Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
jаrаёni Isteъmol jаrаёni Аyirбoшlаш jаrаёni bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning hoxish irodasiga bog’liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shart-sharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin, iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, xatti -harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo’ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, ulardan o’zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo’ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo’jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi 22 . Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo’lib, tarixiydir va o’zgaruvchandir, Chunki u kishilarning faoliyati bilan bog’liq bo’lib kishilik jamiyati mavjud bo’lganda paydo bo’ladi va amal qiladi. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Umumiqtisodiy qonunlar – kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o’sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteri va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar; 2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar – insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo’lgan davrlarda mavjud bo’ladi. 3. Maxsus o’ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim Sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarning mazmunini ham ochib beradi. Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiynazariy tushunchadir. Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko’p va xilma- xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo’la oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy tushunchalar, iqtisodiy hodisalarning mazmunini ifoda etadi. Bir iqtisodiy qonun ikki yoki bir nechta ilmiy tushunchalar bo’lishi mumkinki, ularni bilmasdan turib Shu iqtisodiy qonunning mazmunini tushunish va uning tabiatini bilish ancha qiyin. Masalan, talab qonuni mohiyatini bilib olishimiz uchun baho va talab tushunchalari mazmunini bilishimiz zarur bo’lsa, 22 Rаzzoqov А., Toshmаtov SH., O’rmonov N. Iqtisodiy tаъlimotlаr tаrixi. -Toshkent: «Moliya», 2002. tovar, pul, qiymat, baho, mehnat, kabi tushunchalarning mazmuni bilan tanish bo’lgandan keyin , qiymat qonunini tushunib olish mumkin. Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi. Iqtisodiyot jamiyat hayotining muhim sohalaridan biri bo’lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o’zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida turli ne’mat va vositalarni ishlab chiqaradilar va o’zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar. Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi. Sobiq totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida siyosat iqtisodiyotdan ustun bo’lib, uning rivojlanish yo’nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-kooperativ mulkchilik Shakllaridan iborat umumxalq mulki tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig’iga ega bo’lib, iqtisodiyotda yakka hokimlikni o’rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan ma’muriy- buyruqbozlik asosida boshqarib borar edi. Jamiyat a’zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan Shug’ullanish qonun bilan man etilgan edi. Bunday faoliyat bilan Shug’ullanganlar Chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar. Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganligi tufayli, mehnat motivatsiyasi sust. Pirovard natijada sobiq ittifoq Chuqur tanazzulga uchradi. Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo’lish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat Sharoitlarida ishlash, o’zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin Shug’ullanish hamda shunga muvofiq Cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo’lish kabi huquqlarini amalga oshirishni faqat ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir. Mustaqillikka erishgan O’zbekiston ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil Shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk Shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab- baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi 23 », deb belgilab qo’yilgan. Amaldagi islohotlarning asosiy maqsadi haqida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: «Barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat Sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat 24 », deb ta’kidlagan edi. 23 O’zbekiston Respublikаsining Konstitutsiyasi.–Toshkent: O’zbekiston, 2003. – B.11. 24 Kаrimov I.А.. O’zbekiston buюk kelаjаk sаri. –Toshkent: O’zbekiston, 1998. – B.281-282. Erkin ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bo’lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk Shakllari va xo’jalik yuritish usullarining xilma-xil bo’lishida o’z ifodasini topadi. Shu boisdan ham ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti o’z mohiyatiga ko’ra ko’p ukladli poliiqtisodiyot bo’lib, unda turli mulk Shakllari va xo’jalik ukladlarining teng huquqliligi, muvozanatda bo’lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta’minlanadi. Demokratik jamiyatga monand demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o’z ifodasini topadi: 1) xususiy mulk; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) Shaxsiy manfaatning inson xatti-harakatining bosh motivi ekanligi; 4) raqobat; 5) erkin narx tizimi; 6) davlatning iqtisodiyotga aralashuvining Cheklanganligi. Harakatlar strategiyasida 25 iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda liberallashtirishga oid belgilangan chora-tadbirlar ro’yobga chiqarilishi, o’z navbatida, mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirishda muhim o’rin tutadi. Chunonchi, iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash hamda iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, etakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga e’tibor qaratilgani diqqatga molik. Butun xalqimiz, ayniqsa, uning eng faol qatlamiga aylanib borayotgan tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, ularni qo’llab-quvvatlash, huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar, shubhasiz, oilalar farovonligini ta’minlash bilan birga, yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu hujjatda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, eksportga mo’ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy printsiplari hamda mexanizmlarini joriy qilish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish bilan bog’liq vazifalar aks etgani muhim jihatlardan biri bo’lib, uning ijrosini ta’minlash har birimizdan katta mas’uliyat talab qiladi. Albatta, bunda ijtimoiy Sheriklik munosabatlaridan oqilona foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Bular mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish orqali xalqimizning hayotdan rozi bo’lib, baxtli-saodatli umr kechirishi uchun mustahkam zamin yaratadi. 25 O’zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo’yichа Hаrаkаtlаr strаtegiyasi to’ғrisidа O’zbekiston Respublikаsi Prezidentining Fаrmoni. (O’zbekiston Respublikаsi qonun hujjаtlаri to’plаmi, 2017 y., 6-son, 70- moddа) . – Toshkent, 2017. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling