Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
partiyaviylik hukmronligi emirildi. Endi jamiyatdagi jarayonlarni, jumladan
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
partiyaviylik hukmronligi emirildi. Endi jamiyatdagi jarayonlarni, jumladan, sotsial munosabatlar muammolarini keng plyuralistik tamoyil orqali tadqiq qilish davri keldi. Bu tamoyil orqali sotsial munosabatlarning muammo va vazifalarini turlicha tahlil qilish imkoniyati tug’ildi. Ushbu ijobiy imkoniyatlarning hosili sifatida mamlakatimizda sotsial munosabat muammolari jahon ilmiy tafakkurining har xil yo’nalish natijalari asosida tadqiq qilinayotganligini ajratib ko’rsatish mumkin. Demak, sotsial munosabatlar muammosini yangi, yuqori ilmiy darajada tadqiq qilish imkoniyatlari vujudga keldi. Endi bu muammoni konkret sotsiologik tadqiqot natijaoari asosida o’rganish joizdir. Chunki sotsiologiya nafaqat bu muammoni, balki butun ijtimoiy hayot jarayonlarni keng qamrovda, kompleks xarakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiq qiladi. 2. Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida muhim o’rin tutadi. Chunki birdamlik bu – ma’naviy omillarning majmuasidan tashkil topgan sotsiologik kategoriya bo’lib, u ijtimoiy hayotda faoliyat ko’rsatayotgan insonlarning ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligining ko’rinishidir. Avvalombor Shuni ta’kidlab o’tish joizki, ilk bor bu termin sotsiologiya faniga sotsial jipslashuvni bildiradigan tushuncha sifatida O.Kont tomonidan kiritilgan edi. Mazkur muammoga ko’pgina mutafakkirlar o’zlarining katta etiborlarini qaratganlar. Ayniqsa, E.Dyurkgeym va G.Spenser bu muammoni Chuqur tahlil qilganlar, lekin ular o’z tadqiqotlarini turli xil yo’nalishlarda olib borganlar. E.Dyurkgeymning fikricha, sotsial birdamlik bu – axloqiy tamoyil va oliy universal qadriyat bo’lib, u jamiyatning har bir a’zosi tomonidan tan olinadi. E.Dyurkgeymning ta’kidlashicha, industralizatsiya tufayli jamiyatning ko’rinishi ham o’zgardi va bu kishilarda uning imkoniyatlariga nisbatan ishonchsizlikni paydo qildi. E.Dyurkgeymning fikricha, jamiyat hayoti uchun eng muhimi bu – sotsial birdamlikdir. U o’zining klassik asar bo’lmish – “O’z joniga qasd qilish”da shuni aniqladiki, bu salbiy hodisaning asosiy sababi bo’lib sotsial birdamlik tuyg’ularini kamayishi gavdalanadi. Katolitsizmdan farqli o’laroq, protestantizm mazhabida individualizmga urg’uni qaratish anomiyani rivojlanishiga jiddiy turtki berdi. Shuning uchun bu mashabda o’z joniga qasd qilish ko’payib ketdi. O’zining boshqa bir asari – “Ijtimoiy mehnatning taqsimoti”da u Shunday holatni ta’kidlaydi: industrialgacha bo’lgan jamiyatda sotsial birdamlik jamiyatning mexanik hissiyotlari, ayniqsa diniy mansublik va uning tuyg’ulari asosida ta’minlangan. Bunday jamiyatda kishilar universal holatda faoliyat olib borishgan, ya’ni barcha kerakli narsalarni o’zlari yaratishgan: oziq-ovqat etishtirish, mehnat qurollari va kiyim-kechak kabilarni. Shuning uchun ular jamoaviylikka mansub bo’lishgan va o’z tuyg’ularini boshqalar bilan o’zaro bahamlashishgan. Sanoatlashgan jamiyatda u ijtimoiylashuvning muqarrarligini his qiladi. Endi kishilar tor sohalarga ixtisoslasha boradilar. Bu ixtisosliklar dinga ham ta’sir ko’rsata boshlaydi. Sanoatlashish asosida rivojlangan jamiyatlarda din endi kichik jihatlarda namoyon bo’la boshlaydi va kichik bo’laklarga: uy, oila, ish kabilarga ajralib ketadi. E.Dyurkgeym fikricha, industrial jamiyatdagi sotsial birdamlikka ikkita omil salbiy ta’sir ko’rsatadi:mexanik birdamlik va xizmat joyida o’rtoqlik ruxini topish harakatlari. Industrialgacha bo’lgan jamiyatda esa sotsial birdamlik mexanik xissiyotlar asosida, diniy mansublik negizida ta’minlanar edi. 2 O.Kont va G.Spenserlarning tadqiqotlarida sotsial birdamlikning asosini iqtisodiy mafaatlar tashkil qilish markaziy o’rinni egallaydi. G.Spenser o’zining birdamlik ta’limotida majburiy va ko’ngilli birdamlikni ajratib ko’rsatadi. Uning fikricha, kishilik jamiyati o’z rivojlanish yo’lida ikkita harbiy va sanoat davrlariga bo’linadi. Butun hayot bu erda intizomga asoslangan. Sanoat turidagi jamiyat esa osoyishta ijtimoiy hamkorlikning erkin Shakllarini ifoda etadi. Ko’pgina g’arb olimlari ijtimoiy mulkka asoslangan kooperatsiyaning sermahsulligini inkor etib keladilar. Ularning fikricha, butun jamiyat bilan ishlab chiqarish vositalarini guruhlar mulki qilib berish kerak. Agar ishlab chiqarish vositalari ijtmoiy mulk xususiyatiga ega bo’lsa, «ma’muriyat» xalqdan ajralib qoladi va shu sabab tufayli byurokrat boshqaruvchilar tashkiloti vujudga kelishi mumkin. O’z-o’zidan tabiiyki, bu jarayonlar natijasida ishchilar o’z mehnatlaridan manfaatdorlikni his qilmaydilar. Mazkur taxminlarning aksariyati o’z isbotlarini topdilar. Ayniqsa, totalitar tuzum davrida, bizning diyorda sohta birdamlik asosidagi kooperatsiyalashtirish ko’plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Mehnatning ijtimoiy taqsimoti va kooperatsiya niqobi ostida bizning hudud hom-ashyo etishtiradigan respublikaga aylandi. Jamiyatimizda tub ma’nodagi birlashma jarayoni faoliyat ko’rsatmadi. Vaholanki, xalqimiz tafakkurida jamoviylik ruhi juda kuchli bo’lgan va shunday qolmoqda. Mamlakatimizning birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab ko’rsatganidek, “O’z-o’zini boshqarishning xalqimiz an’analari va qadriyatlariga juda xos bo’lgan usuli — mahallalar tizimi so’nggi yillarda juda katta nufuzga ega bo’lib bormoqda... Eng adolatli muhit, eng adolatli ijtimoiy Sharoit, vaziyat faqat mahallada bo’lishi mumkin. Hech bir korxona, hech bir davlat idorasi yoki jamoat tashkiloti bu borada mahalla bilan tenglasha olmaydi» 3 . Hozirda jamiyatimizda kechayotgan sotsial munosabatlar uchun mutlaqo yangi bo’lgan asoslar yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikka turli shakllariga asoslangan ko’p ukladli, ochiq iqtisodiyot Shakllanmoqda. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy va taqsimot munosabatlarini joriy qilish sotsiologiya fanining 2 Cragun Ryan T., Cragun Deborah. Introduction to Sociology. Wikibooks.org. 2012. -R.65. 3 Kаrimov I.А. Bizdаn ozod vа obod Vаtаn qolsin. T.2. – Toshkent.: O’zbekiston, 1996. -B. 281. asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Bugun endi mehnatning mazmunini Chuqur va har jihatdan o’zgartirmay turib, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida sifat o’zgarishiga erishib bo’lmaydi. Buning uchun, eng avvalo, mehnatga yangicha munosabatni tarkib toptirish, yangi texnologiyani yaratish, fanni yanada taraqqiy ettirish, munosib malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim sohasini barchabo’g’inlarini tubdan yangilash kabi kechiktirib bo’lmaydigan vazifalar amalga oshirilmog’i lozim. Xususiy mulkning qonuniy, deb e’lon qilinishi bilan jamiyatimiz ijtimoiy tarkibidagi bir xillik holati asta-sekin o’z o’rnini ijtimoiy mavqei jihatidan, etishtirilayotgan moddiy ne’matlarning taqsimoti xususiyatlari bilan farq qiluvchi ijtimoiy guruh va tabaqalarga bo’linishiga bo’ Shatib bermoqda. Jamiyat sotsial strukturasida ijtimoiy-sinfiy munosabatlar ham alohida o’rin egallaydi. Sobiq totalitar tuzum sotsiologiyasida sinfiy munosabatlar, sinfiy kurash masalalariga keng o’rin berilib, bu munosabatlar ijtimoiy tarkibdagi boshqa barcha elementlar, munosabatlar ichida eng muhim va belgilovchi omil hisoblangan. Haqiqatdan ham, sotsializmda ishchilar va dehqonlar sinfi jamiyatning eng kam ta’minlangan, quyi darajadagi sinflarni tashkil qildi. Intelligentsiya ijtimoiy qatlami esa moddiy ta’minlanganlik jihatidan ulardan unchalik farq qilmagan. O’tgan davrda, asosan, ikki sinf — ishchilar va dehqonlar sinfi va ziyolilar qatlami mavjud, deb ko’rsatilib, jamiyatning boshqa sotsial guruhlarning ahamiyati mutlaqo e’tiborga olinmagan. Holbuki, norasmiy, yashirin hukmron sinf – nomenaklatura mavjudligi hamma yaxshi bilardi. Ishchilar sinfi ko’p qirrali ijtimoiy birlik hisoblanadi. Uning ichki tarkibi demografik (jinsi va yoshi bilan), professional — tayyorgarligi bilan (mehnatning mazmuni va xarakteri bilan) hududiy (ijtimoiy-hududiy birlik bilan), etnik (milliy farqi) va madaniy-ma’lumoti bilan farq qiluvchi tarkibiy tuzilishga ega. Hozirda O’zbekiston davlati miqyosida milliy ishchilar sinfining tarkib topishi uchun yangi shart-sharoit yaratilmoqda. Jahon miqyosida raqobat bardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun moddiy-texnikaviy asos bunyod etilmoqda. Buning uchun esa mamlakatda horijiy davlatlarning nufuzli korxonalarining filiallari ochilmoqda. Natijada yuqori texnologiyaga asoslangan sanoat ishlab chiqarishining malakali ishchi – injenerlar guruhi shakllana boshladi. Ishchilar sinfi rivojlanish istiqbollariga erishish uchun ularni miqdoriy jihatdan ko’paytirish bilangina erishib bo’lmaydi. Avvalo, mehnatning intellektual mazmunini boyitish, zamonaviy avtomat-texnologiya bilan jihozlangan iqtisodiy Shart-sharoitlarni barpo qilish zarur. Amalga oshirilishi kerak bo’lgan bunday tadbirlar bevosita qishloq xo’jaligi dehqonlari hamda ziyolilar qatlami uchun ham taalluqlidir. Jamiyat ijtimoiy tarkibida ziyolilar qatlami ham salmoqli o’rin tutadi. Intelligentsiya aqliy mehnat mutaxassislari bo’lib, u ijtimoiy-professional guruhlardan tarkib topmoqda. Jamiyat ijtimoiy tarkibida intelligentsiya aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida shakllandi. Hozirda fan, ilmiy texnika taraqqiyotining jadal borishi bilan intelligentsiyaning professional malakasi yanada takomillashmoqda. Uning tarkibiga ilmiy, ishlab chiqarish-texnik, madaniyat, ma’rifat, tibbiyot-harbiy va boshqaruv apparati xodimlari kirib keldi. Ziyolilar tarkibini yana shahar va qishloq, ijtimoiy bandlik sohalari bo’yicha (ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida) mehnatning ijodiy xarakteri darajasi, malaka va boshqa jihatlari bilan farqlash mumkin. Sobiq sovet davrida ziyolilar son jihatidan ko’paydi, lekin sifat jihatidan ularning saviyasi past holatda mavjud mavjud bo’ldi. Chunki ziyolilar qatlami avvalambor ularning mehnat faoliyatining mazmuni bilan aniqlanadi. Hozirda qanchadan qancha oliy ma’lumotli insonlar o’z sohalaridan ketib, o’zlariga xos bo’lmagan oldi-sotdi kabi mashg’ulotlar bilan o’ralashib qolganlar. 3. Begonalashuv muammosi ham sotsial munosabatlar tizimida muhim ahamiyatga egadir. Begonalashuv bu – inson tomonidan tub ma’nodagi kuchini yo’qotishi va sub’ekt va ob’ekt o’rtasida qarama qarshilik vujudga kelishi hamda bu muayyan sotsial oqibatlarni keltirib chiqishidir. YAna ham aniqroq aytadigan bo’lsak, begonalashuv hodisasi kishilarning faol ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashib qolishini anglatadi. Hozirgi jamiyatda quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: Iqtisodiy Siyosiy Madaniy Ijtimoiy Psixologik Iqtisodiy begonalashuv bu – kishilarni mulkdan, mehnat jarayonidan va mehnat natijalaridan; siyosiy begonalashuv – siyosiy hokimiyatdan; madaniy begonalashuv – madaniyat va ma’naviyatdan; ijtimoiy begonalashuv muloqatdan, insonlarning bir-biridan; psixologik begonalashuv esa shaxsning o’z o’zidan uzoqlashishini anglatadi. 4 Begonalashuvning yuqorida keltirilgan turlaridan iqtisodiysi muhim ma’no kasb etadi. Aynan Shu jarayon G’arbiy Yevropada aholining keskin tarzda tabaqalashuviga sabab bo’ldi. Mazkur holatni nemis mutafakkirlari turli jihatlarda tadqiq qilishga urindilar. Xususan, K.Marksning ta’kidlashicha, inson baxti-soadati uning tabiatini yuksak Cho’qqisi hisoblanadi. Anglangan mashg’ulot bilan Shug’ullanish barobarinda kishilar o’zlari ishlab chiqargan maxsulotdan manfaat ko’rishlari kerak. Sanoat inqilobi bilan birgalikda evolyutsion tarzda rivojlangan kapitalistik jamiyatda ishchilar mehnat natijalariga emas, faqat o’z ish kuchlariga ega bo’lishadi. Burjuaziya ishchilardan ularning ish haqi evaziga ishlashi maqsadida foydalanadi. Natijada ishchilar o’z mehnat natijalari – ishlab chiqarilgan maxsulotga egalik qilishdan begonalashishadi. Marks fikricha, qachonki kishilarga o’z mehnatining hosili tegishli bo’lsagina, ana o’ Shanda ular inson tabiatining ideali va maqsadiga ega bo’lishadi. Shuningdek, K.Marks kapitalizmda kishilarni katta baxtsizlikka olib boruvchi yo’lni ko’rdi. Kapitalizmda ishlab chiqarish natijalarini begonalashishdan tashqari, ishchilarni yanada bir-biridan begonalashishi ham kuzatiladi. Chunki kapitalizm ishga joylashish uchun cheklangan resurslarga erishish maqsadida kishilarni bir- 4 Cotsiologiya. O’quv qo’llаnmа. Ubаydullаevа R.А., Bekmurodov M.B., Otа-Mirzаev O.B. vа boshqаlаr. – Toshkent.: Аbdullа Qodiriy nomidаgi xаlq merosi nаshriёti. 2002. -B.62. birlari bilan raqobat qilishga moyillashtiradi. Kapitalizmda ishga joylashish imkoniyatlari Cheklanganligi tufayli kapitalistlar ish haqini past darajada u Shlab turishlariga xizmat qiladi. Shuning uchun kishilar bir-birlari bilan raqobat qilishga majbur bo’ladilar. 5 Shu erda muhim bir izohni ilgari surish lozim: birinchidan, sobiq SSSR va Xitoyda o’rnatilgan tuzumlar K.Marks tomonidan taklif qilinganlari emasdi. Kapitalizm o’zining barcha zararli tomonlari bilan birgalikda, ishlab chiqarish vositalari aynan Shu tuzumda rivojlanadi va ulardan keyingi tuzimda foydalanish mumkin bo’ladi. Demak, kapitalizmni ayovsiz tanqid qilish bilan barobarinda, K.Marks uni ishlab chiqarish vositalarini rivojlantirish uchun foydaliligini ham tan olgan. 6 Uning bu fikrlariga jiddiy e’tiroz bildirish mumkin. Aynan sotsialistik tuzumda raqobatning deyarli yo’qligi moddiy va ma’naviy tovar va buyumlarni o’ta taqchilligini keltirib chiqardi. Shuningdek, korxonalarda ishlab chiqarilgan maxsulotlar o’ta sifatsiz darajada ekanligi va shuning uchun aholi horijdan keltirilgan tovarlarga ega bo’lishga intilgani yaqin tariximizdan yaxshi ma’lumdir. Qolaversa, sotilmagan tovarlar uchun ishchi va xizmatchilarga muntazam maosh to’lab kelingani ham sobiq tuzumning, jumladan, o’ Sha davrdagi O’zbekistonning iqtisodiga ham jiddiy zararlar etkazdi. Lekin Marks bu davrda yashamadi va o’z sotsiologik ta’limotining salbiy jihatlarini ko’rmadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ilgari tuzumni qumsab qolganlarga, o’ Sha davr kamchiliklaridan bexabar bo’lgan yoshlarga yuqorida bayon etilgan hayotiy lavhalarni eslatib qo’yish biz sotsiologlarning kasbiy vazifamizdir. Horijiy adabiyot materiallari bilant tanishib chiqib, muammo tahlili bo’yicha quyidagi o’z tanqidiy fikrlarimizni ilgari surishimiz mumkin bo’ladi, deb hisoblaymiz: Marksizm ta’limoti bo’yicha xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach, ishlab chiqarish vositalariga endi bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo’lib chiqdi. Siyosiy hokimiyatni bosib olgan proletariat ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirdi. Sotsialistik revolyutsiya mantiqiga ko’ra, bu tadbirlar begonalashuv jarayoni ildiziga bolta uru Shi kerak edi. Ammo, 70 yillik tarix davomida bizga uqtirib kelingan ijtimoiy mulk davlat mulki edi. Bu mulk esa xususiy mulkning eng jirkanch, adolatsiz turi bo’lib chiqdi. Chunki davlat mulki o’zining real egasiga ega emas. U bir mavhum tushuncha edi. Mehnat kishisi esa yana mulkdan begonalashdi. Davlat mulki esa davlat apparatining xususiy mulkiga aylanib, bu nomenklaturani «yangi» sinfga aylantirdi. Bu salbiy jarayonlar natijasida ishlab chiqarish o’zining haqiqiy egasini topa olmadi. Boshqa bir nemis olimi Maks Veber o’z vatandoshi va millatdoshi – K.Marks g’oyalari bilan yaqindan tanishib, uning fikrlarini qabul qila olmadi. Jumladan, unga qarshi o’zining ratsionalistik g’oyalarini ilgari surdi. Horijiy adabiyotlarida quyidagicha ma’lumot berilgan: 5 Cragun Ryan T., Cragun Deborah. Introduction to Sociology. Wikibooks.org. 2012. -R.64-65 6 O’shа erdа. -R.65 Maks Veber jamiyatdagi ratsionallash va sanoat inqilobidan tashvishlanib yashadi. Chunki bu ikki o’zgarishlar inson tabiatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Veber Shuni yaxshi tushunib etdiki, o’zi yashagan davr – XIX asrning sanoat inqilobi davrida jamiyat hayoti madaniyat tufayli ratsionallashib boradi va bu jarayon jamiyatni harakatlantiruvchi kuch bo’lib namoyon bo’ladi. 7 4. Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birlariga bog’liq hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaysa, xo’jalik aloqalari uzilsa, pulning qadri tu Shib ketib, narxlar tez sur’atlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan, deb fikr yuritishimiz mumkin. Bu Chuqur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv olamiga salbiy ta’sir qilishi, ba’zi tartiblar kirgizishi aniq. O’z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa tanazzul ham Shunchalik, Chuqurlashib boraveradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro’y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun qo’yilgan ulkan qadamdir. Shu bilan birga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning Shunday bir turi – ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan uzoqlashib, asta-sekinlik bilan o’z mehnati natijasida begonalashib boradi. Endi bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig’i yo’q. Siyosiy jabhada ham siyosiy hokimiyatdan jamiyatning ko’pgina a’zolari begonalashtirildilar. Ya’ni, siyosiy hokimiyat xalq hokimiyati umumxalq, hokimiyati, deb e’lon qilingan bo’lsa-da, aslida u ma’lum bir guruhning – elitaning xususiy mulkiga aylandi. Buning asosida esa butun bir xalq davlat siyosiy hokimiyatidan begonalashdi va bu begonalashgan omma bilan nomenklatura orasida ulkan jarlik paydo bo’ldi. O’z navbatida bu jarayonlar siyosiy tanazzulga olib keldi va bu tanazzul tufayli tashqi du Shman enga olmagan totalitar davlat o’z- o’zidan parchalanib ketdi. Madaniy sohadagi begonalashuv ham anchagina chuqur salbiy oqibatlarga olib keladigan ma’naviy tanazzulni keltirib chiqaradi. Jamiyatda sog’lom muhitni yaratishda ma’naviyat va madaniyatning o’rni o’zgacha. Chunki ular individlarning barkamol bo’lib Shakllanishlariga katta ta’sir ko’rsatadilar. Agar jamiyat a’zolari o’z ma’naviyatlari – boy madaniy meroslaridan uzoqlashib ketib, undan begonalashsalar, ular endi o’zlarining kelib chiqishlaridan tortib, to o’z millatlarining ham milliy urf-odatlari, an’analarini ham inkor qila boshlaydilar. Agarda yaqin o’tmishimizga, uning tirixiga murojaat etsak ushbu satrlarimizning yaqqol isbotini ko’ramiz. Masalan, boy madaniy merosimizdan begonalashuvimiz atoqli adib chingiz Aytmatovning ta’biricha, bizlarni manqurtlarga aylantiray dedi, ya’ni biz o’z xalqimiz tarixi, milliy ozodlik harakatlari va ularning sarkardalari, dinimiz va o’zligimizdan uzoqlashib qoldik. Bu haqda faylasuf olim, professor M.Q.Oripov shunday fikr bildirgan edi: «Mana shunday o’lik aqidalardan biri ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilaydi, degan markscha-moddiyuncha dunyoqarash qoidasidan iboratdir. Bu qoidaga ko’ra, inson 7 O’shа erdа. -R.63. ongli, ijodkor faoliyat sohibi sifatida emas, balki ishlab chiqarish munosabatlari, deb atalmish mavhum va mujmal narsaning tobe maxsuliga aylanib koladi. Bunday odam manqurtdir. Totalitar mafkuraning 70 yildan ortiq xukmronligi o’zining tarixi, ajdodlarining namunali ishlarini inkor etgan, o’z xalqi va Vataniga sadoqatini yo’qotgan manqurtlarni keltirib chiqardi». 8 Davlatimiz mustaqilligiga erishib, madaniy begonalashuvni bartaraf etishni boshladik. Sotsiologiyadagi muhim begonalashuv hisoblangan sotsial begonalashish insonlarni muloqotdan, bir-birlaridan uzoqlashishlari natijasida yuzaga keladi. Inson o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy xususiyatga egadir. O’zaro faoliyat tufayli paydo bo’lgan ehtiyojlar asosida insonlar doim bir-birlari bilan muloqotlarda bo’ladilar. Muloqotning ijtimoiy ma’nosi shundaki, u madaniyat Shakllari va ijtimoiy tajribalarni uzatish vositasi bo’lib ximat qiladi. Ammo, iqtisodiy tanazzul ko’pgina insonlarni qiyin iqtisodiy ahvolga solib qo’yadi. Natijada jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodi munosabalariga ko’nikishlari qiyin kechadi. Oqibatda inflyatsiya tufayli moddiy va ma’naviy ehtiyojlar tizimining Cheklanishi hamda me’yorlartirilishi insonlarda agressivlik kayfiyati, johillashish holatini kuchaytirib boradi. Bu hodisa fuqarolarda an’ana va urf-odatlar, ma’naviy qadryatlarning ta’sirini yo’qolishga olib keladi. Shu kabi salbiy omillar insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlarini kuchaytiradi va hamma o’z holicha, degan norasmiy qonun paydo bo’ladi. Ruhiy begonalashuv bu – insonning o’z mohiyatidan uzoqlashishdir. Ushbu muammoni nemis mutaffakiri Erix Fromm juda yaxshi ishlab chiqqan. Uning fikricha, inson mohiyati doimo o’ziga du Shmanlik kayfiyatida bo’lgan sotsial tuzilma ta’siri ostidagi inson o’z-o’zidan begonalashuvining har bir darajasiga ma’lum bir sotsial xarakter - dunyoparaslik, ekspluatatorlik, retseptiv (andozalik, qolip), bozorga oidlik xosdir. Zamonaviy jamiyatni E.Fromm inson mohiyatini «mashinalashtirish», «kompyuterlashtirish» va «robotlashtirish» jarayonlari yordamida begonalashuv uning darajasining bir mahsuli, deb ta’riflaydi. Bozorga yo’naltirilgan sotsial harakat paydo bo’lib, unda iste’molga intilish, ikkilanishlar hissiyoti, yakkalanib qolishlik va boshqa salbiy holat, hissiyotlar markaziy ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu erda psixologik va sotsial begonalashish bir-birlari bilan juda uyg’unlashib ketishlarini ko’rish mumkin. Insonlar bir-birlaridan munosabatda, muloqotda begonalashsalar, o’z-o’zlaridan begonalashish ham yuz beradi, chunki insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlari oqibatida ular yakkalanish, zerikish va hayotga qiziqishlari so’nishi vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida inson o’z kelajagiga, orzu-niyatlariga ishonchi yo’qolib, u o’zini begona, deb hisoblaydi va bu jarayon ko’pincha salbiy oqibatlarga olib keladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, jamiyat hayotidagi turli xil begonalashuv jarayonlari tezroq ilmiylik va uyg’unlik asosida bartaraf qilinsagina jamiyat sog’lom sharoitda taraqqiy etadi va salbiy ijtimoiy hodisalarning o’z vaqtida oldi olinadi. Masalan, mehnatdan begonalashishlikni bartaraf etish uchun birinchi navbatda insonlarning o’z mehnatlari natijalaridan manfaatdor bo’lishlari va uning 8 Oripov M.Q. Ijtimoiy ong vа ijtimoiy borliq. // Qаlb ko’zi xаftаnomаsi. 8 oktyabr.1997. oqibatida esa ularning mehnatga bo’lgan munosabatlarini tubdan o’zgartirib, qiziqish va kuch-g’ayratlari bilan ishlashlarini tashkil etish darkor. Ishlab chiqarishni boshqarishdan begonalashish muammosini bartaraf etish ham juda muhim ma’no kasb etadi. Buning uchun ishlab chiqarish munosabatlarini Chuqur demokratiyalashtirish, korxona, tashkilot va muassasalardagi mavjud boshqaruv tizimlarini demokratik yo’llar bilan takomillashtirish va ishchi, xizmatchilar xo’jalik egasining aniq vazifasi, huquqi va mas’uliyatlarini bilishlari kerak. Madaniyatdan begonalashuvni bartaraf etish uchun madaniy merosga munosabatni takomillashtirib borish, jamiyatning har bir a’zosi ma’naviy qadriyatlardan yaxshi xabardor bo’lish va madaniy qurilishga etarli mablag’ ajratilishini ta’minlash zarur. Ijtimoiy begonalashuvni bartaraf qilish uchun insonlarning bir-birlari bilan munosabatlari, muammolarni haqiqiy birdamlik va hamkorlik asosida qurish kerakki, shunda har bir inson o’zini boshqalar uchun ham kerak ekanligini Chin yurakdan sezsin. Ruhiy begonalashuvni bartaraf etish Choralari sotsial begonalashuvni bartaraf etishning uzviy davomidir. Inson o’zini kimgadir kerakligini ruhan his qila olsagina u hach qachon tu Shkunlikka tu Shmaydi. YAkkalanish, iztirobga tu Shish xavfidan xolos bo’ladi, oqibatda uning o’z-o’zidan, o’z mohiyatidan begonalashuviga hech qanday sabab qolmaydi. Biz qurayotgan bugungi yangi jamiyat o’z oldiga bu begonalashuv jarayonlarini tezroq bartaraf etib, haqiqiy rivojlanishga, erkinlikka, ozodlikka erishish uchun hozirgi qiyinchiliklarni sobitqadamlik bilan engib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur qamrab olib, davlatimizni rivojlangan mamlakatlar safidan tezroq o’z munosib o’rnini egallashiga hizmat qilmoqda. Albatta, ushbu ijtimoiy jarayonning bir tekisda kechishi muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mazkur qiyinchiliklar ijtimoiy munosabatlarning alohida turi bo’lgan milliy mafkurani yaratish harakatlarida ko’proq namoyon bo’layotgani biz jamiyatshunoslarni ko’proq tashvishga solmoqda. Chunki milliy mafkura mustaqil davlatning asosiy ma’naviy poydevorlaridan hisoblanadi. U siz hech bir davlat barqaror rivojlanish xususiyatiga ega bo’la olmaydi. Milliy mafkuramiz esa biror bir siyosiy partiya, yohud ijtimoiy harakatlarning emas, balki umumxalq manfaatlarini ifodalashi juda muhimdir. Ushbu mafkuraning mazmun va mohiyati millatimizning o’ziga xos bo’lgan tafakkur tarziga mos kelishi uni real hayotdan ajralmasligini ta’minlaydi. «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravShan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman» 9 . 9 Kаrimov I.А. Jаmiyatimiz mаfkurаsi xаlqni-xаlq, millаtni-millаt qilishgа xizmаt qilsin. // Tаfаkkur. 1998. N 2, B. 6. Respublikamiz birinchi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan fikrlardan ma’lumki, milliy mafkurani shakllanishiga millatning o’ziga xos xususiyatlari: milliy urf-odatlar, qadriyatlar, an’analar va udumlar negizida shakllanadigan hamda rivojlanadigan tafakkur tarzi bevosita asos bo’ladi. Shu jihatdan qaraganda, milliy g’oya va tafakkur o’zaro uzviy bog’liq tushunchalardir. Shuning uchun ularni bir-birlaridan sira ajratib olishimiz mumkin emas. Shu nuqtai nazardan, qaysi bir jamiyatda ushbu masalaga to’g’ri munosabatda bo’lib, uning negizida milliy mafkura shakllansa, o’sha jamiyatdan taraqqiyot, erkinlik va ozodlik qaror topadi. O’rta asrlarda yashab o’tgan avlod-ajdodlarimiz hayot yo’llarni tahlil qilib ko’rsak, shunga amin bo’lamizki, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn sino, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Bobur va boshqa ko’plab yuksak tafakkur egalari bo’lgan bobokalonlarimiz yashagan ijtimoiy-madaniy muhitda shakllangan tafakkur tarzi va milliy g’oyalar naqadar teran va ilmiy asosga qurilganligini ko’ramiz. Demak, ajdodlarimiz yashagan o’ Sha davrlarda ushbu masalalarga katta e’tibor qaratilgan. Shuning oqibati o’laroq, Turon eli yuksak rivojlangan ilm-fan va madaniyat o’chog’i bo’lgan. Lekin baxtga qarshi Yevropadagi mashhur Renesans davridan ancha ilgari yaratilgan bu taraqqiyot yo’lini biz asta-sekinlik bilan unuta boshladik. Milliy g’oya, milliy mafkuraning asoslaridan bo’lgan ma’naviy boyliklarimizga qanchalik e’tiborimizni kamroq qaratsak, taraqqiyot yo’lidan shunchalik chetga chiqib keta berdik va milliy g’oya o’rnini «mahalliychilik» g’oyasi egalladi. Buning natijasida esa markazlashgan ulkan davlatimiz parchalanib, millatimiz tarqoq va qoloqlik darajasiga tushib qoldi. Yagona milliy g’oyamizni mahalliychilik g’oyasiga aylantirishimiz, buning natijasida esa tarqoqlilik va kuchsizlik holatiga tushishimiz sababli avval Chorizm mustamlakasiga, keyinchalik esa sobiq sovet imperiyasining arzon hom-ashyo etishtirib boradigan «viloyati»ga aylandik. Mana endi biz 130 yildan ortiq davom etgan mustamlachilikdan qutulib, yana markazlashgan va mustaqil davlatchiligimizga erishdik. Shu o’rinda aytishimiz joizki, bizdan oldin o’tgan avlodlarimiz yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarni aslo qaytarmasligimiz zarur. Buning uchun esa o’sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash kerak. Jamiyat hayotini sotsiologik tahlil qilish Shuni ko’rsatayaptiki, vatandoshlarimiz ushbu milliy mafkura mohiyatini borgan sari Chuqurroq tushunib borayotganlarini qayd qilish mumkin. Sotsiologiya va boshqa ijtmoiy-gumanitar fanlar doimiy ravishda o’zlarining ham nazariy, ham amaliy tadqiqotlari bilan milliy istiqlol g’oyalarini hayotga tadbiq etishning samarali usullarini chuqurroq tadqiq etishga mavjud barcha imkoniyatlarini amalga oshirishlari kerak. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling