Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
http://openstaxcollege.org.
Shuningdek, sotsial guruh individning nafaqat mavjud imkoniyatlarini namoyon qilishga, balki ularning cheklanishiga ham sababchi bo’lishi mumkin (guruhiy bosim ta’siri “ingibitsiya” deb ataladi). Asotsial bo’lgan birlik shaxsning ijtimoiylashuv jarayonini salbiy tomonga burib, uning taqdirini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Asosan endi shakllanayotgan Shaxsga tasodifiy, vaziyatga qarab Shakllanib qoladigan asotsial birliklar xavfli hisoblanadi. Bunday birlikda inson o’z individualligini, o’zligini yo’qotadi. Sotsial guruhlar asosiy ijtimoiy qadriyatlarga nisbatan turlicha munosabatda bo’lishi mumkin. Ularning faoliyati sotsial yo’naltirilgan (ishlab chiqarish, o’quv, sotsio-madaniy va b.), asotsial – faqatgina shu guruh a’zolarining manfaatlarini qondirishga yo’naltirilgan (xippi, rokerlar va b.) va antisotsial – jinoiy guruhlarga farqlanadi. Antisotsial guruhning faoliyati esa o’ta qat’iy qonunlarga, xususan jismoniy kuchga tayangan holda amalga oshiriladi. Kriminal, antisotsial guruhlar sotsial ijobiy yo’naltirilgan guruhlarga nisbatan tubdan farq qiladigan tashkilotga ega bo’ladi. Guruhning asosiy xususiyati – uning hajmida namoyon bo’ladi. Chunki aynan guruhga a’zo bo’lgan kishilarning soni undagi me’yor va qadriyatlar, faoliyat mazmuni, rollar taqsimoti va boshqalarga bevosita ta’sir o’tkazadi. Guruhning ahamiyati va kuchi uning turg’unligida emas, balki dinamik xususiyatida aks etadi. Guruh hajmi uning tuzilmaviy komponenti sifatida o’zaro munosabatlarga ta’sir o’tkazadi. Guruh qanchalik kichik bo’lsa, individga uning a’zolarini yanada chuqurroq bilish va ular bilan qalin munosabatlarga kirishish imkoniyati beriladi. «Ikki kishi – kompaniya, uch kishi – olomon» degan mashhur ibora ikki va uch kishidan iborat guruhlar o’rtasidagi muhim tafovutni ko’rsatadi. Sotsiologiyada diada va triadalar masalasini ilk marotaba G.Zimmel o’rgangan 3 . Ikki kishidan iborat guruhlar – diadalar ota-ona va farzand, er-xotin o’rtasidagi munosabatlar kabi nisbatan chuqur va qalin munosabatlarga sharoit yaratadi. Haqiqatan ham, aksariyat o’zaro aloqalarimiz «yuzma-yuz» munosabatlari asosiga quriladi. Sotsiolog Jon Jeyms rahbarligidagi bir nechta talaba 7405 nafar piyoda, sport maydonidagi o’yinchi, suzuvchi va xaridorlar o’rtasidagi norasmiy o’zaro harakatlarni kuzatadilar. Kuzatish natijalari norasmiy aloqalarning 71% ini ikki kishidan iborat, 21% – uch kishi, 6% – to’rt kishi va 2% igina – besh va undan ortiq kishilardan iborat aloqalarga asoslanganligini ko’rsatdi. Diadalarda katta guruhlardan farqli ravishda hissiyot va emotsiyalar muhim o’rin tutadi 4 . Ushbu omil diadalarda munosabatlarning nisbatan nozik Shaklda bo’lishini namoyon qiladi. Unga ko’ra tomonlar o’rtasida beqaror muvozanat mavjud bo’lib, guruh a’zolaridan birortasining boshqasidan ko’ngli qolsa, ular o’rtasidagi munosabatlar tamoman buziladi. Shuningdek, ikki kishidan iborat guruhlardagi mavjud aloqalarda nisbatan kuchli zo’riqish va ba’zida ochiq adovat paydo bo’ladi. Guruhga uchinchi a’zoning qo’shilishi, ya’ni triadaning paydo bo’lishi tom ma’noda ijtimoiy vaziyatni o’zgartirib yuboradi. Bunda guruhning ikki a’zosi uchinchisiga qarshi birlashishi, ya’ni “koalitsiya” ehtimolidagi holatni yaratishi 3 Introduction to Sociology. OpenStax College. Rice University Houston, 2013. – R. 127. http://openstaxcollege.org. 4 Qаrаng: Sotsiologiya / pod red. prof. Ю.G.Volkovа. – M.: Gаrdаriki, 2003. – S. 131. mumkin. O’z navbatida, guruhning bir a’zosi «begonalashuv» holatiga tu Shib qolishi mumkin. Lekin, ayrim holatlarda uchinchi kishi vositachi yoki tinchlik o’rnatuvchi shaxs rolini bajarishi mumkin. “Muammolarni hal qilishda guruhning optimal hajmi qanday bo’lishi kerak?”, degan savol tug’iladi. Kichik guruhlar tadqiqoti shuni ko’rsatadiki, bunday vaziyatda besh kishidan iborat guruh maqsadga muvofiq. Toq sondagi a’zolar soni qiyin ilojsiz vaziyatlarning oldini oladi. Shuningdek, bunday guruhlarda ko’pchilik uch kishi va kamchilik ikki kishiga ajralib ketishi tendentsiyasi vujudga keladi va oqibatda, kamchilik ichida yakkalanib qolish ehtimolining oldini oladi. Besh kishidan iborat guruh o’zaro munosabatlarga kirishganda, uning a’zolari uchun rollar almashinuvi yuqori hisoblanadi. Va nihoyat, besh kishidan iborat guruh o’z emotsiyalarini bildirish va bir-birlari bilan ziddiyatga kirishib qolsa, etarli darajada yuqori, bir-birlarining hissiyot va ehtiyojlariga hurmatsizlik qilishda esa o’ta darajada kichik hisoblanadi. Guruhning hajmi ortgani sayin unda «murosasozlik» kamayib boradi. Bunday guruhlarda insonlar bir-birlariga rasmiy murojaat qila boshlaydilar. Guruh o’z a’zolari soniga qat’iy cheklovlar ham qo’yishi mumkin. Bu belgiga ko’ra guruhlar yopiq, ochiq, Chegaralangan turlarga bo’linadi. YOpiq guruhlarda a’zolar soni ular mavjud bo’lishining asosiy sharti hisoblanadi va a’zolikka qabul qilishda qat’iy mezonlar qo’yadi. Masalan, ko’plab sport turlari jamoalari, intellektual o’yin jamoasi va h.k. Bunday guruhlarda a’zolar soni o’zgarmas bo’lib, birorta yangi a’zoni qabul qilish zarurati tug’ilsa, guruhning qaysidir eski a’zosidan voz kechishga majbur bo’linadi. Ochiq guruhlar o’z faoliyatida a’zolar soniga muhim jihat sifatida qaramaydi. Unda a’zolikka qabul qilish aniq va qat’iy talablar qo’ymaydi, desa ham bo’ladi. Bunday guruhlarga a’zo bo’lish, yoki ulardan chiqib ketish hammavaqt oson kechadi. Chegaralangan guruhlar a’zolikka qabul qilishda nisbatan qat’iy talablar qo’ysada, faoliyati davomida a’zolari sonini birmuncha o’zgartirishi, vaziyatga qarab ko’payib yoki kamayib turishi mumkin. Bunday guruhlar: ishlab chiqarish korxonalari, talabalar guruhi va h.k.lar kiradi. Sotsial guruhlar hajmiga ko’ra katta, o’rta va kichik turlarga bo’linadi. Katta sotsial guruh – demografik, sinfiy, milliy, partiyaviy kabi sotsial belgilari bilan ajralib turuvchi miqdori Cheklanmagan insonlar yig’indisini tashkil etadi. Katta guruhlarda madaniy qadriyatlar Shakllanadi, an’analar, mafkura yaratiladi. Katta sotsial guruhlarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: a’zolar sonining ko’pligi; hududiy cheklanishning yo’qligi; a’zolar o’rtasidagi aloqalarning asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o’rnatilishi; guruh tuzilishining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko’p rasmiy va norasmiy, uyu Shgan va uyushmagan guruhlarni o’z ichiga oladi 5 . Katta guruhlar quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Madaniy-tarixiy o’ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan farqlanuvchi guruhlar (ellat, xalq, millat). 5 Qаrаng: Umumiy sotsiologiya. / prof. N.S.Аliqoriev, dots. R.T.Ubаydullаevа tаhriri ostidа. – Toshkent: ToshDU, 1999. – B. 53. 2. Mulkiy munosabatlar va mehnat taqsimoti asosida farqlanuvchi (turli xil sinflar, qatlamlar). 3. Tarixan shakllangan va jamiyat sotsial munosabatlari tizimida ma’lum o’ringa ega bo’lgan guruhlar ( Shahar, qishloq, kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar). 4. YAgona maqsadga erishish yo’lida umumiy faoliyat yurituvchi guruhlar (partiya, diniy guruhlar). O’rta sotsial guruhlar katta sotsial guruhlarga xos ayrim xuususiyatlarga ega bo’lib, hududiy cheklanish bo’yicha ulardan farq qiladi. Bu guruhlarda bevosita aloqaga kirishish imkoniyati yuqori bo’ladi (katta zavod, institut, maktab, harbiy bo’lim jamoasi). Kichik sotsial guruhlar – bevosita aloqalarga kirishuvchi, umumiy manfaatlar, maqsadlar, shuningdek, guruhli xulq-atvor me’yorlari bilan birlashgan insonlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Kichik guruh a’zolari aniq bir miqdoriy tarkibda strukturaviy tashkillashgan, hayotiy faoliyatning sotsial-psixologik mexanizmlariga, guruhiy dinamikaga ega bo’ladi. Kichik sotsial guruhda boshqaruvchi zveno, ya’ni umumiy manfaatlarni amalga oshiruvchi, faoliyat maqsadlarini yo’lga qo’yuvchi va guruh a’zolarning birgalikdagi faoliyatini tashkillashtiruvchi rahbar mavjud bo’ladi. Rasmiy rahbarlar yoki umumiy tan olingan liderlar, shuningdek, subliderlar, guruhning «aqliy markazini» tashkil etadi; guruhning asosiy qismi esa turlicha guruhiy maqomga ega bo’lgan ijrochilardir. Shuningdek, o’z o’rnini topa olmagan quyi mavqega ega a’zolar ham mavjud bo’lishi mumkin. Kichik guruhlarda shaxslararo munosabatlar, bevosita shaxslaro aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik guruhning eng jipslashgan yadrosi birlamchi guruhni shakllantiradi. Insonni bevosita o’rab turuvchi sotsial muhit – mikromuhit sanalib, uning asosi turli xil kichik guruhlardan tashkil topadi. Ular insonning ijtimoiy moslashgan, shuningdek, sotsial me’yorlardan chetga og’uvchi – deviant xulq- atvorni ham Shakllantiruvchi asosiy omillardan biri bo’ladi. Korxonani rahbarsiz, universitetni rektorsiz, orkestrni dirijyorsiz tasavvur qilish mumkin emas. Umuman olganda boshqaruvsiz insonlar o’z faoliyatlarini yo’naltirishga qiynaladilar. Shunday qilib, guruh doirasida ayrimlar boshqalariga nisbatan ko’proq obro’-e’tiborga ega bo’ladi. Bunday individlarni liderlar deyiladi. Kichik guruhlar lidersiz mavjud bo’la oladi, lekin katta guruhlarda boshqaruvning yo’qligi xaosga olib kelishi mumkin. Kichik guruhlarga ikki turdagi liderlar xos: Birinchisi – «mutaxassis-ishlab chiqaruvchi» – mavjud muammolarni baholash va ularni hal qilish ishlarini tashkil etish bilan Shug’ullanadi. Ikkinchisi – «mutaxassis-psixolog» dan tashkil topib, u Shaxslararo muammolarni yaxshi hal qila oladigan, insonlar o’rtasidagi ziddiyatlarni yum Shatib, guruhda birdamlik ruhining oshishiga imkon yaratadigan faoliyatni shakllantiradi. Boshqaruvning birinchi turi guruhiy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan – instrumental; ikkinchisi esa guruhda uyg’unlik va birdamlik hissini shakllantirishga yo’naltirilgan – ekspressiv jarayonlardan iborat bo’ladi. Ayrim holatlarda bir inson ushbu ikki rolni ham bajarishi mumkin, aksariyat holatlarda esa bu rollarning har biri alohida rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Rollarning hech biri boshqasidan ustun bo’la olmaydi, ayrim vaziyatlarda u yoki bu rolning ahamiyati oshishi mumkin. Liderlar insonlarga ta’sir o’tkazishning turlicha usullaridan foydalanadilar. Sotsial guruhlar rasmiy va norasmiy turlarga bo’linadi. Bu turlanish amerikalik sotsiolog E.Meyo tomonidan taklif qilingan 6 . Rasmiy guruhlar me’yoriy maqsadlarga ega bo’lib, unga erishish uchun zarur qat’iy tarkibiy tuzilishga ega bo’lishi lozim. Rasmiy guruh – mavjud sotsial institut va sotsial tashkilotlardagi mehnat taqsimoti doirasida aniq natijalarga erishishni maqsad qilib olgan, huquqiy maqomga ega bo’lgan sotsial guruhlardan tashkil topadi. Rasmiy guruhlarga quyidagi belgilar xos: aniq va izchil maqsad, ierarxiyaga asoslangan aniq funktsiyalar, ma’lum qoidalarga muvofiq keladigan huquq va burchlar, a’zolar o’rtasidagi rasmiy munosabatlar, guruh faoliyatini nazorat qiladigan rasmiy institutning mavjud bo’lishi va boshqalar. Rasmiy guruhlarda guruh maqsadlari, funktsiyalari xatti-harakat qoidalari, hatto a’zolik Shartlari maxsus hujjatlarda (dastur, yo’riqnoma, qonun va boshqalar) qayd etilgan bo’ladi. Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar kiradi. Shuningdek, unga ishlab chiqarish jamoasi, maktab sinfi, sport jamoasi va boshqalarni kiritish mumkin. Rasmiy guruh – bu, jamiyat sotsial tuzilmasining elementi sanaladi. Uning strukturasi va xatti-harakat Shakllari keng miqyosdagi guruh yoki jamiyat tomonidan belgilanadi. Individ rasmiy guruhga a’zo bo’lar ekan, o’zining Shaxsiy sifatlarini yo’qotadi va sotsial guruh doirasidagi u yoki bu rollarni bajaruvchi kishiga aylanadi. Rasmiy o’rta va kichik guruhlarning aksariyatini ishlab chiqarish guruhlari, mehnat jamoalari tashkil etadi. Bu guruhlarda faoliyat turi ochiq bo’lib, sotsial aloqalarga to’g’ridan-to’g’ri, doimiy ravishda kiritadi va yangi a’zolar bilan takomillashib, kasaba uyushmalariga birlashib boradi. Bu guruhlarning faoliyat tartibga solingan bo’ladi: ularning faoliyati tartibi aniqlangan, ish natijasini baholash me’zonlari belgilangan bo’ladi. Kasaba guruhlarini shakllantirish bilan tegishli sotsial tashkilotlar Shug’ullanadi. Sotsium asosan kasbiy mahoratga ega guruhlar vositasida o’zini qayta shakllantiradi. Lekin jamiyatning ehtiyojlari kasbiy faoliyat doirasidan chiqib ketadi. Shuning uchun kasbiy va rasmiy guruhlar doirasida yangi ehtiyojlarga yo’naltirilgan mustaqil faoliyat olib boruvchi guruhlar tashkil topib turadi. Norasmiy guruhlar rasman belgilangan qat’iy tartibdagi tarkibiy tuzilishga ega bo’lmaydi. Norasmiy guruh a’zolarining o’zaro ta’sirlashuvi tasodifiy bo’lib, shaxsiy munosabatlar, qadriyatlar tizimining umumiyligi bilan belgilanadi. Lekin unda ham ichki guruhiy ierarxiya mavjud bo’ladi. Ayrim sotsiologlar tomonidan bunday guruhlar «sotsial psixologik guruhlar» deb yuritiladi. Norasmiy guruhlarning paydo bo’lishida vaziyat va umumiy manfaatlar majmui muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham bu guruhlarni ba’zan, manfaat 6 Qаrаng: Аndreevа G.M. Sotsiаlnаya psixologiya: Uchebnik dlya visshix uchebnix zаvedeniy. – M.: Аspekt Press, 1996. – S. 197. yuzasidan tuzilgan guruhlar, deb ham yuritiladi. Odamlar ehtiyojlari turli-tuman bo’lganligi sababli norasmiy guruhlar yuzaga keladi. Norasmiy guruhning rasmiy guruhga nisbatan tarkibi boshqacha tuzilishga ega bo’ladi. Agar rasmiy vaziyatda guruh sotsial strukturaning yuqori organlari yoki jamiyat tomonidan tuzilsa, norasmiy guruhlar esa shaxsiy asosda, ya’ni uni tashkil etadigan individlar tashabbusi bilan tuziladi. Tashabbuskor kishilar bu guruhda faol rol o’ynaydilar va o’z-o’zidan guruhda a’zolarning ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat beradigan xatti-harakat tizimi rivojlanadi. Sotsial guruh a’zolarining o’zaro munosabatlari faoliyat turiga ko’ra Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling