Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


partiyalardir. Sotsiologiya siyosiy partiyalarni o’rganayotganda ularning quyidagi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya


partiyalardir. Sotsiologiya siyosiy partiyalarni o’rganayotganda ularning quyidagi
xususiyatlariga e’tibor qaratadi: a) potentsial ijtimoiy baza (saylovchilar); b) uning
rahbariyati qaysi ijtimoiy guruhlar va qatlamlar bilan bog’langani; v) partiyaning
dasturi aholining qaysi guruhlariga qaratilganda ko’proq ish berishi. 
Zamonaviy O’zbekiston Sharoitida siyosiy partiyalar faoliyatini siyosiy tahlil
qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki keng miqyosli islohotlar natijasida siyosiy
partiyalarga va davlat darajasida qarorlar qabul qilishga muhim rol va ahamiyat
berilmoqda. Butun jahonda tan olingan tasnifga ko’ra, siyosiy partiyalarni shartli
ravishda o’ng (liberal-demokratik mavqei nuqtai nazaridan, markazchi (o’rta) va
chap (sotsial-demokratik) partiyalarga bo’lish mumkin. YAna o’zgarishlarga xu
Shi yo’q konservativ; ayrim sifat o’zgarishlarini amalga oshirish Sharti bilan
mavjud tuzimni saqlab qolishni ko’zlovchi mo’’tadil islohotchilar; teran sifat
o’zgarishlariga intiluvchi islohotchilar va mavjud tuzumni Konstitutsiyaga zid
ravishda ag’darib tashlashni ko’zlovchi ekstremistik partiyalar ham bor. 
Partiya odamlarning Shakllangan guruhi bo’lib, uning bir qancha belgilari
mavjud: muayyan g’oya va ideallarga asoslangan umumiy maqsadlarinng
mavjudligi; hokimiyatni egallash va uni yuritishga mo’ljal olish; davlat organlari
faoliyatida qatnashishga intilish; jamiyatning keng qatlamlari qo’llab-
quvvatlashiga intilish; tashkilot, intizom, dastur, nizomning mavjudligi; maxsus
muassasalarning borligi. 
Siyosiy partiyalarning paydo bo’lishi va mavjudligi O’zbekistonda amaldagi
qonunchilik, xususan, “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi, “Siyosiy partiyalarni
moliyalashtirish to’g’risida”gi va hokazo qonunlar bilan tartibga solinadi.
Umuman olganda, jamiyatdagi siyosiy partiyalarning asosiy vazifasi davlat
hokimiyatiga ta’sir ko’rsatishdan iboratdir. Mamlakatdan ko’ppartiyalilik tizimi
mavjudligi siyosiy hokimiyatning bir qo’lda jamlanmay yoyilishiga va bu o’z
navbatida ijtimoiy va siyosiy tartibni qo’llab-quvatlashga sabab bo’ladi, butun
hokimiyatning bir joyga yig’ilishi imkoniyatini Cheklaydi. 
Siyosiy partiyaning bundan boshqa, ammo ahamiyati undan kam bo’lmagan
vazifasi fuqarolik jamiyati bilan davlat o’rtasida o’ Sha jamiyat a’zolarining
muayyan qismi manfaatlarini himoya qiluvchi vositachi bo’lishidir. Odamlar
partiya a’zosi sifatida uning faoliyatida ishtirok etishi bilan siyosiy faoliyat va
siyosiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Partiyaning ayrim
a’zolari siyosatga aynan Shu yo’l bilan kirib keladi, faol siyosiy faoliyat natijasida
professional siyosatchilarga aylanadi, masalan, mamlakat parlamenti – Oliy
Majlisga saylanadi.
18
Seitov А.P. Pаrmаnov F.YA. i dr. Opros demonstriruet rost аktivnosti institutov grаjdаnskogo obshestvа v
Uzbekistаne. // http://nimfogo.uz/ru/node/


Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling