Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

guruh (inguruh) va tashqi guruh (autguruh) o’rtasiga chegara qo’yishni lozim
topdilar. Bu tashabbus sotsiolog U.Samnerga nomi bilan bog’liq
9
. Ichki guruh –
bu, individ o’zini mansub deb bilgan va a’zo bo’lgan guruh tushuniladi. Tashqi
guruh esa buning aksi bo’lib, unda individ a’zo bo’lmagan guruh Shakli
tushuniladi. Bu ikki guruh o’rtasidagi tafovutni «biz» va «ular» olmoshlari bilan
belgilash mumkin. Demak, ichki guruhlarni «bizning guruh», tashqi guruhlarni
«ularning guruhi» sifatida tavsiflash mumkin bo’ladi. Ichki va tashqi guruh
tushunchasi ular Chegaralarining muhimligini ko’rsatib, bunda o’zaro ta’sir
qaerdan boshlanadi va qaerda tugaydi?, - degan savolga javob izlanadi. Guruh
Chegaralari jismoniy to’siq bo’lmay, sotsial o’zaro munosabatlar oqimidagi
uzilishlar hisoblanadi. Ayrim Chegaralar hududiy tamoyillarga asoslanadi,
masalan, kvartal, tuman, mamlakat. Boshqa chegaralar sotsial tafovutlar bilan
bog’liq, masalan, etnik, diniy, siyosiy, kasbiy, tilga oid, urug’-aymoq, sinflar.
Chegaralar «begonalarning» guruh muhitiga kirishini oldini oladi va bir vaqtning
o’zida guruh a’zolarini boshqa raqobatchi guruhlar bilan o’zaro harakatga
kirishishi ehtimolini oldini olish maqsadida bu muhitda u Shlab turadi. 
Amerikalik psixolog M. Sherif va uning yordamchilari tomonidan
o’tkazilgan tajriba (1961) shuni ko’rsatdiki, ma’lum bir guruhga mansublilik hissi
ortgani sayin raqobatchilik elementlari mavjud bo’ladigan vaziyatlarda tashqi
9
Qаrаng: Introduction to Sociology. OpenStax College. Rice University Houston, 2013. – R. 124.
http://openstaxcollege.org.


guruhlarga nisbatan ziddiyat kuchayadi
10
. M. Sherif olib borgan tadqiqot ob’ektlari
o’rta sinfga mansub osoyishta oilalardan bo’lgan ijtimoiy moslashgan, sog’lom 11-
12 yoshli bolalar bo’lgan. Tajriba yozgi lagerda olib borilgan bo’lib, u erda o’g’il
bolalarni ikki guruhga ajratilgan. Lagerdagi hayotning birinchi haftasida bolalar
bir-birlari bilan tanishdilar, guruhning yozilmagan qonunlarini ishlab chiqdilar,
majburiyatlar va rollarni taqsimladilar. Ikkinchi haftada tajriba o’tkazayotganlar
ikki guruhni raqobatga asoslangan turli tadbirlarda to’qnashtirdilar: beysbol, qo’l
to’pi turniri, harbiy o’yin, xazinani qidirish va h.k. Musobaqalar sportga xos
do’stona kayfiyatda boshlangan bo’lsada, bu uzoqqa cho’zilmadi. Uchinchi hafta
integratsiya fazasi bo’lib, unda M. Sherif ikkala guruh o’smirlarini birgalikdagi
ovqat tanovuli, kinofilmlarni tomosha qilish va hazil-mutoyibada bir-biri bilan
muntazam birlashtirdi. Lekin, bu vaziyat ikki guruh o’rtasidagi tanglikni yum
Shatish o’rniga raqobatchilik hissini namoyon qilish, bir-birining ustidan kulish va
janjal uchun bahona bo’ldi. Shunda tajriba o’tkazayotganlar ikki guruhni bir
maqsadga erishish uchun o’zaro kelishib ish tutishga majbur qiladigan kutilmagan
va tabiiy vaziyatlarga (avariya holatidagi lager vodoprovodini remont qilish)
qo’ydilar. Musobaqalar bolalarda guruhiy chegaralar to’g’risidagi tasavvurlarini
yanada kuchaytirgan bo’lsa, umumiy maqsadga erishish yo’lidagi ish adovat
hissini va guruhlararo to’siqlarni yum Shatdi, hamkorlik ehtimolini oshirdi. 
M. Sherif, shuningdek, sotsiologiya fanida sotsial guruhlarning a’zoli
(bevosita a’zo bo’lgan) va referent (individ a’zo bo’lmagan, lekin o’z xatti-
harakatlarini ushbu guruh me’yor va qadriyatlari bilan tartibga soladigan)
guruhlarga turlanishini asoslab bergan.
Referent guruh (lot. referentis – mansub bo’lish, xabar beruvchi) yoki etalon
guruhi inson tomonidan me’yorlari nisbatan qadrliroq tan olinadigan guruhdir.
Masalan, mutaxassis hurmatga sazovor hamkasblari guruhiga tayanadi, sportchi –
o’zi tanigan taniqli rekordsmenlarning me’yorlariga va h.k.. Referent guruhlar –
individ o’z qarashlari, hissiyoti va harakatlarini baholash va shakllantirishda
asoslanadigan ijtimoiy birlikni tashkil etadi. Individlar o’z ustanovkalari, e’tiqodini
shakllantirish va xatti-harakatlarini amalga oshirishda o’zlarining ustanovka,
e’tiqod va xatti-harakatda taqlid qilishga loyiq deb bilgan boshqa bir insonlar yoki
guruhlar bilan taqqoslaydilar. 
«Referent guruh» tushunchasi to’rt xil ma’noda qo’llaniladi: 
1. Individ xatti-harakati uchun namuna, etalon bo’lib xizmat qiladigan
guruh.
2. Individ o’z xatti-harakatlarini yo’naltirgan guruh.
3. Individ a’zo bo’lishga intilayotgan guruh.
4. A’zolarining qadriyat va fikrlari bevosita shu guruh a’zosi bo’lmagan
kishi uchun o’ziga xos taqqoslash o’lchovi, sotsial «o’lchov doirasi» sifatida
xizmat qiladigan guruh
11
.
Real hayotda «referent guruh» nazariyasi shaxsning turli sotsial muhitlarga
moslashuv jarayonida, sotsial harakatlarni o’rganishda qo’llaniladi.
10
Qаrаng: Sotsiologiya / pod red. prof. Ю.G.Volkovа. – M.: Gаrdаriki, 2003. – S. 129.
11
Qаrаng: Umumiy sotsiologiya. / prof. N.S.Аliqoriev, dots. R.T.Ubаydullаevа tаhriri ostidа. – Toshkent: ToshDU, 
1999. – B. 58.


Referent guruhlar o’z mavjudligi va tabiatiga ko’ra: real va ideal;
funktsionallashuviga ko’ra: normativ va qiyosiy; guruh me’yorlarining Shaxs
tomonidan qo’llab-quvvatlanishi yoki rad etilishiga ko’ra: ijobiy va salbiy turlarga
bo’linadi. 
Real referent guruh – Shaxsga qulay sotsial me’yor va qadriyatlarni egallashi
uchun etalon bo’lib xizmat qiladigan kishilar birligi hisoblanadi. Ideal referent
guruh – bu, ma’lum bir guruh qadriyatli va me’yoriy yo’l-yo’riqlarining inson
ongida aks etishidir. Shaxs bu guruhga o’z tasavvurlari va harakatlari bilan
moslashishga harakat qiladi. Demak, real referent guruh sotsial voqelikdagi hodisa
bo’lsa, ideal referent guruh individ ongining mahsuli hisoblanadi. 
Referent guruhlar ham me’yoriy, ham qiyosiy funktsiyalarni bajaradi. Biz
o’zimizni ma’lum bir guruhning to’la huquqli a’zosi sifatida ko’rish istagida (yoki
biror guruhga a’zolikka intilishda), guruhiy standartlar va tamoyillarni qabul
qilamiz. Masalan, bir maktabdan boshqa bir maktabga qabul qilingan o’quvchi
boshqalardan ajralib qolmaslik uchun bu muhitdagi barcha me’yor, qoida va
standartlarni tezroq o’zlashtirishga harakat qiladi. Individning xulq-atvori uning
aniq bir guruhga mansubligini ko’rsatadi. 
Shuningdek, biz o’z referent guruhimiz standartlaridan o’zimizni tashqi
ko’rinishimiz, intellekt, sog’lik, jamiyatdagi o’rnimiz va hayotiy darajamizni
etalon tarzda baholashda foydalanamiz. Biz mansub bo’lgan guruh referent
guruhga mos kelmasa, bizda nisbiy deprivatsiya – biz egalik qilayogan narsalar
(aniq bir guruhga mansubligimizni ko’rsatuvchi shart-sharoitlar) bilan egalik
qilishni xohlagan narsalar (referent guruhga xos holat) o’rtasidagi keskin
tafovutdan qoniqmaslik hissi paydo bo’lishi mumkin. Masalan, ofis xizmatchisi
o’zini xizmat lavozimi ko’tarilgan hamkasblari bilan solishtirganda buni his qiladi.
Nisbiy deprivatsiya hissi ko’pincha sotsial begonalashuvga olib keladi va jamoaviy
chiqishlar, inqilobiy sotsial kayfiyatlarga sabab bo’lishi mumkin. 
Barcha referent guruhlar ham ijobiy bo’lavermasligini unutmasligimiz
lozim. Ijtimoiy hayotda salbiy referent guruhlar ham mavjudki, biz o’zimizni
boshqalar bilan taqqoslaganimizda ulardan foydalanamiz, ya’ni bu guruhga
mansub emasligimizni ko’rsatishga harakat qilish maqsadida a’zolarining
harakatlari bilan o’z harakatlarimizni taqqoslaymiz. Salbiy referent guruh
tomonidan biz o’z xatti-harakatlarimizni rad etilishi va qoralanishini istaymiz. Biz
ilgari a’zo bo’lgan, keyinchalik esa boshqasiga o’tib ketgan guruhimiz ko’pincha
salbiy referent guruhni tashkil etadi. 
Sotsial guruhlar haqida gapirganimizda bu guruhlarda uchrab turadigan
sotsial dilemmalarga ham murojaat qilishimiz lozim bo’ladi. Sotsial dilemma – bu
guruh a’zolarining o’z Shaxsiy ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bilan
jamoa farovonligining maksimal darajada oshishi o’rtasida ziddiyatga duch
keladigan vaziyat tushuniladi. Sotsial dilemmalar ko’pgina hayotiy vaziyatlarda
uchraydi. Uru Shning hal qiluvchi bosqichida handaqda turib qolgan askarning
oldida qanday tanlov borligini ko’rib chiqamiz. Har bir askar handaqda qolib,
hayotini saqlab qolishni ma’qul ko’radi, lekin askarlarning hammasi shunday
xulosaga kelsa, jangda yutqazadilar va halok bo’ladilar. 


Aksariyat sotsial dilemmalarda guruhning umumiy manfaati uchun harakat
qilishni istaydigan bir a’zosi bo’ladi. Qanday sotsial mexanizmlar individda
egoistik qarashlardan qochib, jamoaviylik ruhida harakat qilish istagini uyg’otadi?
Birinchi navbatda, bu – nazorat mexanizmi bo’lib, individning umumiy
farovonlikka salbiy ta’sir o’tkazadigan harakatlardan cheklaydi. Ko’pincha bu
vazifani davlat bajaradi. Guruhiy me’yorlar ham ko’pincha bu maqsadga norasmiy
sanktsiyalar orqali erishadi, shuningdek, insonlarni kelishib harakat qilishga
yo’naltiradigan boshqa bir vositalar ham bor. Bular ichida guruh chegaralarini
qat’iy belgilash orqali kuchli guruhiy mansublilik hissini rivojlantiruvchi
mexanizmlar ham bor. Bundan tashqari, agarda individlar boshqalar bilan
hamkorligi rag’batlantirilishini (masalan, foydani teng taqsimlash va b.) his
qilsalar, egoistik kayfiyatga unchalik berilmaydilar. Guruhiy tafakkur ham yana bir
strategiya hisoblanadi, lekin u halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Guruhiy tafakkur guruh doirasiga xos va guruh a’zolarining qarashlariga
ta’sir o’tkazuvchi kuchli sotsial bosimning mavjudligini ko’rsatadi. Bu bosim xulq-
atvorimizga ta’sir o’tkazsada, biz uni har doim ham his qilmaymiz. M. Sherif ilk
marotaba bu holatni optik yolg’on (ko’z aldanishi) misolida namoyish etdi
12
.
Qorong’u xonadagi kichkina yorug’ dog’ni ko’rgan insonlarga u pirpirab
turgandek tuyuladi. 
Lekin, bu borada fikrlar farqlanadi. M. Sherif bu dog’ni har bir odamga
alohida ko’rsatib, uning javoblarini yozib oladi. Keyin turlicha javob bergan
odamlarni bir guruhga birlashtirib yana shu dog’ni ko’rsatadi, javoblarini og’zaki
bildirishlarini so’raydi. Bu vaziyatda odamlarning javoblari guruh standartlariga
mos ravishda o’zgarib boradi. Keyinchalik, sherif yana bu odamlar bilan alohida-
alohida gaplashganda, ular guruh standartiga muvofiq javoblarni berib, o’z
fikrlariga qaytmadilar. Shuni qayd etib o’tish lozimki, ishtirokchilarning
ko’pchiligi bu fikrga mustaqil holda kelganliklarini va guruh bahosi ularga hech
qanday ta’sir o’tkazmaganligini ta’kidlaydilar.
YAna bir misol: Solomon E Sh o’z tadqiqotida xona markazida joylashgan
ikki dasta o’yin xartasidan terilgan bir xil uzunlikdagi to’g’ri Chiziqni taqqoslashni
so’raydi. U to’qqizta a’zodan iborat guruhning bir necha a’zolaridan og’zaki javob
berishlarini so’raydi. E Sh tajribaning bir nechta ishtirokchilari bilan oldindan
kelishib olgan edi, va ularning hammasi bir necha testlarga noto’g’ri javob
berdilar. To’g’ri javob ko’rinib turgan bo’lishiga qaramay, ishtirokchilarning
uchdan bir qismi ko’pchilikning noto’g’ri fikrini yoqlab javob berdilar. Har bir
tajribada barcha ishtirokchilarning to’rtdan uch qismining fikri bir-biriga mos
keldi. Shunday qilib, E Sh ayrim individlarning ko’zlari yaqqol ko’rib turgan
haqiqatga zid bo’lsada, guruh fikrini qo’llab-quvvatlashini namoyish etdi.
Individlar guruhga to’liq tobe bo’lib qolganlarida, o’z mustaqilligidan voz
kechishga ham tayyor bo’lib qoladilar. Bularning barchasi guruhlarning, asosan
bizning Shaxsimiz Shakllanadigan va biz har kuni faoliyat yuritadigan
guruhlarning hayotimizdagi hal qiluvchi rolini namoyon etadi. Bunday guruhlar
totalitar institutlar sifatida funktsionallashishi mumkin
13

12
Qаrаng: Sotsiologiya / pod red. prof. Ю.G.Volkovа. – M.: Gаrdаriki, 2003. – S. 135.
13
Introduction to Sociology. – R. 64. http://en.wikibooks.org/wiki/Introduction_to_Sociology. 



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling