Sovetlarning O’zbekistondagi qatog’onlik siyosati. Reja: Kirish Asosiy qism Totalitar tuzumning kuchayishi 2
Download 60.45 Kb.
|
Vahobov Barkamol Kurs ishi Sovetlarning O\'zbekistonda qatag\'on siyosati.docx- tugrisi
Sovetlarning O’zbekistondagi qatog’onlik siyosati. Reja: Kirish Asosiy qism 1. Totalitar tuzumning kuchayishi 2. XX-asrning 20-30 yillarida sovetlarni o’lkadagi qatag’onlik siyosati 3. Mustabid tuzumning qatag’on siyosati va uning oqibatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish XX asr 20-yillari ikkinchi yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv-idora tizimida ham keskin o‘zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta-sekinlik bilan o‘zining yakkahokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo‘ldi. 20-yillar oxirlarida Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «Sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham kuchayib boradi» degan g‘oya g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning avj olishiga olib keldi. Stalin va uning atrofidagilar mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o‘z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib, har qanday muxolifatchi qarashlarni, ularning tashuvchilarini mahv etib bordilar. Shu tariqa, mamlakatda Lenin tomonidan asos solingan totalitar boshqaruv tizimini Stalin yanada kuchaytirdi. Bu tizimning mohiyati shundaki, unda davlat boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik xarakteriga ega bo‘ladi. Ijtimoiyot, iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat sohalari ustidan qattiq nazorat o‘rnatiladi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, muxolifatchilik harakatlarida bo‘lish qat’iyan man etiladi, siyosiy erkinliklar taqiqlanadi. Ayni chog‘da demokratiya buziladi, ilg‘or, taraqqiyparvar kuchlar qatag‘onlikka mahkum etiladi. Hukmron partiyaning yagona irodasi, o‘zboshimchaligi, chegara bilmas zo‘ravonligi avjga minadi. Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi milliy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon-ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog‘lab qo‘ydi. Bu O‘zbekiston timsolida ham ko‘zga yaqqol tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining hamma bo‘g‘inlari to‘liq ravishda SSSR organlariga bo‘ysundirildi. Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot — O‘zbekiston Kompartiyasi ham VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida, ya’ni viloyat bo‘limi maqomiga tushirildi. Binobarin, hukmron partiya Totalitar tuzumning kuchayishiniya qabul qiladigan har qanday qaror-u farmoyishlar, rahbariy ko‘rsatmalar respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi. Stalincha ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ko‘zga ko‘rinarli va ko‘zga ko‘rinmas ming xil qizil iplar bilan O‘zbekistonni o‘z domiga kiritib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini ham yo‘qqa chiqargan edi. Download 60.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling