Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
partiyalardir. Sotsiologiya siyosiy partiyalarni o’rganayotganda ularning quyidagi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
partiyalardir. Sotsiologiya siyosiy partiyalarni o’rganayotganda ularning quyidagi xususiyatlariga e’tibor qaratadi: a) potentsial ijtimoiy baza (saylovchilar); b) uning rahbariyati qaysi ijtimoiy guruhlar va qatlamlar bilan bog’langani; v) partiyaning dasturi aholining qaysi guruhlariga qaratilganda ko’proq ish berishi. Zamonaviy O’zbekiston Sharoitida siyosiy partiyalar faoliyatini siyosiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki keng miqyosli islohotlar natijasida siyosiy partiyalarga va davlat darajasida qarorlar qabul qilishga muhim rol va ahamiyat berilmoqda. Butun jahonda tan olingan tasnifga ko’ra, siyosiy partiyalarni shartli ravishda o’ng (liberal-demokratik mavqei nuqtai nazaridan, markazchi (o’rta) va chap (sotsial-demokratik) partiyalarga bo’lish mumkin. YAna o’zgarishlarga xu Shi yo’q konservativ; ayrim sifat o’zgarishlarini amalga oshirish Sharti bilan mavjud tuzimni saqlab qolishni ko’zlovchi mo’’tadil islohotchilar; teran sifat o’zgarishlariga intiluvchi islohotchilar va mavjud tuzumni Konstitutsiyaga zid ravishda ag’darib tashlashni ko’zlovchi ekstremistik partiyalar ham bor. Partiya odamlarning Shakllangan guruhi bo’lib, uning bir qancha belgilari mavjud: muayyan g’oya va ideallarga asoslangan umumiy maqsadlarinng mavjudligi; hokimiyatni egallash va uni yuritishga mo’ljal olish; davlat organlari faoliyatida qatnashishga intilish; jamiyatning keng qatlamlari qo’llab- quvvatlashiga intilish; tashkilot, intizom, dastur, nizomning mavjudligi; maxsus muassasalarning borligi. Siyosiy partiyalarning paydo bo’lishi va mavjudligi O’zbekistonda amaldagi qonunchilik, xususan, “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi va hokazo qonunlar bilan tartibga solinadi. Umuman olganda, jamiyatdagi siyosiy partiyalarning asosiy vazifasi davlat hokimiyatiga ta’sir ko’rsatishdan iboratdir. Mamlakatdan ko’ppartiyalilik tizimi mavjudligi siyosiy hokimiyatning bir qo’lda jamlanmay yoyilishiga va bu o’z navbatida ijtimoiy va siyosiy tartibni qo’llab-quvatlashga sabab bo’ladi, butun hokimiyatning bir joyga yig’ilishi imkoniyatini Cheklaydi. Siyosiy partiyaning bundan boshqa, ammo ahamiyati undan kam bo’lmagan vazifasi fuqarolik jamiyati bilan davlat o’rtasida o’ Sha jamiyat a’zolarining muayyan qismi manfaatlarini himoya qiluvchi vositachi bo’lishidir. Odamlar partiya a’zosi sifatida uning faoliyatida ishtirok etishi bilan siyosiy faoliyat va siyosiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Partiyaning ayrim a’zolari siyosatga aynan Shu yo’l bilan kirib keladi, faol siyosiy faoliyat natijasida professional siyosatchilarga aylanadi, masalan, mamlakat parlamenti – Oliy Majlisga saylanadi. 18 Seitov А.P. Pаrmаnov F.YA. i dr. Opros demonstriruet rost аktivnosti institutov grаjdаnskogo obshestvа v Uzbekistаne. // http://nimfogo.uz/ru/node/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling