Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, sssr, Sovet Ittifoqi


Download 36.06 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi36.06 Kb.
#1154086
Bog'liq
Paxta ishi


Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqiSSSRSovet Ittifoqi — sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91-yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSRni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922-yil)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohish irodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belarus (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936- yildan ittifoqdosh respublikalar — Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston SSR), keyinchalik — 1925-yil Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929-yil Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936-yil Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940-yil Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.
20-yillarning boshlaridan, ayniqsa, V.I.Leninning vafotidan keyin mamlakat rahbariyati orasida hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Rahbarlikning avtoritar usullari qaror topishi, I.V.Stalin shu usullardan foydalanib, yakkaboshchilik hokimiyati rejimini kuchaytirib bordi. 1921-yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20-yillarning oʻrtalarida toʻxtatilib, soʻng mamlakatni jadal industriyalash va qishloq xoʻjaligini zoʻrlab kollektivlashtirish (jamoalashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasini toʻla-toʻkis oʻziga boʻysundirib oldi. SSSR Respublikalari bayrogʻi (qarang Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi). Mamlakatni tez modernizatsiyalash va boshqa mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilib qoʻygan qatʼiy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi. Boshlangan ommaviy qatagʻonlar 1934-yildan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, otildi, surgun qilindi (qarang Repressiya). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga solib qoʻyildi, bepoyon mamlakatdagi barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan boʻldi, oʻta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud tizimi bedodlik asosiga qurildi. 30-yillarning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin oʻzgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yoʻlidan qaytildi. 1939-yil Sovet-Olmon bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belarus, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovet-fin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obroʻsiga putur yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan chiqarib yuborildi). 1941-yil Olmoniya shartnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qoʻqqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5mln. boʻlgan Oʻzbekistondan 1mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butun-butun xalqlar — bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, Volga boʻyi olmonlari va boshqalar oʻzga oʻlkalarga majburlab koʻchirildi. SSSR AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi ittifoqchilar yordamida urushda gʻolib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpatye Ukrainasi va boshqa yerlar hisobiga mamlakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatagʻonlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, „vrachlar ishi“, „Leningrad ishi“ va boshqalar) davom ettirildi, oʻzbekistonlik koʻpgina yozuvchi, shoir, olim va boshqa ziyolilar ham shu siyosat azobini tortdilar. Gʻarb mamlakatlari bilan ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum oʻrtasida „sovuq urush“, qurollanish poygasi boshlandi. I.V.Stalin vafoti (1953-yil)dan keyin boʻlib oʻtgan KPSS 20-syezdi (1956-yil) N.S.Xrushchyov tashabbusi bilan Stalin shaxsiga sigʻinishni tanqid qildi. Qatagʻon qurbonlari oqlana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirishga, qishloq xoʻjaligini, uy-joy qurilishini, yengil sanoatni rivojlantirishga koʻproq eʼtibor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufayli ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirildi (1954-yil), Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi (1957-yil), ichida kosmonavt uchuvchi boʻlgan birinchi kosmik kema (1961-yil) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xavfi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yoʻlidagi bu urinishlar izchillik bilan oʻtkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Partiya va davlatga L.I.Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964—82-yil) davlat va jamiyat hayotida toʻrachilik avj oldi, iqtisodiyotda turgʻunlik hukm surdi. A.N.Kosiginning tashabbusi bilan oʻtkazilgan islohotlar toʻxtab qoldi, iqtisodiyot ekstensiv yoʻldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tushgan mablagʻning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956-yil) va Chexoslovakiya (1968-yil) rahbariyatining islohot oʻtkazish yoʻlidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi bilan bostirilishi, Afgʻonistonga qoʻshin kiritilishi (1979-yil) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985-yilda hokimiyat tepasiga kelgan M.S.Gorbachyov va uning tarafdorlari „qayta qurish“ siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Milliy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol ogʻirlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar oʻz imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida 1991-yil avgust oyida Favqulodda holat davlat qoʻmitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat toʻntarishi qilishga urinib koʻrdi, ammo bu urinish barbod boʻldi.

Sovet Ittifoqi „dushmani“ Aleksandr Soljenitsin.
1991-yil 8-dekabrda Belarus, Rossiya va Ukrayina rahbarlari B.N.Yelsin, L.M.Kravchuk, S.S.Shushkevich Belarusdagi Belaya Veja oʻrmonida bitim imzolab, SSSR tugatilishini qayd etdilar va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ni tashkil etilganligini eʼlon qildilar (1991-yil 8-dekabr, Minsk). Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston 1991-yil 21-dekabrda Olma-otada imzolangan Deklaratsiyada MDHni tuzish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshildilar. 1993-yil Gurjiston ham MDHga qoʻshildi. 1991-yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi. Gʻayriinsoniy prinsiplarga asoslangan soxta davlat — „Qizil imperiya“ning taqdiri ana shunday yakun topdi. Bu tarixiy qonuniyat edi.
Oʻzbek xalqi Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida mustaqillikka erishish yoʻlida olib borgan qatʼiy kurash bu jarayonda katta ahamiyatga ega boʻldi. SSSR mavjud boʻlgan yillar mobaynida Oʻzbekiston xalqi mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, ommaviy qatagʻonlar siyosati va kommunistik diktatura oʻtkazgan barcha bedodliklar, jumladan, 80-yillar oʻrtalaridagi „paxta ishi“ning butun azobuqubatlarini boshdan kechirdi.
Paxta ishi – sovet rejimining O‘zbekistondagi so‘nggi qatag‘on siyosati. • O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo‘lgan. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash’um rol o‘ynadi. Moskva tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar O‘zbekistonda o‘zbek xalqini asossiz badnom qilish kompaniyasini boshlab berdi. Plenumda Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS MK sekretari Y.K.Ligachev va boshqalar qatnashib, Kreml ko‘rsatmalari izchillik bilan bajaralishini talab qilishgan
• Aynan ushbu plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O‘zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag‘onlar boshlandi. Keyinchalik bu qatag‘on hatto O‘zbekiston SSRning o‘sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham chetlab o‘tmadi SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus tergovchilar guruhi tuzildi
• maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O‘zbekistonda navbatdagi qatag‘onni amalga oshirdi. • 1983 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi. O‘sha paytda “desantchilar” va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko‘plab xodimlari katta yordam bergan. • 1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‘tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Paxta ishining o‘zbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati • Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom etilib, paxta ishi- ga ataylab siyosiy tus berildi va u “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbarlari qo‘llab-quvvatlashdi. • Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O‘zbekistonning par- tiya va hokimiyat tizimida asosiy o‘rinlarni egallab, o‘zbek xalqiga qarshi qatag‘onni avj oldirdilar. Qatag‘on qilichi eng avvalo O‘zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko‘tarildi. “Sharof Rashi- dovchilik” degan sun’iy ibora o‘ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o‘limidan so‘ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.
• Xullas, sovet rejimining paxta ishi oqibatida O‘zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo‘lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O‘zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko‘plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag‘on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag‘on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamda tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g‘arazli ishlariga ko‘maklashgan ayrim qo‘rqoq va xoinlar ham faollik ko‘rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati
Download 36.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling