Sovet davlati


Download 1.05 Mb.
bet6/20
Sana25.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1399023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Bundan tashqari, «harbiy kommunizm» — bu xususiy savdoning batamom taqiqlanishi, pulning bekor qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini tenglik tamoyili asosida taqsimlash, faqat yirik va o‘rta sanoatgina emas, hatto mayda sanoatni ham milliylashtirish, boshqaruvning o‘ta markazlashtirilishi ham edi.

  • Bundan tashqari, «harbiy kommunizm» — bu xususiy savdoning batamom taqiqlanishi, pulning bekor qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini tenglik tamoyili asosida taqsimlash, faqat yirik va o‘rta sanoatgina emas, hatto mayda sanoatni ham milliylashtirish, boshqaruvning o‘ta markazlashtirilishi ham edi.
  • Xo‘sh, nega bu siyosat «harbiy kommunizm» siyosati deb atalgan?
  • Bu iboradagi «harbiy» so‘zi — bu siyosatning fuqarolar urushi va harbiy intervensiya davrida qo‘llanilganligini anglatadi.
  • «Kommunizm» so‘zi esa 1919—1921-yillarda Sovet Rossiyasida marksizm-leninizm ta’limoti tasavvuridagi kommunizmga xos quyidagi xususiyatlar amal qilganligini anglatadi: savdoning tugatilganligi; pulning bekor qilinganligi, binobarin, mehnat uchun pul to‘lanmasligi; aholiga iste’mol mollarini taqsimlab berishning amal qilishi; barcha xizmat turlarining tekinligi.

3. Frontdagi o’zgarishlar

  • To‘rtlar ittifoqining yengilishi Antantaga Sovet Rossiyasi hududiga kiritilgan qo‘shinlarining sonini ko‘paytirishga imkon berdi. Chunonchi, 1919yilning fevral oyida Antantaning Rossiya janubiy hududiga tashlangan qo‘shinining soni 130 ming, Uzoq Sharq va Sibirdagi qo‘shini esa 20 ming kishiga yetkazildi. Ayni paytda, Antanta oq gvardiyachilarni qo‘llabquvvatlay boshladi.
  • 1918- yilning 18-noyabrida Sibirda hokimiyat oq gvardiyachi admiral A. V. Kolchak qo‘liga o‘tdi. U o‘zini Rossiyaning Oliy hukmdori deb e’lon qildi. 1919-yilning yanvarida Shimolda general Ye. K. Miller, shimoli-g‘arbda general N. N. Yudenich, janubida A. I. Denikin diktaturasi o‘rnatildi.

Biroq Antanta o‘z niyatiga erisha olmadi. Uning qo‘shinlari mahalliy aholi, qizil armiya qismlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Bundan tashqari, ularga bolsheviklarning tinimsiz tashviqotlari ham qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Natijada ular Sovet hokimiyatiga qarshi kurashdan bosh torta boshladilar. Ish hatto ularning o‘z hukumatlari intervensiya siyosatiga qarshi isyon ko‘tarishlarigacha borib yetdi. Isyonning eng yirigi Odessa va Sevastopol shaharlari portlarida turgan fransuz harbiy kemalarida yuz berdi. Jangchilarning to‘la bolsheviklashuvidan xavfsirab qolgan Antanta Oliy kengashi 1919- yilning aprelidan boshlab o‘z qo‘shinlarini Sovet Rossiyasi hududidan olib chiqib ketdi.

  • Biroq Antanta o‘z niyatiga erisha olmadi. Uning qo‘shinlari mahalliy aholi, qizil armiya qismlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Bundan tashqari, ularga bolsheviklarning tinimsiz tashviqotlari ham qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Natijada ular Sovet hokimiyatiga qarshi kurashdan bosh torta boshladilar. Ish hatto ularning o‘z hukumatlari intervensiya siyosatiga qarshi isyon ko‘tarishlarigacha borib yetdi. Isyonning eng yirigi Odessa va Sevastopol shaharlari portlarida turgan fransuz harbiy kemalarida yuz berdi. Jangchilarning to‘la bolsheviklashuvidan xavfsirab qolgan Antanta Oliy kengashi 1919- yilning aprelidan boshlab o‘z qo‘shinlarini Sovet Rossiyasi hududidan olib chiqib ketdi.
  • Endi ularning asosiy umidi oq gvardiyachilar edi. Antanta davlatlari ularga har tomonlama yordam ko‘rsatdilar. 1919-yilning mart oyida A.V.Kolchak qo‘mondonligidagi yaxshi qurollangan 300 ming kishilik armiya hujumga o‘tdi. S. S. Kamenev va M. V. Frunze qo‘mondonligidagi sovet armiyasi 1920-yil boshida A.V. Kolchak armiyasini tor-mor etdi. Uning o‘zi asir olindi va otib tashlandi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling