•
2021 yil 1 iyuldan davlat organlari va tashkilotlari texnik tartibga solish
sohasidagi me'yoriy hujjatlar bilan o‘rnatilgan, axborot
xavfsizligi talablariga
muvofiq “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi
tomonidan
sertifikatsiyadan o‘tkazilgan ochiq kodli dasturiy ta'minotlardan majburiy
foydalanish belgilanadi.
•
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK sertifikatsiyalangan ochiq kodli dasturiy
ta'minotlar Yagona reyestrini shakllantiradi va doimiy ravishda yuritib
boradi.
Davlat organlari va tashkilotlari:
•
Davlat organlari va tashkilotlari:
•
chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli
amalga oshirilishini ta'minlaydi;
•
bajarilgan ishlar bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha
davlat inspeksiyasiga ma'lumot berib boradi.
•
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar
davlat organlari
uchun ularning budjetdan tashqari fondlari hisobidan, boshqa tashkilotlar
uchun o‘zlarining daromadlari hisobidan ta'minlanishi belgilanadi.
•
Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar
va innovatsion
faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti zimmasiga yuklanadi.