Sovet qo`shinlarining cheklangan qismi 1979 yil Afg`onistonga kiritilgan edi va 1989 yil tashlab chiqdi
Download 288.5 Kb.
|
Sovet qo`shinlarining cheklangan qismi 1979 yil Afg`onistonga ki
Taqrizchi:
A.Qodiriy nomli Jizzax DPI Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi talabasi O’rolov Abdullaning “Afg’onistonga sovet qo’shinlarining kiritilishi va uning salbiy oqibatlari)” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishiga TAQRIZ Malumki, erkinlik,tinch va farovon hayot kechirish insoniyatning azaliy orzu-istagi va intilishi bo’lib kelgan. 21 asrda ham insoniyatni birlashtirib turgan yagona va qudratli kuch-tinchlikdir. Yurt tinchligi-bebaho nemat,ulug’ saodatdir.Yurt tinchligi-barqaror taraqqiyot garovi. 20 asming so’nggi o’n yili sobiq Ittifoq uchun ulkan parokandalik, mustaqillikni qo’lga kiritgan respublikalar uchun esa zafarli yillar bo’lib tarixga kirdi.Sotsializm hamda uning yuqori bosqichi kommunizmni ulug’lovchi marksizm-leninizm inqirozga yuz tutib, tarix sahnasidan chekindi. 20 asming so’nggi choragi Afg’oniston davlati, uning xalqi uchun taloto’plar, xunrezliklar, tajovuzlar, mojarolar, birodarkushlik va odamkushlik, o’zaro nizo va ichki kurashlar avj olgan davr bo’ldi. Tadqiqotchi talaba A.O’rolovning mazkur biz tanishib chiqqan Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, 5 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. BMIning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o’rganilganlik darajasi, obyekti va predmeti, tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari, maqsad va vazifalari kabi masalalar bayon qilingan. BMIning 1-2-boblari to’laligicha hanuzgacha Afg’onistonda davom etayotgan fuqarolik urushlarining kelib chiqish voqealarini o’z ichiga qamrab oladi.Boblaming yoritilganlik darajasi yaxshi.Tadqiqotchining ushbu mavzu ustida jiddiy ish olib borganligi seziladi. pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish usullarini yoritib berishga harakat qilgan.Bobning yoritilganlik darajasi BMI talablari darajasida. Ushbu ishda yuqorida keltirilgan yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, ishning ayrim sahifalarida imloviy xatolar mavjud. Shuningdek, ishning xulosa qismiga ham e’tibor berish kerak. Shunday bo’lsada bu kamchiliklar BMIni ilmiy qiymatini tushurmasligini inobatga olib, ishni ijobiy baholayman. Download 288.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling