Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


partiyalar, millat bilan birgalikda o’zini namoyon qilishi amalga oshadi, bunda


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya


partiyalar, millat bilan birgalikda o’zini namoyon qilishi amalga oshadi, bunda
ushbu jamiyatning yagona maqsadlar va manfaatlar yo’lida a’zolarini
birlashtirish amalga oshiriladi. Birdamlikning klassik tarzda turli xilligi – turli
xildagi norozilik aktsiyalari, o’z do’stlarini qo’llab – quvvatlash tarzida aks etib,
masalan ma’lum bir sohada faoliyat ko’rsatuvchi ishchilar ushbu tashkilotga,
ma’muriyatga noroziliklarini namoyish qilish maqsadida ish tashlashga
tayyorliklarini e’lon qilishadi. Umumiy holatda instinktlar ongsiz tarzda,
irratsional, siyosiy hulq atvorning ehtirosga boy Shakllari ko’rinishida alohida
individlar bo’yicha yoki tashkillashgan guruhlar ko’rinishlarida ommaviy
tartibsizliklarga olib kelishi mumkin.
Hulq-atvorning ikkinchi shakli – bu ko’nikmalar hisoblanadi. Tug’ma
instinktlardan farq qilib odamning ko’pgina hulq-atvor xususiyatlari hayotiy
ko’nikmalar asosida shakllanadi. Tegishli holatdagi siyosiy ko’nikmalar davlat
miqyosidagi arbob hulq-atvori va oddiy saylovchi, partiya etakchisi va ommaviy


harakat ishtirokchisi hulq-atvori ko’rinishlarini talab qiladi. Ko’nikmalar – bu
hohlagan ishtirokchilarning siyosiy jarayonlarda o’zining funktsiyasi va rolini
bajarishni talab qiluvchi ma’lum bir mahoratini tashkil qiladi. Ko’nikmalar odat
tarzida ma’lum bir siyosiy madaniyat muhitida fuqorolarda shakllanadi,
shuningdek qandaydir siyosiy hodisalarga, jumladan echimlar qabul qilinishida
takrorlanishlar ko’rinishidagi stereotiplar Shakllanadi. Siyosiy mahorat va
omilkorlik, ya’ni kompitentlik (lotin tilida competentis – mos keluvchi, qodir)
fuqoroning nimani bilishi, aynan nimani qilishi kerakligini anglashi, o’zining
siyosiy rolini va kerakli natijaga qanday erishish kerakligini tushuna olishini
anglatadi. Omilkorlik siyosiy hulq-atvorda nisbatan kerakli shakllardan biri
hisoblanadi. Etakchi nisbatan omilkorlik xususiyatiga ega bo’lishi talab qilinib,
siyosiy jihatdan u yoki bu holatlarda ilg’or ijrochi rolini bajarishi kerak.
Masalan, demokratiya me’yorlari asosida etakchilarning o’zgartirilishi
tamoyillari hozirgi kunga qadar baxsli masala sifatida qolib ketmoqda. O’z –
o’zidan tushunarliki, Prezidentning o’z atrofidagi ma’muriyati bilan ketishi va
yangi, nisbatan kamroq tajribaga ega bo’lgan siyosatchilarning hokimiyat
tepasiga kelishi davlat tashkilotlarining boshqarilishida omilkorlik darajasi
sezilarli susayishiga olib kelishi kuzatiladi. Biroq, amaliyot natijalari
ko’rsatishicha, o’zgarishsiz holatda faoliyat olib boruvchi rahbariyat ham ayrim
havfli jihatlarni sir saqlaydi, ular orasida masalan eng asosiylaridan biri –
jamiyatning rivojlanishidagi to’xtab qolish qayd qilinadi.
Aholining ma’lum bir ko’nikmalarni egallashidan butun davlat manfaatdor
hisoblanadi, shu sababli siyosiy ma’rifatparvarlikka javobgar bo’lgan va siyosiy
rolni bajarish bo’yicha mashg’ulotlarni amalga oshiruvchi maxsus institutlar
tashkil qilinadi. Ushbu ko’rinishda, etakchilar fuqorolar orasidan o’zining
ommaviy va shaxsiy ko’nikmalari bo’yicha, yoshlar tashkilotlari va boshqa
tashkilotlarda o’zining siyosiy faoliyati bilan ajralib turuvchi xususiyatlariga
ko’ra tanlab olinadi. Bir qator mamlakatlarda o’qitish jarayoni saylangan
parlament a’zolarini zimmasiga yuklanadi. Boshqa mamlakatlarda esa nomzod
yoki deputat bo’lish uchun qonun ishlab chiqish faoliyati uchun kerakli bilimlar
va ko’nikmalarga ega bo’lish talab qilinadi. 
Aqlga tayangan holatda faoliyat ko’rsatish, mulohazalilik – siyosatda hulq-
atvorning uchinchi shakli hisoblanib, bu tushunchani olimlar turli xilda talqin
qilishadi. Muloxazalilikning mezonlaridan biri samaradorlilik (maqsadga
natijalarning mos kelishi) bo’lishi mumkin, boshqa bir mezoni esa – siyosiy
harakatlarni anglash darajasi, uchinchi mezoni – amalga oshiriluvchi siyosat
asosiga qo’yilgan oliy qadriyatlarga mos kelishdan tashkil topganligi qayd
qilinadi. Biroq, yuqorida keltirilgan siyosiy hulq-atvorning ikkala shaklidan
ushbu Shaklining yaqqol ajralib turishi xususida baholashlar aniq amalga
oshirilmagan.
Individual va jamoaviy holatdagi siyosiy hulq-atvor uchun umumlashgan
va tizimlashtirilgan tarzda maqsadlarni va siyosiy qadriyatlarni o’zida aks
ettiruvchi g’oyalar ayniqsa alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Bundan tashqari,
hulq-atvor hech qachon doktorinalarda keltirilgan mo’ljal olishlarga mos tu
Shmaydi. Ommaviy holatda siyosiy hulq-atvorni o’rganish bo’yicha tadqiqotlar


natijalari ko’rsatishicha, turli xil mamlakatlarda faqat ma’lum bir qism
odamlargina o’z xatti-xarakatlarida idealogiya holatlarni aks ettiradi. 
Siyosiy hulq-atvorning uchta shaklining – instinktlar, ko’nikmalar va
muloxazakorlikning ajratib ko’rsatilishi tahliliy vaziflarni xal qilishda foydali
hisoblanadi. Haqiqiy hayotda insonlarning hulq-atvori o’z tarkibiga barcha
uchala shakli ham qamrab oladi. Hulq-atvor tarkibida ongli va ongsiz tarzdagi
elementlarni ajratish har doim ham mumkin emas. Shu bilan bir qatorda «ongli –
ongsiz» ko’rinishidagi delemmalar siyosiy hulq-atvor strukturasida o’z tarkibiga
bir qator aniq ruhiy elementlarni oladi va ularning hisobga olinishi hulq-
atvorning nisbatan ishonchli va alohida qismlari bo’yicha batafsil o’rganilishini
ta’minlaydi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling