Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

2. Sotsializatsiya jarayonlari
Sotsializatsiyalashtirish jarayonlari avvalo ijtimoiy va siyosiy kuch, siyosiy
tizim, aniq sinfiy, g’oyaviy, estetik va etik yo’nalishiga ega bo’lishini izohlash
mumkin. Sotsializatsiyalashtirish mazmuni va mohiyati ko’p jihatlarga bog’liq.
Bular: makromuhit (davr xarakteri, xalqaro munosabat, davlat, millat, sinf va
boshqa ijtioiy guruhlar, jamiyatning siyosiy madaniyati xarakteri); mikromuhit
(institutsional va nofarmal jamoa, maktablar, oilalar, alohida shaxslar); ichki
genetik jihatdan bo’ladigan faktorlar; o’z-o’zini tarbiyalash.
2
Romm M.V. Аdаptаtsiya lichnosti v sotsiume: Teoretiko-metodologicheskiy аspekt / M.V.Romm. Novosibirsk: 
Nаukа. Sibirskаya izdаt. firmа RАN, 2012. - 275 s.
3
Zigmund Freyd (1856-1939), аvstriyalik psixolog. «Vvedeniya v psixoаnаliz»
4
CHаrlz Xorton Kuli (1864-1929) аmerikаlik sotsiolog. «Moya zerkаlnаya teoriya».
5
Djordj Gerbert Mid (1863-1931) - аmerikаlik sotsiolog, psixolog vа fаylаsuf. «Rаzum, YA i obshestvo» (1934) vа 
«Filosofiya dvijeniya» (1938).


To’g’ri, sotsializatsiyalashtirishni siyosiy va nosiyosiy omillarga bo’lish
mumkin. Siyosiy omillarga: davlat tuzulmasining tili va xarakteri, partiyalar,
harakatlar kiradi, nosiyosiy omillarga: oila, tengdoshlar guruhlari, o’quv yurtlari,
ish xona, madaniyat, san’at va milliy urf-odatlar, ommaviy axborot vositalari
kiradi. Real hayotda bu ikki omil bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib,
odamlarga ko’p tarafli va omilli murakkab ta’sir o’tkazadi.
Sotsializatsiyalashtirish jarayoni quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi
6
:
Muassasalar
Muloqot guruhlari
Bosqichlar
OAV
Oila
Qarindoshlar
Bolalik
Nutq
Maktab
Tanishlar
O’smirlik
Nashr
OTM
Qiziqishlar
YOshlik
Televidenie
Korxona
Hamkasblar
Etuklik
Internet
Ilk sotsializatsiyalashtirish bosqichida, ya’ni bolalikda asosiy e’tibor
quyidagilarga qaratiladi:
Birinchi holat, siyosatlashtirish, ya’ni bolalar tashqi hokimiyat (oila ustidan)
mavjudligi haqida anglashi.
Ikkinchi holat, shaxs sifatida shakllantirish, ya’ni bolalar tomonidan siyosiy
hokimiyatni shaxslar timsolida ko’rilishi.
Uchinchi holat, mutloqlashtirish, ya’ni siyosiy arboblar bilan faqatgina ijobiy
xislatlarni bog’lash.
To’rtinchidan, institutlashtirish, bolalar ongiga hokimiyat tasavvuri shaxssiz,
qiyofasiz namoyon bo’lishida burilish.
Sotsializatsiyalashtirishning keyingi bosqichi 16-30 yoshga to’g’ri keladi.
Rivojlanishning bu davrida ega bo’ladi. Bu narsa ularning siyosatga munosabatini
o’zgartiradi. Shu bilan birga siyosat sohasida chuqur bilimlarni institutda,
keyinchalik kasbiy faoliyatlarida oladilar.
Sotsializatsiyalashtirish katta yoshda ham davom etadi. Ularning ijtimoiy-
siyosiy, ahloqlariga asosiy omillardan tashqari ko’proq ularning hayotiy tajribalari,
farzandlari, va saqlanib qolgan siyosiy qarashlari ta’sir qiladi. Ularning jamiyat
hayotidagi o’zgaruvganlik va ziddiyatlilikni chuqur tahlil qila bilib, o’zlarining
siyosiy qarashlari va xulqlariga kerakli o’zgartirishlar kirata oladi
7

Ijtimoiy omillar nafaqa yoshidagi insonlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ko’pgina nafaqaxo’rlar jamiyat hayotidagi minimal darajada qatnashganlaridan
qoniqish hosil qiladilar. Bunda ular siyosiy hayot tajribalarini yoshlarga
ulashadilar. Ya’ni, jamiyatda doimiy ravishda tabiiy almashinuv jarayoni
ketaveradi. Ushbu jarayon doimiy ravishda o’sib kelayotgan yosh avlod timsolida
mamlakatning taraqqiyotini belgilovchi yo’llarni axtaradi. 
Umuman olganda, kasb faoliyati va ta’lim tizimi shaxsning
sotsializatsiyalashuvi jarayonining ikki asosiy sohasi bo’lib, shaxsning kattalar
dunyosiga muttasil kirib borishlarini, jamiyatdagi ustuvor qadriyatlarini
egallashlarini belgilaydi. Boshqacha aytganda oila, davlat va jamiyat shaxsning
kasb-hunar egallashi va bilim olishidan doimiy manfaatdordir. Zotan, bu
6
Petrаsюk O. «F.Giddings. «Lichnost i politikа” – Donetskiy ekonomiko-gumаnitаrniy institut, 2013.
7
Philips L. Human adaptation and his failures. New York, 1998.


masalalarda shaxs qanchalik ushbu ijtimoiy institutlar ko’magiga zoriqsa, uning
xatti-harakatlari shunchalik kutilmagan bo’ladi. 
Sotsializatsiyalashtirishning bunday tushunilishining nazariy fundamenti
T.Parsonsning
8
strukturaviy funktsionalizmi hisoblanadi. Unga ko’ra, har qanday
fundamental g’oyaning tagida funktsional reallik va tashkiliy maqsad yotadi.
Jamiyatning rivoji ijtimoiy dinamikaga, madaniyatning rivoji esa jamiyatning
muqim rivojlanishiga bog’liq. Jamiyat undagi ijtimoiy institutlarning doimiy
muvozanati saqlangan holdagina taraqqiy etishi mumkin. Bunda shaxsning, ya’ni
individning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Individ boshqa insonlar bilan o’zi
o’zlashtirgan ijtimoiy rollar asosida o’zaro munosabatda bo’ladi (o’qituvchi roli,
farzand roli, yo’lovchi roli, er roli v. b). Ijtimoiy rol individdan Shu rolga mos
keluvchi xulq-atvorni talab qiladi. Shundan kelib chiqib, individ ijtimoiy tizimga
rolni egallash bilan kirish nazarda tutiladi. Bunday izohga ko’ra
sotsializatsiyalashtirish individning jamiyatda mavjud hukmron qadr-qimmat va
xulq-atvor me’yorlari bilan moslashish jarayoni bo’lib xizmat qiladi. 
Bixeviorizm
9
, ya’ni hulq-atvor psixologiyasi an’analarida, ya’ni ijtimoiy
o’rganish sifatida sotsializatsiyalashtirish yo’nalishlarining keng aspektlarida
ko’riladi. Sotsializatsiyalashtirish masalasi hulq-atvor terminlarida ta’riflanib, unda
mukofot va jazo yordamida inson hulq-atvorini doimiy modifikatsiya qilish
mumkinligi talqin qilinadi (formula «rag’bat-reaktsiya»), ya’ni, insonlarning har
xil shaklda - pul, maqtov, havas, sevgi va boshqa rag’batlantiradigan hulq-atvorga
moyilligi inobatga olinadi. 
3. Shaxsning sotsializatsiyalashuvi, ya’ni ijtimoiy Shakllan Shi va rivojlanishi
bu juda murakkab, ko’p qirrali jarayondir, u ob’ektiv muhit ta’siri ostida ham,
maxsus tashkil etilgan va ongli yo’naltirilgan tarbiya ishlari ta’siri ostida ham
yuzaga keladi. Sotsiologiya fani sotsializatsiyalashuvni: 
birinchidan, shaxsning insoniyat tomonidan yaratilgan madaniyatni
o’zlashtirish mexanizmi sifatida qaraydi. Sotsializatsiyalashuv Shaxsni
tarbiyalashga nisbatan kengroq ma’no kasb etadi. Tarbiyalash tashkil etilgan,
maqsadli yo’naltirilgan, oldindan programmalashtirilgan sotsial faoliyatdir.
Sotsializatsiyalashuv esa bu faoliyat bilan bir qatorda yana iqtisodiy, siyosiy,
kundalik turmush va boshqa shu kabi shaxsga stixiyali ta’sir ko’rsatuvchi ob’ekt
faktorlarning sotsializatsiyalovchi ta’sirini ham o’z ichiga oladi
10
.
Sotsializatsiyalashuvning jamiyatni «tashkil etuvchi mexanizmi» sifatidagi
mohiyatini shaxsni bir vaqtning o’zida ham sotsial ta’sirining ob’ekti, ham sotsial
faoliyat sub’ekti sifatida qaralganda ochish mumkin. Bu birinchi navbatda
shaxsning muhit bilan o’zaro aktiv faoliyati jarayonidir. Bu o’zaro faoliyat bir
tomondan, muhit tomonidan Shaxsga uning rivojlanish jarayoni yo’nalishiga hal
8
Tаlkiott Pаrsons (1902-1978) аmerikаlik sotsiolog, «Huquq vа ijtimoiy fаn to’ғrisidа» (1947), «Ijtimoiy fаn vа 
etikаning o’zаro munosаbаtlаrining аyrim аspektlаri» (1946), «Psixoаnаliz vа ijtimoiy fаnlаr», (1950), «Ijtimoiy 
inson hаqidаgi fаngа hissа», «Psixologiya vа sotsiologiya» (1954), «Ijtimoiy tizim vа shаxs» (1964) ilmiy 
to’plаmlаri muаllifi.
9
Bandura A., Walters R. Social Learning and Personality Development. - N.Y., 1994; Jon Uotson „Psixologiya s 
tochki zreniya bixevioristа» vа «Povedenie kаk predmet psixologii” – M-1998.
10
SHitov S.B. Sotsiаlizаtsiya individа v protsesse distаntsionnogo obucheniya // Vestnik Universitetа Rossiyskoy 
аkаdemii obrаzovаniya. -2013.-№2.-S. 89-93. 


qiluvchi ta’sir ko’rsatilishida, namoyon bo’lsa, ikkinchi tomonidan Shaxsning
muhitga aktiv kirib borishi va bu jarayonda mukammallashib, o’z hayotiy
pozitsiyasini, qadriyatli yo’nalishini belgilab olishida namoyon bo’ladi.
Shaxsning sotsial muhit bilan o’zaro faoliyati bir necha etapda o’tadi:
individlarning birlamchi sotsializatsiyalashuvi (individual tajriba orttirish, sotsial-
shartlangan reaktsiyalarni ishlab chiqish).
Individning sotsial jamoa bilan o’zaro faoliyati (guruh ichidagi o’zaro hatti-
harakat va b.), va nihoyat, individning butun jamiyat bilan o’zaro faoliyati (sotsial
adaptatsiya, individual hulq-atvor motivatsiyasida sotsial ko’nikmalar va b.).
«Sotsial muhitning» shaxsga ta’siri jarayoni ko’p qirralidir, chunki, u sotsial
sistemaning barcha tomonlari, jarayonlarining majmuasini ifodalaydi: moddiy
elementlar, individni o’rab turgan, o’z konkret sotsial roli, pozitsiyasi, qarashlari
va o’rganishlariga ega bo’lgan odamlar, individ tomonidan o’zlashtiriladigan,
qabul qilmaydigan (yoki individ tan olmaydigan, qabul qilmaydigan) sotsial hulq-
atvor normalar, shuningdek, jamiyatda obe’ktiv mavjud bo’lgan sotsial
imkoniyatlar, sotsial «ko’nikmalar», talablar strukturasi.
Individlarni tarbiyalash va ularning kundalik turmushining sotsial Shart-
sharoitlarni yaxshilash shaxsning sotsial muhit bilan o’zaro faoliyati jarayonining
maqsadli yo’naltirilgan boshqaruvini bildiradi. Bu o’zaro faoliyatning muhim
tarkibiy qismi qilib shaxs va uni o’rab turgan odamlar o’rtasidagi munosabatlarni
olish tizimi.
Sotsializatsiyalashuvda mafkura uni o’qitish tizim muhim o’rin tutadi. U bir
tomondan, g’oyalar, qarashlar, kontseptsiyalarni ommalashtirish va «ist’emol
qilish» o’z ichiga oladi, bular asosan ommaviy axborot vositalari, maktablar va
boshqa mafkuraviy institutlar tomonidan amalga oshiriladi.
Sotsializatsiyalashuvda ijtimoiy etalonlar tizimi ham o’ziga xos o’ringa ega.
Ularga sotsial normalar, baholovchi mezonlar, urf-odatlar, an’analar va boshqalar
kiradi. Ular shaxsning jamiyatga, sinfga, kollektivga oila va boshqalarga nisbatan
majburiyatlarini belgilaydi, uning hulq-atvorini boshqaradi. Bunda hulq-atvorning
majburiy va mumkin bo’lgan tipik variantlarini aks ettiruvchi sotsial normalar hal
qiluvchi rol o’ynaydi. Ijtimoiy etalonlar tizimida baholovchi kriteriylar – siyosiy,
huquqiy, estetik, pedagogik va bu o’ziga xos ahamiyatga ega. Ular individual
emas, balki umumiy xarakterga ega normalardan farqli o’laroq ular majburiy hulq-
atvorni belgilamaydi, balki amalga oshirilgan yoki mumkin bo’lgan hulq-atvorning
umumiy xarakteristikasini tashkil etadi. Masalan, san’atning baholovchi kriterialari
tipik Shaxsning badiiy obrazi orqali ko’rinadi va shu obraz orqali shaxsga real
ta’sir ko’rsatadi.
Shaxsning sotsial mavqei, roli va funktsiyalari tizimi haqida gapiradigan
bo’lsak, ular Shaxsning sotsial aloqalar va munosabatlar sistemasida tutgan
o’rnining ko’rsatkichlari sifatida shunga mos sotsial pozitsiyalarni shakllantiradi,
sotsial sistemaning turli sohalardagi o’z hayotiy faoliyati jarayonida hulq-atvor
tajribasini o’zlashtirish usuli va xarakteriga katta ta’sir ko’rsatadi.
Insonning ijtimoiylashuv va tarbiya asosidagi shaxsga xos xususiyatlarining
shakllanish jarayonini qator ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar bilan asoslash mumkin:


1) sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar; 2) sotsial yo’nalishalr va pozitsiyalar; 3) hulq-
atvorni strategik tashkil etish; 4) sotsial aktivlik;
Sotsial ehtiyojlar va qiziqishlar tizimi, ilgari aytib o’tganimizdek, shaxsning
ijtimoiylashuvi va tarbiyasi asosini tashkil etadi. Ehtiyojlar inson faoliyatining va
hulq-atvorining birlamchi, asosidir, ularni yuzaga keltiruvchi kuchdir.
Sotsializatsiyalashuv jarayoni jamiyatning hamda shaxsning o’zining ob’ektiv va
qiziqishlarini anglab etishda, ularni ijtimoiy ahamiyatga ega hulq-atvor motiviga
aylantirishda, ularga nafaqat tashqi zarurat yuzasidan, balki ichki ishonch
yuzasidan ham rioya qilishda o’z aksini topadi
11
.
Shaxsning sotsial yo’nalishi va dunyoqarashi sistemasiga programmalar,
maqsadlar, ishonch-e’tiqodlar va baholovchi kriteriylar yig’indisi kiritiladi. Ular
Shaxsning afzalroq va majburiy fe’l-atvorini belgilaydi. Dunyoqarash shaxsning
mavqeidan kelib chiqadi va uning tashqi dunyoga ichki dunyoga ichki sub’ektiv
munosabatini bildiradi. U tanlash xususiyatiga ega va shaxsning u uchun tabiiy
bo’lgan masalalarga ustunroq turuvchi munosabatini boshqarishga, fe’l-atvorini
baholashga va ob’ektiv sotsial voqelik bilan aktiv munosabat o’rnatishga ega.
Fe’l-atvorni ichki strategik tashkil etish tizimini (ya’ni maqsadlarga erishish,
umumiy g’oyalar va dunyoqarash printsiplarga ergashish) ijtimoiylashuvining
asoslovchi mexanizmlarini harakatga keltirish «vositasi» sifatida qarash mumkin.
U bir tomondan shaxsning ehtiyojlari qiziqishlari orientatsiyalari /yo’nalish/ va
pozitsiyalari /dunyoqarash/ va ikkinchi tomonda uning aktivligi o’rtasida «ko’prik»
sifatida namoyon bo’ladi. Bu tizim tufayli ma’lum bir ehtiyojlar, talablar va
ob’ektiv Shart-sharoitlarga mos keluvchi hatti-harakatga o’tiladi
12
.
Ijtimoiylashuvning Shaxsga xos tizimlari konkret – tarixiy xarakterga ega va
shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni mohiyatini ochib beruvchi ijtimoiy
munosabatlar tipi va xarakteriga bog’liq. Agarda jamiyatda uning a’zolarining
ehtiyojlari, qiziqishlari, orientatsiyalari va fe’l-atvorining merkantil yo’nalishi
hukmron bo’lsa, u holda odamlarning hohish va intilishlarida shaxs
ijtimoiylashuvining asosiy mohiyati sifatida qaraluvchi qadriyatli–ehtiyojli
orientatsiyasi, individualizm «qadriyat»lari ustunroq turadi.
Bozor munsabatlariga o’tish yo’lidagi mulkchilikning turli ko’rinishlarida,
tadbirkorlikning rivojlanishida, shuningdek, xalq ma’naviyatining tiklanishida
insonga o’z sotsial tabiatining ko’rsatishga, jamiyatning aktiv a’zosi sifatida sotsial
funktsiyalarini bajarishga yordam beruvchi mutlaqo yangi ijtimoiylashuv tipi
uchun ob’ektiv asoslar yuzaga kelmoqda. 
Demak, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli tiplariga madaniyat
elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni o’zlashtirish orqali sodir bo’ladigan
jarayon ijtimoiylashuv deb ataladi. Individning sotsial tashkilot elementlar bo’lishi
qay tarzda ro’y berishidan, bir tomondan, sotsial tashkilotning Shaxsga ta’sir etishi
orqali qobiliyatini shakllanishi, ikkinchi tomondan, shaxsning boshqa odamlar
ta’siriga berilishi qobiliyatining Shakllanishiga bog’liqdir.
11
. Rozum S. I. Psixologiya sotsiаlizаtsii i sotsiаlnoy аdаptаtsii chelovekа. M.: Rech, 2014. - 365 s.
12
Ozerov А.E. Sotsiаlizаtsiya chelovekа i bаzovie potrebnosti lichnosti // Sotsiаlno-gumаnitаrnie znаniya. 2010. - 
№ 3. - S. 327-334.


Shaxsning sotsializatsiyalashuvi jarayonini ikki bosqichga, ya’ni sotsial
adaptatsiya va sotsial interiorizatsiya bosqichlariga ajratish mumkin.
Sotsial adaptatsiya individning sotsial Sharoitlarga, funktsiyalarga, sotsial
normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya’ni muhitga
moslashishi bosqichidir. Sotsial adaptatsiya jarayoni asosan oiladan boshlanadi va
shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar Shaxsning ijtimoiylashuvi
jarayonida o’z aksini topadi. Shu sababli individning Shaxs sifatida shakllanishida
oila muhim rol o’ynaydi.
Sotsial interiorizatsiya sotsial norma va qadriyatlarning individning ichki
dunyosiga kirishishi jarayonidir. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki
unga mustaqil birlik sifatida kiradi. Ko’pgina nazariyalarda shaxsning
ijtimoiylashuvi tashqi ta’sir ob’ekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos
qilib faqatgina ijtimoiylashuv yordamida sotsial o’zgaradigan insonning tabiiy
mohiyati olinadi; shaxsning aktivligi va ungi beriladigan biologik xususiyatlar
hisobga olinmaydi. Ijtimoiylashuv shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyatchi
sifatida o’zining ham, ijtimoiy hayotning ham Sharoit va vaziyatlarini belgilovchi
omildir. Shaxs – sotsial ta’sirlanishning ob’ekti va sub’ektidir.
Sotsializatsiyalashuv jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar
yordamida jamiyat individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyati
ko’rsatishi uchun sotsial jamoada qabul qilingan belgilar va ularni ishlatish
usullarini o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Individ faoliyat qiluvchi mavjudotdir, u
tashqi muhitga shunchaki, javob bermaydi, balki amaliy faoliyat jarayonida ham
tashqi muhitning ob’ektiv qonuniyatlarni, ham inson sifatidagi o’zining taraqqiyot
va faoliyati qonuniyatlarini anglaydi va bu anglash asosida o’zining faoliyatini
boshqarish faqat ob’ektiv va sub’ektiv qonuniyatlarni bilishini emas, balki shu
qonuniyatlar elementlarining ma’lum Sharotidagi shakl va xususiyatlarini ham
bilishni taqazo qiladi.
Shaxslarning sotsial faoliyati va sotsial harakatining boshlang’ich nuqtasi
ma’lum ehtiyoj va manfaatlarni yuzaga keltiruvchi ob’ektiv hayot Sharoitlaridir.
Faoliyat turlari ko’pginadir, lekin eng muhimi ularning barchasi shaxsni moddiy va
ma’naviy asosini tashkil qiluvchi, ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ehtiyojlar
Shaxsning tashqi muhitga ob’ektiv bog’liqligini bildiradi. Shu sababli shaxsning
amaliy faoliyati ehtiyojlarni qondirish Shakli sifatida qaralishi, ob’ektiv
Sharoitlarning in’ikosi va ularni qondirishning real imkoniyatlarni anglash sifatida
qaralishi mumkin, ehtiyojlarning ikki ko’rinishi farqlanadi: tabiiy va jamiyat
tomonidan paydo bo’lingan ehtiyojlar, ya’ni sotsial ehtiyojlar.
Jamiyat va shaxs maqsadlari orasidagi bog’lovchi u yoki bu sotsial tizim
bo’lishi mumkin. Demak:
Shaxsning sotsializatsiyalashuvi deb, shaxsning jamiyatga, sotsial
jamoalarning turli, tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni
o’zlashtirish orqali sodir bo’ladigan jarayonga aytiladi.
Shaxsning (individning) sotsial tashkilot elementi bo’lishi 2 muhim jihatga
bog’liq: 1) sotsial tashkilotning shaxsga ta’sir etishi bilan qobiliyatining
shakllanishiga va 2) shaxsning boshqa odamlar ta’siriga berilishi bilan
qobiliyatining shakllanishiga bog’liq.


4. Shaxs sotsializatsiyalashuvning 2 fazasi mavjud
13
:
1. Sotsial adaptatsiya (moslashish). Bunda individning sotsial Sharoitlarga,
funktsiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga,
ya’ni muhitga moslashishdir. Sotsial adaptatsiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi
va shakllanadi. Oiladagi 
har qanday munosabatlar Shaxsning
sotsializatsiyalashuvida o’z aksini topadi. Shu boisdan individning Shaxs sifatida
shakllanishida oila asosiy rol o’ynaydi.
2. Sotsial interiorizatsiya, ya’ni sotsial norma va qadriyatlarning individ ichki
dunyosiga kirishish jarayonidir. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki
unga mustaqil birlik sifatida kiradi, Ko’pgina nazariyalarda shaxsning
sotsializatsiyalashuvi, tashqi ta’sir ob’ekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda
asos qilib faqatgina sotsializatsiyalashuv yordamida sotsial o’zgaradigan insonning
tabiiy mohiyati olinadi; Shaxsning aktivligi va unga beriladigan biologik
xususiyatlar hisobga olinmaydi.
Sotsializatsiyalashuv Shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyatchi sifatida
o’zi va ham ijtimoiy hayotining, hamda sharoit va vaziyatlarini belgilovchi
omildir. Shaxs sotsial ta’sirlanishning ob’ekti va sub’ektidir. Sotsializatsiyalashuv
jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar yordamida jamiyat
individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyat kursatish uchun sotsial
jamoada qabul qilingan belgilar va ularni ishlatish usullarini o’zlashtirgan bo’lishi
kerak.
Individ faoliyat qiluvchi mavjulotdir. U tashqi muhitga shunchaki javob
bermaydi, balki amaliy faoliyat jarayonida ham inson sifatidagi o’zining taraqqiyot
va faoliyati qonuniyatlarni anglaydi va anglash asosida o’zining sotsial faoliyatini
belgilaydi. Shaxs tomonidan o’z faoliyatini boshqarish faqat ob’ektiv va sub’ektiv
qonuniyatlarni bilishgina emas, balki shu qonuniyatlarni, uning elementlarini,
xususiyatlarini ham bilishni taqozo etadi.
Shaxslarning sotsial faoliyati va sotsial harakatining boshlang’ich nuqtasi
ma’lum ehtiyoj va manfaatlarni yuzaga keltiruvchi ob’ektiv hayot Sharoitlaridir.
Faoliyat turlari ko’p, lekin eng muhimi ularning barchasi shaxsning moddiy va
ma’naviy asosini tashkil qiluvchi, ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ehtiyojlar
Shaxsning tashqi muhitga ob’ektiv bog’liqligini bildiradi. Shu sababli shaxsning
amaliy faoliyat ehtiyojlarni qondirish Shakli sifatida qaralishi ob’ektiv
Sharoitlarning in’ikosi va ularni qondirishning real imkoniyatlarini anglash sifatida
qaralishi mumkin
14
.
Ehtiyojlarining 2 ko’rinishi mavjud: 1) tabiiy va 2) jamiyat tomonidan paydo
qilingan ehtiyojlar.
1) Tabiiy ehtiyojlar sifatida kishilarning kundalik ehtiyojlari: ovqat, kiyim,
turar-joy va boshqalar tushuniladi.
2) Sotsial ehtiyojlar esa odamning mehnat qilish ehtiyoji, sotsial aktivligi,
ruhiy madaniyati, ya’ni nima ijtimoiy hayot
mahsuli shunga bo’lgan ehtiyojdir.
Tabiiy ehtiyojlar asos bo’lib, ularda sotsial ehtiyojlar paydo bo’ladi, rivojlanadi va
qoniqtiriladi.
13
Roshkа А. Svobodа, sotsiаlizаtsiya i bezopаsnost lichnosti // Obshestvo i ekonomikа. 2010. - № 7-8. - S. 19-41.
14
Wentworth W.M. Context & understanding: an inquiry into socialization theory.-N.Y., 1980.


 Shaxsning ijtimoiylashuv davri: quyidagilar asosida kechadi:
1) Bolalik:
- agentlar va ijtimoiylashuv turlari.
2) Ota-onalik:
- otalar va bolalar: ikki dunyo;
- «otalar va bolalar» munosabatlarining mutanosibligi. 
3) O’spirinlik:
- qadriyatlar parallel tizimi.
4) Balog’at yoshi:
- voyaga etgan inson maqomining asosiy mezoilari;
- voyaga etganlar - Shaxs ijtimoiylashuvining faol payti.
5) Keksalik:
- ijtimoiylashuv ushbu davri maqomi va muammolar.
Ijtimoiy faoliyat va ijtimoiy fe’l-atvor mexanizmlari:
1) Faoliyat turlari.
2) Ehtiyojlar:
- tabiiy ehtiyojlar;
- biologik ehtiyojlar;
- ijtimoiy ehtiyojlar.
3) Ijtimoiy faoliyatni asoslovchi mexanizmlar:
- ehtiyojlar;
- qadriyatlar;
- manfaatlar va ularning o’zaro ta’siri;
4) Ijtimoiy nazorat.
5) Sanktsiyalar.
6) Ijtimoiy buyruq.
7) O’z-o’zini nazorat.
8) Tashqi nazorat.
9) Jamoatchilik fikri.
10) Deviant (jinoiy bo’lmagan) fe’l-atvor.
11) Delinkvent (jinoiy) fe’l-atvor.
12) Shaxsning muhim ijtimoiy-psixologik xislati - o’z-o’zini anglash
kabilardir.
Shaxsning siyosatni tushunishi va unda mustaqil ishtiroki, unda bir qator
siyosiy, malaka, ko’nikma va madaniyati mavjudligini namoyon qiladi. Bular unga
siyosiy sub’ekt sifatida, turli siyosiy kuchlarning o’yiniga tushib qolmasdan,
o’zining siyosiy rollari va vazifalarini effektiv bajarishga yordam beradi. Insonlar
siyosiy va madaniyat bilan dunyoga kelmaydilar, buni ular hayotlari mobaynida
egallaydilar. Xuddi shuni siyosiy sub’ekt sifatida guruhlarga nisbatan ham aytish
mumkin. Aniq bir jamiyatga xos va siyosiy rol hamda vazifalarni bajarishga
yordam beruvchi, shu jamiyat, hamda siyosiy sistemaning barqarorligini
ta’minlovchi siyosiy madaniyatning norma va boyliklarini alohida shaxs yoki
guruh tomonidan o’rganish jarayoni siyosiy sotsializatsiya,
15
deyiladi.
15
SHestopаl E.B. Lichnost i politikа. Kriticheskiy ocherk sovremennix zаpаdnix kontseptsiy politicheskoy 
sotsiаlizаtsii / E.B.SHestopаl. M.: Misl, 2011. - 203 s.


Siyosiy sotsializatsiya
tushunchasi XX asrning 50-60 yillarida shakllandi.
Siyosiy tizimning asosiy amaliy vazifalaridan biri bu siyosiy taraqqiyotning
qulayligini ta’minlashga va avlodlar almashinuvi jarayonida jamiyatning
barqarorligini saqlashga qodir muvaffaqiyatga siyosiy sotsializatsiyaning
mexanizmlarini yaratishdir. Buning echimi sifatida, individning siyosiy maqsad va
boyliklarni o’ziga yig’ishi va shaxsiyatida namoyon bo’lishini quyidagicha
tasavvur qilish mumkin: jamiyatdagi hukmron doiralarning stereotiplarini sust
qabul qiladi yoki ular bilan birgalikda faol ish yuritadi. Siyosiy sotsializatsiya
taraqqiyotining mohiyati aniq bir jamiyat hokimiyati va individining o’zaro
munosabatlari tabiatiga bog’liq. Xuddi shundan siyosat Shunoslikda mavjud
kontseptsiyalar doirasidagi izohlar mazmuni kelib chiqadi.
Siyosiy sotsializatsiya individ tomonidan o’zining siyosatga qo’shiluvini
ta’minlovchi siyosiy bilimlarni, qadriyatlarni, me’yorlarni, qoidalarni, xatti-harakat
odobini o’zlashtirish jarayonidan iboratdir. 
XX asr 90-yillarning boshlarida siyosiy sotsializatsiya jarayoniga hokimiyat
muassasalariga ishonchning yo’qolishi, ularni siyosatida shaxsan qatnashishni
istamaslik, buzg’unchilik, siyosiy norozilikning quporuvchilik usullari katta ta’sir
ko’rsatib keldi. Rasmiy siyosat ko’pincha ko’pchilik kishilar uchun ma’naviy
tayanch bo’lmay qolgan edi.
Turmush tarzidagi, ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlar Shaxs mavqeini ancha
murakkablashtirdi. Iqtisodiy jarayon xarakterida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi.
YAngi texnologiyalarning joriy qilinishi jiddiy o’zgarishlarga olib kela boshladi.
O’tmishda siyosiy sotsializatsiya ikki tamoyil qarama-qarshiligi asosida kechdi:
1) Shaxsning ijtimoiy rivojlanishiga, uning siyosatda faol qatnashishiga jiddiy
ijtimoiy ehtiyoj borligi ma’lum bo’ldi.
2) Ikkinchi tomondan inson hokimiyatdan, uning tashkilotlaridan siyosiy
begonalashuvga olib kelgan edi
16
.
Siyosiy sotsializatsiyalashtirish g’oyasi «sotsializatsiya» tushunchasi analogi
sifatida vujudga kelgan. Natijada sotsializatsiyalashtirish aniq bir jamiyatning
yangi avlodi tomonidan ilm, iymon, tartib va qoidalarni o’zlashtirish jarayoni deb
qarala boshladi. Bu qarashlar ularning ijtimoiy o’rinlariga mos kelgan holda
jamiyatning saqlanishi va rivojlanishini ta’minlar edi. Ammo turli ilmiy maktab va
yo’nalishlar sotsializatsiyalashtirish mexanizmlari har xil xususiyat va
mohiyatlariga o’z diqqat e’tiborini qaratdi. Oila, maktablar, madaniyat, ommaviy
axborot vositalari shular jumlasidandir. Bu sotsializatsiyalashtirishni mantiqan va
jarayon sifatida tushunishga ta’sir ko’rsatdi. 
Jamiyatning serqirra rivojlanishi, dunyodagi globallashuv jarayoni undagi
konflikt holatlar, uni ijtimoiy o’zgarishiga sabab bo’ladi. R.Darrendorf
17
va
L.Kozer
18
empirik tahlillar orqali serqirra jamiyatda yoshlarni klassifikatsiya qilish
ham murakkab, undagi yoshlar sotsializatsiyalashuvi muammolari jamiyatdagi
raqobat va kurashlarga bog’liq degan falsafiy metodologik xulosani berishadi.
16
Wentworth W.M. Context & understanding: an inquiry into socialization theory.-N.Y., 1980.
17
Rаlf Dаrrendorf Homo Sociologicus // Tropi iz utopii. M.: Prаksis, 2002
18
Lюis Аlfred Kozer, (Coser, Lewis Alfred) (1913-2003), Funktsii sotsiаlnogo konfliktа M.: Ideya-Press, Dom 
intellektuаl. knigi, 2000.


Yoshlar bugungi siyosiy sotsializatsiyalashuvning nafaqat sub’ekti, balki
uning muhim qismi hisoblanadi. «Jamiyat taraqqiyotida ishlab chiqarish kuchlari
bilan ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy munosabatlarni bog’lovchi asosiy
kuch hisoblanadi. Munosabatlardagi har qanday yangilanishlar (inson, harakat,
ishlab chiqarish) uning tizmiy o’zgarishiga ta’sir etadi. Bu ijtimoiy jarayonni
bog’lovchi qismi yangi kuch va yangicha munosabatdir», deydi J.Sartr,
19
- Shu
bilan bir qatorda «yoshlar» tushunchasining ma’nosi uning individ sifatida ijtimoiy
voqeilik Sharoitida o’zgaruvchanligida, ya’ni yoshlar ekzistentsiyasidadir
20
, bunda
ijtimoiy darajaga chiqarilgan inqilobiy tajribaning siyosiy jarayonga ulanishiga
bog’liq.»
G’arbiy bo’lmagan taraqqiyot jamiyati siyosiy sotsializatsiyalashtirishning
ixtilofli turida namoyon bo’ladi. Ko’pchilik aholining juda kambag’alligi, nasl,
avlod-ajdod, qalbida boyliklariga individning ergashishi turli xil madaniyat egalari
va hukumat orasidagi kelishuvni qiyinlashtiradi. Bunday jamiyatlarda
madaniyatning har xilligi siyosiy zo’ravonlikni ko’chaytiradi. Individ tomonidan
joylardagi siyosiy hayot boyliklari va me’yorlarini o’rganish boshqa siyosiy
submadaniyat egalari bilan bo’ladigan kurashda amalga oshirilgan va
oshirilmoqda. G’arb mualliflari yana siyosiy sotsializatsiyalashtirishning gegemon
turini ko’rsatadilar. Bu turda insonning siyosatga kirib kelishi biror-bir sinf
boyliklarini (masalan: burjuaziya yoki proletariat), aniq bir dinni (masalan: islom)
yoki siyosiy g’oyani (masalan: kommunizm, fashizm yoki liberalizm) tan olishi
bilan ro’yobga chiqadi. Siyosiy sotsializatsiyalashtirishning bu turi boshqa
boyliklarni tan olmaydigan berk siyosiy tizimga xosdir. Siyosiy
sotsializatsiyalashtirish xuddi shunday tarzda sobiq sovet davrida Rossiyada,
sotsialistik tizim mamlakatlarida va ba’zi Osiyo, Afrika mamlakatlarida amalga
oshirilgan. 
Alohida qiziqishni o’tish davridagi jamiyatlarda shaxsning siyosiy hayotga
kirib kelishi uyg’otadi. Bunday jamiyatlarga misol qilib, Rossiyani olish mumkin.
Bu erda siyosiy me’yor va qadr-qimmatlarning me’yorsizligi bilan xarakterlanadi,
ya’ni anomiya
21


Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling