Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Tayanch tushunchalar: fundamental va amaliy sotsiologiya, dunyoqarash,
metodologik, integratsiyalashtiruvchi, evristik
7
Rumyantsev А.M, Osipov G.V. Mаrksistskаya sotsiologiya i konkretnie sotsiаlnie issledovаniya // Voprosi 
filosofii. — 1968. — №6. — S.3-13.


4-mavzu. SOTSIOLOGIYA FANLAR TIZIMIDA
REJA
1. Sotsiologiya va falsafa
2. Sotsiologiya va tabiiy fanlar
3. Sotsiologiya va ijtimoiy fanlar
4. Sotsiologiya fanlararo fan sifatida
1. Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi boshqa fanlar asosida
va ular bilan o’zaro Chambarchas bog’liqlikda sodir bo’ldi. Sotsiologiyaning
Shakllanish jarayonida alohida o’rin tutgan falsafa bilan nisbatini o’rganishdan
boshlaymiz. Sotsiologiyaning fanni zamonaviy tushunish tizimida vujudga
kelishini O.Kontning nomi va XIX asr bilan bog’laydilar, biroq ko’plab
muammolar nisbatan avvalroq, eramizdan avvalgi VI asrda ilmiy bilim,
falsafaning paydo bo’lish davrida qo’yilgan va hal etilgan. 
Geraklit ta’limotida tabiat qonunlarini jamiyat qonunlaridan ajratilishi, uning
hodisaning doimiy harakati, o’zgarishlari, qarama-qarshi holatga o’tishi haqidagi
dialektik fikrlari ijtimoiy fikr Shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Platon va Arastuning falsafasida jamiyat va hukumat haqidagi ta’limot muhim
o’rin tutadi. Ular jamiyatni, uning tuzilmasini tahlil qiladilar Davlat, uning turlari
haqida sermahsul fikrlarni bayon qiladilar. Arastu uru Sh haqida xo’jalik faoliyati
sifatidagi fikrlarni bildiradi, pul paydo bo’lgunga qadar ehtiyojlarni qondirishning
tabiiy usuli bo’lgan, biroq pul paydo bo’lgandan so’ng Cheksiz boylik manbaiga
aylangan iqtisodiy almashinuv munosabatlarini tadqiq qiladi. Arastu boylikdan
foydalanish va unga egalik qilish odobini yaratadi. Arastuning iqtisodiyot, shaxsiy
mulk, ijtimoiy almashinuv, mukammal inson va davlat mohiyati haqidagi fikrlari,
oila, fuqaro, ma’naviyat, inson va jamiyatning o’zaro munosabati haqidagi fikrlari
nazariy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan
1
.
O’rta Osiyo tsivilizatsiyaning qadimiy o’choqlaridan biri sifatida. O’rta Osiyo
xalqlarining arab xalifaligi hukmronligidan ozod bo’lishi natijasida feodal davlatlar
paydo bo’la boshlaydi. IX-X asrlarda buyuk taraqqiyparvar mutafakkirlar Abu
Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048, Abu Ali Ibn sinolar
(980-1037)
2
axloqiy-ijtimoiy ta’limotlar yaratadilar. 
O’zining Shaharning saxovatli kishilari qarashlari haqidagi asarida Al-
Forobiy uyushmalarning tashkil topish sabablari, ularning tuzilmalari va
xususiyatlarini ochib beradi. U Yaqin Sharq mamlakatlarining o’z tizimini ijtimoiy
hayot masalalarini o’rganishga qadar olib borgan va yangi guruhga oid
sotsiologiyaga asos solgan birinchi faylasufi hisoblanadi
3
.
Beruniy xalqlar turlarini, ularning ijtimoiy tuzilmasini, etnos va tillarning
kelib chiqishini o’rganadi. U ijtimoiy qatlamlarning vujudga kelishi va jamiyat
rivojlanishining iqtisodiy va geografik Sharoitlari rolini belgilab beradi. Beruniy
nafaqat guruhga oid sotsiologiyani rivojlantiradi, balki sotsiolingvistikaga ham
1
Аristotel Etikа. Per. E. Rаdlovа. SPb., 1908.
2
Ibn Sinа Izbrаnnie filosofskie proizvedeniya. Moskvа: Nаukа, 1980.
3
Аl – Fаrаbi Sotsiаlno-eticheskie trаktаti. Аlmа-Аtа, 1973.


asos soladi
4
. Ibn sino, yirik olim amaliyotchi bo’lgani bilan birga astrologiyani
yolg’on fan sifatida tanqid qiladi, ijtimoiy fikrda esa uning taqdirga ishonish,
qismat, iroda erkinligining teologik-kalamistik nazariyasining tanqidi katta
ahamiyatga ega bo’lgan. Ibn sinoning jamiyatni rivojlantirish, boshqarish,
iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillari haqidagi fikrlari bugungi kunga kelib ham o’z
ahamiyatini yo’qotmadi. 
Tiklanish davri deb atalgan insonparvarlik madaniyatining vujudga kelish
davrida inson va uning tabiat hamda jamiyatdagi o’rni haqidagi muammolar
qo’yilgan. T.Morning “Utopiya” (1516 y.) asarida haqiqat, teng huquqlilik
haqidagi ijtimoiy fikrlar aytiladi, shaxsiy mulk esa ijtimoiy falokatlarning sababi
sifatida o’rganiladi. U ishlab chiqarish mablag’lari hisobiga jamoaviy mulkka
asoslangan ijtimoiy tuzumni ta’riflab beradi. Utopik sotsializmning bu kabi
g’oyalari Tomazo Kampanellaning (1568-1639) ijtimoiy tuzumning ideal loyihasi
yaratilgan “Quyosh Shahri” asarida davom ettirilgan
5
.
Sotsiologiyaning paydo bo’lishiga tajribaga oid anglash va fanlarning: XV –
XVI asrdagi yangi davr vaqtidagi matematika, mexanika va tabiat Shunoslikning
rivojlanishi ahamiyatli darajada ta’sir ko’rsatdi. Aynan Shu davrda T.Gobbsning
ijtimoiy organizm sifatidagi jamiyat haqidagi ta’limoti vujudga keldi. U ijtimoiy
evolyutsiya, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy tuzilma haqida organizmik fikrlarni ilgari
suradi. A.Smit va T.Gobbs ijtimoiy Shartnoma va tabiiy xuquqlar nazariyasini
yaratadilar hamda ijtimoiy guruhlarning paydo bo’lish asoslari, A.Smitning
ta’limotidagi erkinlik va shaxsiy mulkka egalik qilish xuquqi haqidagi ta’limoti
to’g’risida chuqur fikrlar bildiradilar. 
XVIII asrda Frantsiyadagi ma’rifatparvarlik harakati sotsiologiyaning paydo
bo’lishining bevosita g’oyaviy-nazariy asosi bo’lib xizmat qildi. XVIII asr –
ma’rifat asri. Ma’rifatning asosiy Shiori – g’oyalar dunyoni boshqaradi, demak,
ular ilmiy, yuqori ma’naviyatli va go’zal bo’lishi lozim. Ma’rifatparvarlarning
ilmiy va amaliy faoliyati aynan Shu yo’nalishlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Sh.de Monteskening (1689-1755) davlat tuzumi turlarini ajratib ko’rsatishi,
erkinlik haqidagi ta’limoti, ijtimoiy-siyosiy qarashlari ijtimoiy fikrga ahamitli hissa
qo’shdi. “Fanlar entsiklopediyasi”ning yaratilishi, J.J.Russoning quyidagi
“Odamlar orasida tengsizlikning kelib chiqishi haqida”, “Ijtimoiy Shartnoma”
asarlari sotsiologiyaning nazariy asosi bo’lib xizmat qildi. Russoning sotsiologik
g’oyalari, sen-Simonning ma’naviy faoliyat va uning ahamiyati haqidagi,
tengsizlikning kelib chiqishi haqidagi, fuqarolik jamiyatining paydo bo’lishida
xususiy erga egalikning roli haqidagi fikrlari sotsiologiyaning asoschisi
O.Kontning “Ijobiy falsafa ruhi” asariga nazariy asos bo’lib xizmat qildi. 
Biroq, ijtimoiy muammolarni falsafiy qurilmasi XIX asr o’rtalaridagi
jamiyati, ya’ni ijtimoiy ag’dar – to’ntarlarni: inqirozlarni, inqiloblarni, uru Shlarni
boshdan kechirayotgan jamiyat rivojlanishining ehtiyojlarini qondirmagan. Sanoat,
tashkilot va korxonalarning gullab-yashnashi uchun ijtimoiy rivojlanishning aniq,
konstruktiv yo’llarini bilish talab etilgan. Falsafiy ta’limotlar barqarorlikni saqlash,
4
Izbrаnnie proizvedeniya misliteley strаn Blijnego i Srednego Vostokа IX – XIV vv. Per.А.V.Sаgаdeevа i dr. 
M.,1961.
5
Utopicheskiy sotsiаlizm Xrestomаtiya. Pod red. А.I. Volodinа. M.: Polit. l-rа, 1982.


aholi guruhlari manfaatlarining uyg’unligiga erishish, muayyan jamiyatda, u sodir
bo’layotgan muayyan tarixiy davrda ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat
samaradorligini oshirish yo’llarini topish kabi muhim savollarga javob berish
imkoniga ega bo’lmagan. O’ Sha davrning muhim savoollariga javob topish uchun
mavhum xulosalarga asoslangan bilim emas, balki empirik kuzatuv usullari, tajriba
yordamida olingan real ijtimoiy jarayonlar haqidagi ob’ektiv ma’lumotlar asosida
bilimlarni qurish imkoniga ega bo’lgan fan talab etilgan. Shu sababli yangi fanning
– sotsiologiyaning yaratilishini O.Kont falsafani mahsulsiz metafizika sifatida
inkor qilishdan boshlaydi. Bu esa o’z navbatida sotsiologiyaning kelgusidagi
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. XX asrning birinchi Choragida, sotsiologiya
fanining rivojlanish markazi Amerikaga ko’chgan davrda sotsiologiya tadbiqiy fan
sifatida rivojlanadi. Sotsiologik tadqiqotlar amaliyotining kengayib borishi bilan
sotsiologiya empirik fan deb e’lon qilinadi va nafaqat falsafa, balki har qanday
nazariya inkor qilinadi. Biroq Dyurkgeym, sotsiologiya mustaqil fan bo’lishiga va
falsafadan ajralib chiqishi lozim bo’lishiga qaramasdan, u falsafa bilan barcha
aloqalarni uzib yubormasligi zarur, deb hisoblagan
6
. Sotsiologiyaning ajratib
olinishi sotsiologiya kabi, falsafa uchun ham muhim ahamiyatga ega, Chunki
sotsiologiya yangi dalillarni o’rgangan va ularni umumlashtirgan holda inson va
jamiyat falsafasini boyitib boradi. 
XX asrning o’rtalariga kelib sotsiologiya o’z rivojlanishining umumnazariy
asoslarini izlash maqsadida yana falsafaga murojaat qiladi. Amerikalik sotsiolog
Edvard Tirikyan falsafa va sotsiologiyaning ajratilishining salbiy oqibatlarini
ta’kidlab o’tgan. Falsafa va sotsiologiyaning rivojlanish yo’llarini ifodalar ekan u,
falsafa umumlashtirishning yuqori darajasidagi umumiy bilimni yaratishga intiladi,
deb yozadi
7
. Sotsiologiya ijtimoiy dalillarni o’rganadi. Tirikyanning fikriga ko’ra
falsafa va sotsiologiya o’rtasidagi aloqalarning tiklanishi nazariy va amaliy bilimni
yaratishning yangi istiqbollarini ochib beradi. Sotsiologiya falsafani to’liq inkor
qilishdan uning muhim ahamiyatga ega ekanligini tan olishga qadar bo’lgan yo’lni
bosib o’tar ekan, globallashuv va yangi turdagi tsivilizatsiyaning tug’ilishi
maqsadida falsafa va sotsiologiyaning o’zaro munosabatlarining Chuqurlashishini
talab etadi, degan xulosaga keldi.
2. Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishida tabiiy fanlar alohida o’rin
tutadi. XIX asrda tabiat Shunoslik ulkan muvaffaqiyatlarga erishadi. Olimlar
kimyoviy elementlarning tuzilishi, tirik organizmlar rivojlanishining fizik
qonuniyatlari haqidagi nazariyalarni yaratadilar. Ushbu kashfiyotlar kuchli empirik
asos va empirik usullarga: kuzatishlarga, tajribaga tayanadi. 
Sotsiologiyaning klassik vakillari bo’lgan O.Kont va G.Spenserlarning jamiki
nazariy faoliyati tabiiy fanlarning analogi (o’xshashi) bo’lgan yangi ijtimoiy fanni
yaratishga qaratilgan. XIX asr oxirlarining ustuvor yo’nalishi naturalizm bo’lgan.
Naturalizm – sotsiologiyaning jamiyat rivojlanishini tabiat qonunlari: iqlim,
odamlarning biologik yoki irqiy xususiyatlari yordamida ta’riflovchi yo’nalishidir.
Aynan Shu davrda jamiyatni muayyan vazifalarga: o’sish, differentsiatsiya,
6
E. Dюrkgeym Metod sotsiologii SPb, 1898.
7
Tirykian E.A. Sociologism and Existentialism. Two perspectives on the individual and society. Prentice Hall, N-Y.
1962. 


kasallik, o’lim, regeneratsiya kabilarga ega bo’lgan biologik organizm sifatida
o’rganuvchi, ijtimoiy qonunlarni esa Darvin tomonidan kashf qilingan biologik
evolyutsiya qonunlariga: tabiiy tanlov va yashash uchun kurash, ayovsiz kurash va
hukmronlikka intilish sifatida talqin qilinuvchi o’xshash ravishda o’rganuvchi
qator yo’nalishlar vujudga keladi.
Naturalizm sotsiologiyada adolatli ravishda tanqidga uchradi. Jamiyatning
o’ziga xosligi tabiiy jarayonlar bilan qiyoslanishi marksizm tomonidan ochib
berilgan. Ushbu maqsadga muvofiq faoliyat, mehnat, nutq, va nihoyat, tafakkur
insonni hayvonot dunyosidan ajratib turadi. Biroq masala yopilmadi, Chunki 1970
yilga kelib sotsiobiologiya yo’nalishi paydo bo’ldi, uning asoschisi entomolog
Uilson ijtimoiy hayotning tabiiy asoslarini o’rgangan. Sotsiobiologlar hayvonlar va
insonning ijtimoiy xulqi shakllarining bir nechta kontseptsiyalarini ishlab
chiqdilar: altruizm, qayta tiklash, tajovuzkorlikning roli va h.k. Tajovuzkorlik –
sotsiobiologlarning fikriga ko’ra, insonni hayvonlar bilan yaqinlashtiruvchi jihat,
zarur hisoblanadi va “evolyutsiya jarayonida moslashuvchan va maxsus tanlangan
ta’sirlar namunalarini aks ettiradi”
8

Sotsiobiologiya asosida o’rganish sohasi xalqlarning tuzilmasini, uning
madaniyatini (til, turmush, an’analar), milliy o’zligini belgilab beruvchi ijtimoiy
omillari bo’lgan etnosotsiologiya kabi yo’nalish Shakllanib boradi.
Etnosotsiologiya u yoki bu milliy hodisalarni ishlab chiqarish mexanizmini, ya’ni
ular qayday faoliyat olib boruvchi va o’zini qayta tiklovchi ekanligini aniqlashga
yo’naltirilgan. Etnik o’ziga xos xususiyatlar, milliy rivojlanish va milliy
munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy muammolarni o’rganar ekan,
etnosotsiologiya millatlarning mobilligiga, millatlararo munosabatlar madaniyatini
oshirish yo’llarini aniqlashga o’z hissasini qo’shadi. 
Shunday qilib, o’rganilishi biologiya kabi sotsiologiyaga ham qiziqarli
bo’lgan integral sohalarning vujudga kelishi haqida gapirish mumkin. Shunday
qilib, sotsiologiya – bu tabiiy tabiat haqidagi fan emas, balki insonning ijtimoiy
tabiati (mohiyati) haqidagi fandir. U o’z o’rganish predmetiga ega – inson va
jamiyat rivojlanishi va faoliyatining ijtimoiy qonunlari.
Endi sotsiologiya va aniq fanlarning nisbatini o’rganib chiqamiz. Ma’lumki,
O.Kont sotsiologik fanni ijtimoiy fizika deb nomlagan. Bu fizikada ishlab
chiqilgan usullar kabi usullarni yaratishga yo’naltirilgan. 
XIX asrda energetizm kontseptsiyasi vujudga keldi. Uning vakili Ostvald
quvvatning saqlanish va o’zgarish fizik qonunini ijtimoiy jarayonlarni ta’riflashga
qo’llashga harakat qilgan. Yana avvalroq, XVII asrda qonunlari nafaqat tabiiy,
balki ijtimoiy hodisalarni ham ta’riflovchi universal sifatida o’rganiluvchi klassik
mexanikaning yutuqlari bilan bog’liq bo’lgan. Fanning keyingi rivojlanishi ushbu
kontseptsiyalarning to’liq emasligi va cheklanganligini ko’rsatadi. Biroq ushbu
yondashuvlarning ayrimlari XX asrga ham etib kelgan. 
Neopozivitizm, sotsiologiyadagi empirik usullarni ishlab chiqar ekan,
matematik usullarning qo’llanilishi, fan tushunchalari va fizik atamalarning roli
masalasini qo’yadi. Shu davrda, empirik tadqiqotlar keng tarqalgan vaqtda,
qo’llanilishi tadqiqotning ilmiyligini ko’rsatuvchi matematikaga, statistikaga
8
Wilson E.O. Genes, mind and culture. The coevolutionary process. Cambridge, 1981.


bo’lgan qiziqishning ortishi kuzatiladi. Bugungi kunda nomatematik fanlar mavjud
emasligini anglab etdilar, Chunki har qanday fanning rivojlanishi axborot-dasturiy
ta’minot, yangi axborot texnologiyalarning qo’llanilishi bilan bog’liq ekanligi aniq
namoyon bo’lmoqda. Matematik usullar – bu ijtimoiy muammolarni hal etish
vositasidir. Hodisaning tarqalish darajasi, uning jihatlari, rivojlanish
yo’nalishlarining o’rtacha statistik xususiyatlarini aniqlash uchun tipologik tahlil
qo’llaniladi. Matematika yordamida hal etiluvchi vazifalarning ikkinchi turi, bu
hodisa sabablarini, bilvosita va asosiy aloqalarni, yondosh aloqalarni, omillarning
jarayonga ta’sir ko’rsatish tabiatini tahlilidir. Sotsiologida matematikaning
qo’llanilishidagi asosiy narsa – bu ijtimoiy hodisalarni modellashtirishdir. Bunda
etarli darajadagi tajriba mavjud. Tadqiqotchilar modellarning turli ko’rinishlarini
ajratib ko’rsatadilar:
a) alohida jihatlar differentsiatsiyasi xususiyatlarini umumlashtirish uchun
qo’llaniladigan taqsimlash modellari;
b) ular yordamida hodisalarning o’zaro aloqalari aniqlanuvchi korrelyatsion,
dispersion, omilli va boshqa modellar;
v) alohida ijtimoiy hodisalarni shakllantirishning statistik modellari (masalan,
oila daromadini shakllantirish modeli);
g) adolatli ravishda sotsiologik tadqiqotlarda tobora kengroq qo’llanilayotgan
aniqlash namunalarining statistik modellari.
Modellashtirishning eng yangi texnologiyalari – ma’lumotlarni kompyuter
dasturlari ko’rinishida amalga oshirilgan sun’iy neyron tarmoqlari bazasida
intellektual tahlil qilish, shaxslararo kommunikatsiya jarayonida qanday qilib
intersub’ektivlikka erishiladi va inson faoliyatining ob’ektiv-ideal, ma’noviy,
invarint tuzilmalari shakllanishini o’rganishning qudratli vositasini aks ettiradi
9
.
3. Sotsiologiyaning boshqa ijtimoiy fanlar: iqtisodiyot, psixologiya, xuquq,
demografiya kabi fanlar bilan o’zaro munosabati masalasi eng murakkab masala
hisoblanadi. Murakkablik Shundan iboratki, ko’plab ijtimoiy fanlar umumiy
tushunchalardan foydalanadilar: “ijtimoiy institut”, “ijtimoiy munosabatlar”, “
Shaxs” tadqiqotlarda sotsiologik usullardan foydalanadilar. Boshqa bir
murakkablik Shundan iboratki, ko’pturli integral sohalar Shakllangan va
muvaffaqiyatli tarzda rivojlanmoqda: huquq sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya,
siyosat, madaniyat sotsiologiyasi, ijtimoiy psixologiya va h.k. Shu sababli mumtoz
sotsiologlar Kont, spenserlar sotsiologiya maxsus ijtimoiy fan emas, balki umumiy
fandir, deb hisoblaganlar. Biroq XX asrning boshlaridayoq sotsiologik tadqiqotlar
amaliyotining kengayib borishi asosida ijtimoiy fanlarning differentsiatsiyasi
(chegaralanishi) boshlandi, sotsiologiyaning ixtisoslashtirilishi Chuqurlashib bordi.
E.Dyurkgeym birinchilardan bo’lib sotsiologiyaning yaxlit kontseptsiyasini
na biologiyaga, na psixologiyaga bog’liq bo’lmagan mustaqil fan sifatida ishlab
chiqishga harakat qiladi. U ijtimoiy hodisalarning sifatga oid o’ziga xosligi
g’oyasini himoya qilgan. E.Dyurkgeymning ta’kidlashicha, sotsiologiyaning o’ziga
xosligi shundaki, u barcha ijtimoiy fanlar orasida markaziy o’ringa ega. U turli
9
Ignаtev N.А. Vichislenie obobshёnnix pokаzаteley i intellektuаlniy аnаliz dаnnix // Аvtomаtikа i telemexаnikа. 
2011. № 5. S. 183-190. 


ko’rinishdagi hodisalarni qamrab oladi, mazkur hodisalarga xos bo’lgan
yaxlitlikni, ularning jamoaga oid, ijtimoiy tabiatini qamrab oladi
10

F.Znanetskiy sotsiologiyaning maxsus fan sifatida tushunilishini
Chuqurlashtiradi. U sotsiologiya maxsus fan sifatida o’z o’rganish predmetiga,
o’zining boshqa fanlardan farq qiluvchi toifaga oid ilmiy apparatiga ega ekanligini
yozgan. Sotsiologiyani boshqa fanlardan ajratish uchun Znanetskiy tarixiy
sub’ektlarda, ularning tajribasida, qadriyatga oid-me’yoriy ichki dunyosida mavjud
bo’lgan madaniy voqelikni anglatuvchi “inson koeffitsienti” tushunchasidan
foydlanadi. U “Agar inson koeffitsienti e’tiborga olinmasa va tadqiqotchi
madaniyat tizimini tabiiy, ya’ni inson tajribasi va faoliyatidan alohida o’rgansa, u
holda tizim yo’qoladi va uning o’rniga u o’zi o’rganayotgan voqelikka bog’liq
bo’lmagan jarayonlarning o’zaro betartib joylashgan ommasiga duch keladi”, - deb
yozadi
11

Shunday qilib u sotsiologik voqelikni jismoniy kabi psixologik voqelikdan
ham ajratib oladi. XX asrning 60-70 yillarida, ijtimoiy fanlarning o’ziga xos
xususiyatlari faqatgina uning predmetiga ko’ra belgilanadi, ob’ektini esa umumiy
sifatida o’rganish mumkin, degan qarash keng tarqaldi. Barcha ijtimoiy fanlar
mehnatni, ishni, oilani, guruhlardagi munosabatlarni o’zining ixtisoslik sohasidan
kelib chiqib o’rganadi. Xususan, psixologiya – mazkur sohalarda yuz berayotgan
psixologik jarayonlarni, iqtisodiyot – moddiy farovonlikni, moddiy
munosabatlarni, mehnat faoliyatida manbalarning etarliligini va boshqalarni
o’rgansa, sotsiologiya bu sohalarni yaxlitligicha, ijtimoiy sifat, ijtimoiy hayotning
barcha sohalarining o’zaro ijtimoiy-madaniy munosabati sifatida o’rganadi. 
4. Sotsiologiyaning sohasi faoliyatning o’z mohiyatiga ko’ra kompleks turlari,
ijtimoiy hayotning Shu kabi hodisalari va jarayonlari hisoblanadi. Buning
natijasida sotsiologiya – bu ijtimoiy hayotning alohida tomonlarini (iqtisodiyotni,
san’atni, huquqni) o’rganuvchi fan emas, balki sharoitlarda, munosabatlarda,
individlarning, ijtimoiy guruhlar va jamiyatning tafakkur tarzi va faoliyatida
namoyon bo’luvchi iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalarning o’zaro bog’liqliklarini
o’rganuvchi fan hisoblanadi. Uning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning
diqqat markazida tarix sub’ekti sifatida inson, uning yaxlit o’zaro munosabatlari
turadi. Aynan yaxlit yondashuv sotsiologiyaga jamiyat hayotining barcha
jabhalarida faoliyatni boshqarish va tashkillashtirish bo’yicha to’g’ri qarorlar qabul
qilish, kelajakni avvaldan aytib berish va ijtimoiy loyihalarni tayyorlash imkonini
beradi.
Shu bilan birga, turli integral yo’nalishlar vujudga keldi va rivojlanmoqda:
sotsiolingvistika, huquq sotsiologiyasi, madaniyat sotsiologiyasi, iqtisodiy
sotsiologiya va boshqalar. Sotsiologiya yordamida jamiyatning o’z sohasini
o’rganuvchi har bir ijtimoiy fan, real ijtimoiy jarayonlarni o’rganish asosida o’z
faoliyatini takomillashtiradi, ijtimoiy hayot sohalaridagi bilimlarini
Chuqurlashtiradi. 
Sotsiologiya ijtimoiy psixologiya bilan chuqur aloqalarga ega. Biroq
ijtimoiyni psixik hodisaga tenglashtirilishi tanqidga uchradi. O.Kontning o’zi
10
Dюrkgeym E. Metod sotsiologii. Kiev: Юjno-russkoe knigoizd-vo. 1899. – S. 40-41.
11
Znaniecki On humanistic sociology. Selected papers. Chicago London 1969. P.137.


ijtimoiy hissiyotlarni va ijtimoiy tafakkurni Chegaralagan. Mazkur muammoni
E.Dyurkgeym va P.A.Sorokinlar Chuqur o’rganishgan, biroq psixologizmni engib
o’ta olishmagan. 
M.Veber esa quyidagicha yozadi: sotsiologiya shaxs xulqini faqatgina shaxs
o’z harakatlariga muayyan ma’no joylashtirgani uchungina o’rganadi. Faqat Shu
kabi xulq sotsiologni qiziqtirishi mumkin; psixologiyaga keladigan bo’lsak, uning
uchun bu holat belgilovchi emas. Biroq sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaning
nisbati masalasi etarli darajada murakkab masala, Chunki insonlar hayot
faoliyatida hissiy qaerda tugashi va oqillik qaerda boshlanishi tushunarsizdir. 
Sotsiologiya va ijtimoiy psxologiyaning rivojlanishi ayrim farqlarni izohlash
imkonini beradi. Ijtimoiy psixologiya individlarning, guruhlarning, bevosita
shaklda namoyon bo’luvchi (simpatiya, antipatiya, bir birini qabul qilish)
tafakkurining dastlabki bosqichini o’rganadi, sotsiologiya esa nisbatan kengroq
ko’lamda, jamiyatda mavjud ijtimoiy qonunlar, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy omillar va sharoitlar nuqtai nazaridan yondashadi.
Sotsiologik yondashuv nisbatan bilvosita tabiatga ega, ya’ni tafakkurning
hayot faoliyatining yo’naltiruvchi asosini ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan
nisbatan yuqori qadriyatga oid-me’yoriy darajasini o’rganadi. Psixologiya muhitni
o’ziga xos Shaklda (hissiyotlar, kechinmalar, g’azab, shodlik, norozilik hissi)
bevosita aks ettirish jarayonlarini o’rganadi. U Shaxslarning, guruhlarning,
jamiyatning psixik holatini o’rganadi. Ijtimoiy psixologiya aynan Shu ob’ektga ega
bo’lgan holda uning muloqot muammolari, shaxslararo munosabatlar va xalqlar,
etnoslar va millatlarning ruhiy qurilmalari bilan bog’lagan holda o’rganadi.
YUqorida keltirilganlar sotsiologik fan va uning fanlar tizimidagi o’rni haqida
ayrim xulosalar qilish imkonini beradi: bu – maxsus, fanlararo fan. Ijtimoiy
psixologikka teng emas. Sotsiologiya odamlarning ongli faoliyati bilan
Shug’ullansa-da, psixologik omillarni e’tibordan chetda qoldira olmaydi, shu bilan
birga u o’z tadqiqot predmetini yo’qotmasligi zarur. Sotsiologiya predmeti – bu
Shaxslarning, ijtimoiy tizimlardagi guruhlar faoliyatining qonuniyatlaridir.



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling