Sovet davlati va uning parchalanishi sssr urushdan keyingi yillarda
Download 70 Kb.
|
REFERAT - Sovet davlati va uning parchalanishi
Sovet davlati va uning parchalanishi SSSR urushdan keyingi yillarda SSSR fashistlar Germaniyasini mag'lubiyatga uchratishda asosiy rol o'ynaydi. Biroq g'alaba katta talafotlar hisobiga qo'lga kiritildi. Chunonchi, SSSR ning 27 mln. fuqarosi halok bo'ldi. Halok bo'lganlarning 11,5mln. ga yaqini askarlar edi.Bundan tashqari, SSSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo'qotdi.Sanoatning xalq iste'moli mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi keskin kamaydi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan awalgi darajaga nisbatan 40% foizga kamaydi. 212 Endi sovet davlati oldida mamlakat xo'jaligini tiklash vazifasi turar edi. Shu maqsadda SSSR Oliy Soveti xalq xo'jaligini rivojlantirishning to'rtinchi besh yillik rejasini qabul qildi. Qattiq markazlashtirilgan rahbarlik hamda SSSR tarkibidagi xalqlarning fidokorona mehnati tufayli sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1950-yilda urushdan oldingi darajadan oshib ketdi (73foizga). Ayni paytda sanoatning tez sur'atlar bilan rivojlanishida mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan ko'p miUionli sovet tutqinlarining hamda 1,5 mtn. nemis, Of5 mln. yapon harbiy asirlarining tekin mehnati, Germaniyadan undirilgan 4,3 mlrd. dollar hajmidagi tovon, shuningdek kapital mablag' asosiy qismining sanoatga yo'naltirilganligi ham katta rolo'ynadi.Urushdan keyingi yillarda yana o'zgacha fikrlov-chi kishilarni qatag'on qilish boshlandi. O'zgacha fikrlovchilarni qatag'on qilish — totalitar sotsializmning yo'ldoshidir. Yangi qatag'onlar davri Chunki totalitar sotsializm — kuchga hamda yolg'on aqidalarga asoslanadigan jamiyat. Biroq har bir davrda totalitar sotsializm himoyachilari qatag'on boshlash uchun bahona sifatida nimanidir asos qilib oladilar. Urushdan keyingi qatag'onlarda ham shunday qilindi.Xo'sh, bu safargi qatag'onga nimalar asos qilib olindi? Sovet ziyolilari urushdan keyin chuqur iqtisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazilishiga umid qildilar. Ularning ma'lum qismi SSSR da ham, G'arbdagi kabi, erkin jamiyat qaror topishini istardilar. Ayni paytda bunday chuqur o'zgarishlarga islohotlar yo'li bilan erishishni taklif ham etganlar. BMT ning 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi* ni SSSR ham imzolagani ularda bunday umidni paydo qilgan edi.Iqtisodiy islohotlar borasida ziyolilarning bir qismi korxonalar o'rtasida raqobat sharoitini vujudga keltirishni, hissadorlik jamiyatlarini tuzishni, davlat ta'minotini bekor qilishni, xususiy savdoni yo'lga qo'yishni, erkin narx joriy etilishini, kolxozlar mol-mulkini va ularga berilgan yerlarni oilalarga bo'lib berish yo'li bilan kolxozlarni amalda tugatishni taklif etdilar.Siyosiy sohada esa muqobil saylov, rahbarlikka saylanuvchilarning vakolat muddati cheklanishi, milliy (aslida mustamlaka) respublikalarda esa ularning huquqlarini kengaytirish haqidagi takliflarni ilgari surdilar.Biroq SSSR rahbariyati bu takliflarni sotsializimni ichdan qo'porish, taklif muallinarini esa sotsializmga qarshi unsurlar, deb baholadi. Bu esa yangi qatag'onlar kompaniyasining boshlanishiga turtki bo'ldi. Natijada ziyolilarning minglab ilg'or qismi, partiya-sovet xodimlari, respublikalar-ning milliy kadrlari qatag'onga uchradi.O'zbekistonliklar ham bu qatag'ondan chetda qolmadi. Xususan, 1951-yiida mustabid tuzumning tayanchi bo'lmish xavfsizlik xizmati go'yo res-publika «Yozuvchilar uyushmasi* da va ayrim matbuot organlarida «uya qurgan* 12 kishidan iborat «sovetlarga qarshi millatchi guruh* ni «fosh» etdi .213 Davlat xavfsizlik xizmatining ushbu «faoliyati» natijasida yozuvchi vai shoirlar Shukrullo, Shuhrat, Shayxzoda, adabiyotshunos olim H. Sulay-mon qamoqqa olindi va sovetlarga qarshi millatchilik faoliyatida ayblanib, 25 yilga hukm qilindilar.SSSR da 1930— 1953-yiHar oralig'ida jami 3,8 mln. ga yaqin kishi qatag'on etildi. Ulardan 800 mingga yaqini otib tashlandi. O'zbekistonda 1937— 1953-yillarda 100 ming kishi qatag'on etildi. Ularning 15 minggi otib tashlangan. Islom Karimov Toshkentdagi «Shahidlar Xotirasi» yodgorlij majmuasining ochilishi marosimida bu dahshatli holatni ta'riflab, «zulm zo'ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o'zligini, millat1" qadr-qimmatini teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak, xalqni uyg'otishga, xalqni boshqarishga qodir bo'lgan, ma'rifat va ma'naviyat yo'lida fidoiylik ko'rsatgan barcha aql-zakovat sohiblarining...» qancha-qanchala-ri jismonan yo'q qilinganligini ta'kidlagandi.To'g'ri, 1953-yiIda I. Stalin vafot etgach, turli yillarda qatag'on etilganlar oqlandi. Biroq mustaqil fikrlovchi shaxslarni qatag'on qilish I. Stalin davridagidek ommaviy va qonli tusda bo'lmagan bo'lsa-da, 70—80-yillarda ham davom etdi. Ular yakka-yakka tartibda ta'qib etildi. Ular ustidan turli, jinoiy ishlar uyushtirildi va majburan ruhiy kasalliklar kasalxonalari yotqizildi. Dunyo jamoatchiligiga taniqli bo'lganlar uy qamog'ida yol badarg'ada saqlandi. Ba'zilar mamlakatdan chiqarib yuborildi.I. Stalin vafotidan so'ng rahbarlik lavozimini N. Xrushyov egalladi. 1956-yilda bo'lib o'tgan KPSS ning XX syezdida I. Stalin shaxsiga sig'inis va uning oqibatlarini qattiq qoraladi. Matnlakatning ilg'or qismi chuqi iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar amalga oshadi, deb yana bir bor umid bils qaray boshladi. Biroq ularning umidlari oqlanmadi. Mamlakatda stalini: yangi ko'rinishda davom etaverdi.KPSS ning 1959-yilda bo'lib o'tgan navbaU tashqari XXI syezdi SSSR da sotsializm «to'la uzil-kesil g'alaba qozondi*, degan xulosaga kc di. Bunga mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida ro’y bergan sezilarli ijobiy yutuqlar asos qilib olindi. *Kommunizm qurish »dasturining qabul qilinishi Aslida bu kommunistlarning navbatdagi xomxayollari edi. Sovet davlatining keyingi butun taraqqiyoti buni tasdiqladi. Biroq 1959-yildan boshlab bu xomxayol hodisa ulkan tarixiy g'alaba, deb talqin etildi. Bu jozibador xulosa sovet rahbariyati tomonidan yanada xomxayol bo'lgan boshqa xulosa ilgari surilishiga asos bo'ldi. Bu — SSSR ning endi kommunistik jamiyat qurilishi keng avj oldirilgan davrga qadam qo'yganligi haqidagi xulosa edi.Va, nihoyat, KPSS ning XXII syezdida (1961-yil) KPSS ning yangi dasturi — Kommunizm qurish dasturi qabul qilindi. Xo'sh, kommunistlar fikricha, kommunizm qanday jamiyat edi?Birinchidan, bu — ishlab chiqarish vositalari to'la umumxalq (aslida davlat) mulki bo'lgan jamiyat edi.214 Ikkinchidan, bu — jamiyatning barcha a'zolari ijtimoiy jihatdan baiamom teng bo'lgan sinfsiz jamiyat edi.Uchinchidan, bu — ijtimoiy boylikning barcha manbalar mo'1-ko'l bo'lgan, to'lib-toshib turadigan va, natijada, bar kim qobiliyatiga yarasha ishlaydigan, lekin jamiyat boyligidan har kim ehtiyojiga yarasha ulusholadigan jamiyat edi.To'rtinchidan, bu — mehnat qilish hamma uchun birinchi hayotiy ehtiyoj, anglangan zaruriyat bo'lib qoladigan jamiyat edi.Dasturda kommunizm qurish uchun quyidagi 3 ta ulkan vazifani bajarishzarurligi ta'kidlandi: — kommunizmning rnoddiy-texnika bazasini yaratish; — yangi ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirish; — yangi kishini tarbiyalash. KPSS dasturida bundan-da badtarroq xomxayol orzular ilgari surildi. Chunonchi: a) 1960—1970-yillar oralig'idagi o'n yil ichida iqtisodiy taraq-qiyotda AQSH ga yetib olish va undan o'zib ketish; b) 1970—1980-yillar oralig'idagi o'n yil ichida kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish. Vaqt tez orada KPSS va sovet davlati rahbariyati ilgari surgan yuqoridagi vazifalar xomxayol ekanligini tasdiqlay boshladi. Bu esa oliy rahbariyat o'rtasida ziddiyatlarni kuchaytirdi. Buning oqibatida 1964-yilda N. Xrushyov vazifasidan olib tashlandi. ,Hokimiyat L. I. Brejnev qo'liga o'tdi. Uning davrida iqtisodiy islohot o'tkazilishiga urinildi. Biroq bu islohot mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurishni anglatmas edi. Mafkura iqtisodiyotni chulg'ab olgan bir sharoitda bu tabiiy hoi edi. Chunki qotib qolgan, hayotdan orqada qolgan kommunistik mafkura har qanday tub islohotni sotsializm asoslariga zarba > deb baholardi. KPSS ning kommunizm qurish rejasi barbod bo'lgach, L. I, Brejnev : KPSS ning XXIV syezdida (1971-yil) «rivojlangan sotsializm* nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyada kommunizm uzoq kelajakda quriladigan jamiyat, : deb izohlandi. Ungacha jamiyat sotsializm va kommunizm oralig'ida rivoj- : langan sotsializm bosqichini bosib o'tishi lozimligi «asoslandi». Hayot, vaqt; bu nazariyaning ham soxta ekanligini tasdiqladi. SSSR ning iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi va unda turg'unlik holati vujudga keldi. Buning asosiy sababi ma'muriy-buyruq-bozlikka asoslangan iqtisodiyotning ilmiy-texnika inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo'ldi. Natijada bu iqtisodiyot katta xarajat talab etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi. Jadallashtirish rejasi 1982-yilda L. Brejnev vafot etgach qisqa vaqtj ichida yana ikki ranbar almashdi. Bular Yu. An-dropov va N. Chernenko edilar. Ularning har ikkisi ham og'ir kasal edilar.i Biroq davlat qonunga bo'ysunmaydigan jamiyatda og'ir kasal kishilarning hokimiyat tepasiga kelib qolishi tabiiy holdir. 215 Nihoyat, 1985-yil mart oyida M. S. Gorbachyov KPSS ning Bosh koti^ bi lavozimini egalladi. Shu yilning aprel oyida u qayta qurish va mamlakg ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish dasturini ilgari surdi. Unga ko'ra, 15 yil ichida (1985—2000) SSSR ning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortishi, ya'ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi.Jadallashtirish dasturining amalga oshishi 3 omilga tayanar edi. Bular: — korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo'jalik hisobiga va o'zini o'zi mablag1 bilan ta'minlashga o'tkazish;— mehnatning mazmuni va xarakterida, odamlarning moddiy va ma'naviy turmush sharoitlarida chuqur o'zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab haq to'Iash;— oshkoralik, ya'ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish.Aslida jadallashtirish dasturi ham KPSS va Sovet davlati rahbariyati-ning yana bir xomxayol, orzusi bo'lib chiqdi. Chunki iqtisodiyotda bozc munosabatlarisiz bu vazifalarni amalga oshirib bo'lmas edi. Buning ustij SSSR aholisi ongi yangi — bozor iqtisodiyotini qabul qilishga tayyor emas edi. 1988-yildan boshlab qishloq xo'jaligi, 1990-yildan boshlab esa sanoat ishlab chiqarishi pasaya boshladi.Budjet taqchilligi 100 mlrd. so'mdan ortdi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda (1985— 1991) 10 baravar kamaydi va u atiga 240 tonnaga tushib qoldi. Aholining turmush darajasi shiddat bilan pasaya boshladi. Shunday sharoitda M. S. Gorbachyov «insonparvar, demokratik sotsializm» qurilishini e'lon qildi. Biroq endi uning cho'pchaklariga deyarli hech kirn ishonmay qo'ydi. Ittifoq davlati oliy rahbariyati va organlari aholi ko'z o'ngida obro'-e'tiborini, ishonchni yo'qotib qo'ydi.M. S. Gorbachyovning siyosati tarixga «qayta qurish* siyosati nomi bilan kirgan. Bu qayta qurish mamlakat siyosiy hayotiga ham taalluqli edi. 1988-yilda KPSS ning XIX Butunittifoq konferensiya qarori asosida qonun chiqaruvchi yangi oliy hokimiyat organi — SSS1 Xalq deputatlari syezdi tuzildi SSSRda siyosiyahvolning murakkablashuvi .Yangi oliy lavozim — SSSR Oliy Soveti raisi — joriy etildi. 1989-yilning mart oyida chaqirilgan SSSR halq deputatlari 1 syezdida KPSS MK Bosh sekretari M. S. Gorbachyov ayni paytda SSSR Oliy Soveti raisi etib saylandi. Binobarin, siyosiy islohot tugab borayotgan KPSS ning rahbarlik rolini saqlab qolishga ham xizmat qilishi lozim edi.Mamlakatda senzura deyarli olib tashlandi. Biroq bular mavjud tuzumni saqlab qola olmadi. Bu davrda qator respublikalarda mavjud davlat hokimiyati organlariga parallel ravishda yangi hokimiyat organlari ham vujudga keldi. Ko'ppartiyaviylik reallikka aylanib ulgurdi. Ularning ayrimlari KPSS bilan raqobatlasha boshladi ham. Aksariyati sovet 216 modelidagi sotsializmni, KPSS ning davlat hokimiyatiga bo'lgan monopol huquqini inkor etdi.Ayni paytda KPSSning o'zida ham 3 oqimga bo'linish yuz berdi. Boltiqbo'yi respublikalari kommunistik partiyalari 1989—1990-yillar davomida KPSS tarkibidan ajralib chiqdi. Shu tariqa SSSR da jamiyat hayotining hamma jabhalarida inqiroz kuchaya bordi. Bu hoi milliy respublikalarda aholi milliy ongining uyg'onishiga qulay sharoit yaratdi.Endi ularda mustaqillikka intilish tobora kuchaydi. Boltiqbo'yi respublikalari «Davlat suvereniteti to'g'risida deklaratsiyao qabul qildilar. O'zbekistonda prezidentlik lavozimi joriy etitdi. Shunday sharoitda Markaz milliy nizolar keltirib chiqarish yo'li bilan SSSR ni saqlab qolishga urindi. 1988-yildan boshlab Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida Tog'li Qorabog' masalasida munosabatlar keskinlashdi. 1989-yilda Farg'ona, 1990-yilda Olsh, 1991-yilda Gruziya — Abxaziya, Gruziya — Janubiy Osetiya qonli voqealari keltirib chiqarildi. Ayni paytda M. S. Gorbachyov va Rossiya rahbari B. Yelsin o'rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi.SSSR ning yagona totalitar davlat sifatida saqlanib turishida KPSS ning roll beqiyos katta bo'lgan-ligiga SSSR ning 70-yillik tarixi guvoh. Biroq qayta qurish yiliarida KPSS obro'si borgan sari yo'qolib bordi. SSSR ning parchalanishi Partiyada poraxo'rlik va korrupsiya kuchaydi. Demokratik kuchlar hatto SSSR Kon-stitutsiyasiga yozib qo'yilgan KPSS ning rahbarlik roli haqidagi qoidaning chiqarib tashlanishiga erishdilar (1990-yilda). Shunday sharoitda yangi lavozim — SSSR Prezidenti lavozimi joriy etildi. 1990-yilning mart oyida SSSR Xalq deputatlari III syezdi M. S. Gorbachyovni SSSR Prezidenti etib sayladi.M. S. Gorbachyovning maqsadi SSSR ni qanday bo'lmasin saqlab qolish edi. Chunki u o'zi boshlagan islohot SSSR ni qulatishi mumkinligini aslo xayoliga keltirmagan edi. Endi u yangi ittifoq shartnomasi imzolanishi uchun bor kuchi bilan harakat qila boshladi.M. S. Gorbachyov 1991-yilning aprel oyidan boshlab 9-respublika rahbari bilan yangi ittifoq shartnomasi xususida to'g'ridan-to'g'ri muzokara o'tkaza boshladi. Va, nihoyat, 1991-yilning avgust oyida barcha tomonlarni qoniqtiruvchi «Mustaqil Respublikalar Ittifoqi» haqidagi shartnoma loyihasini ishiab chiqishga erishildi.Unga ko'ra, Markaz endilikda boshqaruvchilik maqomini yo'qotar va u asosan muvofiqlashtirish vazifasi bilan shug'ullanar edi. Markaz ixtiyoriga mudofaa, moliya, ichki ishlar, qisman soliq va ijtimoiy siyosat masalalari qoldirildi, xolos. Ayni paytda rus tili davlat tili maqomini yo'qotib, millat-lararo muloqot tiliga aylanardi.Shartnomani imzolash 1991-yil 22-avgustgabelgilandi. Biroq real hoki-miyatni qo'ldan chiqarishni istamagan kuchlar 18-avgustdan 19-avgustga o'tar kechasi davlat to'ntarishi qilishga urindilar. Ular GKCHP (Favqulodda 217 Holat Davlat Qo'mitasi) tuzdilar. Qrimda dam olayotgan M. S. Gorbachyov hokimiyatdan chetlatildi. GKCHP ga SSSR vitse-prezidenti G, Yanayev rahbarlik qildi. GKCHP SSSR ning ba'zi hududlarida favqulodda holat joriy etdi. SSSR ning 1977-yilgi Konstitutsiyasiga zid ravishda tuzilgan davlat organlari bekor qilinishi, muxolif partiyalar faoliyati to'xtatilganligi, mitinglar va namoyishlar o'tkazish man etilganligi, ommaviy axborot vosi-talari nazoratga olinganligi e'lon qilindi.Moskva shahriga armiya qismlari kiritildi. Biroq Moskva aholisi GKCHP ni qo'llab-quwatlamadi. Aksincha, ular GKCHP ga qarshi chiqqan Rossiya' Prezidenti B.'Yelsin taraftda bo'ldilar. B. Yelsin moskvaliklarni GKCHPj ga qarshi uyushtira oldi. Armiyaning asosiy qismi ham GKCHP ni qo'llab-:' quvvatlamadi. G'arb davlatlari ham GKCHP ni tan olmadilar. Xalq-madadidan mahrum bo'Igan GKCHP oxir-oqibatda mag'lubiyatga uchradi. 22-avgust kuni GKCHP ning barcha rahbarlari davlat to'ntarishi qilishga; uringanlikda ayblanib hibsga olindilar.Noyabr oyida B. Yelsin Rossiya Federatsiyasi hududida KPSS faoliyatini; taqiqlash haqida farmon chiqardi. Shu tariqa KPSS yagona siyosiy tashkilot sifatida barham topdi. KPSS MK Bosh sekretari lavozimidan voz kechgan M. S. Gorbachyov SSSR ni saqlab qolish uchun harakat qila boshladi. Biroqj u hech narsaga erisha olmadi. 1922-yilning 30 dekabrida SSSR ni tuzgan 3' davlat — Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya rahbarlari 1991' yilning 8-dekabr kuni SSSR tarqatilganligini e'lon qildilar hamda Mustaqil? Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) tuzilganligi haqidagi bitimni imzoladitar.Bu bitim tarixga «Belovej bitimi» nomi bilan kirdi. Shu tariqa SSSRi parchalanib ketdi. 21-dekabr kuni yana 8 respublika (Ozarbayjon,| Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston,, Tojikiston va Moldova) ham bu bitimni imzoladilar. 25-dekabr kunij M. S. Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan iste'fo berdi. SSSR dan Rossiyaga og'ir meros qoldi. Bozor iqtisodi qonunlarini joriyl etish juda murakkab yo'ldan bordi. Rossiya sobiq sovet respublikalari o'rtasida va xalqaro maydonda o'z mavqeini yo'qotmasligi lozim edi. Bu oson ish emas edi.1992-yilda narxlar erkinlashtirila boshlandi. Yil oxiriga kelib davlat ixtiyorida faqat budjetda ishlovchilarning ish haqini va ular ishlab chiqargan mahsulotlar narxini belgilash qoldi. Davlat eng asosiy korxonalardan tashqari barcha korxonalarini o'z tasarrufidan chiqaraboshladi. Bu korxonalar u yerda ishlovchilarning aksionerlik mulkiga aylandi. Ular aksiyalarning katta qismini boshqa fuqarolarga xususiylashtirish chekiga (vaucherga) sotish huquqiga ega edilar. Mamlakatda 24 ming korxona, 15 foiz fermer xususiylashdi.Davlatda yetarli mablag'ning yo'qligi natijasida bir yilda ishlab chiqarish 20 foizga pasayti. Ijtimoiy ta'minot, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash xodimlari qiyin ahvolga tushib qoldi. 218 Aholi daromadi 2 baravar kamaydi. B. Yelsin 1992-yil dekabrda Ye. Gaydar o'rniga V. Chernomirdinni Bosh vazir etib tayinladi.1993-yil 23-aprelda umumxalq referendumi o'tkazildi va ko'pchilik B. Yelsinni qo'lladi, Lekin Oliy Sovet raisi R. Xasbulatov Prezidentga qarshi faoliyatni davom ettirdi. 1993-yil 21-sentabrda B. Yelsin Oliy Sovetni tarqatdi, Ammo Xasbulatovchilar bo'ysunmay, Oq uyda syezd chaqirib, B. Yelsin ishdan olinganligini va A. Rutskoy vitse-prezident etib saylanganini bildirishdi va qurolli hujumga o'tdi. B. Yelsin bunga kuch bilan javob berdi va 4-oktabrda Oq uy o'qqa tutildi, oppozitsiya taslim bo'ldi. Prezident Sovetlarni tarqatib yubordi. 1993-yil 12-dekabrdagi Umumxalq referendu-mida 58 foiz qatnashchilar yangi Konstitutsiya uchun ovoz berdilar.Iqtisodiyotda o'tkazilgan tadbirlar natijasida ishlab chiqarishning 70 foizi aksionerlar va xususiy kompaniyalar qo'liga o'tdi. Rossiyada ko'plab g'oyalar, harakatlar yuzaga keldi. G. Yavlinskiy, A. Chubays, Ye. Gaydar va boshqalar o'z takliflari bilan chiqdilar. Lekin ahvol murakkabligicha qoldi. Buni V. Chernomirdin «iloji boricha yaxshi bo'Iishini istadik, ammo ahvol har doimgidek davom etaverdi», deb tan oldi,Oppozitsiya yerni erkin oldi-sotdi qilishga va garovga qo'yishga xalaqit berardi. Ularning deyarli barchasi eski sovet davri rahbarlari bo'lib, yangi sharoitga, bozor iqtisodi sharoitiga ruhiy va amaliy jihatdan moslashishga qiynaldilar. Buning ustiga Chechenistondagi harakat Rossiya uchun juda qimmatga tushdi.1996-yilgi saylovlarda B. Yelsin qiyinchilik bilan g'alaba qildi. U bozor iqtisodiga o'tishni «yosh islohotchilar* (Chubays) qo'Ii bilan jadallashtirishga harakat qildi. Lekin 1998-yilda budjetni hayotga tatbiq etishning iloji bo'lmadi.B. Yelsin Chernomirdin o'rniga Bosh vazir etib S. Kiriyenkoni tayinladi. Lekin ahvol o'nglanmadi. 1998-yil santyabrda keksa siyosatchi Ye. Primakov Bosh vazir etib tayinlandi. 1999-yil ishlab chiqarish biroz jonlansa-di, yangi bozor iqtisodi tartiblari o'rnatilmadi. 1999-yiI may oyida Ye. Primakov ishdan olinib dumaparast V. Stepashin hukumat boshlig'i qilib tayinlandi. Moskva men Yu. Lujkov «kapitalizmchasiga ishlash, ammo sotsializmchasiga taq-simlash» shiori bilan chiqdi.Shunday og'ir sharoitda B. Yelsin hokimiyatga munosib nomzod izladi va 1999-yiI avgustida V. Putin hukumat boshlig'i qilib tayinlandi.Razvedka maktabini o'tagan, qat'iyatli, yangicha fikrlovchi, sotsializm mansablarida ishlamagan aqlli va irodali V. Putin tezda o'zini ko'rsatdi. U chechen jangarilarini jilovlashda oqiloni yo'l tutdi va katta obro' qozondi. 1999-yiI kuzida ma'muriyat «Yedinstvo» (Birlik) harakatini tashkil etdi va V. Putinga yordam berdi. 1999-yiI dekabrda Dumaga saylovlarda Lujkov — Primakov bloki va kommunistlar zaiflashib qoldi.Hokimiyat ishonchli qo'lga o'tganini tushungan B. Yelsin 2000-yil boshida muddatidan oldin iste'foga chiqdi. Mart oyidagi Prezident saylovida V. Putin g'olib chiqdi. 219 Rossiyada hukumat almashuvlaridan charchagan xalq V. Putinni qo'llab-quwatladi. Putin islohotlarni kuchaytirdi. Noqonuniy boylik to'plagan moliya magnatlarining payini qirqdi. Ularning ko'pi chet elga qochib ketdi. Bozor iqti-sodi qonunlarini mustahkamladi. Natijada 4—5 yil ichida Rossiyada yillik o'sish 7— 8 foizga ko'tarildi. Ulug' rus ambitsiya-v. v. Putinsidan xoli bo'lgan V. Putin MDH mam-lakatlari bilan munosabatlarni xalqarohuquq doirasida yaxshiladi. Lekin bu barcha muammolar hal qilindi, degani emas. Rossiya xalqaro maydonda o'z mavqeini ancha yo'qotdi. Rossiya bilan O'zbekiston o'rtasida do'stona munosabatlar kundan-kunga rivojlanib bormoqda.Rossiya Prezidenti V. Putin va O'zbekiston Prezidenti I. Karimov Moskva va Toshkentda bir necha bor uchrashdilar. 2005-yil iyun oyida Islom Karimov Moskvada bo'ldi. Rossiya bilan O'zbekiston o'rtasidagi savdo 2004-yilda 1 mlrd. 641 mln. dollardan oshdi. O'zaro iqtisodiy aloqalarni yanada jadallashtirish masalalari kelishib olindi. Shuningdek Rossiya Shanxay hamkorlik tashkilotida qatnashib, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. 25-§. Markaziy va janubi-sharqiy Yevropa davlatlari Kommunistikpartiyalarninghokimiyat tepasigakelishi Ikkinchi jahon urushi G'arbiy Yevropa davlatlari qatori Markaziy va Janubiy Yevropa davlatlarini (Polsha, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Bolgariya va Albaniya) ham o'z domiga tortgan edi. Ularning ayrimlarini (Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Albaniya) Germaniya va Italiya bosib oldi. Bolgariya, Vengriya va Ruminiya esa fashist davlatlarining ittifoqchisi sifa-tida urushda ishtirok etdilar. Bu davlatlar siyosiy-tarixiy adabiyotlarda «Sharqiy Yevropa davlatlari* (sobiq GDR ham shu qatorga kirgan) deb ham atalgan. Urushdan keyingi yillarda G'arbiy va Sharqiy Yevropa davlatlari taqdiri turlicha kechdi. Chunonchi, G'arbiy Yevropa davlatlari iqtisodiyotida erkin bozor munosabatlari to'la qaror topdi. Jamiyat hayotida tub demokratik tamoyillar mustahkamlandi. llmiy-texnika inqilobi yutuqlari ishlab chiqarishga to'fa joriy etildi. Natijada G'arbiy Yevropa davlatlarida aholining yuqori turmush darajasi ta'minlandi.Sharqiy Yevropa davlatlarida esa jamiyat hayoti o'zgacha kechdi. Bun-da, birinchidan, bu davlatlarni (Albaniyadan tashqari) SSSR armiyasi fashizmdan ozod etganligi hal qiluvchi rol o'ynadi. Bu omil Sharqiy Yevropa davlatlarida Kommunistik partiyalarning hokimiyat tepasiga kelishiga qulay imkoniyat yaratdi. Qolaversa, urush kommunistik partiyalarning obro'sini oshirgan ham edi. Chunonchi, Yugoslaviya va Albaniya kommunistik partiyalari antifashist harakatga rahbarlik qildilar, boshqa davlatlarda esa kommunistlar bu harakatda faol ishtirok etgan edilar.Ikkinchidan, «sovuq urush* tufayli keskinlashgan sovet-amerika munosabatlari SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari ichki ishlariga aralashuviga qulay sharoit yaratdi. Natijada 1946—1949-yillar davomida Sharqiy Yevropa davlatlarida kommunistlar hokimiyatni to'la egallab oldilar.Chunonchi, bu davlatlarda, SSSR da bo'lganidek, ko'ppartiyalik tuga-tildi {Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviya va Albaniyada). GDR, Polsha, Chexoslovakiya va Bolgariyada nomigagina ko'ppartiyaviylik saqlab qolindi. Masalan, GDR da 5 ta siyosiy partiya mavjud bo'lsa-da, real hokimiyat kommunistik partiya (Germaniya yagona sotsialistik partiyasi — GYASP) qo'lida edi. Boshqa 4 siyosiy partiya GYASP ning yetakchi, rahbar siyosiy kuch ekanligini tan olishga majbur etilgan edi. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling