yana avvalroq, XVII asrda qonunlari nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy hodisalarni ham ta’riflovchi universal sifatida o’rganiluvchi klassik mexanikaning yutuqlari bilan bog’liq bo’lgan. Fanning keyingi rivojlanishi ushbu kontseptsiyalarning to’liq emasligi va cheklanganligini ko’rsatadi. Biroq ushbu yondashuvlarning ayrimlari XX asrga ham etib kelgan. Neopozivitizm, sotsiologiyadagi empirik usullarni ishlab chiqar ekan, matematik usullarning qo’llanilishi, fan tushunchalari va fizik atamalarning roli masalasini qo’yadi. Shu davrda, empirik tadqiqotlar keng tarqalgan vaqtda, qo’llanilishi tadqiqotning ilmiyligini ko’rsatuvchi matematikaga, statistikaga bo’lgan qiziqishning ortishi kuzatiladi. Bugungi kunda nomatematik fanlar mavjud emasligini anglab etdilar, Chunki har qanday fanning rivojlanishi axborot-dasturiy ta’minot, yangi axborot texnologiyalarning qo’llanilishi bilan bog’liq ekanligi aniq namoyon bo’lmoqda. Matematik usullar – bu ijtimoiy muammolarni hal etish vositasidir. Hodisaning tarqalish darajasi, uning jihatlari, rivojlanish yo’nalishlarining o’rtacha statistik xususiyatlarini aniqlash uchun tipologik tahlil qo’llaniladi. Matematika yordamida hal etiluvchi vazifalarning ikkinchi turi, bu hodisa sabablarini, bilvosita va asosiy aloqalarni, yondosh aloqalarni, omillarning jarayonga ta’sir ko’rsatish tabiatini tahlilidir. Sotsiologida matematikaning qo’llanilishidagi asosiy narsa – bu ijtimoiy hodisalarni modellashtirishdir. Bunda etarli darajadagi tajriba mavjud. Tadqiqotchilar modellarning turli ko’rinishlarini ajratib ko’rsatadilar: a) alohida jihatlar differentsiatsiyasi xususiyatlarini umumlashtirish uchun qo’llaniladigan taqsimlash modellari; b) ular yordamida hodisalarning o’zaro aloqalari aniqlanuvchi korrelyatsion, dispersion, omilli va boshqa modellar; v) alohida ijtimoiy hodisalarni shakllantirishning statistik modellari (masalan, oila daromadini shakllantirish modeli); g) adolatli ravishda sotsiologik tadqiqotlarda tobora kengroq qo’llanilayotgan aniqlash namunalarining statistik modellari. Modellashtirishning eng yangi texnologiyalari – ma’lumotlarni kompyuter dasturlari ko’rinishida amalga oshirilgan sun’iy neyron tarmoqlari bazasida intellektual tahlil qilish, shaxslararo kommunikatsiya jarayonida qanday qilib intersub’ektivlikka erishiladi va inson faoliyatining ob’ektiv-ideal, ma’noviy, invarint tuzilmalari shakllanishini o’rganishning qudratli vositasini aks ettiradi9. 3. Sotsiologiyaning boshqa ijtimoiy fanlar: iqtisodiyot, psixologiya, xuquq, demografiya kabi fanlar bilan o’zaro munosabati masalasi eng murakkab masala hisoblanadi. Murakkablik Shundan iboratki, ko’plab ijtimoiy fanlar umumiy tushunchalardan foydalanadilar: “ijtimoiy institut”, “ijtimoiy munosabatlar”, “ Shaxs” tadqiqotlarda sotsiologik usullardan foydalanadilar. Boshqa bir murakkablik Shundan iboratki, ko’pturli integral sohalar Shakllangan va muvaffaqiyatli tarzda rivojlanmoqda: huquq sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya, siyosat, madaniyat sotsiologiyasi, ijtimoiy psixologiya va h.k. Shu sababli mumtoz sotsiologlar Kont, spenserlar sotsiologiya maxsus ijtimoiy fan emas, balki umumiy fandir, deb hisoblaganlar. Biroq XX asrning boshlaridayoq sotsiologik tadqiqotlar amaliyotining kengayib borishi asosida ijtimoiy fanlarning differentsiatsiyasi (chegaralanishi) boshlandi, sotsiologiyaning ixtisoslashtirilishi Chuqurlashib bordi. E.Dyurkgeym birinchilardan bo’lib sotsiologiyaning yaxlit kontseptsiyasini na biologiyaga, na psixologiyaga bog’liq bo’lmagan mustaqil fan sifatida ishlab chiqishga harakat qiladi. U ijtimoiy hodisalarning sifatga oid o’ziga xosligi g’oyasini himoya qilgan. E.Dyurkgeymning ta’kidlashicha, sotsiologiyaning o’ziga xosligi shundaki, u barcha ijtimoiy fanlar orasida markaziy o’ringa ega. U turli ko’rinishdagi hodisalarni qamrab oladi, mazkur hodisalarga xos bo’lgan yaxlitlikni, ularning jamoaga oid, ijtimoiy tabiatini qamrab oladi10. F.Znanetskiy sotsiologiyaning maxsus fan sifatida tushunilishini Chuqurlashtiradi. U sotsiologiya maxsus fan sifatida o’z o’rganish predmetiga, o’zining boshqa fanlardan farq qiluvchi toifaga oid ilmiy apparatiga ega ekanligini yozgan. Sotsiologiyani boshqa fanlardan ajratish uchun Znanetskiy tarixiy sub’ektlarda, ularning tajribasida, qadriyatga oid-me’yoriy ichki dunyosida mavjud bo’lgan madaniy voqelikni anglatuvchi “inson koeffitsienti” tushunchasidan foydlanadi. U “Agar inson koeffitsienti e’tiborga olinmasa va tadqiqotchi madaniyat tizimini tabiiy, ya’ni inson tajribasi va faoliyatidan alohida o’rgansa, u holda tizim yo’qoladi va uning o’rniga u o’zi o’rganayotgan voqelikka bog’liq bo’lmagan jarayonlarning o’zaro betartib joylashgan ommasiga duch keladi”, - deb yozadi11. Shunday qilib u sotsiologik voqelikni jismoniy kabi psixologik voqelikdan ham ajratib oladi. XX asrning 60-70 yillarida, ijtimoiy fanlarning o’ziga xos xususiyatlari faqatgina uning predmetiga ko’ra belgilanadi, ob’ektini esa umumiy sifatida o’rganish mumkin, degan qarash keng tarqaldi. Barcha ijtimoiy fanlar mehnatni, ishni, oilani, guruhlardagi munosabatlarni o’zining ixtisoslik sohasidan kelib chiqib o’rganadi. Xususan, psixologiya – mazkur sohalarda yuz berayotgan psixologik jarayonlarni, iqtisodiyot – moddiy farovonlikni, moddiy munosabatlarni, mehnat faoliyatida manbalarning etarliligini va boshqalarni o’rgansa, sotsiologiya bu sohalarni yaxlitligicha, ijtimoiy sifat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining o’zaro ijtimoiy-madaniy munosabati sifatida o’rganadi. 4. Sotsiologiyaning sohasi faoliyatning o’z mohiyatiga ko’ra kompleks turlari, ijtimoiy hayotning Shu kabi hodisalari va jarayonlari hisoblanadi. Buning natijasida sotsiologiya – bu ijtimoiy hayotning alohida tomonlarini (iqtisodiyotni, san’atni, huquqni) o’rganuvchi fan emas, balki sharoitlarda, munosabatlarda, individlarning, ijtimoiy guruhlar va jamiyatning tafakkur tarzi va faoliyatida namoyon bo’luvchi iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalarning o’zaro bog’liqliklarini o’rganuvchi fan hisoblanadi. Uning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning diqqat markazida tarix sub’ekti sifatida inson, uning yaxlit o’zaro munosabatlari turadi. Aynan yaxlit yondashuv sotsiologiyaga jamiyat hayotining barcha jabhalarida faoliyatni boshqarish va tashkillashtirish bo’yicha to’g’ri qarorlar qabul qilish, kelajakni avvaldan aytib berish va ijtimoiy loyihalarni tayyorlash imkonini beradi. Shu bilan birga, turli integral yo’nalishlar vujudga keldi va rivojlanmoqda: sotsiolingvistika, huquq sotsiologiyasi, madaniyat sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya va boshqalar. Sotsiologiya yordamida jamiyatning o’z sohasini o’rganuvchi har bir ijtimoiy fan, real ijtimoiy jarayonlarni o’rganish asosida o’z faoliyatini takomillashtiradi, ijtimoiy hayot sohalaridagi bilimlarini Chuqurlashtiradi. Sotsiologiya ijtimoiy psixologiya bilan chuqur aloqalarga ega. Biroq ijtimoiyni psixik hodisaga tenglashtirilishi tanqidga uchradi. O.Kontning o’zi ijtimoiy hissiyotlarni va ijtimoiy tafakkurni Chegaralagan. Mazkur muammoni E.Dyurkgeym va P.A.Sorokinlar Chuqur o’rganishgan, biroq psixologizmni engib o’ta olishmagan. M.Veber esa quyidagicha yozadi: sotsiologiya shaxs xulqini faqatgina shaxs o’z harakatlariga muayyan ma’no joylashtirgani uchungina o’rganadi. Faqat Shu kabi xulq sotsiologni qiziqtirishi mumkin; psixologiyaga keladigan bo’lsak, uning uchun bu holat belgilovchi emas. Biroq sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaning nisbati masalasi etarli darajada murakkab masala, Chunki insonlar hayot faoliyatida hissiy qaerda tugashi va oqillik qaerda boshlanishi tushunarsizdir. Sotsiologiya va ijtimoiy psxologiyaning rivojlanishi ayrim farqlarni izohlash imkonini beradi. Ijtimoiy psixologiya individlarning, guruhlarning, bevosita shaklda namoyon bo’luvchi (simpatiya, antipatiya, bir birini qabul qilish) tafakkurining dastlabki bosqichini o’rganadi, sotsiologiya esa nisbatan kengroq ko’lamda, jamiyatda mavjud ijtimoiy qonunlar, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy omillar va sharoitlar nuqtai nazaridan yondashadi. Sotsiologik yondashuv nisbatan bilvosita tabiatga ega, ya’ni tafakkurning hayot faoliyatining yo’naltiruvchi asosini ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan nisbatan yuqori qadriyatga oid-me’yoriy darajasini o’rganadi. Psixologiya muhitni o’ziga xos Shaklda (hissiyotlar, kechinmalar, g’azab, shodlik, norozilik hissi) bevosita aks ettirish jarayonlarini o’rganadi. U Shaxslarning, guruhlarning, jamiyatning psixik holatini o’rganadi. Ijtimoiy psixologiya aynan Shu ob’ektga ega bo’lgan holda uning muloqot muammolari, shaxslararo munosabatlar va xalqlar, etnoslar va millatlarning ruhiy qurilmalari bilan bog’lagan holda o’rganadi. YUqorida keltirilganlar sotsiologik fan va uning fanlar tizimidagi o’rni haqida ayrim xulosalar qilish imkonini beradi: bu – maxsus, fanlararo fan. Ijtimoiy psixologikka teng emas. Sotsiologiya odamlarning ongli faoliyati bilan Shug’ullansa-da, psixologik omillarni e’tibordan chetda qoldira olmaydi, shu bilan birga u o’z tadqiqot predmetini yo’qotmasligi zarur. Sotsiologiya predmeti – bu Shaxslarning, ijtimoiy tizimlardagi guruhlar faoliyatining qonuniyatlaridir. 1 Аristotel Etikа. Per. E. Rаdlovа. SPb., 1908. 2 Ibn Sinа Izbrаnnie filosofskie proizvedeniya. Moskvа: Nаukа, 1980. 3 Аl – Fаrаbi Sotsiаlno-eticheskie trаktаti. Аlmа-Аtа, 1973. 4 Izbrаnnie proizvedeniya misliteley strаn Blijnego i Srednego Vostokа IX – XIV vv. Per.А.V.Sаgаdeevа i dr. M.,1961. 5 Utopicheskiy sotsiаlizm Xrestomаtiya. Pod red. А.I. Volodinа. M.: Polit. l-rа, 1982. 6 E. Dюrkgeym Metod sotsiologii SPb, 1898. 7 Tirykian E.A. Sociologism and Existentialism. Two perspectives on the individual and society. Prentice Hall, N-Y. 1962. 8 Wilson E.O. Genes, mind and culture. The coevolutionary process. Cambridge, 1981. 9Ignаtev N.А. Vichislenie obobshёnnix pokаzаteley i intellektuаlniy аnаliz dаnnix // Аvtomаtikа i telemexаnikа. 2011. № 5. S. 183-190. 10 Dюrkgeym E. Metod sotsiologii. Kiev: Юjno-russkoe knigoizd-vo. 1899. – S. 40-41. 11 Znaniecki On humanistic sociology. Selected papers. Chicago London 1969. P.137. Download 146 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling