Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Tayanch iboralar: Jamiyat, jamiyatning iqtisodiy hayoti, moddiy ishlab
chiqarish, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari, mulk,
texnika, texnologiya, bozor iqtisodiyoti.
Nazorat savollari:
1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz?
2. Jamiyat tushunchasini kim birinchi bo’lib o’rgangan?
3. Jamiyat belgilari nimalardan iborat?
4. Iqtisodiy kategoriyalar nimalardan iborat?
5. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi nima?
6. Iqtisodiyot va jamiyatning o’zaro bog’liqligi nimalarda namoyon bo’ladi?
7. Iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining qaysi tub belgilarida o’z
ifodasini topadi?


17-mavzu. JAMIYAT VA DAVLAT
REJA
1. Sotsiologiyada davlat bilan jamiyatning o’zaro nisbati.
2. Davlat ijtimoiy institut sifatida: paradigmalar, belgilar va funktsiyalar.
3. Hokimiyat, fuqarolik jamiyati va siyosiy partiyalar.
4. Siyosiy sotsiologiya
Davlat bilan jamiyatning o’zaro munosabatlari va hamkorligi sotsiologiya
nazariyasi va amaliyotining eng muhim jihatlaridan biridir. Chunki insonning u
yoki bu sotsiumdagi o’rni va roli, huquq va erkinliklarining ta’minlanganlik
darajasi uning salohiyati va qobiliyati ro’yobga chiqishini aniqlab beradi. Masalan,
O’zbekistonda o’tkazilgan keng miqyosli islohotlar milliy davlatchilik va
suverenitet – egamenlik, xavfsizlik va huquqiy tartibni saqlash, davlat Chegaralari
dahlsizligi, qonun, inson huquqlari va erkinliklari, jamiyatda millatlararo murosaa,
diniy bag’rikenglikning mustahkam poydevorini, aholi hayoti, fuqarolarning
yaratuvchilik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun munosib Sharoit yaratdi. 
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti shavkat Mirziyoev tashabbusi
bilan O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi qabul qilindi. U davlat va
jamiyat qurilishini takomillashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish va xavfsizlikni
ta’minlash, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni nazarda tutadi
1
. Bularning
barchasi mamlakatimizdagi keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish uchun
mustahkam asos bo’lib xizmat qiladigan “davlat” va “jamiyat” atamalarining
nazariy asoslarini bilib olishni taqozo qiladi. 
“Jamiyat” atamasini sotsiologik nuqtai nazaridan tushunib olish uchun u
individlar – alohida shaxslar tarkib topishinigina aytish kifoya qilmaydi, Chunki
sotsium Shakllanishida kishilarning birligi, umumiyligi, birdamligi va o’zaro
aloqalari eng muhim unsurlar hisoblanadi. Kishilarning ushbu o’zaro aloqalari va
munosabatlari qandaydir umumiy asosga ko’ra shakllanadi. Sotsiologiyaning turli
maktablari ular qatoriga “manfaatlar”, “ehtiyojlar”, “sabablar”, “oldga qo’yilgan
maqsadlar”, “qadriyatlar” va hokazolarni kiritadi
2

Jamiyatni to’rtta asosiy sohaga bo’lib o’rganish mumkin: iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy va madaniy
3
. Bu ko’plab ijtimoiy hodisalar orasida yo’lni topib olishga
yordam beradi. Umuman olganda, siyosiy soha Prezident, uning devoni, hukumat
va Parlament, mahalliy hokimiyat idoralari, armiya, soliq va bojxona xizmatlari,
ichki ishlar idoralari va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ular birgalikda davlatni
tashkil qiladi. Siyosiy soha davlat tarkibiga kirmaydigan siyosiy partiyalarni ham
o’z ichiga oladi
4
. Partiyalarning vazifasi qonundan belgilab qo’yilgan usullar bilan
1
O’zbekiston Respublikаsi Prezidentining Fаrmoni «O’zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo’yichа
hаrаkаtlаr strаtegiyasi to’ғrisidа». O’zbekiston Respublikаsi qonun hujjаtlаri to’plаmi, 2017 y., 6-son, 70-moddа,
20-son, - 354 b.
2
Rаdugin А.А. Sotsiologiya. - M., 2003. 
3
Lumаn N. Ponyatie obshestvа // Problemi teoreticheskoy sotsiologii. – SPb., 1994.
4
Bendiks R. Sovremennoe obshestvo // Аmerikаnskаya sotsiologiya. – M., 1992.


aholi ba’zan manfaati o’zaro zid keladigan qatlamlarining turli-tuman siyosiy
manfaatlarini ifoda qilishdir. 
Davlatning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga huquq va qonunga tayanish,
jamiyatning me’yoriy va barqaror ishlashini ta’minlash uchun ijtimoiy jarayonlarni
majburiy tartibga solish va ularni nazorat qilish kiradi. M.Veber: “Davlat tarixan
o’zidan oldingi siyosiy ittifoqlar singari odamning odam ustidan hukmronligiga
asoslangan munosabatdir. U vosita sifatida qonuniy kuch ishlatishga tayanadi. Shu
tariqa hukmronlik qilishi uchun uning ostida bo’lgan odamlar ta’sir kuchiga ega
bo’lganga (avtoritetga) bo’ysunishi kerak, ayni paytda hokimiyat tepasidagilar
ta’sir kuchiga ega bo’lishga intiladi”
5
.
Gap bu erda faqat qonunchilikka tayanish haqida emas, davlat hokimiyatining
aholi qo’llab-quvvatlashini ta’minlab beruvchi ta’sir kuchi, obro’si haqida
ketmoqda. Shu tariqa davlat jamiyatning hokimiyat, kuch va ta’sir kuchiga ega bir
bo’lagi, ijtimoiy institutidir. U muayyan ijtimoiy tizimni qo’llab-quvvatlovchi
resurslar va mablag’ taqsimoti uchun zarurdir. 
Shuningdek, davlat markaziy va jamiyatni birlashtiruvchi siyosiy institut
hamdir. U oliy hokimiyat vakolatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Boshqaruv
qobiliyati evaziga ijtimoiy munosabatlarni ma’lum maqsad yo’lida tartibga solib
boradi. Sotsiolog P.Burde M.Veber asos solgan an’anani davom ettirib, davlatga
quyidagicha ta’rif beradi: “Davlat “kapital turlari, jismoniy majburlash yoki kuch
ishlatishning – armiya, politsiya, iqtisodiy, madaniy yoki to’g’rirog’i, axborot-
ramziy – vositalari yig’indisidir. Ushbu yig’indi davlatni o’ziga xos metakapital
egasiga aylantiradi hamda kapitalning boshqa turlari va ular egalari ustida
hukmronlik qilish huquqini beradi”
6
.
Davlatning boshqa institutlardan farq qiluvchi o’ziga xos xususiyatlari tarixan
professional boshqaruvchilarning (amaldorlarning) paydo bo’lishi davlat
hokimiyatining jamiyatdan ajralishiga, uning ijtimoiy manfaatlarga mos
kelmasligiga sabab bo’ldi. Bu davlatni o’zini o’zi boshqarishga asoslangan urug’-
aymoqchilik tashkilotidan ajratib turadi. Davlat hokimiyatini yurgizish muayyan
tashkilotchilikni – amaldorlarning maxsus apparati, sudyalar, armiya va
hokazolarni bo’lishini taqozo etadi. Zamonaviy demokratik davlat professional
boshqaruv apparati bilan saylov vositada shakllantiriladigan vakillik tizimini
o’zaro omuxta qiladi. 
Uning yana bir xususiyati suverenitet – egamenlik – muayyan makondagi oliy
hokimiyatdir, ya’ni hukmronlikning unga buyruq yoki irodasini amalga oshirishga
halal beradigan hech bir Shakli yo’qdir
7
. Uning aholi barcha qatlamlari uchun
majburiy qonunlar Chiqarish, ularga o’zgartirishlar kiritish singari ichki
suverenitet hamda davlatning tashqi nazoratdan eminlikni nazarda tutuvchi tashqi
suverenitet (xalqaro munosabatlar kontekstida) ko’rinishi ham bor.
5
Veber M. Izbrаnnie proizvedeniya. Per. s nemetskogo. Sost., obsh. red. i poslesl. Dаvidovа Ю.N., - M.: Progress,
1990. 646 s.
6
Burdё 
P. Dux gosudаrstvа: genezis i strukturа 
bюrokrаticheskogo polya.
http://gtmarket.ru/laboratory/expertize/2006/704
7
Brokgаuz F.А., Efron I.А. Suverenitet // Entsiklopedicheskiy slovаr // URL:
http://enc-dic.com/brokgause/Suverenitet-22303.html


Shu o’rinda davlatning qonunaniy kuch ishlatish va jismoniy majburlashga
bo’lgan monopoliyasini alohida qayd etish lozim. Davlatning majburlash
vakolatlari qamrovi erkinlikni Cheklashdan tortib, odamni jismonan yo’q qilish
qadar kengdir. Majburlash funktsiyasini amalga oshirish uchun davlatning armiya,
xavfsizlik xizmati, sud, prokuratura singari maxsus vosita va idoralari bor. 
Bunga uning aholidan soliq va to’lovlar yig’ish borasidagi monopol huquqi
ham kiradi. Soliqlar boshqaruv apparatini boqish va davlat siyosatini moddiy
jihatdan ta’minlash, ijtimoiy hayotni qonuniy yo’l bilan tartibga solish uchun
kerak. Huquq bo’lmasa, qonunlar Chiqarilmasa, davlat jamiyatni samarali
boshqarishi, qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini so’zsiz ta’minlay olmaydi. Har
qanday zamonaviy jamiyatda hokimiyatning juda ko’plab sub’ektlari bor. Biroq
Chiqarayotgan qarorlari fuqarolar, tashkilotlar va muassasalar uchun majburiy
bo’lgan oliy hokimiyat bu – davlatdir. Faqat davlatgina ijrosi majburiy bo’lgan
qonun va me’yoriy hujjatlar Chiqarish huquqiga ega. 
Davlatni sotsial institut sifatida ko’rib chiqishning bir qancha sotsiologik
paradigmalari mavjud. Dastlabki paradigmaga ko’ra, davlat hukmron sinf
(tuzumga oid) hokimiyatini mustahkamlovchi va himoya qiluvchi institut deb
qaraladi. Ushbu yondashuvda davlat institutining faoliyati, avvalo, Cheklangan
resurslar uchun kurashga e’tibor qaratishi zarurligi bilan doimiy ziddiyatlardan
iborat bo’ladi, deb xulosa chiqarilgan.
Har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga ishlab chiqarish munosabatlari va
huquqning muayyan turi to’g’ri keladi
8
. Davlat turi esa davlat hokimiyatining qaysi
mulkdorlar sinfiga tegishli, ya’ni ishlab chiqarish vositalari kimning qo’lida
ekaniga bog’liq. Davlatning bir turidan ikkinchisiga ijtimoiy inqilob orqali o’tiladi,
o’ Sha inqilob jarayonida davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati o’zgaradi.
Davlatning tarixan so’nggi turi sotsialistik davlat bo’lishi, sinfsiz jamiyatga o’tish
davrini tayyorlashi, so’ngra barhami topishi kerak. Tarix bunday bir tomonlama
yondashuvning eskirganini yaqqol ko’rsatib berdi. 
Davlatning ijtimoiy institut sifatidagi tavsifining ikkinchi paradigmasi uning
tuzilmasi va funktsiyasi tahlilidan kelib chiqadi. Unda asosiy e’tibor davlat siyosiy
hokimiyatining ijtimoiy ziddiyatlarga emas, hamkorlikka asoslangan jihatlariga
qaratiladi. Masalan, T.Parsonsning fikricha, davlatning siyosiy faoliyati sinflar
o’rtasidagi resurslarni taqsimlash va ularni nazorat qilish uchun kurashdan ko’ra
muvofiqlashtirish jarayonidan iborat bo’ladi
9

V.Gumboldt, O. Shpengler, A.Toynbi, s.Xantington va boshqalar davlat bilan
jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga tsivilizatsion yondashuvni taklif qilgan
edi. Uning mohiyatini tavsiflashda mezon sifatida “ijtimoiy-iqtisodiy tuzum” emas,
“tsivizilizatsiya” – “tamaddun”dan foydalaniladi. “Tamaddun” tushunchasi
muayyan makon va vaqt Chegaralariga ega, unga rivojlangan jamiyat hayotiy
faoliyatining yuksak darajada farqlanishini ta’minlovchi, shu bilan birga uning
zarur integratsiyasini qo’llab-quvvatlovchi ijtimoiy-madaniy tizim sifatida
qaraladi. 
8
Аnderxill D., Bаrrett S. i dr. Politikа. Obsh.red.: Osаdchаya I.M. - M.:INFRА-M. 2001.
9
Parsons T. Politics and Social Structure. - NY, 1969. P.204


TSivilizatsion yondashuv nafaqat moddiy-iqdisodiy, qolaversa, davlat
rivojlanishiga ta’sir etadigan geografik, dunyoqarash, diniy, ruhiy, madaniy,
ma’naviy va boshqa omillarni ham hisobga olishga intiladi. Tamaddun
nazariyasiga ko’ra, davlatning ijtimoiy tabiati ijtimoiy rivojlanishning faqat
ob’ektiv-moddiy emas, ideal-ma’naviy, madaniy omillari bilan aniqlanishini
alohida qayd etish lozim. Masalan, F.Toynbining fikriga ko’ra, jahon tarixida 26 ta
tsivilizatsiya bo’lgan: Misr, Xitoy, G’arb, pravoslav, arab va hokazolar. Ularga
davlatlarning muayyan turlari mos keladi
10

Davlatning ijtimoiy institut sifatidagi quyidagi asosiy belgilari mavjud:
1) hokimiyatning davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar tizimi sifatida
mavjudligi;
2) davlatning ijtimoiy funktsiyalarini amalga oshirishda rasmiy hokimiyatning
alohida mexanizmlari faoliyati;
3) huquqiy me’yorlar va qonun-qoidalarning siyosiy hokimiyat tasdiqlagan
tizimi;
4) ushbu hokimiyat amal qiladigan hudud, muayyan makon chorcho’pining
mavjudligi;
5) boshqarilayotgan jamiyatda davlat faoliyatining ma’lum darajada qo’llab-
quvvatlanishi (legitimlik)
11
.
Davlat ijtimoiy institut sifatida ko’plab tizimostiga bo’linib ketgan murakkab
tizimdir. Aslida davlat tuzilmasida ko’plab ijtimoiy institutlar faoliyat yuritadi.
Jamiyat a’zolari hayoti davomida bevosita ularga bevosita duch keladi. Ularni
shartli ravishda bir qancha yo’nalishlarga bo’lish mumkin.
Birinchidan, davlat hokimiyatini yuritadigan xalq vakilligi institutlari.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida davlatga quyidagicha
ta’rif beriladi: “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.
Davlat organlari va mansabdor Shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida
mas’uldirlar”
12
. Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligi manfaatlaridan
kelib chiqib, ijtimoiy adolat, qonuniylik printsiplarga asoslanib tashkil etishi shart.
O’zbekiston fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ham bevosita, ham
o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bu o’zini o’zi boshqarish,
referendumlar o’tkazish va davlat organlarining demokratiya printsiplari asosida
tuzilishi orqali amalga oshiriladi. 
O’zbekistonda davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijroiya va sud tarmoqlariga bo’linish printsipiga asoslanadi. Hokimiyatning qonun
chiqaruvchi tarmog’i bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlatning
oliy vakillik organi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkita
palatadan tarkib topgan: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va senat (yuqori
palata).
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti davlat rahbaridir. Prezident
davlat hokimiyati organlarining kelishgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligini
10
Toynbi А.Dj. TSivilizаtsiya pered sudom istorii. – M.: АST, 2011. – 318 s.
11
Dobrenkov V.I. Sotsiologiya. M.: INFRА-M, 2005.
12
O’zbekiston Respublikаsining Konstitutsiyasi. O’zbekiston Respublikаsi qonun hujjаtlаri to’plаmi, 2017 y., 22-
son. - 406 b.


ta’minlaydi. Ijro hokimiyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
boshchilik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston
Respublikasi Bosh Vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari
raislaridan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimiga
ko’ra Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 
Hokimlar rahbarlik qiladigan xalq deputatlari kengashlari viloyat, tuman va
shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan Shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga
kiradigan tumanlardan tashqari) vakillik organlari hisoblanadi. Ular davlat va
fuqarolar manfaatlaridan kelib chiqib, o’z vakolati doirasidagi masalalarni hal
qiladi. 
Qo’rg’on, qishloq va ovullar, shuningdek, shahar, qo’rg’on, qishloq va
ovullardagi mahallalarda fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida sud tizimi qonun chiqaruvchi va ijro
hokimiyati, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda
faoliyat yuritadi. 
Davlatning institut sifatidagi ijtimoiy funktsiyalari birinchi navbatda
jamiyatda xavfsizlik, barqarorlik va ijtimoiy tartibni ta’minlashdir. Bu davlatning
birlashtiruvchi funktsiyasidir. Chunki tartib va barqarorlik ijtimoiy integratsiyaning
muhim Sharti hisoblanadi.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning madaniyat va ta’lim, tibbiyot, adabiyot, san’at va me’morchilikning
jadal rivojlanishi, ilmiy maktablarning paydo bo’lishi, ko’plab iste’dodlarning
etishib chiqishi turli omillar, jumladan, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, ammo
birinchi navbatda barqarorlik saqlanishiga bog’liq ekani to’g’risidagi fikrini
keltirish joiz. Binobarin, barqarorlik yo’q joyda fanning rivojlanishi haqida
gapirish ortiqcha. Qachonki hammayoq tinch, barqaror bo’lsa, odamlar tinch
uyquga yotadi va ertaga boshimga balo-qazolar tu Shadi, deb qo’rqmaydi. Bu
to’g’riligi ko’plab asrlar davomida isbotlangan haqiqatdir
13
.
Davlatning ikkinchi ijtimoiy funktsiyasiga tartibga solish va taqsimotni
kiritish mumkin. Iqtisodiy bazani tashkil qiluvchi muayyan resurslar va moddiy
boyliklarga ega davlat ularni iqtisodiyot, siyosat, ta’lim, madaniyat, ilm-fan,
sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot kabi ijtimoiy institutlar manfaatlaridan kelib
chiqib taqsimlaydi.
Ushbu davlat ixtiyoridagi moddiy boyliklar va resurslarni shartli ravishda
ikkita asosiy turga bo’lish mumkin: “azaldan mavjud” (er, qazilmalar, tabiiy
zahiralar va h.k.) va “ishlab topilgan” (xo’jalik faoliyati, qurilish, soliq yig’imlari
va hk. singari davlat faoliyati natijasida to’plangan) moddiy boyliklar va resurslar
uning kuchi va qudrati asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi. Davlatning resurslari
qancha ko’p bo’lsa va o’ Sha resurslarni jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib,
oqilona taqsimlasa, butun boshli ijtimoiy tizim samarali ishlashi uchun Shunchalik
qulay Sharoit yaratiladi. 
13
Birinchi Prezident Islom Kаrimovning «O’rtа аsrlаr SHаrq аllomаlаri vа mutаfаkkirlаrining tаrixiy merosi, uning
zаmonаviy tsivilizаtsiya rivojidаgi roli vа аhаmiyati» mаvzusidаgi xаlqаro konferentsiyaning ochilish mаrosimidаgi
nutqi. http://www.uza.uz/oz/politics/prezident-islom-karimovning-rta-asrlar-shar-allomalari-va-mutafakkirlarining-
tarikhii-merosi-uning-zamonavii-tsivilizatsiya-rivozhidagi-roli-va-aamiyati-mavzusidagi-khalaro-konferentsiyaning-
ochilish-marosimidagi-nuti-16.05.2014-32302. 


Ayni sababga ko’ra, aksariyat G’arb sotsiologlari davlatning taqsimlovchi
funktsiyasini o’ta muhim deb hisoblaydi, Chunki u yoki bu davlat aholisining
hayot sifati shu bilan belgilanadi.
Davlat institutining uchinchi asosiy funktsiyasi – ijtimoiy (jamoatchilik)
nazoratni amalga oshirishdir. Ushbu funktsiya turli ijtimoiy tuzilmalar faoliyatini
tartibga solish va aniq belgilab qo’yish hamda og’ma xulq-atvor ustidan
jamoatchilik nazoratini ko’zda tutadi. Faqat Shu yo’l bilan jamiyatda barqarorlik
va tartibni saqlash uchun Sharoit yaratish mumkin. 
Og’ma xulq-atvorning (deviant) turli shakllari (narkomaniya, fohishalik,
jinoyatchilik va h.k.) avj olishi va tarqalishi mumkin bo’lgan joyda jamoat tartibi
buzilishi barobarida davlatning ta’sir kuchi, unga bo’lgan ishonch darajasi
pasayadi. Bunaqa holatlarda jamiyat davlatni qo’llab-quvatlashiga umid qilish xom
hayoldan boshqa narsa emas. 
Jamiyat nuqtai nazaridan davlat odamlarning ish, turarjoy, sog’liqni saqlash,
aholining ehtiyojmand qatlamlariga (yoshlar, pensionerlar, ishsizlar, etim bolalar,
ko’pfarzandli oilalar va h.k.) ijtimoiy kafolatlar berish singari ijtimoiy funktsiyani
ham bajarishi kerak. Davlat ushbu funktsiyani bajarish orqali amalga
oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy oqibatlarini tuzata boradi, ya’ni gap bu erda
aholining ehtiyojmand qatlamlarini kuchli ijtimoiy himoya bilan ta’minlash haqida
bormoqda. 
Shuningdek, davlat mavjud ishlab chiqarish usulini iqtisodiy jihatdan
himoyalash, iqtisodiy jarayonlarni soliq va kredit siyosati orqali tartibga solish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy o’sishni rag’batlantiruvchi omil
yaratish va “tabiiy monopoliyalar”ni tartib solish bilan ham Shug’ullanadi.
Davlatning iqtisodiyot sohasiga aralashishi Chegaralari masalasi zamonaviy
nazariya va amaliyotning dolzarb muammolaridan biridir. Zamonaviy davlat
iqtisodiy jarayonlarning tartibga solish uchun iqtisodiy vositalardan (soliqlar,
imtiyozlar, kreditlar) foydalanishi darkor. 
Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlash va iqtisodiy rivojlanishning yuksak sur’atlarini saqlab qolish,
uning raqobatbardoshligini oshirish qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash va jadal
rivojlantirish maqsadida taraqqiy ettirish va erkinlashtirish, davlatning
iqtisodiyotdagi o’rnini qisqartirish orqali inistitutsional va sturakturali islohotlarni
davom ettirish, xususiy mulkning huquqlarini va ustuvorlik roli himoyasini yanada
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
rag’batlantirish, mintaqalar, tumanlar va shaharlarni kompleks va
muvozanatlashgan tarzda rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash yo’li bilan
iqtisodiyot sohalari va mamlakat mintaqalariga chet el investitsiyalarini faol jalb
qilish ko’rsatib o’tilgan
14
.
Shu o’rinda davlatning ta’lim berish va madaniy-tarbiyaviy funktsiyasini
alohida qayd etish lozim. U hamma uchun baravar umumiy va o’rta maxsus ta’lim
14
O’zbekiston Respublikаsi Prezidentining Fаrmoni «O’zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo’yichа
hаrаkаtlаr strаtegiyasi to’ғrisidа». O’zbekiston Respublikаsi qonun hujjаtlаri to’plаmi, 2017 y., 6-son, 70-moddа,
20-son. - 354 b.


olish, shuningdek, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun Sharoit
yaratishga qaratilgandir. 
Davlatning yana bir qancha: xalqaro maydonda milliy manfaatlarni himoya
qilish, mamlakat mudofaasini tashkil etish, boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik va
integratsiyaning rivojlantirish singari tashqi funktsiyalari ham bor. 
“Davlat Shakli” tushunchasi “boshqaruv Shakli” va “davlat tuzumi shakli”
singari tushunchalar orqali tavsiflanadi. “Boshqaruv Shakli” oliy hokimiyatning
tashkil bo’lish usulidir va o’ Sha hokimiyatning formal manbalariga bog’liq. U
davlat organlari tuzilmasi (institutsional dizayni) va ularning o’zaro munosabatini
belgilab beradi. Oliy hokimiyatning tashkil bo’lish usuli davlatning oliy organlari
qanday Shakllanishi, ular tuzilmasi, davlat organlari o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar asosini qanday printsiplar tashkil qilishi, oliy hokimiyat organi bilan
mamlakatning oddiy fuqarolari o’rtasidagi munosabatlar qanday qaror topishi,
davlat organlari ishini tashkil qilish fuqaroning huquq va erkinliklarini qanday
ta’minlashini ko’rsatib beradi. 
Zamonaviy dunyoda boshqaruvning ikkita asosiy Shakli mavjud: monarxiya
va respublika (ularning turli ko’rinishlari). Monarxiya biror boshqa hokimiyatning
hosilasi bo’lmay, faqat bitta oilaga tegishli bo’ladi va avloddan-avlodga o’tadi. U
albatta muqaddas sanaladi, Chunki monarx hokimiyatining qonuniylik Sharti –
Shu.
Zamonaviy davlatlar umumlashtirilgan tizimga ega. Davlat hokimiyati
aholining aksariyat qismi qo’llab-quvvatlamay turib, boshqaruv funktsiyasini
bajara olmaydi. Demokratiya siyosiy hokimiyatga xuddi shunday qo’llab-
quvvatlashni bevosita yoki bilvosita ta’minlab beradi. Respublika har qanday
siyosiy hamjamiyatning universal belgisidir, unga ko’ra, hokimiyat xalqqa
tegishlidir, ya’ni xalq irodasining hosilasidir. Demokratik respublika
boshqaruvining ikkita asosiy Shakli ma’lum: Prezident va Parlament
respublikalari.
Prezident respublikasida Prezident alohida vakolatlarga ega bo’ladi. Prezident
saylovida g’alaba qozongan partiya rahbari Prezident bo’ladi. Vazirlar Prezident
belgilab bergan siyosatni yuritishga majbur va uning oldida hisob beradi. Prezident
respublikasining o’ziga xos eng muhim xususiyatlaridan biri hokimiyat
tarmoqlarining izchil bo’linishidir. Hokimiyatning barcha tarmoqlari bir-biriga
nisbatan mustaqil bo’ladi, ammo tarmoqlarning muvozanatini saqlovchi o’zaro
tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi mavjud.
Parlament respublikasi Parlamentning ustunligini e’lon qilish bilan
tavsiflanadi, hukumat faoliyati uchun Parlament oldida to’liq javobgar bo’ladi,
hukumat parlamentda ko’pchilik ovozga ega bo’lgan partiya deputatlaridan
Shakllantiriladi. 
Boshqaruv Shakllari orasida ham Prezident, ham Parlament respublikalari
alomatlarini omuxta qilganlari ham bor.
Davlat tuzumi shakli uning hududiy-siyosiy tashkil qilinish tartibi bo’lib,
unga tarkibiy qismlarining siyosiy-huquqiy maqomi, markaziy va mintaqaviy
davlat organlarining o’zaro munosabatlari kiradi. Davlat tuzumining ikkita asosiy
Shakli bor: unitar va federativ davlat. Unitar davlat siyosiy mustaqillikka ega


bo’lmagan ma’muriy-hududiy birliklarga bo’linadi. Federativ davlat bir necha
davlat tuzilmalaridan tashkil topgan va har biri o’z vakolatlariga, qonun
chiqaruvchi, ijro va sud organlariga ega bo’lgan ittifoq davlatidir. Konfederatsiya
bilan federatsiyaning farqi shundaki, federatsiya ittifoqning barcha a’zolari
nomidan qaror qabul qilish vakolati bo’lgan va ularga nisbatan hokimiyat i
vakolatini qo’llay oladigan markaz bo’lishini nazarda tutadi. Konfederatsiya esa u
yoki bu darajada moslashuvchan tarzda tashkil etilgan, hech qanday umumiy
Konstitutsiyaga ega bo’lmagan mustaqil davlatlar federatsiyasidir. 
Sotsiologiya hokimiyat mavzusini alohida tadqiq qiladi. Hamma ham
hokimiyatni siyosiy institut deb qaramaydi. Ba’zan unga maxsus hokimiyat
mexanizmlari va vositalari (huquqiy me’yorlar, ma’muriy hujjatlar va h.k.)
yordamida odamlar va ijtimoiy guruhlarning hulq-atvori va faoliyatiga ta’sir etish
qobiliyati, imkoniyati va huquqi shakli yoki tizimi deb qaraladi. Ayni paytda
hokimiyat nafaqat siyosiy, balki keng ma’noda maqsadga erishish usuli ham,
vositasi ham bo’lishi mumkin. 
Hokimiyat har qanday faoliyat, har qanday ijtimoiy sub’ekt funktsiyasi
bo’lishi mumkin. Bu o’rinda uning ikki turi haqida so’z yuritamiz: a) oila va
muayyan ijtimoiy guruhlarda norasmiy etakchilik sifatida tushuniladigan tabiiy
hokimiyat; b) alohida institutlar, ko’pincha davlatning majburiy xarakterga ega
bo’lgan tashqi kuchi sifatidagi majburan qabul qildirilgan hokimiyat. Boshqacha
aytganda, hokimiyat ota-onaning farzandlar ustidan hukmronligi yoki egallab
turgan lavozim bilan bog’liq tarzda kuch ishlatuvchi maqom, shuningdek, meros
qilib olingan ta’sir kuchiga asoslanadi. 
Siyosiy hokimiyat ikkinchi turga mansubdir. Uning universal ibtidosi
hukmronlik va buysunish, boshqarish va ijro o’rtasidagi nisbatdir. M.Veber siyosat
bilan hokimiyatning aloqasi haqida shunday deb yozgan edi: siyosat mohiyatan –
davlatlar yoki davlat tarkibiga kiruvchi odamlar guruhining – hokimiyatda
qatnashishga yoki hokimiyatni taqsimlashga ta’sir ko’rsatishga intilishdir... Siyosat
bilan Shug’ullanayotgan odam hokimiyatga intiladi yoki hokimiyat unga boshqa
(ideal yoki egoistik) maqsadlarga bo’ysundirilgan vosita sifatida kerak, yoki u
hokimiyatga “hokimiyat yurgizish” uchun intiladi, Chunki u beradigan obro’-
e’tibor hissi odamga huzur bag’ishlaydi
15
.
M.Veber hokimiyatni va uning legitim (qonuniy, jamiyat tan olgan) va
institutsional xarakterga egalik atributi sifatidagi ta’sir kuchini tahlil qilib, uch
turga ajratgan edi: 1) xarizmatik (go’yo oliy, deyarli mistik kuchga ega bo’lgan
etakchiga sadoqatga asoslangan); 2) an’anaviy (an’ana va urf-odatlarga
asoslangan); 3) ratsional-legitim (o’rnatilgan rasmiy qoidalar va axloq
me’yorlariga jamiyatning barcha a’zolari rioya qilishi to’g’riligiga va
rasmiyatchilik emasligiga asoslangan). Hokimiyatning M.Veber ishlab chiqqan
tasnifi sotsiologiyadagi eng mashhurlaridan biri hisoblanadi. 
Umuman olganda, siyosiy va davlat hokimiyatlarini bir-biridan ajratgan
ma’qul. Davlat hokimiyati siyosiy xarakterga ega, ammo uni alohida hududda
joylashgan va qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan kuch ishlatish huquqidan
foydalanadigan maxsus va alohida apparat amalga oshiradi. Siyosiy hokimiyatga
15
Veber M. Izbrаnnie sochineniya. - M.: 2010. – 646 s.


esa alohida ijtimoiy guruhlar va shaxslarning o’z irodasini siyosat va huquqiy
me’yorlar vositasida amalga oshirish borasidagi Chin ma’nodagi faoliyati xosdir
16

Endi “davlat – jamiyat” mavzusi doirasida fuqarolik jamiyati degan muhim
tushunchaga etib kelyapmiz. Ushbu atamani Aristotel muomalaga kiritgan hamda
siyosiy tuzumning (davlat-polis) alohida shakli bilan o’zaro bog’langan erkin va
teng huquqli fuqarolar jamiyatini fuqarolik jamiyati deb atagan edi.
XVII–XVIII asrlarda fuqarolik jamiyati absolyutizmga asoslangan feodal
davlatga qarama-qarshi qo’yilgan. Fuqarolik jamiyati hozirgi kunda keng tarqalgan
mazmuniga ko’ra davlatdan mustaqil va avtonom bo’lgan, demokratik jamiyat
doirasida rivojlanuvchi iqtisodiyot, madaniyat kabi sohalardagi munosabatlar
majmuini anglatadi. Fuqarolik jamiyati uning a’zolarining keng miqyosli
demokratik huquqlari va erkinligi mavjudligini nazarda tutadi
17

Odatda fuqarolik jamiyati tuzilmasida inson va fuqaroning asosiy huquq va
erkinliklari ustuvorligi sifatida quyidagi tarkibiy qismlar ajratib ko’rsatiladi:
hokimiyatning tarmoqlarga bo’linishi; mafkuraviy va siyosiy rang-baranglik,
barcha mulk Shakllarining huquq nuqtai nazaridan teng himoya qilinishi;
ko’ppartiyalilik; o’zini o’zi boshqarishning barcha, jumladan, hududiy Shakllarini
rivojlantirish; kasaba uyushmalarining avtonom faoliyat yuritishi; e’tiqod erkinligi.
Fuqarolik jamiyati tuzilmasida davlatdan mustaqil OAV, axborot erkinligi alohida
o’rin egallaydi.
O’zbekistonda ham “fuqarolik jamiyati” deganda ayni qadriyatlar, xususan,
qonun ustunlik qiladigan ijtimoiy makon tushuniladi, u erda inson huquqlari,
manfaatlari va erkinliklari ta’minlanadi, shaxs rivojlanishi va salohiyatini namoyon
qilishi uchun qulay Sharoit yaratiladi, aholi keng qatlamlarining qo’llab-
quvvatlashiga ega mustaqil va barqaror institutlar faoliyat ko’rsatadi.
O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari (mahalla), siyosiy
Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling