Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


- §. TURKISTONDA ILM-FAN TARAQQIYOTI


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1536017
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
9-uzbek

39-
§. TURKISTONDA ILM-FAN TARAQQIYOTI 
Tarix fanidagi yutuqlar 
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida ilm-fan sohasida katta muvaffaqiyatlarga 
erishildi. Bu muvaffaqiyatlarga erishishda jadidlarning o
’rni katta bo’ldi. Ular 
tarbiyaviy maqsadlarda tarix sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantira boshladilar. 
Jadidlar tarixni xonlar, sultonlar va amirlar almashinuvi sifatida tasvirlash 
o
’rniga xalq tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini o’quvchilarga tanishtira 
boshlashdi. 
Tarixchi va jurnalist Mulla Olim Maxdum hoji `Tarixi Turkiston` (`Turkiston 
tarixi`) asarini yozdi. Bu asar o
’zbek tilida bosmadan chiqdi. Unda qadimgi 
davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha bo
’lgan voqealari yilnomasi 
bayon etilgan edi. Bu kitob o
’zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat 
qozondi. 
Jadidlar Turkistonda savodxon va bilimdon kishilarni tarbiyalashda tarix 
fanining 
ahamiyatini 
yuqori 
baholar 
edilar. 
Mahmudxo
’ja Behbudiy 
Turkistonning barcha aholisiga `hozirgi dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil` 
bo
’lish uchun o’z vatani tarixini o’rganish da’vati bilan murojaat qildi. Bu 
davrning yana bir yirik tarixchi olimi Muhammad Solih edi. U 25 yillik 
izlanishlaridan keyin `Tarixi jadidai Toshkent` (Toshkentning yangi tarixi) 
asarini yozgan. Asar Toshkent shahrining XIX asrdagi qiyofasi batafsil 
yoritilganligi bilan qimmatlidir. 
Xorazmlik mashhur olim Muhammad Yusuf Bayoniy ham avlodlarga ikki yirik 
tarixiy asarini meros qoldirgan. Bular `Xorazm tarixi` va `Shajarai 
Xorazmshohiy` asarlaridir. 
Rus tadqiqotchilari ham o
’lkadagi tarix fani rivojiga sezilarli hissa qo’shgan. 
Ulardan biri sharqshunos va arxeolog V. Vyatkin (1869-1932) bo
’lib, u 
Samarqandda faoliyat yuritdi. V. Vyatkin mahalliy tarixchilar bilan birgalikda 
ancha vaqt Ulug
’bek rasadxonasi o’rnini izladi. 1908-yilda rasadxona binosi 
qoldiqlarini va rasadxonaga tegishli asbob-uskunalarning bir qismini topishga 
muvaffaq bo
’ldi. U `Shohizinda`, `Cho’ponota`, `Afrosiyob qo’rg’oni` asarlarini 
yozdi. Rus va o
’zbek tillarini o’rganish bo’yicha qator darsliklar muallifi bo’ldi. 
1895-yilda tashkil etilgan Arxeologiya havaskorlari to
’garagining qatnashchilari 
o
’lkadagi tarixiy yodgorliklarni o’rganishga kirishdi. Garchi qidiruv va qazish 
ishlari kamdan kam o
’tkazilgan bo’lsa-da, ular ayrim arxeologik obyektlarni 


izlab topish va yodgorliklarni tavsiflash bilan shug
’ullanib, sohaga muayyan 
hissa qo
’shdilar. 
O
’rta Osiyoni imperiyaning bir qismiga aylandi deb hisoblagan mustamlakachi 
hukumat o
’lkani faol o’zlashtirish maqsadida ilm-fanni rivojlantirishga ham 
harakat qildi. Eng avvalo, 1867-yilda mintaqaning bosh xaritasi tuzib chiqildi. 
Hududni xaritalashtirish va iqlimini o
’rganish uchun Toshkentda meteorologiya 
stansiyasi tashkil etildi. Mutaxassislar yetishmasligi sababli uzoq vaqt 
davomida keng ko
’lamli ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish amalga oshirilmadi. 
Faqat XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlarida O
’rta Osiyoning tabiiy 
boyliklarini o
’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tadqiqot ishlari avj oldi. Mashhur 
rus zoologi va sayyohi N. A. Seversev Pomir tog
’ tizimini o’rganib chiqdi. U 
sayohati davomida botanikaga va minerallarga oid namunalar to
’pladi. P. P. 
Semyonov-Tyanshanskiy Tyanshan tog
’ tizimini o’rganib, muzlik, vulqonlar 
haqida qiziqarli ma
’lumotlar to’pladi. A. P. Fedchenko Farg’ona vodiysi va 
Oloyni, shuningdek, Zarafshon vodiysi bilan Qizilqumni ham tekshirib chiqdi. 
Tabiiy fanlarning rivojlanishi 
O
’lkadagi ilmiy tadqiqotlar imperiya uchun harbiy-siyosiy nuqtayi nazardagi 
ahamiyati bilan birinchi o
’rinda turardi. 1871-yilda tashkil etilgan O’rta Osiyo 
Olimlar jamiyati mablag
’ yo’qligi tufayli 1893-yilda o’z faoliyatini to’xtatishga 
majbur bo
’lgan edi. 
Turkiston qishloq xo
’jaligi jamiyati ancha faol ish boshladi. Jamiyat nashr 
ettirgan `Turkistonning qishloq xo
’jaligi` jurnali sohadagi ishlab chiqarish
yerlarni sug
’orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish borasidagi ilg’or 
usullarni targ
’ib qildi.
Qishloq xo
’jaligi jamiyati mustamlakachilar manfaatidan kelib chiqib, 
paxtachilikni rivojlantirish bo
’yicha ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullandi. Mahalliy 
iqlim sharoitiga moslashgan o
’ziga xos O’rta Osiyo paxta navidagi dastlabki 
hosil yetishtirildi. 
1876-yil Toshkentda Turkiston muzeyi (hozirgi O
’zbekiston tarixi davlat 
muzeyi) tashkil etildi. 1870-yili Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil 
etilishi ham O
’rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishida katta 
ahamiyatga ega bo
’ldi. Undagi kitoblarning aksariyat qismi Turkiston tarixi va 
tabiatiga oid nodir asarlar bo
’lgan. 
Adabiyot 
Bu davrda bir qator adabiyot namoyandalari yetishib chiqdi. Shulardan biri 
o
’zbek demokratik shoiri Ubaydulla Solih o’g’li Zavqiy bo’lib, u bitgan satirik 
she
’rlarida hukmdorlar va ruhoniylar xatti-harakatlari tanqid qilinadi. Zavqiy erk 
va ozodlikni tarannum etgan she
’rlari uchun zindonga tashlandi. 
Sharq adabiyoti uchun an
’anaviy bo’lgan janr she’riyat edi. Turkistonda 
she
’riyatning shakl va mazmuni bir-biridan farqlanuvchi va ba’zan bir-biriga zid 
bo
’lgan so’fiylik va tanqidiy-realistik oqim mavjud edi. Shoirlar va yozuvchilar 
o
’z ijodlarida xalq dardini, davrning dolzarb muammolarini aks ettirishga 
harakat qilganlar. Ular orasida Muqimiy, Furqat, Zavqiy, shoira Anbar otin, 


Avaz 
О‘tar о‘g‘li, Ahmad Donish va boshqalarning ijodini alohida ajratib 
ko
’rsatish mumkin. She’rlaridagi haqqoniylik va samimiylik ularni mashhur xalq 
shoirlariga aylantirdi. Muhammad Aminxo
’ja Muqimiy Qo’qon shahrida 
tug
’ilgan. U `Saylov`, `Tanobchilar`, `Hapalak qishlog’i ahlining xonga arzi` va 
boshqa satirik asarlar, `Qo
’qondan Farg’onagacha`, `Qo’qondan Isfaragacha` 
kabi ilk sayohatnomalarning muallifidir. 
Anbar otin ham Zavqiy kabi erksevar va hurfikr she
’rlari bilan shuhrat topdi. 
Shoira Qo
’qon shahrida yashab, ayollarning jamiyat va oiladagi haq-huquqsiz 
ahvoli to
’g’risida achchiq haqiqatlarni qalamga oldi. Ayollarning erkinligi va 
teng huquqli bo
’lishi uchun kurashga da’vat etgani uchun shahardagi 
mutaassib kayfiyatdagi kuchlar tomonidan kaltaklandi va ko
’p o’tmay hayotdan 
ko
’z yumdi. O’zbek shoirlarining she’rlari keng xalq ommasi yuragiga yo’l 
topdi. Ularning she
’rlari asosida ko’plab qo’shiqlar yaratildi. 
XX asr boshlarida o
’zbek adabiyotida yangi janrlar paydo bo’ldi. Nasrda 
yaratilgan asarlar ham dunyo yuzini ko
’rdi. Ayniqsa, jadid adabiyoti rivojlandi. 
Bu adabiyot mazmunida mamlakatdagi og
’ir sharoit va mustamlakachilik tizimi 
illatlari qoralandi. 
Jadid adabiyotida 1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini e
’lon qildi. 
Adib o
’zining hikoyalari, felye’lonlari va pyesalari bilan Turkiston ziyolilari 
hamda xalq ommasi orasida keng tanildi. Uning `Juvonboz` hikoyasi, `Baxtsiz 
kuyov` pyesasi va qator romanlarini xalq sevib o
’qiy boshladi. 
Nasrda ijod qilish xalq uchun eng ommabop va tushunarli adabiyot shakli edi. 
Shuning uchun ham jadidlar o
’z g’oyalarini keng xalq ommasiga singdirish 
maqsadida nasr janridan keng foydalanganliklari ham bejiz emas edi. Jadidlar 
xalqqa yaqinlashishning eng samarali yo
’li sifatida xalq milliy teatrini 
yaratishdi. 1911-1913-yillarda Turkistonning turli shaharlarida teatrlar tashkil 
etildi.
Adiblar ular uchun pyesalar yozishdi. Sahnada yangragan ona tilidagi nutq va 
teatr aktyorining harakatlari xalq ommasiga nisbatan qudratli ta
’sir vositasiga 
aylandi. 
Jadid teatrlarida 1911-1917-yillarda 25 ta pyesa namoyish etildi, ular xalq 
ommasi orasida eng mashhur asarlarga aylandi. Bu paytda spektakllarning 
aksariyati ochiq sahnalarda qo
’yilib, ularga ko’plab tomoshabinlar tushgan. Ilk 
o
’zbek tomoshabinlari uchun jadidlar qo’ygan pyesalar axloqiy tarbiya 
maktablariga aylandi. 
Jadidlar rahnamosi Mahmudxo
’ja Behbudiy tomonidan yozilgan mashhur 
pyesa-`Padarkush`da otalar va bolalarni bir-biriga nisbatan shafqatsiz 
mavjudotlarga aylantirgan ma
’naviy qashshoqlik, mol-mulkka ruju qo’yish 
qattiq qoralangan edi. Unda yot odatlarning kirib kelishi jamiyat uchun 
muqaddas bo
’lgan oilani yemirishi ko’rsatib berildi. Nusratilla Qudratilla 
qalamiga mansub `
То’у` asarida oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisiga 
aylangan serchiqim ba
’zi urf-odatlar va an’analar tanqid ostiga olindi. Pyesada 
oila boshlig
’ining serhasham sunnat to’yi uchun puli yetmay qolganida qarz 


olishga majbur bo
’lganligi va ko’p o’tmay to’lovga layoqatsizligi oqibatida 
qarzdorning qamoqqa olinishi ko
’rsatilgan. 
Shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega, ma
’naviy boy adabiyot xalq ongini 
uyg
’otuvchi eng muhim vosita bo’ldi. Uning atoqli namoyandalari esa soha 
rivojiga ulkan hissa qo
’shdilar. 
1911-1917-yillarda jadid ma
’rifatparvarlarining 25 ta pyesasi namoyish etildi, 
ular xalq ommasi orasida eng mashhur asarlarga aylandi. 
Meteorologiya (yunoncha)-Yer atmosferasi, uning xususiyatlari va unda 
bo
’ladigan fizik jarayonlar haqidagi fan. 
Felye
’lon (fransuzcha)-kundalik turmushda ro’y beradigan salbiy hodisalarni 
tanqid qilib yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi. 
40-
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling