Sovet Sotsialistik Respublikalari


Download 293.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi293.57 Kb.
#1051200
Bog'liq
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi - Vikipediya



Sovet Sotsialistik
Respublikalari
Ittifoqi
Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi — sobiq 
Rossiya imperiyasi
hududining katta qismida 1922—91-yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSRni tashkil
etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922-yil)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohish
irodasiga zid ravishda 
Rossiya
(
RSFSR
), Ukraina (
USSR
), Belarus (
BSSR
), Zakavkazye
respublikalari [ZSFSR; 1936- yildan ittifoqdosh respublikalar — 
Ozarbayjon
 (
Ozarbayjon SSR
),
Armaniston
(
Armaniston SSR
), 
Gurjiston
 (
Gurjiston SSR
), keyinchalik — 1925-yil 
Oʻzbekiston
(
Oʻzbekiston SSR
), 
Turkmaniston
(
Turkmaniston SSR
), 1929-yil 
Tojikiston
(
Tojikiston SSR
),
1936-yil 
Qozogʻiston
 (
Qozogʻiston SSR
), 
Qirgʻiziston
(
Qirgʻiziston SSR
), 1940-yil 
Moldaviya
(
Moldaviya SSR
), 
Latviya
 (
Latviya SSR
), 
Litva
(
Litva SSR
) va 
Estoniya
(
Estoniya SSR
) kiritilgan.


20-yillarning boshlaridan, ayniqsa, V.I.Leninning vafotidan keyin mamlakat rahbariyati orasida
hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Rahbarlikning avtoritar usullari qaror topishi, I.V.Stalin
shu usullardan foydalanib, yakkaboshchilik hokimiyati rejimini kuchaytirib bordi. 1921-yilda
boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20-yillarning oʻrtalarida toʻxtatilib, soʻng mamlakatni
jadal industriyalash va qishloq xoʻjaligini zoʻrlab kollektivlashtirish (jamoalashtirish) siyosati
boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasini toʻla-toʻkis oʻziga boʻysundirib oldi.
SSSR Respublikalari bayrogʻi
(qarang 
Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi
). Mamlakatni tez
modernizatsiyalash va boshqa mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qoʻllab-quvvatlashni maqsad
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi
Союз Советских Социалистических Республик
Bayroq
Gerb
Madhiya
«Internationale» (1922—1944)
«Sovet Ittifoqi Madhiyasi»
(1944—1991)
3:59
3:28
Bu maqolada manbalar teglariga olinmagan, yoki umuman
koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.
Ko‘proq o‘rganish


qilib qoʻygan qatʼiy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi.
Boshlangan ommaviy qatagʻonlar 1934-yildan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha
tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, otildi, surgun qilindi
(qarang 
Repressiya
). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga solib qoʻyildi, bepoyon mamlakatdagi
barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan boʻldi, oʻta
mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud
tizimi bedodlik asosiga qurildi. 30-yillarning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin
oʻzgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yoʻlidan qaytildi. 1939-yil Sovet-Olmon bitimlari tuzildi,
unga binoan bir yil ichida Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belarus, Boltiqboʻyi mamlakatlari,
Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. SSSR tomonidan boshlangan
sovet-fin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obroʻsiga putur
yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan chiqarib yuborildi). 1941-yil Olmoniya shartnomalarni buzib,
Sovet Ittifoqiga qoʻqqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5mln. boʻlgan Oʻzbekistondan
1mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butun-butun xalqlar — bolqorlar, chechenlar,
qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, Volga boʻyi olmonlari va
boshqalar oʻzga oʻlkalarga majburlab koʻchirildi. SSSR AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi
ittifoqchilar yordamida urushda gʻolib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga),
Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpatye Ukrainasi va boshqa yerlar hisobiga mamlakat
hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatagʻonlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, „vrachlar ishi“,
„Leningrad ishi“ va boshqalar) davom ettirildi, oʻzbekistonlik koʻpgina yozuvchi, shoir, olim va
boshqa ziyolilar ham shu siyosat azobini tortdilar. Gʻarb mamlakatlari bilan ittifoqchilik
munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum oʻrtasida „sovuq urush“, qurollanish poygasi
boshlandi. I.V.Stalin vafoti (1953-yil)dan keyin boʻlib oʻtgan KPSS 20-syezdi (1956-yil)
N.S.Xrushchyov tashabbusi bilan Stalin shaxsiga sigʻinishni tanqid qildi. Qatagʻon qurbonlari
oqlana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirishga, qishloq xoʻjaligini, uy-joy qurilishini,
yengil sanoatni rivojlantirishga koʻproq eʼtibor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni,
moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufayli ayrim yutuklarga erishildi:
dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirildi (1954-yil), Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi
(1957-yil), ichida kosmonavt uchuvchi boʻlgan birinchi kosmik kema (1961-yil) uchirildi; SSSR
ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xavfi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va maʼmuriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash
yoʻlidagi bu urinishlar izchillik bilan oʻtkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Partiya va
davlatga L.I.Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964—82-yil) davlat va jamiyat hayotida
toʻrachilik avj oldi, iqtisodiyotda turgʻunlik hukm surdi. A.N.Kosiginning tashabbusi bilan
oʻtkazilgan islohotlar toʻxtab qoldi, iqtisodiyot ekstensiv yoʻldan rivojlantirildi. Neft va gazni
eksport qilishdan tushgan mablagʻning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya
(1956-yil) va Chexoslovakiya (1968-yil) rahbariyatining islohot oʻtkazish yoʻlidagi harakatlari
Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi bilan bostirilishi, Afgʻonistonga qoʻshin kiritilishi (1979-yil)


xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985-yilda hokimiyat tepasiga kelgan M.S.Gorbachyov va
uning tarafdorlari „qayta qurish“ siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy,
milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun
qilingan palapartish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Milliy nizolar kuchaydi,
iqtisodiy ahvol ogʻirlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh
mansabparastlar oʻz imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida 1991-yil avgust oyida Favqulodda
holat davlat qoʻmitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat toʻntarishi qilishga urinib koʻrdi, ammo bu urinish
barbod boʻldi.
1991-yil 8-dekabrda Belarus, Rossiya va Ukrayina rahbarlari 
B.N.Yelsin
, L.M.Kravchuk,
S.S.Shushkevich Belarusdagi Belaya Veja oʻrmonida bitim imzolab, SSSR tugatilishini qayd
etdilar va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ni tashkil etilganligini eʼlon qildilar (1991-yil 8-
dekabr, Minsk). Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston,
Turkmaniston, Oʻzbekiston 1991-yil 21-dekabrda Olma-otada imzolangan Deklaratsiyada
MDHni tuzish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshildilar. 1993-yil Gurjiston ham MDHga qoʻshildi. 1991-yil
25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi. Gʻayriinsoniy prinsiplarga
asoslangan soxta davlat — „Qizil imperiya“ning taqdiri ana shunday yakun topdi. Bu tarixiy
qonuniyat edi.
Oʻzbek xalqi Oʻzbekiston Prezidenti 
Islom Karimov
boshchiligida mustaqillikka erishish yoʻlida
olib borgan qatʼiy kurash bu jarayonda katta ahamiyatga ega boʻldi. SSSR mavjud boʻlgan yillar
mobaynida Oʻzbekiston xalqi mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish,
ommaviy qatagʻonlar siyosati va kommunistik diktatura oʻtkazgan barcha bedodliklar, jumladan,
80-yillar oʻrtalaridagi „paxta ishi“ning butun azobuqubatlarini boshdan kechirdi.
Sovet Ittifoqi „dushmani“ 
Aleksandr Soljenitsin
.


Soʻnggi tahrir 4 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Sovet_Sotsialistik_Respubli
kalari_Ittifoqi&oldid=2858698

dan olindi
SSRI liderlari
Yana qarang


Download 293.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling