3
So'z birikmasi
Test 4
1. Qaysi qatorda ritorik so’roq gap berilmagan.
A) Onang seni nahotki shu umid bilan katta qilgan bo’lsa?
B) Bilmayman, bu ijod kishilarisiz qanday olar edim
qalbimga o’tni?
C) Nahotki, Alimardonning shuncha mehnatlari bemaqsad
ketsa?
D) Xo’sh, sen o’tkazadigan tajriba nimani isbot qilish
kerak?
2. Maslahat, iltimos kabi ma’nolarni ifodalaydigan
gaplar, gapning ifoda maqsadiga ko’ra qanday turga
mansub bo’ladi.
A) undov gap
B) buyuruq gap
C) so’roq gap
D) darak gap
3. Fe’l+fe’l shaklidagi bitishuvli birikmasi qaysi gapda
berilmagan.
A) Uning kulgausi ham o’ziga o’hshash shiringina edi,
qanib, yoylib kuldi.
B) Eshilib, to’lg’onib ingranadi kuy.
C) Xudoyqul baland yig’i ovozdan cho’chib uyg’ondi.
D) Uning sho’hligi, o’yinqarog’ligi bilinib turibdi.
4. Yozuvchilar uyushmasining a’zolari birikmasidagi
tobe so’z qaysi qatorda berilgan.
A) Yozuvchilar uyushmasining B) a’zolari
C)
Yozuvchilar
D) uyushmasining
5. Qaysi qatorda gap ikki grammatik asosga ega.
A) Kampirning ko’zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining
suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
B) Ahillik bor erda temir ham suvga cho’kmaydi.
C) Bu shaharda tanish bilishi yo’qligi Mirzaevga shu bugn
bilindi.
D) Men sinfga kirgach, deraza oldida turgan Shaxnozani
ko’rdim.
6. Moslashuvli birkmani ko’rsating.
A) bog’ga sayr, sharofatli burch
B) kitob o’qimoq, bahordagi shaboda
C) bulbul navosi, so’z sehri
D) ijodiy uchrashuv, sharafli burch