Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Moslashuv funktsiyasi.
5. Sotsial nazorat funktsiyasi. Din kundalik hayot uchun o’z me’yorlarini
belgilash bilan cheklanmasdan kishilarning xulq-atvorini ham nazorat qiladi. Diniy guruhning aksariyat Cheklovlari faqat uning a’zolariga taalluqlidir. Lekin ayrim me’yorlar diniy jamoaga taalluqli bo’lmagan kishilarga ham tegishli hisoblanishi mumkin. Masalan, giyohvand moddasini iste’mol qilish, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilarga zo’ravonlik qilish, o’ziga tegishli bo’lmagan mulkka egalik qilishga intilish kabi boshqa salbiy hodisalarga qarshi turish umumiy cheklov va nazoratga bog’liqdir. 6. Moslashuv funktsiyasi. Din kishilarni yangi ijtimoiy muhitga moslashishga yordam berish imkoniyatlariga ega. Boshqa mamlakatlarga ko’chib ketgan kishilar uchun bu erlarda qabul qilingan, ularga notanish bo’lgan urf- odatlarga ko’nikish oson kechmaydi. Bunday Sharoitlarda din ona tili, tanish rasm- rusumlar va e’tiqod normalarini saqlab qolish orqali bunday toyifadagi kishilarga ularning ko’hna o’tmish madaniyati bilan aloqani saqlab qolishda ko’mak beradi. 7 Albatta, yuqorida ko’rsatib o’tilgan muhim sotsial funktsiyalarni bajara turib, din jamiyat a’zolari dunyoqarashiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Tarixiy manbalardan yaxshi ma’lumki, uzoq vaqt davomida din va siyosiy institutlar munosabatlariga davlatning kelib chiqishini diniy mohiyati, hukumdorlarning hokimiyati manbasi haqidagi baxs-munozalar doirasida nazar tashlab kelindi. Davlatning institut sifatida shakllanishi sodir bo’lishigacha jamiyat hayotining barcha jabhalari urug’-aymoqchilik munosabatlariga asoslangan edi. Shuning uchun kishilarning xulq-atvori nazorati va ularni hokimiyatga bo’ysinish holati, tartibbuzarchilik kabi hodisalar asosan jamoviylik asosidagi qarashlar va hukmlar asosida muvofiqlashtirib kelindi. Bunda asosiy rolni diniy e’tiqod va me’yorlar bajarib keldi. Jahon dinlari, jumladan, buddaviylik va xristianlikni vujudga kelishi tufayli din hamda siyosiy tizim o’zaro munosabatlarining xususiyatlari ham o’zgara boshladi. Bu dinlar davlat nazoratidan tashqarida faoliyat ko’rsatadigan o’z 7 Volkov Ю.G. Sotsiologiya. – Moskvа.: «Gаrdаriki», 2003. -S.283-286. tashkilotlarini joriy qila boshladilar. O’z navbatida mazkur dinlar davlat dini maqomiga ega bo’lganlaridagina yanada jadal rivojlana bordilar. Islom Shakllanishining ilk davrida din va davlat rahbarligi bir kishi timsolida mujassamlashgan edi. Dastlab bu vazifani Muhammad alayhissalom ijro etgan, keyin esa Abu Bakr siddiq, Umar ibn Hattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib islom olamining diniy va dunyoviy rahbari bo’lib xizmat qilishdi. Musulmon jamiyatining davlat tuzumi va tsivilizatsiyasi islom ahkomlari bilan yo’g’irilgan bo’lib, uning ta’sirida islom o’zida diniylik va dunyoviylikni o’zaro uyg’unlashtirdi. Keyinchalik esa islom tarqalgan hududlardagi davlat boshqaruvida din ta’siri sezilarli saqlanib qolgan bo’lsa-da, lekin bu darayonda dunyoviy hokimiyat etakchilik darajasiga erishdi. Tarixiy manbalarga tayanib, bunday holatni qadimgi Movarounnahr sarhadlarida ham kuzatishimiz mumkin. Musulmon jamiyatlaridan farqli o’laroq, G’arbiy Yevropa O’rta asrlari esa din va siyosiy tizim munosabatlarining alohida xususiyatini ifodalaydi. Bu mintaqadagi jamiyatlarga hokimiyatning diniy jihatlarda yuqori darajada tashkil etilganligi va milliy-hududiy davlatchilikni shakllanishi xosdir. Jamiyatda oliy hokimiyat joriy qilishga da’vo qilayotgan diniy tashkilotni o’z hududida dunyoviy davlat hokimiyatining ustuvorligi tamoyili bilan to’qnashuvi Rim Papasi va qirol o’rtasida konfliktlar Chiqishiga sabab bo’ldi. Bu nizolarning manbasi O’rta asr Yevropasida davlat va cherkov o’zaro munosabatlarining o’zgarishi bo’lib, buning natijasida qirol hokimiyatining qonuniylik asoslari ham boshqacha mazmun kasb eta boshladi. Demak, «kishilik jamiyati shakllanishining ilk davrida siyosiy va diniy strukturalar bir-birlari bilan aralashib ketgan», degan xulosaga kelish mumkin. Jamiyatda xususiy mulk va sinflar Shakllanishi tufayli davlat institutining bunyod bo’lishi insoniyat tarixidagi eng muhim hodisadir. Davlat institutining vujudga kelishida «buyuk Shaxs» – etakchi, dohiy, ya’ni boshqa kishilardan avtoritet nuqtai nazardan ajralib turadigan insonning roli haqidagi turli gipotezalar mavjud. M.Veber bunday xususiyatni «xarizma» tushunchasi bilan ifodalaydi. Xarizmatik Shaxs qandaydir g’ayri-oddiy sifatlarga ega bo’lib, u jamiyat hayotida muhim tarixiy rolni o’ynaydi. Aynan Shu sifatlar diniy-mistik asosda vujudga keldi, degan fikrlar ham mavjud. Davlat hokimiyatining ilk Shakli, deb xarizmatik turdagi rahbarning hokimiyatini e’tirof etish uchun bir necha asoslar bor. Chunki xarizmatik hokimiyat jamiyat a’zolaridan oliy mistik kuch bilan ilhomlantirilgan insonga bo’ysinishni va unga sadoqatli bo’lishni taqazo etadi. Shunday qarashlarga tayanib, siyosiy tizim va din orasida o’zaro aloqa azaldan mavjud, degan fikrga kelish, ularning asosida sotsial taraqqiyot, jamiyat differentsatsiyasi va integratsiyasi yotibdi, deb hisoblash mumkin. Ayrim olimlar keyingi vaqtdagi o’zgarishlarni hisobga olganda holda, shuni alohida ta’kidlashadiki, zamonaviy davlatni din tomonidan legitimizatsiyalanishiga (qonunlashtirilish) endi ehtiyoj yo’q. To’g’ri, ushbu tamoyilni Yevropa, Amerika va boshqa qit’alarda joylashgan mamlakatlarning Sharoitlariga qo’llash mumkin. Lekin bu masalada musulmon olamining mamlakatlarida ijtimoiy vaziyat boshqacha ko’rinish hosil qiladi. Masalan, Fors ko’rfazidagi ayrim davlatlar: Eron, Baxreyn va ayniqsa, saudiya Arabistoni, shuningdek, Yaqin Sharqdagi Yordaniya kabilarda davlat institutining faoliyatini qonunlashtirishga din instituti ta’siri hali ham juda sezilarlidir. CHunonchi, Livanda xatto hokimiyatning turli konfessiyalar orasidagi taqsimoti qonun tomonidan belgilab qo’yilgan. Bu mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident faqat xristian, parlament spikeri va Bosh Vazir musulmon- sunnit, Konstitutsion sud raisi esa alavit bo’lishi rasman joriy qilingan. Bunday Sharoitlarda din omili ta’sirining kuchayishi avvalambor mazkur jamiyatlarda dunyoviy qonunlarning kuch-qudrati hali etarli emasligi bilan bog’liq, shu tufayli mazkur hududlarda siyosiy beqarorlik va konfessiyalar orasida turli darajadagi ijtimoiy-siyosiy konfliktlar tez-tez sodir bo’lib turadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, zamonaviy jamiyat Sharoitlarida din va siyosiy tizim muammosining tahlili uchun universal modelni ishlab chiqishning iloji yo’qligi bugungi kunda yaqqol ma’lum bo’lmoqda. Buning sababi shundaki, zamonaviy jamiyatda ko’p konfessiyalik hodisasi mavjuddir. Ko’p konfessiyalik xususiyatiga ega bo’lgan mamlakatimiz Sharoitlarida esa davlat va din munosabatlarini boshqa jamiyatlardan farqli o’laroq, ratsional asos ustiga qurilganligi asosiy Qomusimizning 31-moddasida ta’kidlanadi. Unda «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi» 8 , deb belgilab qo’yilgan. Shuningdek, 1998 yilda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqidagi» Qonun (yangi tahrir) davlat hokimiyati va din munosabatlarini yanada oydinlashtirib berdi. Albatta, mazkur huquqiy hujjatlarga muvofiq din davlatdan ajaratilgan, lekin dinning jamiyat hayotidan ajralishini sira tasavvur qilib bo’lmaydi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy Sharoitlarida din davlat boshqaruvi ishlariga aralashmaydi. Biroq, dinning siyosiy jarayonlarga o’ziga xos ta’siri ham mavjud. Jumladan, davlatlararo munosabatlarni yanada iliqlashtirish va rivojlantirishda din omili sezilarli rolni o’ynashi mumkin. Masalan, aytaylik, mamlakatimizga saudiya Arabistoni, Indoneziya yoki Malayziyaning oliy martabali rahbarlari tashrif buyurishsa, ularni albatta davlatimiz rahbari o’zi qabul qilib, ular bilan rasmiy muzokaralar olib boradi. Tashrifning rasmiy qismi yakunlanib, davlatlararo o’zaro manfaatli bitimlar imzolangandan keyin esa mehmonlarni mamlakatimizdagi islom madaniyatiga taalluqli tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayoni boshlanadi. Xususan, ular Toshkentdagi «Xastimom» majmuasi, unda saqlanayotgan noyob Usmon mu Shafini borib ko’radilar, samarqandda joylashgan Imom Buxoriy, Buxorodagi Bahouddin NAQSHband, Abduholiq G’ijduvoniy maqbaralari va hududimizning boshqa joylaridagi qadamjolarga ham tashrif buyuriladi. Aminmizki, mehmonlar o’z mamlakatlariga qaytgach, O’zbekistonda islom dini va uning tarixiy yodgorliklari dunyoviy davlat tomonidan ardoqlanayotgani haqidagi o’z iliq ta’surotlarini albatta vatandoshlariga ham etkazishadi. Bu ijobiy holat esa mazkur mamlakatlar fuqarolarining O’zbekiston bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlashga ilhomlantiradi. 8 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Toshkent.: «O‘zbekiston». 2014. -B.13 Demak, aynan Shunday hodisalar din institutining siyosiy institutlarga ta’sirini amalga oshirish omilari bo’lib xizmat qiladi. Ijtimoiy hayot o’zgaruvchanlikka moyil ekan, uni tashkil qiluvchi barcha sohalar ham ma’lum bir transformatsiya jarayonlari ta’sirida bo’ladilar. Jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat, axloq, ta’lim va boshqa sotsial institutlar davr talabi bilan o’z faoliyatlarida yangicha mazmun kasb qilib boradilar. Lekin din instituti ularga nisbatan olganda konservativ xususiyat kasb etadi, Chunki uning an’analari mustahkam asos ustiga qurilgandir. Shuning uchun dindagi o’zgarishlar ijtimoiy hayotning boshqa sohalardagi kabi shiddat bilan kechmaydi. Din institutining o’zgarishi jarayonini tahlil qilishdan oldin ijtimoiy hayotda sekulyarizatsiya hodisasi mavjud bo’lishi haqida etarli tasavvurlarga ega bo’lish talab etiladi. Sekulyarizatsiya tushunchasi lotincha «secular»dan hosil bo’lib, u bevosita dunyoviylik ma’nosini ifodalaydi. 9 YAna ham aniqroq aytilsa, bu jamiyat hayotining turli sohalari, ijtimoiy, guruhiy va individual ong, kishilar faoliyati, xulq-atvorlari, sotsial institutlar va ularning funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmi bo’lgan sotsial munosabatlar tizimini din ta’siridan yiroqlashish jarayonidir. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni ko’p bo’lgan mamlakatlarda sekulyarizatsiya jarayonining kechishi aholisi o’zini xristianlikka mansub, deb hisoblaydigan jamiyatlarga qaraganda murakkabroq kechishi azaldan ma’lum. Chunki islom va uning qadriyatlari kishilarning Shaxsiy hayotlariga chuqur kirib borib joylashgan. Shuning uchun ular dunyoviylashish jarayoniga o’ta ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. Albatta, mazkur masalaning ob’ektiv sabablari ham mavjud. «G’arb jamiyatida sodir bo’layotgan axloqiy buzuqliklar, fah Sh, giyohvandlik kabi illatlarning kengayib borishida kishilarning sekulyarizatsiya tufayli o’z dinlaridagi burch va majburiyatlaridan voz kechishi asosiy rolni o’ynayapti», degan mulohalar islom diniga e’tiqod qiluvchilar orasida chuqur ildiz otmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, «sekulyarizatsiya islomga mos keladimi, yoki undan yiroq bo’lish kerakmi?» degan savol ham paydo bo’lishi tabiiydir. Ayrimlar «sekulyarizatsiya jarayoni tufayli jamiyatning ijtimoiy-madaniy xususiyatlaridan birini tashkil qiluvchi islom madaniyati va axloqining ta’siri huddi G’arb jamiyatlarida xristianlik qadriyatlari yo’qolib borishi kabi holatga tu Shadi, dinga e’tiqod qiladiganlar sonining keskin kamayishi esa jamiyat ma’naviy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi», degan qat’iy fikrlarini ilgari surishmoqda. Musulmonlar aholisining aksariyatini tashkil qilayotgan mamlakatlar tajribasi bunday xulosalar to’liq asosga ega emasligini ko’rsatmoqda. Germaniyalik olim, professor Rotraud Vilandt bu masala bo’yicha o’zining quyidagi ilmiy mulohazalarini ilgari suradi: «Hozirgi dunyoga nazar tashlansa, din va davlatning birligi tamoyilidan islom doirasida voz kechsa bo’ladimi? degan savol bugunga kelib, hayotiy voqelikning o’zi tomonidan allaqachon kun tartibidan olib tashlangandek tuyulishi mumkin. Shunday qilib, masalan, 185 millionga yaqin, ya’ni dunyodagi boshqa har qanday davlatdan ko’ra ko’proq musulmon istiqomat qiladigan Indoneziya 9 Bolshoy tolkoviy sotsiologicheskiy slovаr. – Moskvа.: «VECHE-АST». 1999. Tom 2. S.191 davlatchiligining tagzaminida tarkibiga musulmon dini va huquqi emas, balki Xudoga ishonch kiradigan «Pancha shila» nomi bilan mashhur besh tamoyil yotadi. Aholisining soni nuqtai nazaridan musulmonlar sezilarli darajada ozchilikni – 115 millionga yaqin odamni tashkil qiladigan Hindiston esa dunyoviy-ma’rifiy demokratik davlat hisoblanadi. Ko’p asrlar muqaddam islom ildiz otgan mazkur mamlakatlarda u avvalgidek bitmas-tugunmas hayotiy kuchga ega. Aholisining 98% musulmonlardan iborat Turkiya Respublikasi mana 75 yildan ziyodroq vaqtdan buyon rasman dunyoviy-ma’rifiy davlat tamoyillariga amal qilib kelmoqda. Ammo, bunday holat mamlakat fuqarolari orasida dindorlikni yo’qolib ketishiga olib kelmadi». 10 Haqiqatan, nemis olimining mazkur fikrlari yuqorida keltirib o’tilgan baxsli munozaralarga munosib javob sifatida namoyon bo’ladi. Jumladan, uning bu fikrlariga tayanib, mamlakatimizning uzoq o’tmishli tarixiga nazar solsak, shunga amin bo’lamizki, bizning hududlarimizda ham azaldan kishilar tafakkurida tabiat hamda jamiyat hodisalarini idrok qilishga diniylik va dunyoviylik tamoyillaridan kelib chiqib, harakat qilingan. Chunonchi, fiqh ilmining darg’alaridan bo’lgan taniqli olim Burhoniddin Marg’inoniy tomonidan XII asrda yozilgan va hozirda ham musulmon mamlakatlarining universitetlarida fiqh yo’nalishi bo’yicha qimmatli o’quv-ilmiy va tarixiy manba bo’lib kelayotgan «Xidoya fi furul al-fikh», ya’ni «Xidoya» asarida muallif islom dinidagi diniylik va dunyoviylik munosabatlarining ayrim qirralari haqidagi o’z xulosalarini Qur’on oyatlari va hadislarga tayangan holda ilgari surganiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Masalan, bu asarda musulmon yigitga boshqa dinga e’tiqod qiladigan qizni o’z nikohiga olishi mumkinligi bayon qilingan. Buning uchun esa bo’lg’usi kelin albatta «ahli kitoblardan», ya’ni ilohiy kitoblar va payg’ambarlarni e’tirof qiluvchi bo’lishi lozimligi alohida ajratib ko’rsatiladi. Bunda qizni o’zi e’tiqod qiladigan dinidan majburan voz kechishini talab qilish joiz emas. Lekin musulmon yigitni ma’jusiylik va ko’pxudolikka e’tiqod qiladiganlarga uylanishi mumkin emasligi ta’kidlanadi. Diqqatga sazovorligi shundaki, musulmonlar uchun bu e’tiqod egalari bilan boshqa dunyoviy munosabatlarga kirishish mumkinligi tasdiqlanadi va bu fikrlar ham Burhoniddin Marg’inoniy tomonidan Qur’on oyatlari bilan asoslanadi. Bu holatda biz diniylik va dunyoviylik o’rtasidagi ma’lum bir me’yor va chegarani ko’ramiz. Asardagi yana bir muhim holat Shundan iboratki, diniylik nuqtai nazaridan musulmonlarga ma’jusiylar tomonidan amalga oshirilayotgan qurbonlikda ishtirok etmaslik buyurilmoqda, lekin dunyoviylik jihatidan ularning bu urf-odatlarini ta’qiqlashga da’vat etilmayapti. 11 Bu erda aynan diniylik va dunyoviylikning mustahkam aloqasini kuzatishimiz mumkin. Demak, buyuk ajdodlarimizning diniylik va dunyoviylik 10 Rotrаud Vilаndt. Din vа dаvlаt birligi islomning qаtъiy tаlаbimi?//Islom vа dunёviy-mаъrifiy dаvlаt.//Xаlqаro ilmiy-nаzаriy аnjumаn mаteriаllаri.-Toshkent.: «Imom аl Buxoriy» vа «Fridrix Ebert» jаmғаrmаlаri. 2003. -B.66 11 Burxаnuddin Mаrginаni. Xidoya. Kommentаrii musulmаnskogo prаvа. Perevod s аngliyskogo. -Tаshkent.: «O’zbekiston». 1994. -S.131 haqidagi mazkur qarashlari jamiyatdagi o’zaro ijtimoiy totuvlikni ta’minlashga mustahkam g’oyaviy asos bo’lib xizmat qilib keldi. Shu bilan birgalikda shunday holatni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz tarixining ayrim davrlarida dunyoviylik roli ma’lum bir darajada yuqori bo’lganligi kuzatilsa, ba’zi davrlarda esa diniylik ustuvor bo’lishga erishgan. Kishilik jamiyatning tarixi tajribasi shuni yaqqol isbotladiki, bu ikki tamoyil bir-birini o’zaro to’ldirsagina jamiyatdagi mavjud barcha sotsial institutlarning faoliyati yuqori darajada bo’ladi va shu makonda ijtimoiy barqarorlik hamda taraqqiyotni ta’minlash qonuniyat xususiyatiga ega bo’ladi. «Tarix va hayot tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to’ldirmas ekan, bugungi kunning og’ir va murakkab savollariga to’laqonli javob topish oson bo’lmaydi. Shu ma’noda, biz muqaddas dinimiz arkonlari va qadriyatlarini doimo ulug’lab, shu bilan birga, dunyoviy hayotga ham qat’iy ishonch bilan intilib yashagan taqdirdagina o’z ezgu maqsadlarimizga eta olamiz». 12 Sohibqiron Amir Temur ham markazlashgan davlatchiligimiz asoschisi sifatida diniylik va dunyoviylik munosabatlarini o’zaro uyg’unlikda faoliyat ko’rsatishiga katta e’tibor qaratib kelgan. U o’zining davlat boshqaruvi faoliyatida din ulamolari maslahatiga ham tayangan, lekin qarorlarni mustaqil tarzda, dunyoviylik jihatlaridan kelib chiqib, e’lon qilgani tarixiy lavhalardan yaxshi ma’lum. YUqoridagi xulosalarni professor Z.Munavvarov tomonidan olib borgan tadqiqotlarning natijalari ham yaqqol tasdiqlaydi: «Manbalarda shunday qaydlar uchraydiki, ruxoniylarning eng nufuzli vakillari sohibqiron qarorlarining ustuvorligini so’zsiz tan olganlar va u boshlagan har bir ishga, shu jumladan harbiy yurishlarga ham oq fotiha berganlar». 13 Demak, bildirilgan fikrlardan ma’lum bo’lmoqdaki, sohibqiron diniylikni dunyoviylikka qarshi qo’ymagan. Lekin davlat boshqaruvi ishlarini dunyoviylik asosida olib borgan. Ma’lumki, uning hukmronligi davrida diyorimizda aholining aksariyati islom diniga e’tiqod qilardi, biroq, aholisi boshqa dinlarga e’tiqod kiladigan mamlakatlardan kelgan elchilarga sohibqiron dunyoviylik asosida juda hu Shmomulalik bilan, samimiy munosabatda bo’lgani bizga tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum. Shuningdek, bobokalonimiz biror-bir hududni fath etgan takdirda ham o’ Sha yurt vakiliga rahbarlik vazifasini top Shirganligi ul zotda diniy va dunyoviy bag’rikenglik sifatlari bisyor bo’lganini anglatadi: «Har erning tabiati, har el va shaharning rasmu-odatlari, mijozidan voqif bo’lib turdim. Har bir o’lka va shahar aholisining ashraf-urug’lari va buzruglari bilan oshno tutindim. Ularning mijozlariga, tabiatiga to’g’ri kelgan, o’zlari ishlagan odamlarni ularga hokim qilib tayinladim». 14 12 Kаrimov I.А. Юksаk mаъnаviyat – engilmаs kuch.- Toshkent.: «Mаъnаviyat». 2008. -B.96 13 Munаvvаrov Z. O’zbekiston Respublikаsidа dunёviylik bilаn diniylik o’rtаsidаgi yangi nisbаtning shаkllаnishi.//Islom vа dunёviy-mаъrifiy dаvlаt.//Xаlqаro ilmiy-nаzаriy аnjumаn mаteriаllаri.Toshkent.: «Imom аl Buxoriy» vа «Fridrix Ebert» jаmғаrmаlаri. 2003. -B.134 14 Temur tuziklаri. –Toshkent.: Ғofur Ғulom nomidаgi аdаbiёt vа sаnъаt nаshriёti. 1991. -B.55. Endi dunyoviylik ortga surilib, faqat diniylik mutloq etakchilik qilgan davrni eslasak, quyidagi ijtimoiy hodisa bilan duch kelamiz: Turkistonning yagona hudud sifatidagi maqomining o’zgarishi va uni xonlik va amirlikka ajaralib ketishi tashqi kuchlarning bevosita bosqinchilik harakati bilan bog’liq bo’lsa-da, biroq, mamlakatdagi ichki vaziyat ham ushbu tarixiy noho’ Sh voqealarning jiddiy sabablardan biri bo’lgan. Ushbu fikrlarimizni amaliy jihatdan asoslash maqsadida yana professor Z.Munavvarovning ilmiy tadqiqotlariga murojaat qilamiz: «...tarixning mazkur davrida muayyan kuchlar o’z maqsadlariga erishish uchun nufuzli shayxlar va ulamolardan foydalanib, ko’pincha ularning davlat siyosatiga aralashuvini sezilarli darajada faollashtirgani ham o’zaro ichki nizolarni Chuqurlashtirib, salbiy rol o’ynadi. Bu XVIII asrda Movarounnahrni siyosiy nuqtai nazardan uzil-kesil parchalanib ketishiga va uning hududida uchta mayda davlatlar – Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini tashkil topishiga olib keldi». 15 XX asrning 20-yillaridan boshlab, aksincha, Turkistondagi davlat va jamiyat boshqaruvida dunyoviylik xususiyatlari kuchaytirilib, diniylikka nisbatan ayovsiz kurash olib borildi. Xatto xudosizlikni targ’ib etuvchi jamoatchilik tashkilotlari ham tuzila boshlandi. Islom dini rivojiga ulkan ulu Sh qo’shgan buyuk allomalar asarlari «mistika, hom-hayollikni targ’ib qiluvchi reaktsion, o’ta ijtimoiy zararli manbalar», deb e’lon qilindi va ulardan jamiyat a’zolarini tanishish va foydalanish imkoniyatlari ta’qiqlandi. Din va uning asoratlari bilan kurashish bahonasida arab imlosiga asoslangan eski o’zbek yozuvida nashr qilingan qanchadan-qancha dunyoviy kitoblar ham dunyoviy mutassibligimiz tufayli yakson qilindi. Bu esa tarixiy-madaniy merosimiz slohiyatiga jiddiy putur etkazdi. Ushbu salbiy hodisaning asosiy sabablaridan biri bu – totalitar jamiyat Sharoitlarida islom dinini boshqa dinlar kabi ijtimoiy hayot tarkibidan maksimal darajada siqib chiqarilganidir. Bundan tashqari dinning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalari bilan aloqasi deyarli to’liq uzib qo’yildi. Provardida, kishilar din va uning qadriyatlaridan begonalasha boshladilar. «O’z maqsadlarimizga etishdik», deb hisoblagan sobiq Ittifoq rahbarlari «ateistik tarbiyani yanada kuchaytirish lozimligini» ta’kidladilar. Buning natijasida totalitar jamiyatdagi sekulyarizatsiya jarayoni ateizatsiya bilan aynanlashtirildi. Masalaga bunday yondashuv esa sekulyarizatsiya mazmuniga umuman zid edi. Ateizm endi yangi e’tiqod ramzi bo’lib gavdalana boshladi va bu holat jamiyat a’zolarini o’zaro birlashtirish o’rniga ularni bir-birlaridan yiroqlashtirdi. CHunki dinga e’tiqod qiluvchilar bilan unga e’tiqod qilmovchilar o’rtasida sun’iy farq tashkil qilindi. YUqori mansab lavozimiga nomzodlarni tayinlashda ateistik dunyoqarash bosh mezonlardan biri bo’lib xizmat qildi. Shuning uchun o’z xudosizligini namoyish qilganlarga mansab pillapoyalaridan yuqoriga ko’tarilish imkoniyatlarining e Shiklari keng tarzda ochib berildi. Bunday Sharoitlarda boshqa millat vakillari o’zlarini «ateist», deb tanishtirishlari oddiy hol bo’lgan bo’lsa, 15 Munаvvаrov Z. O’zbekiston Respublikаsidа dunёviylik bilаn diniylik o’rtаsidаgi yangi nisbаtning shаkllаnishi.//Islom vа dunёviy-mаъrifiy dаvlаt.//Xаlqаro ilmiy-nаzаriy аnjumаn mаteriаllаri.Toshkent.: «Imom аl Buxoriy» vа «Fridrix Ebert» jаmғаrmаlаri. 2003.-B.135-136. o’zbeklar bu masalada o’ta ehtiyot bo’lishga intilganlar. Buning asosiy sababi shundaki, o’zbek jamiyatida o’ Sha davrlarda ham o’zini ochiqdan-ochiq «xudosizman», degan kishilarga hech qachon xurmat bilan qaralmagan. Mana endi mamlakatimiz o’z suverenitetiga ega bo’lib, totalitar tuzum din, jumladan islomga nisbatan olib borgan barcha salbiy siyosatining asoratlarini bartaraf qilishga jiddiy kirishdik va bu ezgu sa’iy-harakat o’z ijobiy natijalarini namoyon qilishga ulgurdi. Ayniqsa, Qur’oni Karim ma’nolarini o’zbek tilida bayon qilinishi, Imom Buxoriy, Hakim Termiziy va hadis ilmining boshqa allomalari asarlarini ona tilimizga tarjima qilingani diniy amallarni dunyoviy jamiyatda ham emin-erkin bajarish imkoniyatlarini vujudga keltirdi. Globallashuv Sharoitlarida ham zamonaviy o’zbek jamiyati hayotida sekulyarizatsiya hodisasining ahamiyati oshib bormoqda. Ilgari diniy mazmun va ma’noga ega bo’lgan qadriyatlar va rasm-rusumlar endi dunyoviylik ko’rinishiga ega bo’layapti. Jumladan, farzand tug’ilishi sababli amal qilinadigan aqiqa to’yi, yoshlarning oila qurishdan oldin o’qiladigan nikoh odati bir muddat avval dindorlar tomonidan o’tkazilgan marosim hisoblangan bo’lsa, hozirgi kunda dunyoviy turmush tarzini olib boradigan kishilar ham ularni din bilan uyg’unlashgan milliy urf-odat sifatida qabul qilishyapti. Demak, bunday hodisalar zamonaviy o’zbek jamiyati ijtimoiy barqarorligining ma’naviy omillaridan biri – diniylik va dunyoviylik mutanosibligini ishonchli tarzda ta’minlayapti. Xulosa qilib aytganda, insoniyat tarixining barcha davrlarida din va diniy e’tiqod masalalari ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida mavjud bo’lib kelgan. Zamonaviy jamiyat Sharoitlarda ham dunyoviy davlat din omilining boshqa omillar bilan sermaxsul hamkorligiga tayanib, ijtimoiy hayotidagi dolzarb sotsial muammolar echimini topishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Shu jihatdan qaraganda, o’zining mustaqil rivojlanish yo’lidan jadal ketayotgan O’zbekiston Respublikasida dunyoviylik va diniylik munosabatlarini xalqimizning boy tarixiy- diniy merosiga tayanilishi mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyotining muhim omillaridan bo’lib xizmat qilmoqda. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling