Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
§. TEATR VA MUSIQA SAN’ATI
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
9-uzbek
§. TEATR VA MUSIQA SAN’ATI Qadimiy san ’at turlaridan eng sevimlisi hisoblangan xalq teatrining Buxoro amirligi, Xiva va Qo ’qon xonliklarida o’ziga xos ko’rinishlari mavjud edi. Jumladan, Buxoro amirligida masxaraboz, qo ’g’irchoqboz, raqqos kabi san’at yo ’nalishlarining uyushmalari vujudga kelgan edi. Xorazm an’anaviy teatrida esa ikki turkum tomoshalar-kulgili va xatarli o ’yin turlari yaxshi shakllandi. Xalq teatri shakl jihatidan rang-barang va boy bo ’lib, ular xalq orasidan chiqqan komik aktyorlar-qiziqchilar, qo ’g’irchoqbozlar, masxarabozlar va boshqalar o ’z mahoratlarini namoyish qilishgan. Ana shu teatrlar va masxarabozlarning tomoshalarida, asosan, xasis va ochko ’z boylar, chalasavod mullalar, amalparast beklarning kirdikorlari fosh etilgan. Ko ’proq bu tomoshalar dolzarb voqealar tasvirlangan satirik ko ’rinishlardan iborat bo ’lgan. Garchi ularda yozma pyesalar bo’lmasa-da, xalq og’zaki ijodi mahsuli sifatida yod olingan mavzular sahnalashtirilgan. Sahna asarlarini, odatda, san ’atkorlarning o’zlari ijod qilishgan. XIX asrning ikkinchi yarmida bir nechta shaharlarda an ’anaviy teatr uyushmalari vujudga keldi. Eng mashhurlari Qo ’qonda Zokir eshon, Buxoroda To ’la masxara uyushmalari edi. Ayniqsa, qo’g’irchoq teatrlari ommabop bo’lib, ular mavzusi markazida Kachal Polvon obrazi turgan. Turkistonga Yevropa va rus teatrlarining kirib kelishi O ’rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilgach, mustamlakachi hukumat siyosiy maqsadlarni nazarda tutib, o ’lkaga rus madaniyatini jadal yoyishga kirisha boshladi. Bunda nafaqat ta ’lim tizimi, balki teatr sohasi ham muhim o ’rin tutgan. 1870-yil Turkiston general-gubernatori tomonidan taklif qilingan Samara teatri o ’lkada bir necha kunlik dasturlarini namoyish etgan edi. 1910-yilda Samarqand va Toshkentga rus aktrisasi V. F. Komissarjevskaya truppasining gastrollari uyushtirildi. Turkistonda namoyish etilgan bunday tomoshalar o ’lka mahalliy san’atkorlari ijodiga ijobiy ta ’sir ko’rsatdi. Ilg’or ma’rifatparvarlar va jadidlar yangicha g ’oyalarini targ’ib etish uchun dramatik teatrning ulkan imkoniyatlarini tushunib yetdilar. Tatar va ozarbayjon truppalarming 1910-1912-yillarda Turkistonda bo ’lib o ’tgan gastrollari ham katta madaniy voqeaga aylandi. U. Gajibekovning `Go ’ro’g’li`, `Layli va Majnun` va `Arshin mol olon` musiqali pyesalari o’zbek jamoatchiligi orasida iliq kutib olindi. Bu o ’z navbatida mahalliy teatr rivojlanishiga ham katta ta ’sir ko’rsatdi. Kolizey teatri. Toshkent. XX asr boshi Jadid teatrining vujudga kelishi O ’zbek milliy teatrining shakllanishida jadidlarning o’rni katta edi. Prezident Islom Karimov `Yuksak ma ’naviyat-yengilmas kuch` asarida: `Qachonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo ’lgan teatr san’ati xususida so’z borar ekan, buyuk ma ’rifatparvar Mahmudxo’ja Behbudiyning: `Teatr-bu ibratxonadir`, deb aytgan fikrini eslash o ’rinlidir`,-deb yozadi. Turkistonda 1911-yil dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi. Mahmudxo ’ja Behbudiyning `Padarkush`, A. Samadovning `Mahramlar`, Fitratning `Bir farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari` nomli asarlari shular jumlasidandir. Ular ichida, ayniqsa, o ’zbek milliy teatri durdonasiga aylangan Behbudiyning `Padarkush` dramasi g ’oyatda muhim voqelik bo ’ldi. Turkistonda birinchi o ’zbek milliy teatri Samarqand shahrida Mahmudxo’ja Behbudiy rahbarligida tashkil etildi. Bu truppada namoyish etilgan ilk asar ham uning `Padarkush` pyesasi edi. O ’zbek milliy teatri shakllanishi va rivojlanishida ulug ’ ma’rifatparvar Abdulla Avloniy va jadidlar harakatining atoqli namoyandasi Hamza Hakimzoda Niyoziy katta xizmat qildilar. 1914-yil boshlarida Abdulla Avloniy Toshkent shahrida `Turon` nomidagi teatr truppasini tashkil etdi va u sahnalashtirgan birinchi asar ham `Padarkush` pyesasi bo ’ldi. 1915-yilda teatrning Turkiston shaharlari bo’ylab gastrollari zo’r muvaffaqiyat bilan o ’tdi. 1916-yil Qo ’qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlar teatri tashkil etildi. Unda namoyish etilgan birinchi spektakl Hamzaning `Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari` pyesasi bo ’ldi. Bu pyesa o’zbek teatri shakllanishida ham, o’zbek dramaturgiyasi vujudga kelishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Teatr chuqur mazmunli, ijtimoiy ahamiyatga molik hodisaga aylandi. 1916-yildan hozirgi Milliy teatr asoschisi Mannon Uyg ’ur va o’zbek teatrining birinchi aktrisasi Ma ’suma Qoriyeva san’atga ilk qadamini tashladi. Shu tariqa asta-sekin Andijonda, Xivada, Buxoroda ham dastlabki milliy teatrlar tashkil topa boshladi. Buxoro shahridagi teatrning tashkil etilishida Mannon Uyg ’urning xizmatlari beqiyos edi. Teatrlarda katta ijtimoiy va axloqiy muammolarga daxldor mavzular sahnalashtirildi. Ularda adolatsizlik, yovuzlik, zulmni qoralovchi g ’oyalar, tomoshabinlarda e ’tiroz va norozilik hissini qo’zg’atuvchi spektakllar namoyish etildi. O ’zbek teatri-o’zbek milliy madaniyatining ajralmas qismiga aylandi. Teatr spektakllari, o ’ziga xos va iste’dodli aktyorlar ijrosi o’zbek xalqining bitmas-tuganmas ijodiy imkoniyatlarini namoyish etdi. Musiqa san ’ati An ’anaviy xalq og’zaki musiqali asarlari asrlar davomida saqlanib keldi. Xalq musiqa san ’atida terma, qo’shiq, lapar, yalla, ashula keng tarqalgan edi. Qo ’shiq, yalla va laparlar hazilomuz raqslar va o’yin jo’rligida ijro etilardi. Termalar ko ’pincha xalq qissago’ylari bo’lmish baxshilar va shoirlar tomonidan ijro etiluvchi ohangdor kuylarni o ’zida mujassam etgan edi. Ashula esa keng qamrovli turli kuy-ohangga ega lirik qo ’shiq hisoblanardi. Xalq mumtoz shoirlarining g ’azallari va she’rlari ashulalar uchun matn bo’lib xizmat qilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o ’zbek xalqi musiqiy ijodiyoti o ’zida lirik qahramonlik mazmunidagi epik rivoyatlarni mujassamlashtirgan dostonlar (`Go ’ro’g’li`, `Alpomish`, `Kuntug’mish`, `Oshiq G’arib va Shohsanam`, `Hasan va Dalli`, `Rustam va Avaz`) alohida o ’rin tutgan. Mazkur dostonlar to ’rtlik she’r tuzilishiga ega bo’lib, musiqasi nisbatan sodda ohangli va bu musiqada nota yozuvi qo ’llanilmagan. Xalq sozandalari mashhur usta-bastakorlar qo ’lida ta’lim olishgan. Ko’p asrlar davomida butun Sharqda keng tarqalgan mumtoz maqomlar professional musiqaning og ’zaki an’analaridagi bebaho xazinasini tashkil etgan. Maqomlar yirik turkumli og ’zaki-cholg’uli (yakkaxon va cholg’uli) asarlardir. Musiqa asboblari ham nihoyatda rang-barangligi bilan ajralib turar edi. Bu borada torli-kamonchali cholg ’u asboblari (g’ijjak, qo’biz, uchtor), torli-noxunli (do ’mbira, dutor, tanbur, ud, rubob), torli-zarbli (chang), puflama nayli (nay, surnay), mushtuk-puflamali (karnay), zarbli-membranali (doira, nog ’ora, chindovul) kabi cholg ’u asboblari keng tarqalgan edi. Turkistonning o ’sha kezlardagi musiqa madaniyatida yakkaxon ijrochilar ham, ansambl ijrosi ham rivojlandi. Karnay, nog ’ora yoki doira, ya’ni qattiq jaranglovchi cholg ’u asboblari an’anaviy bayramlarda, to’y-tantanalarda, ommaviy tomoshalarda jo ’rovoz bo’lgan; birmuncha past jaranglovchi cholg’u asboblari-surnay, dutor, g ’ijjak esa kamer (xonada) yoki konsert (davrada) ijrosiga mo ’ljallangan edi. Xorazm maqom va musiqa maktabi Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) davrida yanada rivojlandi. O ’z davrining ma’rifatli hukmdori bo’lgan Feruz san ’at namoyandalariga katta imkoniyatlar yaratib berib, ular faoliyatiga homiylik qilgan. Bundan tashqari bevosita musiqa san ’atini rivojlantirishga oid farmonlar ham chiqargan. `Biz kim, Xorazm mamlakatining oliy xoqoni Muhammad Rahimxon Soniy quyidagi farmoni oliyga imzo chekdik. Xorazm maqomlari xalqning daxlsiz mulki deb e ’lon qilinsin. Ushbu farmoni oliyga shak keltirgan va maqomlarni kamsitgan yoki uni buzib ijro etgan kimsalar qattiq jazolansin!` 1882-yil 41- Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling