Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

To’rtinchidan, jamiyat xokimiyat boshqaruviga eng qobiliyatli, mas’uliyatli
shaxslarni ta’minlashdan manfaatdor. Shu bilan birga odamlarning bu mansabni
egallashga bo’lgan ishtiyoqini oshirishga ham majburdir. Sotsial tengsizlik bu
jamiyatning o’z – o’zini saklab qolishning o’ziga hos mexanizmidir, uning
yordamida jamiyat ongli ravishda muhim mansablarni qobiliyatli, malakali
shaxslar, o’ziga hos ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, harbiy va hokazo elita tomonidan
egallanishini ta’minlaydi. Bunday odamlarning xatosi yoki mas’uliyatsizligi
jamiyat uchun qimmatga tu Shishi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy mavqe,
ijtimoiy holat uchun ayrim imtiyolar berilishi, eng qobiliyatli odamlar
ko’tarilishiga yordam berish lozim.
Sotsial tengsizlik stratifikatsiyaning fundamental nazariy asosi
tsivilizatsiyaning rivojlanishi sanaladi. Har bir Shaxs moddiy va madaniy
yutuqlarga yakka o’zi egalik qilolmaydi. Odamlarning ixtisoslashuvi va shu bilan
birga inson faoliyatining yutuqli sohalari paydo bo’ladi. Odamlar o’z qobiliyati,
tarbiyasi va savodi bilan tengdirlar. Mana shu narsa stratifikatsiyaning nazariy
asosi sanaladi.
Sotsial stratifikatsiya muammosi – sotsiologiyaning bosh mavzularidan
biridir. U jamiyatdagi sotsial tengsizlikni, sotsial qatlamlarning daromadlar
darajasi va turmush tarziga ko’ra, imtiyozlarning mavjudligi yoki mavjud
emasligiga ko’ra bo’linishini tavsiflaydi. Ibtidoiy jamoa davrida tengsizlik
ahamiyatsiz darajada bo’lgan, shu bois bu erda stratifikatsiya deyarli kuzatilmagan.
Murakkab jamiyatlarda tengsizlik ham kuchayib borgan, u odamlarni daromadlari,
ma’lumot darajasi va sotsial mavqeiga ko’ra bir-biridan ajratgan.
G’arb sotsiologiyasida an’anaviy ravishda jamiyatning sotsial strukturasini
stratifikatsiya nazariyasi (strata- qatlam) nuqtai nazaridan ko’rib chiqadilar. 
Ularning fikricha, stratifikatsiya – jamiyatning Shunday tuzilishiki, bunda
bir individlar, sotsial guruh boshqasiga qaraganda ko’proq mol-mulkka ega,
boshqalari esa umuman hech narsaga ega bo’lmasliga mumkin. Sotsiologlarning
fikricha, bu holatni hal qilishning umuman iloji yo’q. U bir biriga mutlaqo qarama
– qarshi bo’gan ikkita haqiqatga tayanadi.
Bir tomondan jamiyatning stratifikatsiyasi salbiy oqibatlarga olib keladi, u
sotsial ziddiyatlardan inqiloblargacha olib kelishi mumkin. Stratifikatsion tizim
tubidagi odamlar jismoniy ham ma’naviy jihatdan huquqlari Cheklangan bo’ladi.
Lyumpen jamiyat, ishsiz, och odamga bo’lgan sotsial Shafqat tushunchasini
tasavvur qilish mumkin.
Boshqa tomondan, stratifikatsiya odamlarni, sotsial guruhlarni tadbirkorlik,
jamiyatning taraqqiyotiga undaydi.
Umuman olib qaraganda, G’arb sotsiologiyasida stratifikatsiya nazariyasi
asoschisi M. Veber hisoblanadi. U sotsial holat faqat mol – mulkning holati bilan


belgilanmaydi, deb hisoblaydi. Kambag’allashib qolgan bo’lsada katta siysiy
ta’sirga ega aristokratlar, generallar bor. YOki masalan, Germaniyaning katta
tadbirkorlari katta mol – mulkka ega bo’lib turib, millati nemis bo’lmaganligi
uchun hech qanday ijtimoiy siyosiy mavqega ega emaslar. M.Veberning fikricha,
Marksning tabaqalanishga nisbatan yondashuvi juda sodda, shuning uchun
stratifikatsiyani uch yo’nalishda aniqlash lozim: mulk, nufuz, hokimiyat, Chunki
aynan ular istalgan odamning yoki “sotsial” guruhning mavqeini belgilab beradi.
Ularga qarab uch guruhni ajratamiz: quyi, o’rta va yuqori. Sotsial struktura moddiy
holatga qarab kengayib boradi. Jamiyat stratifikatsiyasining moddiy holat bo’yicha
asosiy ko’rsatkichi bo’lib, sotsial ierarxiyaning yuqorisi va quyisida joylashgan
10% aholining moddiy ko’rsatkichi sanaladi. Ularning munosabati ziddiyatlarning
aniq darajasini, jamiyatning ziddiyatlilik darajasini ko’rsatishi mumkin. Bu ikki
sotsial guruh orasida o’rta sinf ham bo’lishi lozim: ularga o’rta va kichik
tadbirkorlar, malakali ishchilar, intelligentsiya davlat mansabdorlari, bank
xizmatchilari. O’rta qatlamdagilar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning sotsial holati
shuncha yaxshi bo’ladi, jamiyat barqaror rivojlanadi, u Shunchalik sotsial
ziddiyatlardan himoyalangan bo’ladi.
M.Veber mulkka egalikka unchalik ahamiyat bermagan. Mol – mulkka
egalik qilmay ham odam yohud jamiyat ma’lum bir mavqega, hokimiyatga ega
bo’lishi mumkin. Masalan, tashkilotlardagi yuqori malakali menejer. Insonning
nufuzi ham sotsial strukturada uning o’rnini aniqlab beradi. Masalan, sportchi,
aktyor, modelning nufuzini iqtisodiy foydaga almashtirish mumkin. Siyosiy
hokimiyat ham iqtisodiy holatga bog’liq bo’lmaydi.
Real jamiyatda turli variantlar mavjud bo’lishi mumkin. Odam boy bo’lishi,
biroq ma’lum bir mavqega, oliy ma’lumot, siyosiy ta’sirga ega bo’lmasligi
mumkin. G’arb sotsiologiyasida bunday holat “nomuvofiqlik statusi” deb
yuritiladi. Nomuvofiqlik maqomini his qiluvchi odamlar norozilik, hafsalasizlik
kayfiyatida, ekstremizmga moyil bo’ladilar. Agar insonning bir holatda martabasi
ulug’ bo’lsayu, boshqa holatda martabasi yuqori bo’lmasa, u o’z martabasini ko’z
– ko’z qilishga urinadi va odamlar unga baho berayotganlarida avvalo uning quyi
martabasinigina ko’radilar. Ziddiyatlarning asosi ham mana shunda.
Masalan, universitet professorlari ularni saviyasi darajasiga, ilmiy
yutuqlariga qarab baholanishlarini hohlaydilar. Biroq universitetdan
tashqaridagilarning ko’pchiligi ularning talablarni rad etadilar, sababini esa
ularning siyosiy ta’siri, boyligi va hokimiyatining yo’qligi bilan izohlaydilar.
“Vulgar boyvachcha” iborasi ko’pgina boylarning nomuvofiqlik maqomini
ko’rsatib turadi.
Zamonaviy stratifikatsion ta’limotlarning asosiy tamoyili bo’lib, T.Parsons,
L.Uorner, B.Barber va ushbu yo’nalishning boshqa namoyondalarining
funktsionalizm nazariyalari sanaladi. Ular sotsial tengsizlikni “jamiyatni saqlab
qolishi uchun zarur holat, ularning qismlari o’zaro aloqador va muvozanatda” deb
bilganlar.
T.Parsons istalgan jamiyatda stratifikatsiyaning maqsadi ma’naviy baho,
qadriyatlar tizimi deb qaragan, ularni atamalarda ifodalasak, turli sotsial birliklarga
baho berish imkoniga ega bo’lamiz.


K.Devis va G.Murning ta’limotlarida sotsial stratifikatsiya nazariyasi
funktsional zaruriyat va har bir jamiyatdagi stratifikatsiya nazariyasining universal
mavjudligi kabilarni o’zida mujassamlashtiradi. Ular uchun stratifikatsiya moddiy
boyliklar va sotsial mavqenining noteng taqsimlanganligidir.
Amerikalik sotsiolog Elton Jonson o’zining stratifikatsion tadqiqotlarida
individlarning sotsial mavqeini uchta asosiy belgi bo’yicha aniqlaydi: mashg’ulot
turi, ma’lumoti, va insonning irqiy – etnik guruhi. 
- Ma’lumoti oliy, o’rta va quyi. YUqori mavqega o’z vaqtida shunchaki
universitetni tamomlaganlar emas, obro’li universitetlarni tamomlaganlar
kiritilganlar.
- Irqiy – etnik guruh. AQSHga xos hususiyatlardan kelib chiqib, u kelib
chiqishiga ko’ra irlandlar guruhini, ikkinchisiga italyanlar guruhini (oq tanlilar
orasida), uchinchisiga oq va sariq irq vakillarini kiritgan.
Uch guruh bo’yicha individual mavqelarni birlashtirib, konkret odamlarning
muvofiqlik maqomini aniqlash mumkin. Chiqindi tashuvchi yoki taksi
haydovchisi, oliy ma’lumotli oq amerikalik – bu bitta mavqe. Qora tanli,
ma’lumotsiz Shahar meri – bu ikkinchi maqom. Stratifikatsion tizimda alohida
shaxs yoki guruhning ijtimoiy mavqeini bashorat qilish odamning xulqini, uning
konkret voqealaga reaktsiyasini, ijtimoiy ziddiyatlarga munosabatini va boshqa
ko’plab masalalarni prognozlashtirish imkonini beradi.
Stratifikatsiya nazariyasi – bu hayotdagi xilma xillikni tushuntirishga
asosdir. Nega puli bor odamlar metsenatga aylanadi? Nega universitet professorlari
ishlab chiqarishga ketib qolishadi? Nega Rossiyada aralash oilada tug’ilganlar
o’zlarini rus, O’zbekistonda tug’ilganlar esa o’zbek deb yozdirishadi? Nega
shaharliklar viloyatliklarga past nazar bilan qarashadi?
Shunday qilib, ijtimoiy – sinfiy struktura tahlili zamonaviy sotsiologik
nazariyaning muhim qismi, shuningdek, ijtimoiy amaliyot uchun nazariy asos
sanaladi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling