Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

birlamchi va ikkilamchi shakllarga bo’linadi. Ilk marotaba birlamchi va
ikkilamchi guruh muammosini ishlab chiqish va atamalarini fanga kiritish
amerikalik sotsiolog Ch.X.Kuli nomi bilan bog’liq
7
. Birlamchi guruh – bu
bevosita, shaxsiy, yaqin o’zaro munosabatlarga kirishadigan ikki yoki undan ortiq
kishilar yig’indisidan tashkil topadi. Birlamchi guruhlarda ekspressiv aloqalar
ustun turadi: biz o’z do’stlarimiz, oila a’zolarimiz, sevgan insonlarimizni
borligicha qabul qilamiz. Ikkilamchi guruhda ikki yoki undan ortiq kishilar aniq bir
amaliy maqsadga erishish yo’lida birlashadilar. Ikkilamchi guruhlarda aloqalarning
instrumental turi ustun turadi, ya’ni individlar maqsadga erishish vositasi sifatida
qabul qilinadi
8

Misol sifatida sotuvchi va xaridor o’rtasidagi munosabatlarni keltirish
mumkin. Ayrim holatlarda ikkilamchi guruhlardan birlamchi guruhlar kelib
chiqishi mumkin. Masalan, hamkasblar o’rtasida o’ta yaqin munosabatlar
Shakllanishi natijasida ular umumiy muammolar, yutuqlar, hazillar, mish-mishlar
bilan bir-biriga bog’lanib qoladi. 
Birlamchi guruhlarning paydo bo’lishida bir qator talablar mavjud bo’ladi.
Birinchidan, guruh hajmi muhim ahamiyatga ega bo’lib, katta guruhda uning har
bir a’zosi bilan yaqin munosabatlarga kirishish ehtimoli past, kichik guruhlarda esa
ehtimol oshadi. Ikkinchidan, yaqin aloqalar kishilarning fazilatlariga ko’ra
baholash imkonini beradi. Har kuni bir-biri bilan munosabatda bo’ladigan insonlar
o’rtasida o’zaro ishonch, g’oyalar almashinuvi va hissiyot paydo bo’ladi.
Uchinchidan, bir-biri bilan tez-tez va muntazam ko’rishib turadigan insonlar
o’rtasida birlamchi guruh paydo bo’lishi ehtimoli oshadi. 
Ko’pincha bizning boshqalar bilan o’zaro aloqalarimiz ma’lum bir vaqt o’tib
yaqinlashadi, bu esa o’z navbatida munosabatlarda muntazam muloqot, umumiy
ko’nikma va qiziqishlar paydo bo’lishiga olib keladi. Sotsial guruhlarda
«birlamchi» atamasi o’ta muhim va echilishi zarur bo’lgan muammo va
masalalarni belgilash uchun qo’llaniladi. Haqiqatan ham, bu tushuncha aynan
birlamchi guruhlarga xos, Chunchi ular jamiyatda insonlarning o’zaro
munosabatlari asosini tashkil etadi. 
Birlamchi guruhlar Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida muhim o’rin tutib,
aynan uning doirasida go’dak va yosh bolalar o’zlari tug’ilgan, yashayotgan
7
Qаrаng: Kuli CH. Pervichnie gruppi // Аmerikаnskаya sotsiologicheskаya misl: R.Merton, Dj.Mid, T.Pаrsons,
А.SHюts: Teksti / Sost. E.I.Krаvchenko: Pod red. V.I.Dobrenkovа. – M.: Izd-vo Mosk. un-tа, 1994. – S. .330-335;
http://en.wikibooks.org/wiki/Introduction_to_Sociologyю – R. 62-72.
8
Qаrаng: Sociology: A Global Perspective, Ninth Edition. Joan Ferrante. Cengage. 2015. – P. 95-96.


jamiyat asoslarini anglaydilar. Bunday guruhlar keyinchalik sotsial hayot uchun
zarur bo’lgan me’yor va tamoyillarni qabul qilishimizda o’ziga xos “o’yin
maydoni”, desak bo’ladi. Sotsiologlar birlamchi guruhlarni alohida olingan
insonlarni jamiyat bilan bog’lovchi ko’prik sifatida olib qaraydilar. Chunki, aynan
ularning yordamida individda umumiylik hissi rivojlantiriladi.
Shuningdek, birlamchi guruhlar fundamental ahamiyat kasb etib, ular
insondagi asosiy Shaxsiy manfaatlarni aksariyat qismi qondiriladigan muhitni
ta’minlaydi. Bu guruhlar doirasida biz hamfikrlilik, sevgi-muhabbat, bexatarlik,
umumiy farovonlik va baxt-saodatni his qilamiz. Tabiiyki, birlamchi guruhlardagi
o’zaro aloqalarning mustahkamligi guruhning funktsionallashuviga o’z ta’sirini
o’tkazadi.
Birlamchi guruhlar jamiyatda sotsial nazoratning kuchli vositasi bo’lib
xizmat qiladi. Bu guruh a’zolari sotsiumda hayotimiz uchun zarur bo’lgan
ne’matlarni taqsimlaydi. Agar individ sotsiumdagi ishonchni oqlamasa, ma’lum bir
qat’iy harakatlar bilan guruh a’zolari uni umumiy qabul qilingan me’yorlarga
bo’ysundiradi. Masalan, ayrim diniy jamoalarda itoatsizlarga nisbatan «boykot»
e’lon qilinadi (tartibbuzar jamoadan haydalmagan holda u bilan muloqotga
kirishish taqiqlanadi). YAna bir muhim jihat borki, birlamchi guruhlar sotsial
voqelikni belgilaydi. Turli xil vaziyatlarni o’ziga xos tarzda talqin qilib, guruh
a’zolaridan Shu guruhda ishlab chiqilgan tasavvurlarga mos xulq-atvorga erishadi.
Demak, birlamchi guruhlar sotsial me’yorlarning tashuvchisi bo’lish bilan bir
qatorda ularni tarqatuvchisi rolini ham bajaradi. 
Bizga nafaqat o’zimiz mansub bo’lgan guruhlar, balki biz a’zo bo’lmagan
guruhlar ham kuchli ta’sir o’tkazadi. Shundan kelib chiqib, sotsiologlar ichki

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling