Boyl ilmiy faoliyati davrida ilmiy adabiyotlarda
"alkimyo" va "alkimyogar" terminlari deyarli yo`qola boshladi.
SHuning uchun xam Boyl 1661 yilda e`lon qilgan o`z asarini
nomlashda alkimyogar so`zining birinchi bo`g`inini qisqartirib,
"Ximik-skeptik " ("The Sceptical Chymist") deb atadi.
SHundan boshlab bu fanning nomi kimyo (ximiya) va bu soxa
xodimlari kimyogar (ximik) deb aytiladigan bo`ldi. "Ximik-
skeptik" asarida Boyl beshta asosiy savollarni ajratdi va
kitobining xar bir bobini shu savollarga bag`ishladi. Bu
savollar quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: