Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
-mavzu. JAMIYATNING SOTSIAL STRUKTURASI
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy jamiyatlarning sotsial strukturasi
21-mavzu. JAMIYATNING SOTSIAL STRUKTURASI
REJA 1. Sotsial struktura tushunchasining mazmun mohiyati 2. Sotsiologik maktablar va yo’nalishlarda sotsial strukturaning o’rganilish 3. Sotsial strukturaning bosh elementlari 4. Zamonaviy jamiyatlarning sotsial strukturasi Sotsiologik munozaralarda jamiyat haqidagi bahslardan keyin turuvchi ikkinchi muhim mavzu – bu sotsial struktura tushunchasidir. Sotsial struktura tushunchasini qo’llash orqali fanda kishilarning ijtimoiy qatlamlar, sinflar, tabaqalar, jamoalarga taqsimlanishi hamda ushbu yirik guruhlarda sodir bo’layotgan o’zaro munosabatlarning tartiblanganligi nazarda tutiladi. Qisqa qilib ifodalaganda sotsial struktura – jamiyatning anatomik skeletidir. Fanda struktura tushunchasi ostida funktsional bog’liq elementlar yig’indisi tushuniladi. Struktura ob’ektning ichki qurilmasini hosil qiladi. Ushbu qurilmaning poydevori – sotsial stratifikatsiya, jumladan ijtimoiy tabaqalar (stratalar) va sinflardan iborat vertikal tayanchlar hamda aholining ijtimoiy tarkibi, ya’ni ijtimoiy, diniy, kasbiy, siyosiy, demografik guruhlaridan iborat gorizontal to’sinlar yordamida quriladi Sotsiologiyada sotsial struktura zamonaviy yirik ko’lamli jamiyatlar misolida o’rganilsa, ijtimoiy antropologiyaning fundamental ahamiyatli ushbu kategoriyasi unchalik katta bo’lmagan qabila va lokal guruhlardan tashkil topgan arxaik jamiyatlarni nazarda tutadi. Sotsial struktura ijtimoiy psixologiyaning ham bosh kategoriyalardan biri bo’lib, unda jamiyat ijtimoiy strukturasi kichik guruhlar doirasida torayib boradi va guruhli struktura darajasida o’rganiladi. Predmet, metodlar va nazariy yondashuvlardagi turfa xillikdan qat’iy nazar ushbu uch qardosh fan sotsial strukturani o’rganadi. «Struktura» atamasining kishilik jamiyatiga nisbatan qo’llanilishi XIX asrdan boshlandi. «Sotsial struktura» atamasi esa 1920 yillar oxiri 1930 yillarning boshlaridan nazariy sotsiologiyaga kirib keldi. Sotsial strukturani tarkiblarni ajratishga bo’lgan ilk urinishi antropolog L. Ralf (1893—1953) tomonidan amalga oshirilb, u jamiyat a’zolari, kishilarning egallagan o’rni, joyi tuzilmani hosil qilishi fikrini ilgari surgan. U bu joyni «maqom» deb atab, ushbu davrdan «o’rin», «mavqe», «holat» tushunchalari maqomning sinonimlari sifatida qo’llanib boshlandi. Ijtimoiy fanlarda bo’lgani kabi sotsiologiyada ham asosiy tushunchalar borasidagi bahslar davom etmoqda. «Sotsial struktura» tushunchasi bundan mustasno emas. Qator sotsiologlar uchun sotsial struktura takroran namoyon bo’luvchi ijtimoiy hulq modeli sifatida ko’rinadi. Takroran namoyon bo’luvchi har qanday hatti-harakat vaqt davomida yoki odatga aylanadi yoki ijtimoiy institut darajasiga ko’tariladi. Bu ma’noda sotsial strukturani individlar va jamiyat ijtimoiy institutlariaro davomli, tartiblangan va odatiy aloqalar sifatida tavsiflash mumkin. Ehtimol aynan Shu holat jamiyatni mashina yoki organizmga qiyoslashga urinishlarning debochasidir. Sotsiologiyada sotsial struktura status, sotsial institutlar va sotsial o’zgarishlar tushunchalari bilan uzviy bog’liqlikda tahlil etiladi. E.Giddensning tuzilmalar nazariyasida struktura tushunchasi ayni damda individ harakatlanishi sharti va natijasi yig’indisidan hosil bo’luvchi qoidalar to’plamidan iborat. Sub’ekt bir paytning o’zida qodilarni yaratadi va ishlatadi hamda unga rioya etadi. Institutlar esa bunda sotsial praktiklar sifatida zamon va makon o’lchamidagi kenglikda yoyilgan bo’ladi. Shu tariqa sotsial struktura bu – xatti-harakat takroriyligi jarayonida yaratilgan ijtimoiy hatti-harakatning barqaror Shakllarini qo’llab-quvvatlash mexanizmlaridir. Takrorlanuvchi hatti-harakatlar strukturani shakllantiradi, keyingisi o’z o’rnida navbatdagi hatti-harakatni yo’naltiradi va nazorat etadi. R.Mills sotsial strukturani institutsional tartiblarning kombinatsiyasi ya’ni, jamiyatning turli sohalaridagi institutlar yig’indisi sifatida tushungan. J.Bernard va L.Topmsonlar uchun struktura – bu institutlarning alohida tartibi (joylashishi) bo’lib, ular kishilarning birgalikdagi hayotini qurish va o’zaro munosabatda bo’lishida ko’maklashadi 1 . Bu sotsiologlarga institutsional yondashuv xosdir. Fenomenologik sotsiologiya vakillari P.Berger va T.Lukmanlar aksincha, go’yoki o’rgamchak to’rini to’qigani kabi kishi atrof-muhitni o’z kutishlari, stereotiplar, tartib-qoidalari va an’analaridan kelib chiqib o’zi quradi. Sotsial struktura kishining o’zi tomonidan qurilar ekan demak, faqat uning uchun mavjud bo’ladi xolos. Bu ma’noda sotsial struktura, sotsial institutlar, sotsial tizim nomoddiy va ular nisbiy mazmun kasb etadi. Nuqtai nazarlarning barchasini xulosalash sotsial strkuturani ta’riflashdagi ikki yo’nalishni ajratib ko’rsatadi. Birinchisini shartli ravishda strukturalistik, ikkinchisini esa interaktsionallik deb nomlash mumkin. Aksariyat holatlarda ular bir-birini istisno etadi. Strukturalistlar uchun sotsial struktura kishilarning ixtiyori, ongi va hulqidan qat’iy nazar mavjud bo’ladi. Ikkinchisi uchun struktura kishilarning ongi, hulqi bilan uzviy bog’liqlikda, bundan tashqari kishilarning sub’ektiv mo’ljallari va hatti-harakatining mahsulidir. Strukturali yondashuv doirasida ikki yirik sotsiologik maktab alohida ko’rsatiladi, bular: strukturali-funktsional yondashuv (E.Dyurkgeym, T.Parsons, R.Merton va boshqalar) hamda jamiyatning sinfiy tuzilmasi yondashuvi. Jamiyatning sinfiy tuzilmasiga binoan aholining real guruhlari strukturaning poydevori sanaladi. Ushbu yondashuv XX asrning 80-90 yillarida sobiq ittifoq ilm- fanida mustahkam o’rin egalladi. Unga ko’ra, sotsial struktura – «o’zaro bog’liq sotsial guruhlar, sotsial institutlar va ularning o’zaro munosabatlari yig’indisidir» 2 . Strukturali funktsionalizm vakillari uchun bosh kategoriya sifatida kishining sotsial strukturada egallagan o’rni, joyi olinadi. Ushbu yondashuvga binoan struktura orqali mavqe mustahkamlanadi, individ emas. Struktura bu ma’noda konkret individga bog’liq emas. Aksincha individning tizimdagi ishtiroki 1 Bernard J., Thompson L.F. Sociology. Nurses and their Patients in a Modern Society. Saint Louis, 1970. 2 Krаtkiy slovаr po sotsiologii. - M., 1988. - S. 392. yig’indisini hosil qiladi. U yoki bu o’rin, joyni to’ldirilishi esa ma’lum maqomni orttirilishi sanaladi 3 . Bunda struktura – mustahkam ustun rolini o’taydi va u harakatsiz yachaykalarni o’zaro elimlaydi. Bu vazifani sotsial maqomlar, institutlar va muassasalar bajaradi. Odatda maqom deb nomlanuvchi o’rin, mavqe strukturaning asosiy elementi sanaladi. U funktsiya deb nomlanadi. Shu bois, struktura va funktsiyaga taqsimlanish Shartli bo’lib bir tomondan struktura sifatida talqin etilgan holat funktsiya sifatida namoyon bo’ladi va aksincha. Strukturalistik yondashuv nuqtai nazaridan ikkala yo’nalishda struktura birlamchi sanaladi. individ esa ikkilamchi. Menejmentda strukturalizmga klassik yondashuv mos keladi. Unga muvofiq oldin tashkilotning yaxshi rejalashtirilgan strukturasini yaratish kerak. Bu struktura lavozimlar sxemasida namoyon bo’lishi lozim. So’ng ijrochilarni tanlash mumkin. Joyni kishi bezatmaydi, aksincha kishi egallagan o’rniga nisbat beradi. T. Parsons uchun struktura me’yorlar va ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq: me’yorlar sotsial munosabatlarni sotsial struktura deb atalishi mumkin bo’lgan qat’iy konstruktsiyaga birlashtiradi. «Struktura — bu nisbatan barqaror standartlashtirilgan munosabatlar elementlarining yig’indisidir. Aktor sotsial tizim elementi ekan, sotsial struktura aktorlarning bir-biri bilan sotsial munosabatlarini standartlashtirilgan tizimini hosil qiladi» 4 . T. Parsons sotsial strukturani ikki jarayon bilan bog’laydi, bular: ijtimoiylashuv va sotsial nazorat bo’lib, ularni «me’yoriy madaniyat»ning institutlashtirilgan namunalari sifatida tushunadi. 1964 yilda T. Parsonsning «Sotsial struktura va shaxs» nomli fundamental asari nashr etildi. Asarda muallif sotsial strukturani o’zgartiruvchi manba sifatida madaniyatni ko’rsatadi. Strukturalizm antipsixologik, ob’ektiv xarakterga ega bo’lib, individning yoki guruhning hulqini ularning sotsial strukturadagi o’rni nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qiladi. Bu bilan boshqa xususiyat, ya’ni sotsial strukturaning o’z elementlariga nisbatan determinant rolini tan olish zaruratini bildiradi 6 . Strukturali funktsionalizmning etakchi vakillaridan R. Mertonning fikriga ko’ra sotsial strukturani shakllanishi asosida hokimiyatning noteng taqsimoti va boylik yotadi. Tengsizlik sotsial stratalarning ierarxiyasini hosil qiladi. Sotsial stratalar o’z o’rnida sinfiy strukturani yaratadi. Shu bois, sotsial strukturani hokimiyat strukturasi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Bunga qarama-qarshi o’laroq ramziy interaktsionallikda sotsial struktura kishilarning kundalik muloqoti va o’zaro munosabatidan Shakllanadi 7 . Kishilar o’zaro munosabatga chek qo’ysalar struktura ham g’oyib bo’ladi. U allaqanday mustahkam va inson ongidan mustaqil emas, aksincha etarlicha harakatchan va mavhumdir. Shu tariqa ikki sotsiologik yo’nalish, ya’ni strukturalizm va interaktsionallik sotsial strukturani turlicha ta’riflaydi. Strukturali funktsionalizmda jamiyatning sotsial strukturasi kishilarning ixtiyori va ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’ladi. U turg’un holatdagi misli ulkan imperiya va u kishilardagi shaxsiyat, 3 4 Pаrsons T. O strukture sotsiаlnogo deystviya. 2-e izd. – M., 2002. – S. 320. sub’ektiv hissiyotlar va hatti-harakatlardan qat’iy nazar mavjud bo’ladi. Strukturali funktsionallikda o’zaro munosabat ikkilamchi bo’lsa, struktura birlamchidir. Aksincha, tushunuvchi sotsiologiyada umuman struktura ikkilamchi, o’zaro munosabat esa birlamchidir. Xullas strukturali funktsionallik kishilarning sotsial o’zaro munosabatini o’rganishdan voz kechmasa-da, ammo kishilar ushbu munosabatlarga sotsial strukturada ularga belgilangan yachaykalarni egallaganlaridan so’ng kirishadilar. O’qituvchi belgilangan lavozimni egallagandan so’ng o’quvchiga nisbatan tegishli munosabatda bo’lishi mumkin. Ammo, ungacha emas. Ikkinchi holatda sotsial struktura kishilar munosabatlarining sababi emas, mahsuli sanaladi. Kimdir o’qituvchi lavzoimini egallamasdan turib ham kishilarga ustozlik qilishi, hayotga o’rgatishi, murabbiylikni namoyon etishi mumkin. Zero, murabbiylik yoki ustozlik – uning turmush tarzining ajralmas qismidir. Kundalik hayotda o’qituvchi-o’quvchi munosabatlari maktabda mustahkamlangandan ko’ra ko’proq uchraydi: ota-onalar farzandlariga o’rgatadi, kattalar-kichiklarni, ofitser- askarni va h.k. Ushbu qabildagi mulohaza yuritish mantig’idan kelib chiqadigan bo’lsak, qadimdan o’rgatuvchan o’zaro munosabatning barqaror turlari shakllangan. Minglab yillar o’tishi davomida esa ular institutsional Shaklga (maktablarni institut sifatida shakllanishi) kirib borgan va jamiyat sotsial strukturasining metindek mustahkam ustunini hosil qilgan. Ikki nuqtai nazardan qaysi biri to’g’ri ekanligini aytish murakkab. Zero, ikkisi ham ob’ektiv voqelikni turli jihatlaridan kelib chiqib aks etadi. Shu bois, ularni zid nazariyalar sifatida emas, bir-birini to’ldiruvchi yondashuvlar sifatida o’rganish maqsadga muvofiq. Ikki yondashuv sotsial reallikni yaxlit manzarasini hosil qilishda zarururiydir. Shunga qaramasdan bugungi zamonaviy jamiyat Sharoitida sotsial strukturani anglash uchun strukturali funktsionallikni olish maqsaga muvofiq. U zamonaviy jamiyatlarda allaqachon Shakllanib ulgurgan tayyor struktura va institutlardan kelib chiqadi. Ular sotsial hayotning mutlaq kuchli omillariga aylanib ulgurganki, alohida individlar ixtiyorini yutib yuborgan. Zero, zamonaviy jamiyatlar kishilarning nafaqat kundalik muloqot va munosabati amaliyotidan tuzilmaydi. Aynan strukturali funktsionallikda sotsial struktura jamiyatning anatomik skeleti yoki qurilmasiga qiyoslanadi. Struktura deganda ob’ektning ichki qurilmasini hosil qiluvchi elementlar nazarda tutilsa-da ushbu elementlar deganda nima yoki kimlar nazarda tutilishida yaxlit fikrga kelinmagan. Masalan, A.R.Radkliff-Braun sotsial strukturani elementlararo (bu ma’noda insonlararo) yaxlit qonuniyatga bo’ysudirilgan munosabatlar sifatida ta’riflaydi. S.F.Neydl uchun esa element sifatida rollar olingan. Sotsiologlarning aksariyati, jumladan funktsionalistlar sotsial strukturaning elementlari sifatida sotsial hulqning tashkillangan namunalari bo’lgan sotsial institutlarni olish kerakligini bildiradi. Xullas, sotsial institutlararo funktsional munosabatlar ko’zga ko’rinmas ulkan sotsial to’rni hosil qilar ekan, ko’p sonli munozaralarga sabab bo’layotgan sotsial strukturani hosil qiladi. Bizningcha sotsial strukturaning bosh elementlari sifatida sotsial maqom va rollarni olish maqsaga muvofiq. Ularning miqdori, joylashish tartibi va bir-biriga bog’liqligi xususiyatlari jamiyatning ma’lum tuzilmasi mazmunini belgilab beradi. Bu ma’noda qadimgi va zamonaviy jamiyatlarning sotsial strukturasi tubdan farq qilishi aniq. Struktura jamiyat tuzilmasining barqarorligi, harakatsizligini anglatsa-da, tarixan u o’zgaruvchandir. Undagi harakatchanlik individlarning o’zaro munosabatlari jarayonida sotsial rollar tomonidan taqdim etiladi. Sotsial strukturaning ko’p qirraligi shundaki, uni uch jihatdan, ya’ni: 1) funktsional (jamoatchilik faoliyati, ijtimoiy institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa shakllarini tartiblangan yig’indisi); 2) tashkiliy (sotsial guruhlarning turli tiplarini shakllantiruvchi aloqalar yig’indisi, bunda tahlil birliklari sifatida jamoalar, tashkilotlar va ularning tuzilmali elementlari olinadi); 3) sotsial hatti-harakatning orientirlanishi tizimi (tahlil birliklari – sotsial hatti-harakatning maqsadi va vositasi, motiv, stimul, me’yor, namuna, dasturi va dastur osti) 8 . Bunda sotsial strukturaning uch nazariy modeli hosil bo’ladi; - klassik yondashuvda; sotsial struktura – real guruhlar yig’indisidir; - strukturali-funktsionallikda; sotsial struktura – joy o’rni, mavqe, maqom yig’indisi; - ramziy interaktsionallikda; sotsial struktura – kishilararo munosabatlar mahsuli. Ushbu yondashuvlarni umumlashtirgan holda keng ma’noda sotsial struktura – bu guruhlardagi sotsial munosabatlar Shakli yoki modeli bo’lsa, tor ma’noda – kichik guruhlardan tortib, to sotsial tashkilotlar hatto jamiyatgacha bo’lgan guruhlar va jamoalardagi munosabat Shaklini tavsiflaydi. Tirik mavjudotlarning har bir turi sotsial munosabatlarning bir emas bir necha turlariga ega. Sotsial strukturaning turfa xilligi qator omillar bilan Shartlangan. Sotsiologiyada sotsial strukturani o’rganishga bo’lgan intilishlarni xulosalab ushbu tushunchani boshqa tushuncha ya’ni sotsial makon tushunchasi bilan uzviy bog’liqlikda ta’riflash maqsadga muvofiq. Sotsial makon yordamida individ yoki guruh jamiyatdagi o’z o’rnini egallaydi. Ular sotsial maqomdir. Bu ta’rifga binoan sotsial strukturani kamida ikki mazmunda anglash lozim. Keng ma’noda sotsial struktura – barcha sotsial guruhlar va qatlamlar, jumladan sinflarning yig’indisi bo’lsa, tor ma’noda – ayni tarixiy daqiqalarda mavjud bo’lgan funktsional bog’liq maqomlar yig’indisidir. Jamiyat sotsial strukturasiga nafaqat stratalar, guruhlar, balki institutlar ham kiradi. Sotsial institutlar ijtimoiy munosabatlarning ma’lum sohasini tartiblovchi me’yor va muassasalar yig’indisidir. Sotsial institutlar kishilik faoliyatini rollar va maqomlarnnig ma’lum tizimida tashkillantiradi va ijtimoiy hayotning turli sohalarida kishilarning hulq-atvori namunalarini o’rnatadi. Masalan, maktab ijtimoiy institut sifatida o’qituvchi va o’quvchi rollarini, oila esa ota-ona va farzand rollarini qamrab oladi. Ular o’rtasida ma’lum rolli munosabat yuzaga keladi. Bu munosabatlar maxsus me’yor va tartiblar bilan tartiblanadi. Nisbatan dolzarb me’yorlar qonunchilik bilan mustahkamlansa, qolganlari an’ana, urf- odatlar, jamoatchilik fikri orqali nazorat etiladi. Har qanday sotsial institut o’zida sanktsiyalar tizimini aks etadi. Bular huquqiy-me’yoriy va axloqiy-ma’naviy sanktsiyalar bo’lib, ular tegishli qadriyat va me’yorlar butligini ta’minlaydi, tegishli rolli munosabatlarni qayta ishlab chiqaradi. Xullas sotsial institut kishilarning individual hatti-harakatini muvofiqlashtiradi, tartiblaydi, ularni tashkillanganligini ta’minlaydi, sotsial tipik vaziyatlarda kishilarning standart hulqini shakllantiradi. Sotsial struktura sotsiologiyannig predmetlari doirasidagi yirik uchlikdan o’rin olgan, bular; struktura, tashkilot, shaxs bo’lib, ularning yig’indisidan umumiy sotsiologiyannig fundamental bilim sohasi hosil bo’ladi. Sotsial struktura o’zining ko’p sonli tuzilmaosti (sotsioprofessional, sotsiomaqomli, sotsiomintaqaviy, sotsioetnik va h.k.) bilan jamiyat statikasi yoki «sotsial skeletini» hosil qiladi. Sotsial tashkilot esa aksincha, ijtimoiy hayotni harakatda ekanligini ko’rsatadi. Bu ma’noda masala jamiyatning «sotsial fiziologiyasi», uning tarixiy dinamikasika doir. Demak, sotsial strukturani uch o’lchamli kesimda ham tahlil etish mumkin. Ushbu uchlikning uchinchi nuqtasi shaxs struktura va tashkilot kesishmasida o’rin olgan. Shaxs sotsiologiyada individual-takrorlanmas jihatlari (bu psixologiyaning vazifasi) atamasi bilan emas sotsial-tipik atamasi bilan o’rganiladi. Boshqacha qilib aytganda shaxs sotsiologiyada – kichik kontaktli guruhning bir bo’lagi emas, yirik sotsial guruhning tipik vakili, ushbu guruhga xos me’yorlar, an’analar, qadriyat va manfaatlar, munosabatlarning tashuvchisidir. Demak, sotsial struktura – bir-bir bilan uzviy, funktsional bog’liqlikda bo’lgan maqom va rollar yig’idisi. Maqom – individning jamiyatdagi sotsial holati, rol ayni damdagi maqomga xos hulq modeli, uning dinamik tavsifi, maqom tavfsiloti huquq va majuburiyatlar yig’indisi orqali ochiladi. Har bir maqom sotsial maqomlar ierarxiyasida ma’lum joylarga ega. Bu ierarxiya jamoatchilik fikri orqali yaratiladi. Ierarxiyadagi joy rang deb nomlanadi. Ular yuqori, o’rta yoki past bo’lishi mumkin. Rang qanchalik baland bo’lsa maqom Shunchalik qadrli, u Shunchalik ko’proq imtiyozlar, mukofot, nufuzga ega. Maqomning rangi rasmiy mustahkamlangan bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda u titul, unvon deb nomlanadi. Masalan, ofitser titul bo’lib, uning turlari polkovnik, mayor va h.k.lar sanaladi. Rang aksariyat hollatlar rasman mustahkamlanmagan va omma ongida baho berish Shakli sifatida mavjud bo’ladi. Kishida bir paytning o’zida qator maqomlar va rollar bo’ladi. Primitiv jamiyatlarda maqomlar miqdori ozchilikni tashkil qilgan. Zamonaviy jamiyatlarda esa birgina professional statuslar soni 40 000 ga yaqin, oilaviy-nikoh, qarindoshlik maqomlari 200 dan ortiq. Shu tariqa sotsial struktura «bitta-maqom – bitta yachayka» tamoyili asosida quriladi. Yirik sotsial guruhlarning yig’indisi yangi tushuncha – aholining sotsial tarkibini hosil qiladi. Agarda yirik sotsial guruhlar vertikal kenglikda joylashib, daromad, hokimiyat, ta’lim va nufuz tengsizligi asosida qurilsa, «sotsial stratifikatsiya» hosil bo’ladi. O’z o’rnida, stratifikatsiya – o’ Sha maqomlarning o’zginasi bo’lsa-da, boshqa mezonlar asosida guruhlashtirilgan va «tokchalar» bo’ylab yuqoridan pastga terilgan. Stratifikatsiya namunalaridan biri – jamiyatning sinfiy tarkibidir. Sotsial maqom turlari sifatida demografik (millat, irq, jins); oilaviy- qarindoshlik (er, xotin, qiz, o’g’il); iqtisodiy (tadbirkor, yollanma ishchi); kasbiy (injener, shofyor, bankir); diniy (ruhoniy, dindor) va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Ko’rsatilgan maqomlar guruhlari jamiyat sotsial strukturasi tuzilmaostini shakllantiradi. Ushbu tuzilmaostining har birini institutsional soha sifatida ham ko’rib chiqish mumkin. Misol uchun oilaviy-qarindoshlik strukturani oila va nikoh instituti taqdim etdi. Kasbiy va iqtisodiy strukturalar eng yirik va turli-tumanligi bois qator institutlar – davlat va huquq, ishlab chiqarish va ta’lim kabilarni hosil qiladi. Xullas, sotsiologiyaning uch fundamental tushunchasi – «sotsial struktura», «sotsial stratifikatsiya» va «sotsial institutlar» - maqom va rollar orqali uzviy bog’liqlikda. Sotsial strukturani zamonaviy jamiyatning jamoaviy maqomli portreti yoki maqomli portreti deyishimiz mumkin. Shu bois, struktura bir-birga zich joylashtirilgan maqomlarning yaxlit nomlanishidir. Jamoaviy maqomli portret (jamiyat sotsial strukturasi) individual maqomli portret (maqomlar to’plami) kabi o’ta individual xarakterga ega. Ular jamiyat haqida deyarli barcha ma’lumotlarni beradi. Shu bois, ma’lum jamiyatning tarixiy rivojlanishining turli davrlaridagi maqomli portretini solishtirish orqali qiziqarli va muhim ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Xullas, sotsial struktura kishilik jamiyatidagi jamoaviy hayot tarzi maqsadli va tashkillanganligini anglatadi. Sotsial struktura bois kishilar ongida hayotiy tajriba faktlari bir-biri bilan bog’lanadi. Bunda har bir qism alohida, uzilgan holda emas, aksincha, mu Shtaraklikda namoyon bo’ladi. Masalan, biz biror binoga qaraganda g’isht, tom, shisha yoki boshqa qurilish materallarini alohida emas, aynan yaxlit uy Shaklida ko’ramiz. Demak, sotsial struktura hayotni tashkillanganligi va barqarorligi hissini beradi. Masalan universitetning sotsial strukturasini olsak, kuz mavsumida talabalarning yangi guruhni qabul qilinsa, yoz mavsumida yana bir guruh o’qishni yakunlaydi. Dekanatlar talabalar va o’quv jarayonini boshqaradi. Har doim yangi talabalar, o’qituvchilar va dekanat ushbu tizimdan o’tadi va belgilangan vaqtda undan chiqadi. Universitetni tashkil etuvchi kishilar vaqt davomida o’zgarib borasada universitet saqlanib turadi. Bu ma’noda sotsial struktura guruh yoki jamiyat a’zolari o’rtasida doimiy va tartiblangan o’zaro aloqalarni nazarda tutadi. Sotsiologlar sotsial strukturani sotsial dalil sifatida o’rganadi. Sotsial struktura individ harakatini boshqaradi va ma’lum oqimga yo’naltiradi. Universitetning an’analari va urf-odatlari – uning strukturasi bo’lib o’z faoliyatining dastlabki davridan talabalar, o’qituvchilar va rahbariyatning doimiy munosabatlaridan Shakllangan va ushbu tashkilot tomonidan qabul etilgan. Statik strukturaga doir atamashunoslikni qo’llanilishi sotsial strukturaning o’zgaruvchan va dinamik xususiyatlarini ko’rsatmasligi mumkin. Universitet – bu tashkil etilganidan bir xil o’zgarishlarsiz faoliyat ko’rsatuvchi turg’un organizm emas. Undagi barcha sotsial tartiblanganlik sotsial munosabatlar bilan chambarchas bog’liqlikda va barqarorlikda yaratiladi va qayta ishlab chiqariladi. Shu bois tashkillangan sotsial hayot doimiy tarzda turli modifikatsiyalar va o’zgarishlarni boshidan kechiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling