etadi. Tashvishli hodisalar (kasallik, o’lim va hakozolar.) bilan aloqador bo’lgan
diniy rasm-rusumlar bunday musibatli kunlarda kishilarda ruhiy muvozanatni
saqlash va ularning muqarrar achchiq qismatga ko’nikishiga imkoniyat beradi.
Kishi boshqalarni o’ziga nisbatan hayrixohligini his qiladi va tanish hamda aniq
o’rnatilgan rasm-rusumlardan osoyishtalik topadi.
3. O’zini sotsial identifikatsiyalash funktsiyasi. Diniy ta’limotlar va
amallar e’tiqod qiluvchilarni bir xil qadriyatlarni
qabul qilgan va bir xil
maqsadlarni ko’zlayotgan kishilar uyushmasi bilan birlashtiradi (biz
musulmonmiz, biz nasroniymiz, biz yahudiymiz va hokazolar.)
4. Sotsial-reglamentatsiya funktsiyasi. Diniy ta’limotlarni mavhumlikka
yo’naltirilgan deyish to’g’ri emas.
Aksincha, ularni kishilarning kundalik
hayotlariga ta’siri sezilarli darajada degan xulosani ilgari surish mumkin. Masalan,
islom
dinida kishilarni ota-onalari, farzandlari, qo’ni-qo’shnilari,
qarindosh-
urug’lari va xatto boshqa dinga e’tiqod qiladigan fuqarolarga nisbatan bo’ladigan
o’zaro munosabatlari qat’iy tarzda tartiblab qo’yilgan va ular ijtimoiy hayotda o’z
o’rniga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: