1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish
jarayonlaridagi harakati
Infratuzilma – bu ishlab chiqarish va ayirboshlashning me’yorida ro’y
berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy Shart-sharoitini tashkil
qiluvchi sohalar.
Infratuzilma turlari:
- Ishlab chiqarish infratuzilmasi.
- Ijtimoiy infratuzilma.
- Bozor infratuzilmasi.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining Cheksizligi
hamda iqtisodiy resurslarning Cheklanganligidir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – bu iqtisodiy resurslar Cheklangan
Sharoitda jamiyatning Cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to’laroq qondirib borish
mumkinligi to’g’risidagi masaladir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo’llari:
- iqtisodiy resurslar miqdorini ko’paytirish;
- resurslar unumdorligini oshirish;
- resurslardan foydalanishning turli hil muqobil variantlaridan eng
samaralisini tanlash;
- jamiyat ehtiyojlarini Cheklash.
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy
qonunlarni ham o’rganadi. Boshqacha qilib aytganda, bu fanining asosiy
vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish
mexanizimini ochib berish hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat
aloqalarini, ularning ichki o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning
umumlashgan nazariy ifodasi bo’lib, u ob’ektiv reallikni ilmiy bilish natijasidir,
ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega
Tаqsimot jаrаёni
Iшlаб чiqаriш
Do'stlaringiz bilan baham: |