Partiyalar sotsial institut sifatida o’zining moddiy-moliyaviy asosiga ega
bo’ladi. Bu a’zolik badallari, xayriya mablag’lari, matbuotini sotishdan tu Shgan
pul va qonunda taqiqlanmagan xo’jalik-tadbirkorlik faoliyati bo’lishi mumkin. Bir
qancha mamlakatlarda partiyalar saylovda yutib olgan mandatlariga qarab, davlat
byudjetidan dotatsiyalar oladi. U holda partiyalar pul mablag’larini qanday sarf
qilgani to’g’risida jamoatchilik oldida hisob berishga majbur. O’zbekistonda ham
Shunday tizim amal qiladi. Qonunchilik palatasida o’z fraktsiyasiga ega bo’lgan va
davlat moliyaviy mablag’ ajratadigan har bir partiya Oliy Majlis oldida moliyaviy
faoliyati xususida, jumladan, mamlakat Hisob palatasi tek Shiruvlari natijasi
bo’yicha hisob beradi.
M.Veber tarixiy yondashuvga amal qilib va birinchilardan bo’lib, siyosiy
partiyalarni tasniflashga urinib ko’rgan edi. U barcha partiyalarni aristokratlar
guruhlari, siyosiy klublar va zamonaviy ommaviy partiyalarga ajratdi. Polyak
olimi E.Vyatruning tasnifiga ko’ra, partiyalar quyidagi parametrlariga qarab
turlarga bo’linadi: a) u yoki bu, ya’ni burjuaziya, dini, dehqonlar kabi qatlamlarga
mansubligiga qarab; b) tashkiliy tuzilmasiga qarab – kasbga (bir soha
mutaxassislaridan iborat) va ommaviy partiyalar; v) partiyaning hokimiyat
tizimidagi joyiga qarab – qonuniy va noqonuniy partiyalar; g) ustuvor mafkuraviy
qiyofasiga qarab – islohotchi, inqilobiy, konservativ, reaktsion, aksilinqilobi
partiyalar.
Bunga yana ikkita mezonni qo’shish mumkin. Birinchidan, partiyaning
hokimiyatga nisbatan ijtimoiy roli – muxolifat va hokimiyatni yoqlovchi.
Ikkinchidan, 2016 yilda AQSH va Frantsiyada o’tkazilgan saylovlardan ma’lum
bo’lishicha, ma’lum vaziyatda paydo bo’ladigan ommaviy va uyushmagan siyosiy
harakatlar ma’lum vaqtga borib, ommaviy partiya ko’rinishini olishi mumkin. Bu
borada, ayniqsa, Frantsiya tajribasi, saylovgacha siyosiy tajribaga ega bo’lmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |