So'z turkumlari haqida ma'lumot Ot. Otning ma'nosi va grammatik belgilari


Download 138.5 Kb.
bet14/16
Sana30.04.2023
Hajmi138.5 Kb.
#1408206
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
So\'z turkumlari

-m, -im, -um. Fe'l negizlarga qo'shilib, narsa oti yasaydi:kiyim: harakat oti yasaydi: terim, chiqim; sifat negizga qo'shilibmavhum ot yasaydi: oqim kabi.

  • -gi, -ki, -qi, g'i. Bu qo'shimchaiar fe'l negizlarga qo'shilib,narsa-qurol oti yasaydi: supurgi, suzgi, chopqi, cholg'i kabi.

  • -indi. Fe'l negizlarga qo'shilib, narsa otini yasaydi: yuvindi,chiqindi kabi.

  • -in (-un). Fe'l negizlarga qo'shilib, negizdan anglashilganmehnat jarayonlari otini yasaydi: ekin,yig'in. .

  • -kin, gin.Fe'l negizlarga qo'shilib, narsa otini yasaydi:toshqin, to'lqin, qirg'in.

  • -don. Ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali anglashilganpredmetni saqlash uchun ishlatiladigan narsa otini yasaydi: tuzdon,siyohdon.

    O'rin -joy otlari yasoychi qo'shimchaiar. Bu qo'shimchalar bilan negiz orqali anglashilgan predmet ko'p bo'lgan, shu predmet o'sadigan yoki saqlanadigan joy nomlari yasaladi.
    1 .-zor. Ot negizlariga qo'shilib, negiz orqali anglashilgan predmet o'sadigan joy nomlari yasaladi: paxtazor, lolazor, o'rikzor, olmazor kabi.
    2. -loq. Ot negizlarga qo'shilib, negiz orqali anglashilgan predmetko'p bo'ladigan joy nomlari yasaladi: qumloq, toshloq, o'tloq.

    1. -iston. Ot negizlarga qo'shilib, atoqli otlar yasaladi:O'zbekiston, Guliston, Turkiston.

    2. -goh. Ot negizlarga qo'shilib, qisqa muddatda yashash,tunash, sayr qilish, o'ynash uchun zarar bo'ladigan joy nomlariyasaydi: qarorgoh, xobgoh, sayrgoh, o'yingoh.

    Mavhum ot yasovchi qo'shimchalar. Tubandagi ot yasovchi qo'shimchalar turli turkumdagi negizlarga qo'shilib, mavhum ot yasaydi.
    1 -lik(-liq). Bu qo'shimcha mavhum ot yasovchi eng faol qo'shimcha bo'lib, quyidagi negizlardan ot yasaydi:

    1. sifatlarga qo'shilib belgi, xususiyat ifodalovchi otlar yasaydi:go'zallik, yaxshilik, soflik;

    2. otlarga qo'shilib holat ifodalovchi mavhum ot yasaydi: yigitlik,do'stlik, dushmaniik;

    3. shaxs otlariga qo'shilib, o'zak orqali anglashilgan predmet,soha bilan shug'ullanuvchi ma'nosidagi mavhum ot yasaydi:binokorlik, tuproqshunoslik, manbashunoslik, pichoqchilik,zargarlik;

    4. ravishga qo'shilib, harakatnmg mavhum miqdorini: tezlik,ko'plik, songa qo'shilib, uning mavhum miqdorini: o'nlik, yuzlikbildiruvchi otlar yasaydi.


    5. Download 138.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling