Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


-mavzu. JAMIYATNING SOTSIAL STRUKTURASI


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

21-mavzu. JAMIYATNING SOTSIAL STRUKTURASI
REJA
1.
Sotsial struktura tushunchasining mazmun mohiyati
2.
Sotsiologik maktablar va yo’nalishlarda sotsial strukturaning
o’rganilish 
3.
Sotsial strukturaning bosh elementlari
4.
Zamonaviy jamiyatlarning sotsial strukturasi
Sotsiologik munozaralarda jamiyat haqidagi bahslardan keyin turuvchi
ikkinchi muhim mavzu – bu sotsial struktura tushunchasidir. Sotsial struktura
tushunchasini qo’llash orqali fanda kishilarning ijtimoiy qatlamlar, sinflar,
tabaqalar, jamoalarga taqsimlanishi hamda ushbu yirik guruhlarda sodir
bo’layotgan o’zaro munosabatlarning tartiblanganligi nazarda tutiladi. Qisqa qilib
ifodalaganda sotsial struktura – jamiyatning anatomik skeletidir. 
Fanda struktura tushunchasi ostida funktsional bog’liq elementlar yig’indisi
tushuniladi. Struktura ob’ektning ichki qurilmasini hosil qiladi. Ushbu qurilmaning
poydevori – sotsial stratifikatsiya, jumladan ijtimoiy tabaqalar (stratalar) va
sinflardan iborat vertikal tayanchlar hamda aholining ijtimoiy tarkibi, ya’ni
ijtimoiy, diniy, kasbiy, siyosiy, demografik guruhlaridan iborat gorizontal to’sinlar
yordamida quriladi 
Sotsiologiyada sotsial struktura zamonaviy yirik ko’lamli jamiyatlar misolida
o’rganilsa, ijtimoiy antropologiyaning fundamental ahamiyatli ushbu kategoriyasi
unchalik katta bo’lmagan qabila va lokal guruhlardan tashkil topgan arxaik
jamiyatlarni nazarda tutadi. Sotsial struktura ijtimoiy psixologiyaning ham bosh
kategoriyalardan biri bo’lib, unda jamiyat ijtimoiy strukturasi kichik guruhlar
doirasida torayib boradi va guruhli struktura darajasida o’rganiladi. Predmet,
metodlar va nazariy yondashuvlardagi turfa xillikdan qat’iy nazar ushbu uch
qardosh fan sotsial strukturani o’rganadi. 
«Struktura» atamasining kishilik jamiyatiga nisbatan qo’llanilishi XIX asrdan
boshlandi. «Sotsial struktura» atamasi esa 1920 yillar oxiri 1930 yillarning
boshlaridan nazariy sotsiologiyaga kirib keldi. Sotsial strukturani tarkiblarni
ajratishga bo’lgan ilk urinishi antropolog L. Ralf (1893—1953) tomonidan amalga
oshirilb, u jamiyat a’zolari, kishilarning egallagan o’rni, joyi tuzilmani hosil qilishi
fikrini ilgari surgan. U bu joyni «maqom» deb atab, ushbu davrdan «o’rin»,
«mavqe», «holat» tushunchalari maqomning sinonimlari sifatida qo’llanib
boshlandi. 
Ijtimoiy fanlarda bo’lgani kabi sotsiologiyada ham asosiy tushunchalar
borasidagi bahslar davom etmoqda. «Sotsial struktura» tushunchasi bundan
mustasno emas. Qator sotsiologlar uchun sotsial struktura takroran namoyon
bo’luvchi ijtimoiy hulq modeli sifatida ko’rinadi. Takroran namoyon bo’luvchi har
qanday hatti-harakat vaqt davomida yoki odatga aylanadi yoki ijtimoiy institut
darajasiga ko’tariladi. Bu ma’noda sotsial strukturani individlar va jamiyat ijtimoiy
institutlariaro davomli, tartiblangan va odatiy aloqalar sifatida tavsiflash mumkin.


Ehtimol aynan Shu holat jamiyatni mashina yoki organizmga qiyoslashga
urinishlarning debochasidir. 
Sotsiologiyada sotsial struktura status, sotsial institutlar va sotsial o’zgarishlar
tushunchalari bilan uzviy bog’liqlikda tahlil etiladi. 
E.Giddensning tuzilmalar nazariyasida struktura tushunchasi ayni damda
individ harakatlanishi sharti va natijasi yig’indisidan hosil bo’luvchi qoidalar
to’plamidan iborat. Sub’ekt bir paytning o’zida qodilarni yaratadi va ishlatadi
hamda unga rioya etadi. Institutlar esa bunda sotsial praktiklar sifatida zamon va
makon o’lchamidagi kenglikda yoyilgan bo’ladi. 
Shu tariqa sotsial struktura bu – xatti-harakat takroriyligi jarayonida
yaratilgan ijtimoiy hatti-harakatning barqaror Shakllarini qo’llab-quvvatlash
mexanizmlaridir. Takrorlanuvchi hatti-harakatlar strukturani shakllantiradi,
keyingisi o’z o’rnida navbatdagi hatti-harakatni yo’naltiradi va nazorat etadi. 
R.Mills sotsial strukturani institutsional tartiblarning kombinatsiyasi ya’ni,
jamiyatning turli sohalaridagi institutlar yig’indisi sifatida tushungan. J.Bernard va
L.Topmsonlar uchun struktura – bu institutlarning alohida tartibi (joylashishi)
bo’lib, ular kishilarning birgalikdagi hayotini qurish va o’zaro munosabatda
bo’lishida ko’maklashadi
1
. Bu sotsiologlarga institutsional yondashuv xosdir. 
Fenomenologik sotsiologiya vakillari P.Berger va T.Lukmanlar aksincha,
go’yoki o’rgamchak to’rini to’qigani kabi kishi atrof-muhitni o’z kutishlari,
stereotiplar, tartib-qoidalari va an’analaridan kelib chiqib o’zi quradi. 
Sotsial struktura kishining o’zi tomonidan qurilar ekan demak, faqat uning
uchun mavjud bo’ladi xolos. Bu ma’noda sotsial struktura, sotsial institutlar,
sotsial tizim nomoddiy va ular nisbiy mazmun kasb etadi. 
Nuqtai nazarlarning barchasini xulosalash sotsial strkuturani ta’riflashdagi
ikki yo’nalishni ajratib ko’rsatadi. Birinchisini shartli ravishda strukturalistik,
ikkinchisini esa interaktsionallik deb nomlash mumkin. Aksariyat holatlarda ular
bir-birini istisno etadi. 
Strukturalistlar uchun sotsial struktura kishilarning ixtiyori, ongi va hulqidan
qat’iy nazar mavjud bo’ladi. Ikkinchisi uchun struktura kishilarning ongi, hulqi
bilan uzviy bog’liqlikda, bundan tashqari kishilarning sub’ektiv mo’ljallari va
hatti-harakatining mahsulidir. 
Strukturali yondashuv doirasida ikki yirik sotsiologik maktab alohida
ko’rsatiladi, bular: strukturali-funktsional yondashuv (E.Dyurkgeym, T.Parsons,
R.Merton va boshqalar) hamda jamiyatning sinfiy tuzilmasi yondashuvi.
Jamiyatning sinfiy tuzilmasiga binoan aholining real guruhlari strukturaning
poydevori sanaladi. Ushbu yondashuv XX asrning 80-90 yillarida sobiq ittifoq ilm-
fanida mustahkam o’rin egalladi. Unga ko’ra, sotsial struktura – «o’zaro bog’liq
sotsial guruhlar, sotsial institutlar va ularning o’zaro munosabatlari yig’indisidir»
2

Strukturali funktsionalizm vakillari uchun bosh kategoriya sifatida kishining
sotsial strukturada egallagan o’rni, joyi olinadi. Ushbu yondashuvga binoan
struktura orqali mavqe mustahkamlanadi, individ emas. Struktura bu ma’noda
konkret individga bog’liq emas. Aksincha individning tizimdagi ishtiroki
1
Bernard J., Thompson L.F. Sociology. Nurses and their Patients in a Modern Society. Saint Louis, 1970.
2
Krаtkiy slovаr po sotsiologii. - M., 1988. - S. 392.


yig’indisini hosil qiladi. U yoki bu o’rin, joyni to’ldirilishi esa ma’lum maqomni
orttirilishi sanaladi
3
.
Bunda struktura – mustahkam ustun rolini o’taydi va u harakatsiz
yachaykalarni o’zaro elimlaydi. Bu vazifani sotsial maqomlar, institutlar va
muassasalar bajaradi. Odatda maqom deb nomlanuvchi o’rin, mavqe strukturaning
asosiy elementi sanaladi. U funktsiya deb nomlanadi. Shu bois, struktura va
funktsiyaga taqsimlanish Shartli bo’lib bir tomondan struktura sifatida talqin
etilgan holat funktsiya sifatida namoyon bo’ladi va aksincha. 
Strukturalistik yondashuv nuqtai nazaridan ikkala yo’nalishda struktura
birlamchi sanaladi. individ esa ikkilamchi. Menejmentda strukturalizmga klassik
yondashuv mos keladi. Unga muvofiq oldin tashkilotning yaxshi rejalashtirilgan
strukturasini yaratish kerak. Bu struktura lavozimlar sxemasida namoyon bo’lishi
lozim. So’ng ijrochilarni tanlash mumkin. Joyni kishi bezatmaydi, aksincha kishi
egallagan o’rniga nisbat beradi. 
T. Parsons uchun struktura me’yorlar va ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq:
me’yorlar sotsial munosabatlarni sotsial struktura deb atalishi mumkin bo’lgan
qat’iy konstruktsiyaga birlashtiradi. «Struktura — bu nisbatan barqaror
standartlashtirilgan munosabatlar elementlarining yig’indisidir. Aktor sotsial tizim
elementi ekan, sotsial struktura aktorlarning bir-biri bilan sotsial munosabatlarini
standartlashtirilgan tizimini hosil qiladi»
4
. T. Parsons sotsial strukturani ikki
jarayon bilan bog’laydi, bular: ijtimoiylashuv va sotsial nazorat bo’lib, ularni
«me’yoriy madaniyat»ning institutlashtirilgan namunalari sifatida tushunadi. 1964
yilda T. Parsonsning «Sotsial struktura va shaxs» nomli fundamental asari nashr
etildi. Asarda muallif sotsial strukturani o’zgartiruvchi manba sifatida madaniyatni
ko’rsatadi. 
Strukturalizm antipsixologik, ob’ektiv xarakterga ega bo’lib, individning yoki
guruhning hulqini ularning sotsial strukturadagi o’rni nuqtai nazaridan
tushuntirishga harakat qiladi. Bu bilan boshqa xususiyat, ya’ni sotsial strukturaning
o’z elementlariga nisbatan determinant rolini tan olish zaruratini bildiradi
6

Strukturali funktsionalizmning etakchi vakillaridan R. Mertonning fikriga
ko’ra sotsial strukturani shakllanishi asosida hokimiyatning noteng taqsimoti va
boylik yotadi. Tengsizlik sotsial stratalarning ierarxiyasini hosil qiladi. Sotsial
stratalar o’z o’rnida sinfiy strukturani yaratadi. Shu bois, sotsial strukturani
hokimiyat strukturasi sifatida ko’rib chiqish mumkin. 
Bunga qarama-qarshi o’laroq ramziy interaktsionallikda sotsial struktura
kishilarning kundalik muloqoti va o’zaro munosabatidan Shakllanadi
7
. Kishilar
o’zaro munosabatga chek qo’ysalar struktura ham g’oyib bo’ladi. U allaqanday
mustahkam va inson ongidan mustaqil emas, aksincha etarlicha harakatchan va
mavhumdir. 
Shu tariqa ikki sotsiologik yo’nalish, ya’ni strukturalizm va interaktsionallik
sotsial strukturani turlicha ta’riflaydi. Strukturali funktsionalizmda jamiyatning
sotsial strukturasi kishilarning ixtiyori va ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud
bo’ladi. U turg’un holatdagi misli ulkan imperiya va u kishilardagi shaxsiyat,
3
4
Pаrsons T. O strukture sotsiаlnogo deystviya. 2-e izd. – M., 2002. – S. 320.


sub’ektiv hissiyotlar va hatti-harakatlardan qat’iy nazar mavjud bo’ladi. Strukturali
funktsionallikda o’zaro munosabat ikkilamchi bo’lsa, struktura birlamchidir.
Aksincha, tushunuvchi sotsiologiyada umuman struktura ikkilamchi, o’zaro
munosabat esa birlamchidir. 
Xullas strukturali funktsionallik kishilarning sotsial o’zaro munosabatini
o’rganishdan voz kechmasa-da, ammo kishilar ushbu munosabatlarga sotsial
strukturada ularga belgilangan yachaykalarni egallaganlaridan so’ng kirishadilar.
O’qituvchi belgilangan lavozimni egallagandan so’ng o’quvchiga nisbatan tegishli
munosabatda bo’lishi mumkin. Ammo, ungacha emas. 
Ikkinchi holatda sotsial struktura kishilar munosabatlarining sababi emas,
mahsuli sanaladi. Kimdir o’qituvchi lavzoimini egallamasdan turib ham kishilarga
ustozlik qilishi, hayotga o’rgatishi, murabbiylikni namoyon etishi mumkin. Zero,
murabbiylik yoki ustozlik – uning turmush tarzining ajralmas qismidir. Kundalik
hayotda o’qituvchi-o’quvchi munosabatlari maktabda mustahkamlangandan ko’ra
ko’proq uchraydi: ota-onalar farzandlariga o’rgatadi, kattalar-kichiklarni, ofitser-
askarni va h.k. 
Ushbu qabildagi mulohaza yuritish mantig’idan kelib chiqadigan bo’lsak,
qadimdan o’rgatuvchan o’zaro munosabatning barqaror turlari shakllangan.
Minglab yillar o’tishi davomida esa ular institutsional Shaklga (maktablarni institut
sifatida shakllanishi) kirib borgan va jamiyat sotsial strukturasining metindek
mustahkam ustunini hosil qilgan. 
Ikki nuqtai nazardan qaysi biri to’g’ri ekanligini aytish murakkab. Zero, ikkisi
ham ob’ektiv voqelikni turli jihatlaridan kelib chiqib aks etadi. Shu bois, ularni zid
nazariyalar sifatida emas, bir-birini to’ldiruvchi yondashuvlar sifatida o’rganish
maqsadga muvofiq. Ikki yondashuv sotsial reallikni yaxlit manzarasini hosil
qilishda zarururiydir. 
Shunga qaramasdan bugungi zamonaviy jamiyat Sharoitida sotsial
strukturani anglash uchun strukturali funktsionallikni olish maqsaga muvofiq. U
zamonaviy jamiyatlarda allaqachon Shakllanib ulgurgan tayyor struktura va
institutlardan kelib chiqadi. Ular sotsial hayotning mutlaq kuchli omillariga aylanib
ulgurganki, alohida individlar ixtiyorini yutib yuborgan. Zero, zamonaviy
jamiyatlar kishilarning nafaqat kundalik muloqot va munosabati amaliyotidan
tuzilmaydi. 
Aynan strukturali funktsionallikda sotsial struktura jamiyatning anatomik
skeleti yoki qurilmasiga qiyoslanadi. Struktura deganda ob’ektning ichki
qurilmasini hosil qiluvchi elementlar nazarda tutilsa-da ushbu elementlar deganda
nima yoki kimlar nazarda tutilishida yaxlit fikrga kelinmagan. Masalan,
A.R.Radkliff-Braun sotsial strukturani elementlararo (bu ma’noda insonlararo)
yaxlit qonuniyatga bo’ysudirilgan munosabatlar sifatida ta’riflaydi. 
S.F.Neydl uchun esa element sifatida rollar olingan. Sotsiologlarning
aksariyati, jumladan funktsionalistlar sotsial strukturaning elementlari sifatida
sotsial hulqning tashkillangan namunalari bo’lgan sotsial institutlarni olish
kerakligini bildiradi. Xullas, sotsial institutlararo funktsional munosabatlar ko’zga
ko’rinmas ulkan sotsial to’rni hosil qilar ekan, ko’p sonli munozaralarga sabab
bo’layotgan sotsial strukturani hosil qiladi. 


Bizningcha sotsial strukturaning bosh elementlari sifatida sotsial maqom va
rollarni olish maqsaga muvofiq. Ularning miqdori, joylashish tartibi va bir-biriga
bog’liqligi xususiyatlari jamiyatning ma’lum tuzilmasi mazmunini belgilab beradi.
Bu ma’noda qadimgi va zamonaviy jamiyatlarning sotsial strukturasi tubdan farq
qilishi aniq. 
Struktura jamiyat tuzilmasining barqarorligi, harakatsizligini anglatsa-da,
tarixan u o’zgaruvchandir. Undagi harakatchanlik individlarning o’zaro
munosabatlari jarayonida sotsial rollar tomonidan taqdim etiladi. Sotsial
strukturaning ko’p qirraligi shundaki, uni uch jihatdan, ya’ni: 1) funktsional
(jamoatchilik faoliyati, ijtimoiy institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa shakllarini
tartiblangan yig’indisi); 2) tashkiliy (sotsial guruhlarning turli tiplarini
shakllantiruvchi aloqalar yig’indisi, bunda tahlil birliklari sifatida jamoalar,
tashkilotlar va ularning tuzilmali elementlari olinadi); 3) sotsial hatti-harakatning
orientirlanishi tizimi (tahlil birliklari – sotsial hatti-harakatning maqsadi va
vositasi, motiv, stimul, me’yor, namuna, dasturi va dastur osti)
8
.
Bunda sotsial strukturaning uch nazariy modeli hosil bo’ladi;
- klassik yondashuvda; sotsial struktura – real guruhlar yig’indisidir;
- strukturali-funktsionallikda; sotsial struktura – joy o’rni, mavqe, maqom
yig’indisi;
- ramziy interaktsionallikda; sotsial struktura – kishilararo munosabatlar
mahsuli.
Ushbu yondashuvlarni umumlashtirgan holda keng ma’noda sotsial struktura
– bu guruhlardagi sotsial munosabatlar Shakli yoki modeli bo’lsa, tor ma’noda –
kichik guruhlardan tortib, to sotsial tashkilotlar hatto jamiyatgacha bo’lgan
guruhlar va jamoalardagi munosabat Shaklini tavsiflaydi. 
Tirik mavjudotlarning har bir turi sotsial munosabatlarning bir emas bir necha
turlariga ega. Sotsial strukturaning turfa xilligi qator omillar bilan Shartlangan. 
Sotsiologiyada sotsial strukturani o’rganishga bo’lgan intilishlarni xulosalab
ushbu tushunchani boshqa tushuncha ya’ni sotsial makon tushunchasi bilan uzviy
bog’liqlikda ta’riflash maqsadga muvofiq. Sotsial makon yordamida individ yoki
guruh jamiyatdagi o’z o’rnini egallaydi. Ular sotsial maqomdir. 
Bu ta’rifga binoan sotsial strukturani kamida ikki mazmunda anglash lozim.
Keng ma’noda sotsial struktura – barcha sotsial guruhlar va qatlamlar, jumladan
sinflarning yig’indisi bo’lsa, tor ma’noda – ayni tarixiy daqiqalarda mavjud
bo’lgan funktsional bog’liq maqomlar yig’indisidir. 
Jamiyat sotsial strukturasiga nafaqat stratalar, guruhlar, balki institutlar ham
kiradi. Sotsial institutlar ijtimoiy munosabatlarning ma’lum sohasini tartiblovchi
me’yor va muassasalar yig’indisidir. Sotsial institutlar kishilik faoliyatini rollar va
maqomlarnnig ma’lum tizimida tashkillantiradi va ijtimoiy hayotning turli
sohalarida kishilarning hulq-atvori namunalarini o’rnatadi. Masalan, maktab
ijtimoiy institut sifatida o’qituvchi va o’quvchi rollarini, oila esa ota-ona va
farzand rollarini qamrab oladi. Ular o’rtasida ma’lum rolli munosabat yuzaga
keladi. Bu munosabatlar maxsus me’yor va tartiblar bilan tartiblanadi. Nisbatan
dolzarb me’yorlar qonunchilik bilan mustahkamlansa, qolganlari an’ana, urf-
odatlar, jamoatchilik fikri orqali nazorat etiladi. 


Har qanday sotsial institut o’zida sanktsiyalar tizimini aks etadi. Bular
huquqiy-me’yoriy va axloqiy-ma’naviy sanktsiyalar bo’lib, ular tegishli qadriyat
va me’yorlar butligini ta’minlaydi, tegishli rolli munosabatlarni qayta ishlab
chiqaradi. Xullas sotsial institut kishilarning individual hatti-harakatini
muvofiqlashtiradi, tartiblaydi, ularni tashkillanganligini ta’minlaydi, sotsial tipik
vaziyatlarda kishilarning standart hulqini shakllantiradi. 
Sotsial struktura sotsiologiyannig predmetlari doirasidagi yirik uchlikdan
o’rin olgan, bular; struktura, tashkilot, shaxs bo’lib, ularning yig’indisidan umumiy
sotsiologiyannig fundamental bilim sohasi hosil bo’ladi. Sotsial struktura o’zining
ko’p sonli tuzilmaosti (sotsioprofessional, sotsiomaqomli, sotsiomintaqaviy,
sotsioetnik va h.k.) bilan jamiyat statikasi yoki «sotsial skeletini» hosil qiladi. 
Sotsial tashkilot esa aksincha, ijtimoiy hayotni harakatda ekanligini
ko’rsatadi. Bu ma’noda masala jamiyatning «sotsial fiziologiyasi», uning tarixiy
dinamikasika doir. Demak, sotsial strukturani uch o’lchamli kesimda ham tahlil
etish mumkin. Ushbu uchlikning uchinchi nuqtasi shaxs struktura va tashkilot
kesishmasida o’rin olgan. Shaxs sotsiologiyada individual-takrorlanmas jihatlari
(bu psixologiyaning vazifasi) atamasi bilan emas sotsial-tipik atamasi bilan
o’rganiladi. Boshqacha qilib aytganda shaxs sotsiologiyada – kichik kontaktli
guruhning bir bo’lagi emas, yirik sotsial guruhning tipik vakili, ushbu guruhga xos
me’yorlar, an’analar, qadriyat va manfaatlar, munosabatlarning tashuvchisidir. 
Demak, sotsial struktura – bir-bir bilan uzviy, funktsional bog’liqlikda
bo’lgan maqom va rollar yig’idisi. Maqom – individning jamiyatdagi sotsial holati,
rol ayni damdagi maqomga xos hulq modeli, uning dinamik tavsifi, maqom
tavfsiloti huquq va majuburiyatlar yig’indisi orqali ochiladi. Har bir maqom sotsial
maqomlar ierarxiyasida ma’lum joylarga ega. Bu ierarxiya jamoatchilik fikri orqali
yaratiladi. 
Ierarxiyadagi joy rang deb nomlanadi. Ular yuqori, o’rta yoki past bo’lishi
mumkin. Rang qanchalik baland bo’lsa maqom Shunchalik qadrli, u Shunchalik
ko’proq imtiyozlar, mukofot, nufuzga ega. Maqomning rangi rasmiy
mustahkamlangan bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda u titul, unvon deb
nomlanadi. Masalan, ofitser titul bo’lib, uning turlari polkovnik, mayor va h.k.lar
sanaladi. Rang aksariyat hollatlar rasman mustahkamlanmagan va omma ongida
baho berish Shakli sifatida mavjud bo’ladi. 
Kishida bir paytning o’zida qator maqomlar va rollar bo’ladi. Primitiv
jamiyatlarda maqomlar miqdori ozchilikni tashkil qilgan. Zamonaviy jamiyatlarda
esa birgina professional statuslar soni 40 000 ga yaqin, oilaviy-nikoh, qarindoshlik
maqomlari 200 dan ortiq. Shu tariqa sotsial struktura «bitta-maqom – bitta
yachayka» tamoyili asosida quriladi.
Yirik sotsial guruhlarning yig’indisi yangi tushuncha – aholining sotsial
tarkibini hosil qiladi. Agarda yirik sotsial guruhlar vertikal kenglikda joylashib,
daromad, hokimiyat, ta’lim va nufuz tengsizligi asosida qurilsa, «sotsial
stratifikatsiya» hosil bo’ladi. O’z o’rnida, stratifikatsiya – o’ Sha maqomlarning
o’zginasi bo’lsa-da, boshqa mezonlar asosida guruhlashtirilgan va «tokchalar»
bo’ylab yuqoridan pastga terilgan. Stratifikatsiya namunalaridan biri – jamiyatning
sinfiy tarkibidir. 


Sotsial maqom turlari sifatida demografik (millat, irq, jins); oilaviy-
qarindoshlik (er, xotin, qiz, o’g’il); iqtisodiy (tadbirkor, yollanma ishchi); kasbiy
(injener, shofyor, bankir); diniy (ruhoniy, dindor) va boshqalarni ko’rsatish
mumkin. Ko’rsatilgan maqomlar guruhlari jamiyat sotsial strukturasi tuzilmaostini
shakllantiradi. Ushbu tuzilmaostining har birini institutsional soha sifatida ham
ko’rib chiqish mumkin. Misol uchun oilaviy-qarindoshlik strukturani oila va nikoh
instituti taqdim etdi. Kasbiy va iqtisodiy strukturalar eng yirik va turli-tumanligi
bois qator institutlar – davlat va huquq, ishlab chiqarish va ta’lim kabilarni hosil
qiladi. 
Xullas, sotsiologiyaning uch fundamental tushunchasi – «sotsial struktura»,
«sotsial stratifikatsiya» va «sotsial institutlar» - maqom va rollar orqali uzviy
bog’liqlikda. Sotsial strukturani zamonaviy jamiyatning jamoaviy maqomli portreti
yoki maqomli portreti deyishimiz mumkin. Shu bois, struktura bir-birga zich
joylashtirilgan maqomlarning yaxlit nomlanishidir. 
Jamoaviy maqomli portret (jamiyat sotsial strukturasi) individual maqomli
portret (maqomlar to’plami) kabi o’ta individual xarakterga ega. Ular jamiyat
haqida deyarli barcha ma’lumotlarni beradi. Shu bois, ma’lum jamiyatning tarixiy
rivojlanishining turli davrlaridagi maqomli portretini solishtirish orqali qiziqarli va
muhim ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. 
Xullas, sotsial struktura kishilik jamiyatidagi jamoaviy hayot tarzi maqsadli
va tashkillanganligini anglatadi. Sotsial struktura bois kishilar ongida hayotiy
tajriba faktlari bir-biri bilan bog’lanadi. Bunda har bir qism alohida, uzilgan holda
emas, aksincha, mu Shtaraklikda namoyon bo’ladi. Masalan, biz biror binoga
qaraganda g’isht, tom, shisha yoki boshqa qurilish materallarini alohida emas,
aynan yaxlit uy Shaklida ko’ramiz. Demak, sotsial struktura hayotni
tashkillanganligi va barqarorligi hissini beradi. 
Masalan universitetning sotsial strukturasini olsak, kuz mavsumida
talabalarning yangi guruhni qabul qilinsa, yoz mavsumida yana bir guruh o’qishni
yakunlaydi. Dekanatlar talabalar va o’quv jarayonini boshqaradi. Har doim yangi
talabalar, o’qituvchilar va dekanat ushbu tizimdan o’tadi va belgilangan vaqtda
undan chiqadi. Universitetni tashkil etuvchi kishilar vaqt davomida o’zgarib
borasada universitet saqlanib turadi. Bu ma’noda sotsial struktura guruh yoki
jamiyat a’zolari o’rtasida doimiy va tartiblangan o’zaro aloqalarni nazarda tutadi. 
Sotsiologlar sotsial strukturani sotsial dalil sifatida o’rganadi. Sotsial struktura
individ harakatini boshqaradi va ma’lum oqimga yo’naltiradi. Universitetning
an’analari va urf-odatlari – uning strukturasi bo’lib o’z faoliyatining dastlabki
davridan talabalar, o’qituvchilar va rahbariyatning doimiy munosabatlaridan
Shakllangan va ushbu tashkilot tomonidan qabul etilgan. 
Statik strukturaga doir atamashunoslikni qo’llanilishi sotsial strukturaning
o’zgaruvchan va dinamik xususiyatlarini ko’rsatmasligi mumkin. Universitet – bu
tashkil etilganidan bir xil o’zgarishlarsiz faoliyat ko’rsatuvchi turg’un organizm
emas. Undagi barcha sotsial tartiblanganlik sotsial munosabatlar bilan
chambarchas bog’liqlikda va barqarorlikda yaratiladi va qayta ishlab chiqariladi.
Shu bois tashkillangan sotsial hayot doimiy tarzda turli modifikatsiyalar va
o’zgarishlarni boshidan kechiradi. 



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling