So'z turkumlari haqida ma'lumot Ot. Otning ma'nosi va grammatik belgilari


-liq qo'shimchasi bor modal so'ziga qo'shilib mavjudlikma'nosidagi ot yasaydi: borliq


Download 138.5 Kb.
bet15/16
Sana30.04.2023
Hajmi138.5 Kb.
#1408206
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
So\'z turkumlari

-liq qo'shimchasi bor modal so'ziga qo'shilib mavjudlikma'nosidagi ot yasaydi: borliq.

2.-chilik. Bu qo'shimcha murakkab qo'shimcha (chi+lik) tartiblaridan tuzilgan bo'lib, ot, sifat negizlarga qo'shilib kasb-hunar bildiruvchi mavhum ot yasaydi: to'qimachilik, paxtachilik, chorvachilik, dehqonchiHk, pichoqchilik, suvoqchilik.

  1. -garchilik. Bu qo'shimcha ham murakkab (gar-chi-lik)tarkiblardan tashkil topgan bo'lib, holat bildiruvchi mavhum otyasaydi: yog'ingarchilk, loygarchilik.

  2. -ch (inch). Fe'l negizlarga qo'shilib, kishidagi ruhiy holatnibildiruvchi mavhum ot yasaydi: sevinch, ishonch, quvonch.

  3. -sh(-ish), Fe'l negizlarga qo'shilib harakat oti yasaydi:yig'ilish , tug'ilish.

Sintaktik usul bilan qo'shma va juft otlar yasaladi.Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro ma'no va grammatik jihatdan birikishi asosida vujudga kelgan otlar qo'shma otlar deyiladi. Qo'shma otlar tarkibi quyidagi so'zlardan tashkil topadi.

  1. Ot+ otdan: belbog', qo'Iqop, muzqaymoq, toshko'mir,Sirdaryo.

  2. Sifat+ otdan: oqqush, oqsoqol, qizilo'ngach, sassiqpopushak.

  3. Son+otdan: to'rtburchak, uchburchak, To'rtko'l,Beshbuloq.

  4. Ot+ fe'ldan: o'rinbosar, beshiktervatar, muzyorar, kungaboqarkabi.

Qo'shma otlar quyidagicha yoziladi:
1 .Ikki yoki undan ortiq so'zlarning birikuvidan tashkil topib, bir ma'no ifodalaydigan, bir urg'u bilan aytiladigan. otlar qo'shilib yoziladi. kungaboqar, oshqozon, belbog', gultojixo'roz, Jarqo'rg'on kabi.
2.1kki yoki undan ortiq so'zlarning birikuvidan tashkil topib, alohida urg'u bilan aytiladigan tarkibli qo'shma otlar ajratib yoziladi: xalq xo'jaligi, Markaziy Osiyo, Qarshi cho'li kabi. Ikki so'zning o'zaro grammatik jihajdan teng bog'lanishidan hosil bo'lib, bir umumiy ma'no anglatuvchi otlar juft otlar deyiladi: ota-ona, aka-uka kabi.
Juft otlar tarkibi quyidagicha so'zlardan tashkil topadi.

  1. O'zaro ma'nodosh bo'lgan so'zlardan: mehr-shafqat, kuch-qudrat, shon-sharaf, baxt-saodat.

  2. Bir-biriga yaqin ma'noli, aralash tipdagi so'zlardan: ota-ona, aka-uka, qozon-tovoq, uy-ro'zg'or.

  3. Tarkibidagi birinchi so'z mustaqil ma'no bildiradigan, ikkinchiso'z ma'no bildirmaydigan so'zlarning birikishidan: bozor-o'chor,don-dun, kiyim-kechak kabi.

Takror otlar ham tuzilishi jihatidan juft otlarga mansub. Biroq ular yasama ot sirasiga kirmaydi. Chunki, takror otlar tarkibidagi ikkinchi so'z fonetik jihatdan o'zgargan holda qo'llanilsa-da, birinchi so'z ifodalagan ma'nodan boshqa ma'noni bildirmaydi. Zero, birinchi
so'z ifodalagan ma'no takror otlardagi asosiy ma'no bo'lib qoladi: non-pon, tosh-posh, kitob-mitob kabi.

Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling