So'z turkumlari haqida ma'lumot Ot. Otning ma'nosi va grammatik belgilari
Download 138.5 Kb.
|
So\'z turkumlari
Chiqish kelishgi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmet ish-harakatning yuzaga chiqish o'rnini, vaqtini, sababini bildiradi. Chiqish kelishigi -dan qo'shimchasi bilan shakllanadi.
Chiqish kelishigi shaklidagi so'z quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1. Ish-harakatning boshlanish o'rnini bildirib, qaerdan?so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi. Derazamdan tushgan tola nur Somon yo'li kabi tovlanur. (E. V.) Klubdan chiqqan kishilar to'da-to'da bo'lib simyog'och tagida gaplashib turishibdi. (S.A.) 2. Ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?qachondan? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi va gapda payt holivazifasida keladi. Jannat hola kechadan beri supurgi tegmay ivirsibketgan uyni yig'ishtirayotgan edi. (S.A.) 3. Ish-harakatning bajarilishiga sabab bo'lgan vositani bildirib,kimdan? nimadan? so'roqlariga javob bo'ladi va gapdato'ldiruvchi vazifasida keladi. Ishlaydi. Bor kuchi bilan ishlaydi.Rohatidan kechadi, uyqusidan kechadi. (S.A.) Zuhrabegimxayolidan o'ziga tayanch izlar ekan yaqinda Buxoroni olib, endiSamarqandga qo'shin tortib kelishi kutilayotgan Shayboniyxonesiga tushdi. (P.Q.) Chiqish kelishigidagi so'z predmet ma'nosiga ega bo'lib, harakatning bajarilishiga sabab bo'Igan shaxsni. predmetni ifodalasa gapda to'ldiruvchi, o'rin-payt, holat ma'nolarini ifodalasa hol vazifasida keladi. Otlarning yasalishiOtlar yasalish xususiyatlariga ko'ra boshqa turkumdagi so'zlarga nisbatan alohida ajralib turadi. Chunonchi, otlarda yasovchi qo'shimchalar ko'p bo'lib, ular ishtirokida ko'plab yangi so'zlar yasalganidek, so'z qisqarishi asosida yangi so'zlar yasalishi ham ot turkumiga xosdir. Shu boisdan ham otlar yangi so'zlar riisobiga tez boyib boruvchi turkumdir. Otlar asosan morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. So'z o'zak negiziga maxsus so'z yasovchi go'shimchalar qo'shish bilan ot yasalishi morfologik usul bilan yasalishdir. Ot yasovchi qo'shimchalar yordamida ot, sifat, son, fe'l va boshqa turkumlardan so'z yasaladi. Masalan, ishchi (otdan), terim (fe'l dan) , birlik (sondan ), yaxshilik (sifatdan). Morfologik usul bilan quyidagi ma'nolarni bildiruvchi otlar yasaladi. Shaxs otlari. Narsa - qurol otlari.3.O’rin- joy otlari. 4. Mavhum otlar. Download 138.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling