So`z birikmalari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi
Gapning emotsionallikka ko`ra turlari
Download 23.18 Kb.
|
So
Gapning emotsionallikka ko`ra turlari
Gaplar emotsionallikka ko`ra ikki xil bo`ladi: 1) emotsional bo`lmagan gaplar, 2) emotsional, yoki undov gaplar. Xabar-darak, so`roq, buyurish intonatsiyasiga ega bo`lgan gaplar emotsional bo`lmagan gaplardir. YUqorida ko`rib o`tilgan gaplarning barchasi, ya’ni darak gap, so`roq gap va buyruq gaplar emotsional bo`lmagan gaplarni tashkil qiladi. Emotsional gaplar, yoki undov gaplar kuchli his-hayajon bilan ifoda qilingan gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon intonatsiyasi, ohangi bilan talaffuz etiladi. Darak, so`roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. SHunga ko`ra undov gaplarning darak undov-gap, so`roq-undov gap, buyruq-undov gap turlari yuzaga keladi. Darak-undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, o`rtoq! (O`.Hoshimov) So`roq-undov gap: Bu gaplardan so`ng menga ko`ngillarini ocharmidilar?! (P.Q.). Buyruq-undov gap: Yo`qolgan pichoqning sopi oltin bo`lavermasin!- dedi Davlatbekov. (P.Q.). Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi: 1) turli his-tuyg`ularni: shodlik, quvonch, taajjub, afsuslanish, hayratlanish, g`azab va shu kabilarni bildiruvchi intonatsiya yordamida. Masalan: Odamlar bilan... yashash, ishlash, do`stlashish, yordamlashish va yordam olish naqadar yaxshi! (CH.Aytmatov). Aya, ayajon, shu ham gapmi! (A.Q.). Ayam bilan xollam yo`lga nima pishirsak ekan deb maslahat qilib o`tirishibdi! (A.Q.). Yillar, yillar o`tdi! (A.Q.). Kecha g`ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.); 2) undov so`zlar yordamida, masalan: E, u gaplar o`tdi-ketdi-da! (P.Q.). Obbo, noshudlar-ey!- dedi Ortiq qo`ziga achinib. (P.Q.). Ha, barakalla!- dedi keksa ishchi. (A.Q.). O`h-o`h-o`h! CHuchvarak-ku... Hay-hay, og`izda erib ketadi-ya!.. (A.Q.); 3) yuklamalar yordamida, masalan: Nahot, Mavloningiz jiyanining to`yiga kelmasa! (A.Q.). ... birpas tinch qo`ymaydi-ya!- deb bolalarini koyidi. (P.Q.). Boyaqishlar selda qoldi-yov!- deb Suyunboy aka qoyatoshning kamaridan chiqdi. (P.Q.).
Download 23.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling