Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
Sociology: The Essentials, Sixth Edition Margaret L. Andersen and Howard F. Taylor. R.107.
20 Introduction to Sociology. R.38. 21 Sociology: The Essentials, Sixth Edition Margaret L. Andersen and Howard F. Taylor R.109. eta boshladi va u totalitar davlatlarga qarama-qarshi bo’lgan ijtimoiy andoza sifatida talqin qilina boshlandi. Fuqarolik jamiyati shaxs uchun keng imkoniyatlar yaratib, unda har bir Shaxs boshqalar bilan birlashishi yoki boshqalar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Fuqarolik jamiyati shu tarzda inson ulug’vorligini yuksaklikka ko’taradi. Hozirgi zamon rivojlangan mamlakatlarida barpo etilgan fuqarolik jamiyatlari to’g’risidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan bo’lsak, u holda fuqarolik jamiyati bu: - avvalo, jamiyatning hayotiy faoliyatini iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida ixtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang’ich nodavlat tizimlarini o’z ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir; - ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy, ma’naviy, axloqiy, diniy, ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir; - uchinchidan, erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarning turli davlat organlari tazyiqlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyat bo’lib, unda ular o’zligini namoyon qilishlari uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Shu bilan bir qatorda, hozirgi davrda fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari shakllandi. Bular asosan quyidagilardan iborat: Iqtisodiy sohada: nodavlat tashkilotlar; kooperativ- Shirkatlar; ijara jamoalari; aktsiyadorlik jamiyatlari; uyushmalar; korporatsiyalarning mavjudligi. Ijtimoiy sohada: oila; partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar; ish va yashash joylaridagi o’zini o’zi boshqarish organlari; nodavlat ommaviy axborot vositalari; jamoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning zamonaviy Shakllari, ijtimoiy ixtiloflarni kuch ishlatmasdan, tazyiqsiz, qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining mavjudligidir. Ma’naviy sohada: so’z, vijdon va fikrlar erkinligi; o’z fikrini ochiq bildirishning real imkoniyatlari; ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham qonuniy, ham amaliy jihatlardan ta’minlanganligi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatining barqarorligini ta’minlovchi shart- sharoitlar ham borki, ularsiz bu jamiyatning institutlari rivojlanmaydi. Bular jumlasiga jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlarning turlicha manfaatlarini ifoda etuvchi rivojlangan ijtimoiy strukturalar mavjud bo’lishi lozimligi kiradi. Qolaversa, jamiyat a’zolarining to’la mustaqillik bilan faoliyat ko’rsata olish qobiliyati, ularning eng rivojlangan darajadagi ijtimoiy, intellektual, ruhiy jihatlardan yuksalishi sodir bo’lishi ham taqozo qilinadi. So’nggi shart-sharoit esa har bir fuqaroning o’z mulkiga ega bo’lishi, bu mulkni o’zi istagan tarzda tasarruf qila olishi uchun uning Shaxsiy yoki jamoaviy huquqi ta’minlagan bo’lishi lozimligidir. Fuqarolik jamiyatining belgilari, mezonlari va institutlarini tasavvur qila olgan har bir kishiga ko’rinib turibdiki, bunday demokratik jamiyatning asosini o’zini o’zi boshqarish va jamoat tashkilotlari o’zaro munosabatlarining majmuasi tashkil qilar ekan. Fuqarolik jamiyatida davlat va hukumatning alohida o’z vazifalari, nodavlat va jamoat tashkilotlarining esa alohida o’z vazifalari bo’ladiki, ular bir-birini to’ldirib, yuksak rivojlangan demokratik jamiyatning yashovchanligini ta’minlaydi. Davlatning ham, nodavlat tashkilotlarning ham o’z harakat doirasini o’zlari uchun belgilagan faoliyati u yoki bu tomonga ozgina o’zgarganda ham bunday ijtimoiy-siyosiy muvozanatlar buzilib, demokratik me’yordan chekinish yoxud Chetga chiqib ketish ro’y berishi mumkinligini asrimizning so’nggi davrdagi rivojlanish amaliyoti ko’rsatdi. Fuqarolik jamiyati insonlardagi o’zini o’zi anglash, ularning ob’ektiv ravishdagi mas’uliyat hissini sezish qobiliyatining yuksalishiga hamohang ravishda shakllanib boradi. Bu jamiyatda shakllangan mamlakatlar fuqarolari siyosiy, axloqiy va huquqiy madaniyatlari darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining asosi – jamoat tashkilotlaridir. Va shu bilan bir qatorda, fuqarolik jamiyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri – nodavlat tizimidagi barcha jamoat tashkilotlariga a’zolikning ixtiyoriy Shaklda bo’lishidir. Bu qoida, birinchidan, shu jamiyatdagi demokratiyaning yuqori darajasini namoyon qilsa, ikkinchidan, jamiyat a’zolarining ijtimoiy ongi va faolligi yuksakligini bildiradi. Qolaversa, har bir fuqaro o’zi kirmoqchi bo’lgan tashkilot faoliyatida o’z manfaatlari va ehtiyojlariga mos maqsadlarga erishishiga ishonch hosil qilganidan so’nggina shu tashkilotga ixtiyoriy ravishda a’zo bo’la oladi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling