SO‘zboshi 0 ‘rnida


SAYLOV  -   DEMOKRATIYANING


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana23.09.2017
Hajmi0.56 Mb.
#16305
1   2   3   4   5   6   7

SAYLOV  -   DEMOKRATIYANING 

OLIY  SHAKLIDIR

fçlnnt  Knrimnx)

0 ‘zbekiston  Respublikasida  Konstitutsiyamiz  va 

qonunlarimizda  muhrlab  qo‘yilgan  qoidalar  va  umum- 

e’tirof  etilgan  xalqaro  normalar  asosida  yaratilgan 

saylov  tizimi  yuksak  demokratik  talablarga  javob 

beradi.  Buning  yaqqol  tasdig‘i  yaqinda  mamlakatimiz 

Parlamenti  -   Oliy  Majlis  va  mahalliy  kengashlarga 

o‘tkazilgan  saylovlarda  namoyon  boigani  xalqaro 

tashkilotlar  va  xorijiy  mamlakatlar  vakil lari  tomonidan 

e’tirof etilganida  ko‘rish  mumkin.

0 ‘z-o‘zidan  ayonki,  2015-yil  29-mart  kuni  mam- 

lakatimizda  bo‘lib  o‘tadigan  Prezident  saylovining 

demokratik  davlatlarda  qabul  qilingan,  e’tirof  etil­

gan  tizim  bo‘yicha,  ya’ni,  muqobillik  asosida,  xolis- 

lik,  haqqoniylik  tamoyillariga  itoat  qilgan  holda 

o‘tkazilishiga qarab, xalqimizning siyosiy va huquqiy sa- 

viyasiga, jamiyatimizning  demokratik  taraqqiyot  yo‘li- 

dagi  rivojiga,  0 ‘zbekistonimizning  obro‘-e’tibori  va 

nufuziga  baho  beriladi.  Buni  hech  xayolimizdan, 

xotiramizdan  chiqarmasligimiz  zarur.

Kimki  bu  saylovda  qatnashadigan  boisa,  uni  quruq 

gaplar,  yolg‘on  tashviqot  bilan  boshqa  yo‘lga  burib 

bo‘lmaydi.  0 ‘ylaymanki,  har  qaysi  odam  o‘zining 

xohish-irodasi,  vijdoni  nimani  buyursa,  shunga  qarab 

ovoz  beradi.  Shu  nuqtai  nazardan  sizlarga  qaratilgan 

faqat  bitta  iltimosim  bor.  U  ham  bo‘lsa,  saylov 

masalasida biz rioya qilishimiz kerak bo‘lgan demokratik 

normalarga  ba’zan  bizga  mayda  boiib  tuyuladigan 

ish  deb  qaramaslik  kerak.  Saylov  jarayonida  mayda

99


narsaning  о‘zi  umuman  bo‘lmaydi  -   shu  masalani 

o‘zimizga  chuqur  tasawur  qilishimizni  xohlardim.

Biz  demokratik  jamiyat  qurish  yo‘lida  0 ‘zbe- 

kistonning  obro‘sini  oshirishga  bel  bog‘lagan  ekanmiz, 

kichkina  bo‘lib  tuyuladigan  ishlarga  ham  katta  e’tibor 

berib,  hech  qanday  e’tirozga  o‘rin  qoldirmasligimiz 

kerak.  Xalqimiz,  saylovchilarimiz  kimni  xohlasa,  ba- 

ribir  shu  nomzodni  saylaydi,  bizga  hech  kim  xalaqit 

berolmaydi.

*  *  *


Mamlakatimiz  parlamentiga  bo‘lib  o‘tgan  say- 

lovlar  yurtimizda  izchillik  bilan  olib  borilayotgan, 

demokratik  davlat  va  kuchli  fuqarolik jamiyati  qurish, 

bozor 


islohotlarini 

chuqurlashtirishga 

qaratilgan, 

Konstitutsiyamizda  eng  oliy  qadriyat  sifatida  muhr- 

lab  qo‘yilgan  inson  huquq  va  erkinliklari  hamda 

manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  amalga  oshiri- 

layotgan  demokratik  o‘zgarishlar  jamiyatimizda  keng 

qo‘llab-quwatlanayotganini  ko‘rsatdi.  Saylovlar  mam- 

lakatimizni  demokratik  yangilash  va  modemizatsiya 

qilish  yo‘lida  yana  bir  muhim  marra  bo‘ldi,  milliy 

saylov  tizimimizning  noyobligi  va  demokratik  jihat- 

dan  yuksalganini  namoyish  etdi.

*  *  *

Biz  eski  adolatsiz  tuzumga  boshqa  hech  qachon 



qaytmaslik,  o‘zimiz  tanlagan  mustaqil  taraqqiyot 

yoMidan  qat’iyat  bilan  borish  haqida  gapirganda,  bu- 

ning  asosiy  sharti  va  garovini  awalo  hayotimizda  de­

mokratik  prinsiplami  yanada  mustahkamlashda,  erkin, 

ochiq-oshkora  saylov  tizimini joriy  qilishda  ko‘ramiz.

100


Mustaqillik  yillarida  shakllangan,  Konstitutsiyamiz 

va  qonunlarimiz  talablariga,  umume’tirof  etilgan 

xalqaro  standartlarga  to ia   mos  boigan  bizning  milliy 

saylov  tizimimiz bunga to ia   imkon beradi.  Oliy  Majlis 

va  mahalliy  kengashlarga  yaqinda  o‘tkazilgan  saylov 

paytida  buning  yaqqol  isbotini  o‘zimiz  ko‘rdik.  Va 

buni  dunyodagi  tegishli  xalqaro  tashkilotlar  vakillari  -  

kuzatuvchilar  ham  tan  olib,  yuksak  e’tirof etdi.

Shuni  ta’kidlashimiz  kerakki,  saylov,  erkin,  de­

mokratik  saylov  prinsiplari  biz  uchun  fuqarolar  huquq 

va  manfaatlarini  ta’minlash,  ulaming  xohish-irodasini 

ifodalashning  eng  ishonchli  va  samarali  usuli  boiib 

qoladi  va  biz  uning  tamoyillariga  hamisha  sodiqmiz.

*  *  *


Saylov  degani  -   tanlash  deganidir.  Biz  sovet  dav- 

ridagi kabi saylovlar umuman qaytmasligini xohlaymiz. 

Shuning  uchun  biz  saylovni  o‘tkazishga  tayyorgarlik 

ko‘rar  ekanmiz,  ovoz  berishga  ongli  yondashishimiz, 

uni  haqqoniylik,  erkinlik,  ochiqlik,  xolislik  tamoyillari 

asosida  o‘tkazishimiz  kerak.  Odamlarga  tanlash  im- 

koniyatini,  nomzodlaming  dasturlarini  solishtirib  ko‘- 

rish  imkoniyatini  yaratib  berishimiz  kerak.  Qolganini 

ulaming  o‘zi  hal  qiladi.

*  *  *


Biz  saylov  kuni  vijdonan  kelib  ovoz  beramiz. 

Bugungi  kunda  odamlarimiz  shunday  erkin,  o‘z 

mustaqil fikriga egaki,  endi ulami  o‘z fikri,  o‘z xohish- 

irodasidan  qaytarib  bo'lmaydi.  Qancha  gap,  qancha 

tashviqot  boimasin,  saylovga  borgan  odamning  fikrini 

o‘zgartirishga  urinish  -   bu  mutlaqo  behuda  ish.



Saylovchi  kimga ovoz beradi?  Menimcha,  u, awalo, 

o‘zi  bilan  yonma-yon  o‘tirib  gaplashishga,  dardini, 

quvonchini  baham  ko‘rishga  tayyor  bo‘lgan  odamga, 

nomzodga  ovoz  beradi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda, 

saylovchi  uning  sha’niga  har  xil  qo‘pol  so‘zlar  bilan 

qattiq  tegmaydigan,  aksincha,  uning  qadrini,  g‘ururini 

hurmat  qiladigan  odamga  ovoz  beradi.

Ikkinchidan,  saylovchi  hayotda  ham,  siyosatda 

ham  boshqalardan  ko‘ra  uzoqroqni  ko‘radigan, 

chuqurroq  o‘ylaydigan  odamni  saylaydi.  Chunki, 

kaltabin,  ya’ni  burnidan  narini  ko‘rolmaydigan, 

manmanlikka  berilgan  odam  rahbar  b o isa,  o‘zini 

ham,  boshqalami  ham  qiynaydi.  Oxir-oqibatda  bun- 

dan  o‘zi  zarar  ko‘radi.  Bunday  odamni  almashtirish 

ham  azob  boiadi.

Uchinchidan,  saylovchi  ko‘pni  ko‘rgan,  hayotning 

past-u  balandini  tushunadigan  odamni  saylaydi.

Bu  saylovning  o‘ta  muhim  ahamiyati  shundaki,  uni 

xolisona  o‘tkazishimizga  qarab,  barchamizning  siyosiy 

va  huquqiy  saviyamizga,  jamiyatimizning  demokratik 

taraqqiyot  yoiidagi  rivojlanishiga,  0 ‘zbekistonning 

obro‘-e’tiboriga  baho  beriladi.  Ayni  shunday  muhim 

masalani  esimizdan  chiqarmasligimizni  istardim.

*  *  *


Demokratiyaning  o‘ziga  xos  ko‘plab  ijobiy jihatlari 

bor,  albatta.  Lekin  uni  o‘yinga  aylantirib,  katta 

minbarlardan  turib,  «demokratiya,  demokratiya»  deb 

ko‘ksiga urib gapirish, aslini olganda, xalq manfaatlarini 

niqob  qilib,  o‘z  manfaatlarini  ko‘zlashdan  boshqa 

narsa  emasligini  ham  ko‘p  ko‘rganmiz.  Demokratiyani



qandaydir dogmaga,  qotib  qolgan  yagona  bir mezonga 

aylantirish,  uni  boshqa  davlatlarga,  ulaming  milliy 

sharoiti  va o‘ziga xosligini  hisobga olmasdan,  umumiy 

qoida  sifatida  tiqishtirish  -   mutlaqo  noto‘g‘ri.

Biz  shuni  yaxshi  anglashimiz  kerakki,  demokra­

tiya  hech  qachon  bir  xil  shakl  yoki  mazmunda  bo‘1- 

maydi.  Demokratiya  degani  -   bu  hamisha  o‘zgarib 

turadigan  hayot  tarzi,  jamiyat  tizimining  rivoji  bilan 

uzviy  bogiiq.

Demokratiya  -   inson,  jamiyat,  davlat  degan  uch 

subyekt  o‘zaro  bir-birini  toidiradigan,  bir-birini  boyi- 

tib,  kerak  boisa,  nazorat  qilib  turadigan  tizim  demak- 

dir.  Bu  har  qaysi  insonning jamiyat  bilan, jamiyatning 

esa  davlat  bilan  munosabatini,  ular  o‘rtasidagi  mu- 

vozanatni  anglatadi.

*  *  *


Bir  vaqtlar  shunday  boiganki  -   afsuski,  bu  kam- 

chilik  ba’zi  joylarda  hali-beri  uchrab  turadi  -   oila 

boshlig‘i  hamma  pasportlami  to‘plab,  men  sizlar 

uchun  ham  ovoz  berib  kelaman,  deb  to‘rt-besh  ki- 

shining  xohishini  bir  o‘zi  hal  qilgan.  Men  oilada  eng 

kattasi  bo‘lsam,  chizgan  chizig‘imdan  kimdir  chiqishi 

mumkinmi,  degan  kayfiyat  bilan  yashash  hozir  ham 

ayrim  erkaklarda  yo‘q  emas.

Barchamiz  bir  haqiqatni  yaxshi  anglab  olishimiz 

shart.  Bugungi  kunda  chet  ellardan,  xalqaro  tash- 

kilotlardan  kuzatuvchi  boiib  kelgan  odamlar  bu  gap- 

lami  tushunmaydi.  Bu  borada  baho  berishda  ular  bitta 

mezonga,  ya’ni,  Konstitutsiya  va  qonunlarga  tayanadi. 

Kerak  boisa,  saylov  bo‘yicha  Birlashgan  Millatlar

1


Tashkiloti  tomonidan  tasdiqlangan,  umume’tirof  etil- 

gan  xalqaro  talab  va  me’yorlar  borki,  ularga  qat’iy 

amal  qilish  kerak.  Shu  ma’noda,  saylovda  mayda 

narsaning  o‘zi  yo‘q.  Bu  bizning  shaxsiy  xohishimiz 

bilan  boiadigan  oddiy  ish  emas.  Bu  -   davlatning, 

xalqning  qiyofasi,  siyosiy  xohish-irodasini  namoyon 

etadigan  umummilliy  tadbir.

Agar  biz  demokratik  jamiyatda  yashamoqchi 

boisak,  faqat  qonunga,  unda  belgilab  qo‘yilgan  qoida 

va  me’yorlarga  itoat  qilishimiz  kerak.

*  *  *

Xorazmda yoshulli degan juda go‘zal va qadimiy bir 



so‘z  bor.  Yoshullini  faqat  yoshi  ulug‘  boigani  uchun 

emas,  el-yurt  o‘rtasida  obro‘-e’tibori  baland  boigani, 

boshqalarga  nisbatan  ko‘proq  narsani  bilgani,  ko‘pni 

ko‘rgani,  bilimi  va  salohiyati  yuqori  boigani  uchun 

shunday  hurmat  qilishadi.

Yoshulli  boiish juda  yaxshi,  lekin  saylovda  yoshul- 

lilarimiz  boshqalar  uchun  ham  qaror  qabul  qiladi- 

gan  boisa,  chetdan  qaraganda  bu  odamlarga  g‘alati 

tuyuladi.  Shuning uchun hozir qanday zamonda, qanday 

mamlakatda,  qanday  yuksak  maqsadlarga  intilayotgan 

davlatda  yashayotganimizni  chuqur  anglab  olsak,  ayni 

muddao  boiadi.

*  *  *

Eski,  o‘zini  oqlamagan,  mustabid,  kommunistik 



g‘oya  yakka  hukmron  boigan  zamonda  saylovlar 

qanday  rasmiyatchilik  bilan,  nomiga  o‘tkazilgani, 

mustamlaka  tizimidagi  nohaqlik,  buyruqbozlik  sharoi-


tida  amalga  oshirilgani  haqida  ko‘pchilik  xalqimiz 

yaxshi  xabardordir.

*  *  *

Saylov  -   bu  biz  qurayotgan  huquqiy  demokratik 



davlatning  uzviy  bir  qismi,  fuqarolaming  o‘z  xohish- 

irodasini  erkin  bildirishi,  davlat  va  jamiyat  boshqaru- 

vida  faol  ishtirok  etishining  asosiy  shaklidir.

Sodda  qilib  aytganda,  saylov  -   bu,  awalo,  erkin 

tanlash  huquqi  demakdir.  Agar biz  saylovni  muqobillik 

asosida  o‘tkazmasak,  ya’ni,  aytaylik,  2 -4   ta  nomzod 

orasidan  bittasini  tanlab  olish  huquqiga  ega boMmasak, 

bunday  saylovni  o‘zi  haqiqiy  saylov  deb  bo‘ladimi?

Saylov  -   bu  demokratiya  degani,  demokratiya  -  

bu  saylov  deganidir.  Haqiqatan  ham,  demokratiyaning 

hayotda  ustuvor  bo‘lishi  uchun  qachon  eng  qulay 

imkoniyat  paydo  bo‘ladi? Aynan  xolis,  muqobil  saylov 

o‘tkazishda.

Ma’lumki,  sovet  davrida  saylovlar  shunchaki  ras- 

miyatchilik  uchun,  nomiga  o‘tkazilar  edi.  Ulaming 

natijasi,  ya’ni, kimlar, qancha  ishchi,  qancha kolxozchi, 

qancha ziyoli  hokimiyat  idoralariga  saylanishi  oldindan 

ma’lum  edi.

Bu  zalda  o‘tirgan  katta  yoshdagi  insonlar,  oqso- 

qollarimiz  yaxshi  biladi,  saylov  byulletenida  faqat 

bitta  nomzodning  familiyasi  bo‘lardi.  Holbuki,  bitta 

uchastkadan  faqat  bitta  nomzod  qo‘yilib,  faqat  uning 

o‘zi  saylansa,  hech  qanday  tanlash  imkoni,  tanlash 

huquqi  bo‘lmasa,  savol  tug‘iladi  -   buning  nimasi 

saylov?

105


Afsuski,  hayotda  demokratiyani  turlicha  talqin 

qiladiganlar  ham,  undan  siyosiy  maqsadlar  yoiida 

niqob  sifatida  foydalanadiganlar  ham  uchrab  turadi. 

0 ‘zini  «demokratiya  dohiylari»  deb  da’vo  qiladigan, 

boshqalami  o‘z  yo‘rig‘iga  yurgizishni  istaydiganlar 

ham  bor.

Biz  rivojlangan  demokratik  davlatlar  tajribasini 

o‘rganishda  davom  etamiz,  demokratik  qadriyatlarga 

hamisha  sodiqmiz.  Shuning  uchun  demokratiya  ha- 

qida  gapirganda,  biz,  awalambor,  eng  rivojlangan 

davlatlar  qatoriga  kirish,  eng  muhimi,  ular  qoiga 

kiritgan  yutuqlami  o‘zlashtirishni  nazarda  tutamiz. 

Inson  huquqlarini  ta’minlash,  har  qaysi  odam  uchun 

erkin,  farovon  hayot  kechirish  imkoniyatlarini  yaratish 

yo‘lida  kimki  turli  yutuqlarga,  natijalarga  erishgan 

bo‘lsa,  biz  ulardan  o‘rganishdan  charchamaymiz.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling