Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-mavzu. JAMIYAT VA DAVLAT REJA 1. Sotsiologiyada davlat bilan jamiyatning o’zaro nisbati.
Tayanch iboralar: Jamiyat, jamiyatning iqtisodiy hayoti, moddiy ishlab
chiqarish, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari, mulk, texnika, texnologiya, bozor iqtisodiyoti. Nazorat savollari: 1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz? 2. Jamiyat tushunchasini kim birinchi bo’lib o’rgangan? 3. Jamiyat belgilari nimalardan iborat? 4. Iqtisodiy kategoriyalar nimalardan iborat? 5. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi nima? 6. Iqtisodiyot va jamiyatning o’zaro bog’liqligi nimalarda namoyon bo’ladi? 7. Iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining qaysi tub belgilarida o’z ifodasini topadi? 17-mavzu. JAMIYAT VA DAVLAT REJA 1. Sotsiologiyada davlat bilan jamiyatning o’zaro nisbati. 2. Davlat ijtimoiy institut sifatida: paradigmalar, belgilar va funktsiyalar. 3. Hokimiyat, fuqarolik jamiyati va siyosiy partiyalar. 4. Siyosiy sotsiologiya Davlat bilan jamiyatning o’zaro munosabatlari va hamkorligi sotsiologiya nazariyasi va amaliyotining eng muhim jihatlaridan biridir. Chunki insonning u yoki bu sotsiumdagi o’rni va roli, huquq va erkinliklarining ta’minlanganlik darajasi uning salohiyati va qobiliyati ro’yobga chiqishini aniqlab beradi. Masalan, O’zbekistonda o’tkazilgan keng miqyosli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitet – egamenlik, xavfsizlik va huquqiy tartibni saqlash, davlat Chegaralari dahlsizligi, qonun, inson huquqlari va erkinliklari, jamiyatda millatlararo murosaa, diniy bag’rikenglikning mustahkam poydevorini, aholi hayoti, fuqarolarning yaratuvchilik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun munosib Sharoit yaratdi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi qabul qilindi. U davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish va xavfsizlikni ta’minlash, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni nazarda tutadi 1 . Bularning barchasi mamlakatimizdagi keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladigan “davlat” va “jamiyat” atamalarining nazariy asoslarini bilib olishni taqozo qiladi. “Jamiyat” atamasini sotsiologik nuqtai nazaridan tushunib olish uchun u individlar – alohida shaxslar tarkib topishinigina aytish kifoya qilmaydi, Chunki sotsium Shakllanishida kishilarning birligi, umumiyligi, birdamligi va o’zaro aloqalari eng muhim unsurlar hisoblanadi. Kishilarning ushbu o’zaro aloqalari va munosabatlari qandaydir umumiy asosga ko’ra shakllanadi. Sotsiologiyaning turli maktablari ular qatoriga “manfaatlar”, “ehtiyojlar”, “sabablar”, “oldga qo’yilgan maqsadlar”, “qadriyatlar” va hokazolarni kiritadi 2 . Jamiyatni to’rtta asosiy sohaga bo’lib o’rganish mumkin: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy 3 . Bu ko’plab ijtimoiy hodisalar orasida yo’lni topib olishga yordam beradi. Umuman olganda, siyosiy soha Prezident, uning devoni, hukumat va Parlament, mahalliy hokimiyat idoralari, armiya, soliq va bojxona xizmatlari, ichki ishlar idoralari va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ular birgalikda davlatni tashkil qiladi. Siyosiy soha davlat tarkibiga kirmaydigan siyosiy partiyalarni ham o’z ichiga oladi 4 . Partiyalarning vazifasi qonundan belgilab qo’yilgan usullar bilan 1 O’zbekiston Respublikаsi Prezidentining Fаrmoni «O’zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo’yichа hаrаkаtlаr strаtegiyasi to’ғrisidа». O’zbekiston Respublikаsi qonun hujjаtlаri to’plаmi, 2017 y., 6-son, 70-moddа, 20-son, - 354 b. 2 Rаdugin А.А. Sotsiologiya. - M., 2003. 3 Lumаn N. Ponyatie obshestvа // Problemi teoreticheskoy sotsiologii. – SPb., 1994. 4 Bendiks R. Sovremennoe obshestvo // Аmerikаnskаya sotsiologiya. – M., 1992. aholi ba’zan manfaati o’zaro zid keladigan qatlamlarining turli-tuman siyosiy manfaatlarini ifoda qilishdir. Davlatning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga huquq va qonunga tayanish, jamiyatning me’yoriy va barqaror ishlashini ta’minlash uchun ijtimoiy jarayonlarni majburiy tartibga solish va ularni nazorat qilish kiradi. M.Veber: “Davlat tarixan o’zidan oldingi siyosiy ittifoqlar singari odamning odam ustidan hukmronligiga asoslangan munosabatdir. U vosita sifatida qonuniy kuch ishlatishga tayanadi. Shu tariqa hukmronlik qilishi uchun uning ostida bo’lgan odamlar ta’sir kuchiga ega bo’lganga (avtoritetga) bo’ysunishi kerak, ayni paytda hokimiyat tepasidagilar ta’sir kuchiga ega bo’lishga intiladi” 5 . Gap bu erda faqat qonunchilikka tayanish haqida emas, davlat hokimiyatining aholi qo’llab-quvvatlashini ta’minlab beruvchi ta’sir kuchi, obro’si haqida ketmoqda. Shu tariqa davlat jamiyatning hokimiyat, kuch va ta’sir kuchiga ega bir bo’lagi, ijtimoiy institutidir. U muayyan ijtimoiy tizimni qo’llab-quvvatlovchi resurslar va mablag’ taqsimoti uchun zarurdir. Shuningdek, davlat markaziy va jamiyatni birlashtiruvchi siyosiy institut hamdir. U oliy hokimiyat vakolatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Boshqaruv qobiliyati evaziga ijtimoiy munosabatlarni ma’lum maqsad yo’lida tartibga solib boradi. Sotsiolog P.Burde M.Veber asos solgan an’anani davom ettirib, davlatga quyidagicha ta’rif beradi: “Davlat “kapital turlari, jismoniy majburlash yoki kuch ishlatishning – armiya, politsiya, iqtisodiy, madaniy yoki to’g’rirog’i, axborot- ramziy – vositalari yig’indisidir. Ushbu yig’indi davlatni o’ziga xos metakapital egasiga aylantiradi hamda kapitalning boshqa turlari va ular egalari ustida hukmronlik qilish huquqini beradi” 6 . Davlatning boshqa institutlardan farq qiluvchi o’ziga xos xususiyatlari tarixan professional boshqaruvchilarning (amaldorlarning) paydo bo’lishi davlat hokimiyatining jamiyatdan ajralishiga, uning ijtimoiy manfaatlarga mos kelmasligiga sabab bo’ldi. Bu davlatni o’zini o’zi boshqarishga asoslangan urug’- aymoqchilik tashkilotidan ajratib turadi. Davlat hokimiyatini yurgizish muayyan tashkilotchilikni – amaldorlarning maxsus apparati, sudyalar, armiya va hokazolarni bo’lishini taqozo etadi. Zamonaviy demokratik davlat professional boshqaruv apparati bilan saylov vositada shakllantiriladigan vakillik tizimini o’zaro omuxta qiladi. Uning yana bir xususiyati suverenitet – egamenlik – muayyan makondagi oliy hokimiyatdir, ya’ni hukmronlikning unga buyruq yoki irodasini amalga oshirishga halal beradigan hech bir Shakli yo’qdir 7 . Uning aholi barcha qatlamlari uchun majburiy qonunlar Chiqarish, ularga o’zgartirishlar kiritish singari ichki suverenitet hamda davlatning tashqi nazoratdan eminlikni nazarda tutuvchi tashqi suverenitet (xalqaro munosabatlar kontekstida) ko’rinishi ham bor. 5 Veber M. Izbrаnnie proizvedeniya. Per. s nemetskogo. Sost., obsh. red. i poslesl. Dаvidovа Ю.N., - M.: Progress, 1990. 646 s. 6 Burdё P. Dux gosudаrstvа: genezis i strukturа bюrokrаticheskogo polya. http://gtmarket.ru/laboratory/expertize/2006/704 7 Brokgаuz F.А., Efron I.А. Suverenitet // Entsiklopedicheskiy slovаr // URL: http://enc-dic.com/brokgause/Suverenitet-22303.html Shu o’rinda davlatning qonunaniy kuch ishlatish va jismoniy majburlashga bo’lgan monopoliyasini alohida qayd etish lozim. Davlatning majburlash vakolatlari qamrovi erkinlikni Cheklashdan tortib, odamni jismonan yo’q qilish qadar kengdir. Majburlash funktsiyasini amalga oshirish uchun davlatning armiya, xavfsizlik xizmati, sud, prokuratura singari maxsus vosita va idoralari bor. Bunga uning aholidan soliq va to’lovlar yig’ish borasidagi monopol huquqi ham kiradi. Soliqlar boshqaruv apparatini boqish va davlat siyosatini moddiy jihatdan ta’minlash, ijtimoiy hayotni qonuniy yo’l bilan tartibga solish uchun kerak. Huquq bo’lmasa, qonunlar Chiqarilmasa, davlat jamiyatni samarali boshqarishi, qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini so’zsiz ta’minlay olmaydi. Har qanday zamonaviy jamiyatda hokimiyatning juda ko’plab sub’ektlari bor. Biroq Chiqarayotgan qarorlari fuqarolar, tashkilotlar va muassasalar uchun majburiy bo’lgan oliy hokimiyat bu – davlatdir. Faqat davlatgina ijrosi majburiy bo’lgan qonun va me’yoriy hujjatlar Chiqarish huquqiga ega. Davlatni sotsial institut sifatida ko’rib chiqishning bir qancha sotsiologik paradigmalari mavjud. Dastlabki paradigmaga ko’ra, davlat hukmron sinf (tuzumga oid) hokimiyatini mustahkamlovchi va himoya qiluvchi institut deb qaraladi. Ushbu yondashuvda davlat institutining faoliyati, avvalo, Cheklangan resurslar uchun kurashga e’tibor qaratishi zarurligi bilan doimiy ziddiyatlardan iborat bo’ladi, deb xulosa chiqarilgan. Har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga ishlab chiqarish munosabatlari va huquqning muayyan turi to’g’ri keladi 8 . Davlat turi esa davlat hokimiyatining qaysi mulkdorlar sinfiga tegishli, ya’ni ishlab chiqarish vositalari kimning qo’lida ekaniga bog’liq. Davlatning bir turidan ikkinchisiga ijtimoiy inqilob orqali o’tiladi, o’ Sha inqilob jarayonida davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati o’zgaradi. Davlatning tarixan so’nggi turi sotsialistik davlat bo’lishi, sinfsiz jamiyatga o’tish davrini tayyorlashi, so’ngra barhami topishi kerak. Tarix bunday bir tomonlama yondashuvning eskirganini yaqqol ko’rsatib berdi. Davlatning ijtimoiy institut sifatidagi tavsifining ikkinchi paradigmasi uning tuzilmasi va funktsiyasi tahlilidan kelib chiqadi. Unda asosiy e’tibor davlat siyosiy hokimiyatining ijtimoiy ziddiyatlarga emas, hamkorlikka asoslangan jihatlariga qaratiladi. Masalan, T.Parsonsning fikricha, davlatning siyosiy faoliyati sinflar o’rtasidagi resurslarni taqsimlash va ularni nazorat qilish uchun kurashdan ko’ra muvofiqlashtirish jarayonidan iborat bo’ladi 9 . V.Gumboldt, O. Shpengler, A.Toynbi, s.Xantington va boshqalar davlat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga tsivilizatsion yondashuvni taklif qilgan edi. Uning mohiyatini tavsiflashda mezon sifatida “ijtimoiy-iqtisodiy tuzum” emas, “tsivizilizatsiya” – “tamaddun”dan foydalaniladi. “Tamaddun” tushunchasi muayyan makon va vaqt Chegaralariga ega, unga rivojlangan jamiyat hayotiy faoliyatining yuksak darajada farqlanishini ta’minlovchi, shu bilan birga uning zarur integratsiyasini qo’llab-quvvatlovchi ijtimoiy-madaniy tizim sifatida qaraladi. 8 Аnderxill D., Bаrrett S. i dr. Politikа. Obsh.red.: Osаdchаya I.M. - M.:INFRА-M. 2001. 9 Parsons T. Politics and Social Structure. - NY, 1969. P.204 TSivilizatsion yondashuv nafaqat moddiy-iqdisodiy, qolaversa, davlat rivojlanishiga ta’sir etadigan geografik, dunyoqarash, diniy, ruhiy, madaniy, ma’naviy va boshqa omillarni ham hisobga olishga intiladi. Tamaddun nazariyasiga ko’ra, davlatning ijtimoiy tabiati ijtimoiy rivojlanishning faqat ob’ektiv-moddiy emas, ideal-ma’naviy, madaniy omillari bilan aniqlanishini alohida qayd etish lozim. Masalan, F.Toynbining fikriga ko’ra, jahon tarixida 26 ta tsivilizatsiya bo’lgan: Misr, Xitoy, G’arb, pravoslav, arab va hokazolar. Ularga davlatlarning muayyan turlari mos keladi 10 . Davlatning ijtimoiy institut sifatidagi quyidagi asosiy belgilari mavjud: 1) hokimiyatning davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar tizimi sifatida mavjudligi; 2) davlatning ijtimoiy funktsiyalarini amalga oshirishda rasmiy hokimiyatning alohida mexanizmlari faoliyati; 3) huquqiy me’yorlar va qonun-qoidalarning siyosiy hokimiyat tasdiqlagan tizimi; 4) ushbu hokimiyat amal qiladigan hudud, muayyan makon chorcho’pining mavjudligi; 5) boshqarilayotgan jamiyatda davlat faoliyatining ma’lum darajada qo’llab- quvvatlanishi (legitimlik) 11 . Davlat ijtimoiy institut sifatida ko’plab tizimostiga bo’linib ketgan murakkab tizimdir. Aslida davlat tuzilmasida ko’plab ijtimoiy institutlar faoliyat yuritadi. Jamiyat a’zolari hayoti davomida bevosita ularga bevosita duch keladi. Ularni shartli ravishda bir qancha yo’nalishlarga bo’lish mumkin. Birinchidan, davlat hokimiyatini yuritadigan xalq vakilligi institutlari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida davlatga quyidagicha ta’rif beriladi: “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor Shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” 12 . Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligi manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy adolat, qonuniylik printsiplarga asoslanib tashkil etishi shart. O’zbekiston fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ham bevosita, ham o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bu o’zini o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarining demokratiya printsiplari asosida tuzilishi orqali amalga oshiriladi. O’zbekistonda davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud tarmoqlariga bo’linish printsipiga asoslanadi. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi tarmog’i bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkita palatadan tarkib topgan: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va senat (yuqori palata). O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti davlat rahbaridir. Prezident davlat hokimiyati organlarining kelishgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligini 10 Toynbi А.Dj. TSivilizаtsiya pered sudom istorii. – M.: АST, 2011. – 318 s. 11 Dobrenkov V.I. Sotsiologiya. M.: INFRА-M, 2005. 12 O’zbekiston Respublikаsining Konstitutsiyasi. O’zbekiston Respublikаsi qonun hujjаtlаri to’plаmi, 2017 y., 22- son. - 406 b. ta’minlaydi. Ijro hokimiyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boshchilik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislaridan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Hokimlar rahbarlik qiladigan xalq deputatlari kengashlari viloyat, tuman va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan Shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiradigan tumanlardan tashqari) vakillik organlari hisoblanadi. Ular davlat va fuqarolar manfaatlaridan kelib chiqib, o’z vakolati doirasidagi masalalarni hal qiladi. Qo’rg’on, qishloq va ovullar, shuningdek, shahar, qo’rg’on, qishloq va ovullardagi mahallalarda fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida sud tizimi qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi. Davlatning institut sifatidagi ijtimoiy funktsiyalari birinchi navbatda jamiyatda xavfsizlik, barqarorlik va ijtimoiy tartibni ta’minlashdir. Bu davlatning birlashtiruvchi funktsiyasidir. Chunki tartib va barqarorlik ijtimoiy integratsiyaning muhim Sharti hisoblanadi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning madaniyat va ta’lim, tibbiyot, adabiyot, san’at va me’morchilikning jadal rivojlanishi, ilmiy maktablarning paydo bo’lishi, ko’plab iste’dodlarning etishib chiqishi turli omillar, jumladan, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, ammo birinchi navbatda barqarorlik saqlanishiga bog’liq ekani to’g’risidagi fikrini keltirish joiz. Binobarin, barqarorlik yo’q joyda fanning rivojlanishi haqida gapirish ortiqcha. Qachonki hammayoq tinch, barqaror bo’lsa, odamlar tinch uyquga yotadi va ertaga boshimga balo-qazolar tu Shadi, deb qo’rqmaydi. Bu to’g’riligi ko’plab asrlar davomida isbotlangan haqiqatdir 13 . Davlatning ikkinchi ijtimoiy funktsiyasiga tartibga solish va taqsimotni kiritish mumkin. Iqtisodiy bazani tashkil qiluvchi muayyan resurslar va moddiy boyliklarga ega davlat ularni iqtisodiyot, siyosat, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot kabi ijtimoiy institutlar manfaatlaridan kelib chiqib taqsimlaydi. Ushbu davlat ixtiyoridagi moddiy boyliklar va resurslarni shartli ravishda ikkita asosiy turga bo’lish mumkin: “azaldan mavjud” (er, qazilmalar, tabiiy zahiralar va h.k.) va “ishlab topilgan” (xo’jalik faoliyati, qurilish, soliq yig’imlari va hk. singari davlat faoliyati natijasida to’plangan) moddiy boyliklar va resurslar uning kuchi va qudrati asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi. Davlatning resurslari qancha ko’p bo’lsa va o’ Sha resurslarni jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib, oqilona taqsimlasa, butun boshli ijtimoiy tizim samarali ishlashi uchun Shunchalik qulay Sharoit yaratiladi. 13 Birinchi Prezident Islom Kаrimovning «O’rtа аsrlаr SHаrq аllomаlаri vа mutаfаkkirlаrining tаrixiy merosi, uning zаmonаviy tsivilizаtsiya rivojidаgi roli vа аhаmiyati» mаvzusidаgi xаlqаro konferentsiyaning ochilish mаrosimidаgi nutqi. http://www.uza.uz/oz/politics/prezident-islom-karimovning-rta-asrlar-shar-allomalari-va-mutafakkirlarining- tarikhii-merosi-uning-zamonavii-tsivilizatsiya-rivozhidagi-roli-va-aamiyati-mavzusidagi-khalaro-konferentsiyaning- ochilish-marosimidagi-nuti-16.05.2014-32302. Ayni sababga ko’ra, aksariyat G’arb sotsiologlari davlatning taqsimlovchi funktsiyasini o’ta muhim deb hisoblaydi, Chunki u yoki bu davlat aholisining hayot sifati shu bilan belgilanadi. Davlat institutining uchinchi asosiy funktsiyasi – ijtimoiy (jamoatchilik) nazoratni amalga oshirishdir. Ushbu funktsiya turli ijtimoiy tuzilmalar faoliyatini tartibga solish va aniq belgilab qo’yish hamda og’ma xulq-atvor ustidan jamoatchilik nazoratini ko’zda tutadi. Faqat Shu yo’l bilan jamiyatda barqarorlik va tartibni saqlash uchun Sharoit yaratish mumkin. Og’ma xulq-atvorning (deviant) turli shakllari (narkomaniya, fohishalik, jinoyatchilik va h.k.) avj olishi va tarqalishi mumkin bo’lgan joyda jamoat tartibi buzilishi barobarida davlatning ta’sir kuchi, unga bo’lgan ishonch darajasi pasayadi. Bunaqa holatlarda jamiyat davlatni qo’llab-quvatlashiga umid qilish xom hayoldan boshqa narsa emas. Jamiyat nuqtai nazaridan davlat odamlarning ish, turarjoy, sog’liqni saqlash, aholining ehtiyojmand qatlamlariga (yoshlar, pensionerlar, ishsizlar, etim bolalar, ko’pfarzandli oilalar va h.k.) ijtimoiy kafolatlar berish singari ijtimoiy funktsiyani ham bajarishi kerak. Davlat ushbu funktsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy oqibatlarini tuzata boradi, ya’ni gap bu erda aholining ehtiyojmand qatlamlarini kuchli ijtimoiy himoya bilan ta’minlash haqida bormoqda. Shuningdek, davlat mavjud ishlab chiqarish usulini iqtisodiy jihatdan himoyalash, iqtisodiy jarayonlarni soliq va kredit siyosati orqali tartibga solish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy o’sishni rag’batlantiruvchi omil yaratish va “tabiiy monopoliyalar”ni tartib solish bilan ham Shug’ullanadi. Davlatning iqtisodiyot sohasiga aralashishi Chegaralari masalasi zamonaviy nazariya va amaliyotning dolzarb muammolaridan biridir. Zamonaviy davlat iqtisodiy jarayonlarning tartibga solish uchun iqtisodiy vositalardan (soliqlar, imtiyozlar, kreditlar) foydalanishi darkor. Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy rivojlanishning yuksak sur’atlarini saqlab qolish, uning raqobatbardoshligini oshirish qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash va jadal rivojlantirish maqsadida taraqqiy ettirish va erkinlashtirish, davlatning iqtisodiyotdagi o’rnini qisqartirish orqali inistitutsional va sturakturali islohotlarni davom ettirish, xususiy mulkning huquqlarini va ustuvorlik roli himoyasini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish, mintaqalar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatlashgan tarzda rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash yo’li bilan iqtisodiyot sohalari va mamlakat mintaqalariga chet el investitsiyalarini faol jalb qilish ko’rsatib o’tilgan 14 . Shu o’rinda davlatning ta’lim berish va madaniy-tarbiyaviy funktsiyasini alohida qayd etish lozim. U hamma uchun baravar umumiy va o’rta maxsus ta’lim 14 O’zbekiston Respublikаsi Prezidentining Fаrmoni «O’zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo’yichа hаrаkаtlаr strаtegiyasi to’ғrisidа». O’zbekiston Respublikаsi qonun hujjаtlаri to’plаmi, 2017 y., 6-son, 70-moddа, 20-son. - 354 b. olish, shuningdek, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun Sharoit yaratishga qaratilgandir. Davlatning yana bir qancha: xalqaro maydonda milliy manfaatlarni himoya qilish, mamlakat mudofaasini tashkil etish, boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik va integratsiyaning rivojlantirish singari tashqi funktsiyalari ham bor. “Davlat Shakli” tushunchasi “boshqaruv Shakli” va “davlat tuzumi shakli” singari tushunchalar orqali tavsiflanadi. “Boshqaruv Shakli” oliy hokimiyatning tashkil bo’lish usulidir va o’ Sha hokimiyatning formal manbalariga bog’liq. U davlat organlari tuzilmasi (institutsional dizayni) va ularning o’zaro munosabatini belgilab beradi. Oliy hokimiyatning tashkil bo’lish usuli davlatning oliy organlari qanday Shakllanishi, ular tuzilmasi, davlat organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar asosini qanday printsiplar tashkil qilishi, oliy hokimiyat organi bilan mamlakatning oddiy fuqarolari o’rtasidagi munosabatlar qanday qaror topishi, davlat organlari ishini tashkil qilish fuqaroning huquq va erkinliklarini qanday ta’minlashini ko’rsatib beradi. Zamonaviy dunyoda boshqaruvning ikkita asosiy Shakli mavjud: monarxiya va respublika (ularning turli ko’rinishlari). Monarxiya biror boshqa hokimiyatning hosilasi bo’lmay, faqat bitta oilaga tegishli bo’ladi va avloddan-avlodga o’tadi. U albatta muqaddas sanaladi, Chunki monarx hokimiyatining qonuniylik Sharti – Shu. Zamonaviy davlatlar umumlashtirilgan tizimga ega. Davlat hokimiyati aholining aksariyat qismi qo’llab-quvvatlamay turib, boshqaruv funktsiyasini bajara olmaydi. Demokratiya siyosiy hokimiyatga xuddi shunday qo’llab- quvvatlashni bevosita yoki bilvosita ta’minlab beradi. Respublika har qanday siyosiy hamjamiyatning universal belgisidir, unga ko’ra, hokimiyat xalqqa tegishlidir, ya’ni xalq irodasining hosilasidir. Demokratik respublika boshqaruvining ikkita asosiy Shakli ma’lum: Prezident va Parlament respublikalari. Prezident respublikasida Prezident alohida vakolatlarga ega bo’ladi. Prezident saylovida g’alaba qozongan partiya rahbari Prezident bo’ladi. Vazirlar Prezident belgilab bergan siyosatni yuritishga majbur va uning oldida hisob beradi. Prezident respublikasining o’ziga xos eng muhim xususiyatlaridan biri hokimiyat tarmoqlarining izchil bo’linishidir. Hokimiyatning barcha tarmoqlari bir-biriga nisbatan mustaqil bo’ladi, ammo tarmoqlarning muvozanatini saqlovchi o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi mavjud. Parlament respublikasi Parlamentning ustunligini e’lon qilish bilan tavsiflanadi, hukumat faoliyati uchun Parlament oldida to’liq javobgar bo’ladi, hukumat parlamentda ko’pchilik ovozga ega bo’lgan partiya deputatlaridan Shakllantiriladi. Boshqaruv Shakllari orasida ham Prezident, ham Parlament respublikalari alomatlarini omuxta qilganlari ham bor. Davlat tuzumi shakli uning hududiy-siyosiy tashkil qilinish tartibi bo’lib, unga tarkibiy qismlarining siyosiy-huquqiy maqomi, markaziy va mintaqaviy davlat organlarining o’zaro munosabatlari kiradi. Davlat tuzumining ikkita asosiy Shakli bor: unitar va federativ davlat. Unitar davlat siyosiy mustaqillikka ega bo’lmagan ma’muriy-hududiy birliklarga bo’linadi. Federativ davlat bir necha davlat tuzilmalaridan tashkil topgan va har biri o’z vakolatlariga, qonun chiqaruvchi, ijro va sud organlariga ega bo’lgan ittifoq davlatidir. Konfederatsiya bilan federatsiyaning farqi shundaki, federatsiya ittifoqning barcha a’zolari nomidan qaror qabul qilish vakolati bo’lgan va ularga nisbatan hokimiyat i vakolatini qo’llay oladigan markaz bo’lishini nazarda tutadi. Konfederatsiya esa u yoki bu darajada moslashuvchan tarzda tashkil etilgan, hech qanday umumiy Konstitutsiyaga ega bo’lmagan mustaqil davlatlar federatsiyasidir. Sotsiologiya hokimiyat mavzusini alohida tadqiq qiladi. Hamma ham hokimiyatni siyosiy institut deb qaramaydi. Ba’zan unga maxsus hokimiyat mexanizmlari va vositalari (huquqiy me’yorlar, ma’muriy hujjatlar va h.k.) yordamida odamlar va ijtimoiy guruhlarning hulq-atvori va faoliyatiga ta’sir etish qobiliyati, imkoniyati va huquqi shakli yoki tizimi deb qaraladi. Ayni paytda hokimiyat nafaqat siyosiy, balki keng ma’noda maqsadga erishish usuli ham, vositasi ham bo’lishi mumkin. Hokimiyat har qanday faoliyat, har qanday ijtimoiy sub’ekt funktsiyasi bo’lishi mumkin. Bu o’rinda uning ikki turi haqida so’z yuritamiz: a) oila va muayyan ijtimoiy guruhlarda norasmiy etakchilik sifatida tushuniladigan tabiiy hokimiyat; b) alohida institutlar, ko’pincha davlatning majburiy xarakterga ega bo’lgan tashqi kuchi sifatidagi majburan qabul qildirilgan hokimiyat. Boshqacha aytganda, hokimiyat ota-onaning farzandlar ustidan hukmronligi yoki egallab turgan lavozim bilan bog’liq tarzda kuch ishlatuvchi maqom, shuningdek, meros qilib olingan ta’sir kuchiga asoslanadi. Siyosiy hokimiyat ikkinchi turga mansubdir. Uning universal ibtidosi hukmronlik va buysunish, boshqarish va ijro o’rtasidagi nisbatdir. M.Veber siyosat bilan hokimiyatning aloqasi haqida shunday deb yozgan edi: siyosat mohiyatan – davlatlar yoki davlat tarkibiga kiruvchi odamlar guruhining – hokimiyatda qatnashishga yoki hokimiyatni taqsimlashga ta’sir ko’rsatishga intilishdir... Siyosat bilan Shug’ullanayotgan odam hokimiyatga intiladi yoki hokimiyat unga boshqa (ideal yoki egoistik) maqsadlarga bo’ysundirilgan vosita sifatida kerak, yoki u hokimiyatga “hokimiyat yurgizish” uchun intiladi, Chunki u beradigan obro’- e’tibor hissi odamga huzur bag’ishlaydi 15 . M.Veber hokimiyatni va uning legitim (qonuniy, jamiyat tan olgan) va institutsional xarakterga egalik atributi sifatidagi ta’sir kuchini tahlil qilib, uch turga ajratgan edi: 1) xarizmatik (go’yo oliy, deyarli mistik kuchga ega bo’lgan etakchiga sadoqatga asoslangan); 2) an’anaviy (an’ana va urf-odatlarga asoslangan); 3) ratsional-legitim (o’rnatilgan rasmiy qoidalar va axloq me’yorlariga jamiyatning barcha a’zolari rioya qilishi to’g’riligiga va rasmiyatchilik emasligiga asoslangan). Hokimiyatning M.Veber ishlab chiqqan tasnifi sotsiologiyadagi eng mashhurlaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, siyosiy va davlat hokimiyatlarini bir-biridan ajratgan ma’qul. Davlat hokimiyati siyosiy xarakterga ega, ammo uni alohida hududda joylashgan va qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan kuch ishlatish huquqidan foydalanadigan maxsus va alohida apparat amalga oshiradi. Siyosiy hokimiyatga 15 Veber M. Izbrаnnie sochineniya. - M.: 2010. – 646 s. esa alohida ijtimoiy guruhlar va shaxslarning o’z irodasini siyosat va huquqiy me’yorlar vositasida amalga oshirish borasidagi Chin ma’nodagi faoliyati xosdir 16 . Endi “davlat – jamiyat” mavzusi doirasida fuqarolik jamiyati degan muhim tushunchaga etib kelyapmiz. Ushbu atamani Aristotel muomalaga kiritgan hamda siyosiy tuzumning (davlat-polis) alohida shakli bilan o’zaro bog’langan erkin va teng huquqli fuqarolar jamiyatini fuqarolik jamiyati deb atagan edi. XVII–XVIII asrlarda fuqarolik jamiyati absolyutizmga asoslangan feodal davlatga qarama-qarshi qo’yilgan. Fuqarolik jamiyati hozirgi kunda keng tarqalgan mazmuniga ko’ra davlatdan mustaqil va avtonom bo’lgan, demokratik jamiyat doirasida rivojlanuvchi iqtisodiyot, madaniyat kabi sohalardagi munosabatlar majmuini anglatadi. Fuqarolik jamiyati uning a’zolarining keng miqyosli demokratik huquqlari va erkinligi mavjudligini nazarda tutadi 17 . Odatda fuqarolik jamiyati tuzilmasida inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklari ustuvorligi sifatida quyidagi tarkibiy qismlar ajratib ko’rsatiladi: hokimiyatning tarmoqlarga bo’linishi; mafkuraviy va siyosiy rang-baranglik, barcha mulk Shakllarining huquq nuqtai nazaridan teng himoya qilinishi; ko’ppartiyalilik; o’zini o’zi boshqarishning barcha, jumladan, hududiy Shakllarini rivojlantirish; kasaba uyushmalarining avtonom faoliyat yuritishi; e’tiqod erkinligi. Fuqarolik jamiyati tuzilmasida davlatdan mustaqil OAV, axborot erkinligi alohida o’rin egallaydi. O’zbekistonda ham “fuqarolik jamiyati” deganda ayni qadriyatlar, xususan, qonun ustunlik qiladigan ijtimoiy makon tushuniladi, u erda inson huquqlari, manfaatlari va erkinliklari ta’minlanadi, shaxs rivojlanishi va salohiyatini namoyon qilishi uchun qulay Sharoit yaratiladi, aholi keng qatlamlarining qo’llab- quvvatlashiga ega mustaqil va barqaror institutlar faoliyat ko’rsatadi. O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari (mahalla), siyosiy Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling