Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

16-mavzu. JAMIYAT VA IQTISOD
REJA
1. Jamiyat tushunchasi
2. Jamiyat belgilari
3. Jamiyatning iqtisodiy sohasi
4. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
5. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar 
6. Iqtisodiyot va jamiyatning o’zaro bog’liqligi
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz siyosati, iqtisodiy va ma’naviy hayotida
amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni o’rganish, ularning natijalarini
sarhisob qilish, to’plangan tajribalarni umumlashtirish asosida vaziyat tahlilini
berish Shu kunning dolzarb vazifalaridan bo’lib qolmoqda.
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasi o’z oldiga huquqiy davlat
qurish maqsadini qo’yganligini e’lon qildi. Lekin, bu bir zumda va o’z-o’zidan
bo’lib qolmaydi, albatta. Ma’muriy byurokratik tizimning emirilishi mustaqil
O’zbekistonning jahon maydoniga chiqishi, bozor iqtisodiyoti munosabatlari tarkib
topa borishi ham bu masalani dolzarb qilib qo’ydi. Biz istiqlol tufayli o’zbek
xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga ega bo’ldik. 
O’zbekiston tinch parlament yo’li bilan o’zining haqiqiy milliy
davlatchiligini barpo etish huquqiga erishdi. Mustaqil O’zbekistonning o’ziga xos
va mos davlat-huquqiy yo’li tanlab olindi. Davlat qurilishi sohasida tanqidiy nuqtai
nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo’q. Dunyoda bir-biriga
aynan o’xshagan ikkita davlat yo’q. Har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir. U
har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilidir. Uning o’ziga xos,
o’ziga mos madaniyati rivojining natijasidir.
Jamiyat – bu odamlar birlashuvining hamma shakllari va ularning o’zaro
aloqalari va o’zaro ta’sirlarining hamma usullari majmuidir. Jamiyat har qanday
murakkab bir butun hodisa va tizim sifatida o’z tuzilishi, strukturasiga ega. Bu
struktura qanday degan savolga faylasuflarning bir emas bir qancha avlodlari javob
topishga harakat qilishgan. Qadimgi sharq faylasuflari fikricha, jamiyat bir butun
bo’lgani bilan bir turdagi ob’ekt emas.
Jamiyat tushunchasining eng oddiy ta’rifi bu – kishilarni muayyan hudud va 
madaniyat asosida birlashtiradigan guruhdir. jamiyat bu nafaqat kishilarni 
birlashtirgan guruhlar va ularning madaniyati, balki yana u kishilar va institutlar 
orasidagi munosabatlar tizimidir. Kishilik jamiyati madaniyatga egadir va 
madaniyat faqat qaerda jamiyat bo’lsa, u o’ Sha erda faoliyat ko’rsatadi
1
.
Ma’lumki, insonlar bir-biridan alohida yashay olmaydilar. Inson o’z
tabiatiga ko’ra jamiyatning bir bo’lagidir. Masalan, biron kechada birga ishtirok
etayotgan do’stlar, badiiy adabiyot ixlosmandlari, kitobsevarlar jamiyatlari va
1
Introduction to Sociology. – R.31.


boshqalar Shular jumlasidan. P.A.Sorokin ta’kidlaganidek, jamiyat tarkib topishi
uchun kamida ikkita odam o’zaro aloqada bo’lishi kerak
2

Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki
yo’nalishda rivojlanib keldi. 
Birinchi yo’nalish: O.Kontdan boshlab, frantsuz sotsiologi E.Dyurkgeym
orqali rivojlantirilgan va nemis olimlari M.Veber, F. Tyonnis va boshqalar,
keyinchalik esa amerikaliklar: P.A.Sorokin, T.Parsons, R.Merton kabi
sotsiologlarning ta’limotlarini o’z ichiga oladi. Bu yo’nalishda sotsial tizim
o’zgarishi tashqi kuchlar ta’siri orqali tushuntirilib, ko’proq psixologik omillarga
e’tibor berilgan.
Ikkinchi yo’nalish: materialistik sotsiologik ta’limot bo’lib, unda sotsial
tizim ichki ziddiyatlar asosida ichki kuch ta’siri orqali tushuntirilib, moddiy
munosabatlarning belgilovchi roliga asosiy e’tibor qaratilgan.
Umumiy qarashlar doirasida fikrlasak, jamiyat – bu odamlar jamoasi, guruhi
va yig’indisidir. Biroq, jamiyat Shunchaki bir guruh odamlar jamoasi emas. Bu
Shunday guruhki, unda odamlar o’zaro yaqin aloqada bo’lib, uzviy va barqaror
munosabatlarga kirishadi. Bundan kelib chiqadiki, jamiyat unda yashab turgan
insonlarning umumiy tomonlarini o’zida namoyon etadi.
Jamiyat deganda, muayyan tarixiy, madaniy, ijtimoiy va boshqa o’ziga xos
qirralari mavjud bo’lgan makon tushuniladi. Jamiyatga aynan Shunday ta’rif
bergan amerikalik sotsiolog N.Smelzer jamiyatni ma’lum geografik Chegaralari,
qonunchilik tizimi, ma’lum bir milliy (sotsial-madaniy) qadriyatlarga ega bo’lgan
aholi, ya’ni odamlar birlashmasi
3
, deya qayd etadi.
Jamiyat – bevosita mamlakatning ijtimoiy tuzilishini o’zida aks ettiradi va
shuning uchun ham sotsiologiyada markaziy o’rin egallaydi. Shunday qilib,
sotsiologiyada sotsial tizim, jamiyat sifatida ijtimoiy Shakllanish tarixi, o’zaro
aloqalari va munosabatlari umumiy bo’lgan odamlar guruhi tushuniladi. 
Hozirgi davrning taniqli faylasuflari R.Aron, D.Bell, P.Blau, A.Giddens,
R.Darendorf, G.Zimmel, F. Znanetskiy, T.Kun, K.Levi-Stross, K. Manngeym, R.
Merton, X.Ortega-i-Gasset, K.Popper, P.A.Sorokin, E.Fromm, K.YAspers va
boshqalar jamiyat to’g’risidagi o’ziga xos fikrlarini bildirganlar. Ko’pchilik
mutafakkirlar jamiyatning mohiyati bir yoki bir nechta asosiy printsip orqali
tushuntiradilar. Masalan, O. Shpannda bu printsip – birbutunlik, O.Tofflerda –
plyuralizm, U.Rostouda – bosqichma-bosqichlik, K.Popperda – ochiqlik,
R.Mertonda – universallik. Lekin, masalaga jiddiy qarovchi faylasuflar hatto
o’zlarining printsiplarini ham mutlaqlashtirmaydilar. Masalan, K.Popper ochiqlik
printsipi to’g’risida shunday deb yozadi: «Ochiq jamiyatlar... hali
mukammallikdan yiroqda..., balki avlodlarimiz bir necha yuz yillardan so’ng
axloqiy jihatdan bizdan ancha o’tib ketsalar kerak. Bularning barchasi ro’y berishi
mumkin deb hisoblasam-da, shunga qaramay, yana qaytaraman: hozirgi davrda biz
yashab turgan ochiq jamiyatlar – qachonlardir mavjud bo’lgan jamiyatlarning eng
2
Sorokin P.А. CHelovek. TSivilizаtsiya. Obshestvo / Per. s аngl. – M.: Politizdаt, 1992. – S. 33.
3
Volkov Ю.G. Sotsiologiya: Kurs lektsiy. – Rostov nа-Donu: Feniks, 1999. – S. 132.


yaxshisi, eng erkin va adolatlisi, o’z-o’zini tanqid qiluvchi va islohotlarni eng tez
qabul qiluvchilardir»
4
.
Jamiyatning birinchi belgisi bu – sotsial aloqalar sodir bo’ladigan hududdir.
Hudud – bu individlar o’rtasidagi munosabatlar Shakllanib, rivojlanadigan kenglik
asosidir. Jamiyatlarni bir-biridan farqlab turadigan yana bir muhim jihat – ichki
o’sib boruvchi sotsial munosabatlardir, o’zaro muvofiqlashgan ijtimoiy faoliyat
tizimidir.
E.Dyurkgeym jamiyatni bir yaxlit jamoa tasavvurlari, maqsadlari, his-
tuyg’ulari, dini umumiy bo’lgan insonlar guruhi, deb ta’kidlaydi. Bu uyg’unlikda
jamoa ongi individ xudbinligiga qarama-qarshi holatda namoyon bo’ladi
5

M.Veber esa bu uyg’unlikni sotsial omillar bilan bog’laydi
6
. T.Parsons va
R.Merton ta’limotlarida: «Jamiyatda odamlarni ustqurmaviy me’yorlar,
qadriyatlar, hayotiy faoliyatda amal qilinadigan barcha omillar birlashtiradi, –
deyiladi. E. Shilz jamiyatni markaziy hokimiyat, hududiy yaxlitlik va markaziy
boshqaruvga hamohang tushunchalar bilan bog’liq tarzda o’rganadi
7
.
Jamiyatning uchta o’ziga xos belgisi bor. Bu sifatlar uning mustaqilligini
belgilovchi, o’zini o’zi boshqarish darajasini bildiradi. Jamiyatning mustaqilligi
uning a’zolariga o’z ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat yaratib berishi, tor
darajadagi kasbiy faoliyat bilan Shug’ullanishi, madaniyat, fan va boshqa
sohalardagi yutuqlar bilan tanishishi, o’z vazifalarini ado etishi uchun Shart-
sharoitlar yaratishida namoyon bo’ladi. Bu imkoniyatlar insonlarga o’z
maqsadlariga erishishda yangilik va qulaylik yaratib beradi.
Jamiyatning to’rtinchi farqli belgisi shuki, u muvofiqlashish xususiyatiga
ega. Har bir yangi avlod jamiyatda ijtimoiy Sharoitlarga muvofiq Shakllanadi. Bu
yo’nalishda yangicha ijtimoiy ta’lim, turli me’yorlar institutsional tarzda rivojlanib
boradi. Shu bilan bir vaqtda odamlarga azaldan urf bo’lib qolgan an’analar, axloqiy
me’yorlar ta’siri saqlab qolinadi.
Jamiyat har qanday murakkab bir butun hodisa va tizim sifatida o’z tuzilishi,
strukturasiga ega. Bu struktura qanday degan savolga faylasuflarning bir emas bir
qancha avlodlari javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi sharq faylasuflari
fikricha, jamiyat birbutun bo’lgani bilan bir turdagi ob’ekt emas. Miloddan avval
IV asrda yashagan xitoy faylasufi Chjuan-tszi ta’kidlashicha, «nimaiki turli-
tumanlikdan mahrum bo’lsa, turli-tumanlik bo’lgan joyda paydo bo’ladi»
8
.
Antik davrda jamiyat strukturasi muammosiga ikki xil yondashuv
Shakllangan edi. Birinchi yondashuvga asosan, jamiyat – tegishli ichki strukturaga
ega bo’lgan tabiiy tuzilmadir. Ikkinchi qarashga asosan, jamiyat yashash va
boshqarish oson bo’lishi uchun sun’iy ravishda tizimga solingan. Birinchi nuqtai
nazarni Arastu, seneka, ikkinchisini – Aflotun, Epikur, Lukretsiy Kar qo’llab
quvvatlaganlar.
4
K.Popper. Otkritoe obshestvo i ego vrаgi. – M., 1992. – B.15.
5
O’shа аsаr. – S. 136.
6
Veber M. Izbrаnnoe proizvedenie. – M.:Progress, 1990. – S. 509.
7
Values, motives and systems of action {Talcott Parsons, Edward A. Shils with the assistance of James Olds)// 
Toward a General Theory of Action, – p. 47-109.
8
Rаzzoqov А., Toshmаtov SH., O’rmonov N. Iqtisodiy tаъlimotlаr tаrixi. -Toshkent: «Moliya», 2002.


O’rta asr Sharqida Arastuning qarashlari keng tarqalib, jamiyat
strukturasining tabiiyligi tan olingan. YAngi davrda «ijtimoiy Shartnoma» (bitim)
nazariyasiga asoslangan ikkinchi nuqtai nazar keng tarqalgan. Unga ko’ra odamlar
«tabiiy holat»da mutlaq teng, ozod, o’ziga to’q bo’lib, jamiyatning o’zi esa, hech
qanday strukturaga ega emas. Faqat ijtimoiy bitim tuzilgandan keyingina jamiyat
strukturaga ega bo’ladi. Bu holat J.–J. Russo (1712-1779) tomonidan yaqqol
ko’rsatib berilib, uning fikricha oliy hokimiyat – jamiyatning «boshi», qonun va
urf-odatlar – «miyasi», savdo, sanoat, qishloq xo’jaligi esa – hazm qilish tizimi,
moliya esa – «qoni»dir va boshqalar
9
.
Ilmiy sotsiologiyaning asoschilaridan biri ingliz faylasufi Gerbert spenser
(1820-1903) har qanday jamiyatning asosida yotadigan uchta asosiy tizimni
ajratgan: a) tartibga soluvchi; b) yashash vositalarini ishlab chiqaruvchi; v) bo’lib
beruvchi. Sotsium qancha rivojlangan bo’lsa, uning tuzilishi shuncha murakkab
bo’ladi. «Bir xillikdan ko’p xillikka o’tish bir butun tsivilizatsiya taraqqiyotida
ham, har bir qabila taraqqiyotida ham kuzatiladi»
10

Turli falsafiy, sotsiologik maktablar va yo’nalishlar jamiyat strukturasi
to’g’risida o’z variantlarini tavsiya etganlar. Ijtimoiy birbutunlikka kiruvchi
mustaqil tizim va kichik tizim sifatida madaniyat (I.Gerder, O. Shpengler,
K.YAspers), san’at (G.Lessing, I.Ten, J.M.Gyuyo), iqtisodiyot (N.Smelser, U.Mur,
T.Veblen), din (E.Dyurkgeym, M.Veber, T.Lukman), shuningdek, fan, texnika,
huquq, til, ekologiya, ommaviy axborot vositalari va boshqalar tavsiya qilingan
edi.
Hozirgi zamon jamiyat falsafasida ijtimoiy struktura kontseptsiyalari etakchi
o’rinlardan birini egallaydi. Ulardan L.Altyusserning strukturalizmini,
E.Giddensning strukturatsiya nazariyasini,
P.Sorokinning stratifikatsiya
kontseptsiyasini, K.Levi-Strossning genetik antropologiyasini, Goldmanning irsiy
strukturalizmini, R.Mertonning tuzilmali funktsionalizmini aytib o’tish mumkin
11
.
Vaqt o’tishi bilan jamiyat tuzilmasida to’rtta asosiy sohalar ajralib chiqdi:
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalar. Shuni ta’kidlash kerakki, «ijtimoiy
hayot sohasi» tushunchasi o’rniga «ijtimoiy struktura» yoki «siyosiy hayot» kabi
tushunchalar ishlatiladi. Ularni sinonim tushunchalar desa ham bo’ladi. Lekin,
fanda ko’proq «soha» tushunchasi qo’llaniladi.
Iqtisodiy sohaga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. U tor ma’noda
«turli predmet va xizmat turlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va
iste’mol qilish» deb tushuniladi
12
. Shu ma’noda aytish mumkinki, «jamiyatning
iqtisodiy soha»si tushunchasi «bazis» tushunchasiga mos keladi. Keng ma’noda
esa iqtisodiy soha deganda barcha ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tushuniladi:
ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish
munosabatlarining birligi, shuningdek iqtisodiyotning o’zaro aloqadorligi va
o’zaro ta’sirlari yig’indisi. O’ta keng kategorial ma’noda sotsiumning iqtisodiy
9
Russo J.J. Trаktаti. – M., 1969. 113-b.
10
Spenser G. Sinteticheskаya filosofiya. – Kiev, 1997. 42-b.
11
Rаzzoqov А., Toshmаtov SH., O’rmonov N. Iqtisodiy tаъlimotlаr tаrixi. –Toshkent: «Moliya», 2002.
12
Sotsiаlnаya filosofiya. – M., 1995. – 36-b.


sohasi «tabiat bilan insonlar o’rtasida individ va kishilar guruhining ongli faoliyati
orqali o’zaro aloqalarini» aks ettiradi
13

Iqtisodiy soha asosida insonning ishlab chiqarish va mehnat faoliyati yotadi.
Uning zarurligi insonning ehtiyojlari hayvonning ehtiyojlaridan tubdan farqlanishi
bilan belgilanadi. Inson rivojlanishi bilan tabiatdan ajraladi. Bu jarayonda esa,
jamiyatning iqtisodiy sohasi taraqqiyoti muhim rol o’ynaydi. «Xususiy mulk»
tushunchasi iqtisodiy tushunchalarning eng muhimlaridan hisoblanadi.
Jamiyatning iqtisodiy sohasida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish
munosabatlari muhim tuzilmaviy qismlari hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar
kishilar o’rtasida ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish va ne’matlarni iste’mol
qilish jarayonlarida shakllanadigan iqtisodiy munosabatlardir. Ishlab chiqarish
kuchlariga moddiy ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan «sub’ektiv
(inson) va moddiy (texnika va mehnat qurollari) elementlar tizimi kiradi»
14

Hatto eng yuqori darajadagi texnika va texnologiya rivojiga qaramay, baribir
moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy qadriyatlarni yaratuvchi inson ishlab
chiqarishning asosiy omili bo’lib qoladi. Fanning bevosita ishlab chiqarish kuchiga
aylanganligi insonga, ishchiga qo’yiladigan talablarni qayta ko’rib chiqishni
taqozo qiladi. Hozirgi davrda ishchi nafaqat o’zining malakali kasbi, hunariga ega
bo’lishi kerak, balki u doim o’zining malakasini oshirib, bilimlarini
Chuqurlashtirib borishi kerak. Masalan, YAponiyada yaqin kelajakda umumiy,
oliy ta’lim tizimiga o’tish mo’ljallangan, Chunki ishchilarga nisbatan talablar
kuchayib ketgan.
G’arb ijtimoiy falsafasi (T.Parsons, N.Smelzer, U.Mur va b.) iqtisodiy
hayotni tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog’liq rollar va maqomlar tizimi
sifatida ko’rib chiqadi. Ko’plab ijtimoiy falsafiy nazariyalar doirasida iqtisodiyot
bazis, jamiyat asosi, fundamenti sifatida ko’rilmaydi. Uning asosi sifatida
madaniyat, tsivilizatsiya, huquq, axloq, din va boshqalar qo’yiladi. Iqtisodiy soha
esa sotsiumning oddiy kichik tizimi sifatida yoki oddiy ijtimoiy institut (ta’lim,
sog’liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari) bilan bir qatorda talqin qilinadi.
Jamiyatda iqtisodiyot alohida ahamiyatga ega. Hozirgi zamonda sobiq
sotsialistik jamiyatlarni isloh etishda «bozor munosabatlarini izchil rivojlantirishga
o’tish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy mulkning, shaxsiy faollikning xilma-
xilligi» muhim elementlardan hisoblanishi bejiz emas
15
.
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo’naltirilgan boshqaruvga asoslangan
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
bozor munosabatlariga o’tishning o’z modeli, o’ziga mos yo’lini ishlab chiqqan.
Bu yo’lning bir qismini Respublika bosib o’tdi. Islohotlarning birinchi bosqichida
(1991-1994) yangi tuzumning poydevorini tayyorlash vazifasi hal etildi, yangi
iqtisodiy tuzumning huquqiy asoslari yaratildi, aholi tomonidan tanlangan yo’lning
to’g’ri ekanligini tushunish, faqat bozor iqtisodiyotiga o’tishgina kelajakdagi
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, jamiyatni demokratlashtirishning, har bir
Shaxs uchun munosib yashash Sharoitlarini yaratishning asosi ekanligini
13
Filosofiya. M., 1995. 209-b.
14
Krаpivenskiy S.E. Sotsiаlnаya filosofiya. – M., 1998. – 95-b.
15
Milliy istiqlol ғoyasi: аsosiy tushunchа vа tаmoyillаr. – Toshkent, 2001. 49-b.


tushuntirish vazifalari bajarildi. Odamlarning va xo’jaliklarning yangi sharoitlarga
sekin-asta moslashish jarayoni kuzatildi. 
Keyingi bosqichda xususiy mulkchilik plyuralizmiga asoslangan ko’pukladli
iqtisodiyotni shaklllantirish vazifasi bajarilmoqda. Buni amalga oshirish uchun
iqtisodni sekin-asta va bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, keyin esa ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi
davlat mulkini aktsiyalashtirish amalga oshirila boshladi. Qishloqlardagi
xo’jaliklarda ham keng miqyosda islohotlar olib borilmoqda
16

Islohotlarning bugungi bosqichida iktisodiyotning ko’pukladli turi
shakllanib bormoqda. Unga xususiy mulkchilikning turli shakllari plyuralizmi –
davlat va nodavlat (xususiy, aktsionerlik, jamoa, kooperativ mulki), shuningdek
qishloq xo’jaligining dehqon-fermer sektoridagi ijaraviy mulki ko’proq xosdir. Shu
bilan bir qatorda davlat hanuzgacha ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yo’qotmagan
holda barqarorlik, himoya va adolat kafolati rolini o’ynashda davom etmoqda.
Shunga ko’ra, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichi o’zgarib borayotgan
Sharoitlarga to’liq javob bera oladigan talab va printsiplarni amalda qo’llashni
talab qiladi.
Mustaqil taraqqiyotning birinchi o’n yilligi natijalari asosida islohotlarni
Chuqurlashtirish dasturi qabul qilingan edi. Unda iqtisodiyotni erkinlashtirishni
davom ettirish va chuqurlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, iqtisodiyotda xususiy mulkchilik ta’sirini kuchaytirish, kichik va
o’rta biznes tadbirkorlariga erkinlik va imtiyozlarni ko’paytirish kabilar nazarda
tutilgan. 
Bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot,
fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan Shug’ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni
iste’mol qilishlari, kiyinishlari va turli xil xizmatlardan bahramand bo’lishlari
kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan
iborat hayotiy vositalar zarur. 
Kishilar bunday hayotiy vositalarga ega bo’lishi uchun turli sohalarda
faoliyat ko’rsatadi. Insonning bu turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ularning
yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab
chiqarish hamda xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. 
Kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni
ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan
bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat
deb ataladi
17

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy Shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y
bergan. Shuning uchun iqtisodiyot deganda uy xo’jaligi va uni yuritish qonun-
qoidalari tushunilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy xo’jaligi doirasi
bilan cheklanib qolmaydi, balki yirik xususiy va jamoa xo’jaliklari, hissadorlik
jamiyatlari, davlat xo’jaliklari, moliya va bank tizimlari, xo’jaliklararo,
16
Vаxаbov А.V., Xudyakovа N.K. Mejdunаrodnie vаlюtno-kreditnie i finаnsovie otnosheniya. Uchebnoe posobie v 
2-x ch. – Tаshkent, 2003.
17
Ekonomicheskаya teoriya. Uchebnik dlya studentov visshix uchebnix zаvedeniy. Pod red. V.D.Kаmаevа, 8-oe
izdаnie. – M.: VLАDOS, 2013.


davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, qo’shma korxonalar, hamda
ular o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan iborat bo’lgan, juda murakkab organizm
hisoblanadi. 
Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hamda ularni tartibga soluvchi
mexanizmlar va turli darajadagi muassasalarning ma’lum darajada tartibga
solingan tizimidir
18
. Boshqacha aytganda iqtisodiyot - bu zaruriy hayotiy ne’matlar
yaratish yo’li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo’jalik
tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo’g’inlar va
umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo’ladi
19

Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-iqtisodiy va
tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish,
jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib
ko’rsatish mumkin. 
Iqtisodiyot doirasida moddiy boyliklarni, ya’ni jamiyat uchun zarur bo’lgan
ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro’y beradi. Iqtisodiy fanda takror
ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan turlarga ajratiladi.
Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish
tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me’yorda, o’zgarmasdan va
kengaytirilgan turida esa kengayib borish tartibida takrorlanadi
20

Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab chiqarish
- ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining
birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang’ich bo’g’ini ishlab
chiqarish jarayonidir. Chunki, hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda
yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va
nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo’lmaydi. 
Ikkinchi muhim bosqich taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, ishlab
chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari,
tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a’zolari o’rtasida
taqsimlanadi. 
Ayirboshlash jarayoni yaratilgan ne’matlar va boyliklarning ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilarini bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. Bunda ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa ya’ni – ayirboshlash
jarayoni pul vositasida amalga oshiriladi. 
Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir. Bu
jarayonda tovarlar va xizmatlar o’zlarining pirovard iste’molchilarini topadi hamda
turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Iste’mol ikki turga bo’linadi: unumli
va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab chiqarish
jarayonida foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol buyumlari shaxsiy
iste’mol jarayonida foydalaniladi, va shu orqali ularning o’rniga yangisini ishlab
chiqarish zaruriyati paydo bo’ladi
21
. Shunday qilib, tovarlar, xizmatlar va
18
SHodmonov SH., Аlimov R., Jo’rаev T. Iqtisodiёt nаzаriyasi. O’quv qo’llаnmа. –Toshkent: Moliya, 2002.
19
Ioxin V.YA. Ekonomicheskаya teoriya. – M.: Ekonomistъ. 2005.
20
Ekonomicheskаya teoriya. Uchebnik. Pod obshey red. prof. V.I.Vidyapinа, G.P.Jurаvlevoy. – M.: REА, 2012.
21
Ekonomicheskаya teoriya. izd.ispr. i dop. Pod.obsh. red. аkаd. V.I.Vidyapinа, А.I. Dobrininа, G.P.Jurаvlevoy,
L.S.Tаrаsevichа. -M.: INFRА-M, 2013.


resurslarning harakati doimo to’xtovsiz takrorlanib uzluksiz yangilanib turadigan
jarayondir. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling