YOZUVDA AKS ETADIGAN TOVUSH O‘ZGARISHLARI
Tovush tushishi
Tovush almashishi
Tovush orttirilishi
Tovush tushishi
shahar+i= shahri
yig‘i+la=yig‘la
qizil+ar=qizar
ulug‘+ay= ulg‘ay
past+ay=pasay
qayir+il=qayril
Tovush almashishi
son+a=sana sayla+v=saylov
ot+a=ata chanqa+v=chanqov
yosh+a=yasha ong+la=angla
Tovush orttirilishi
u+ga=unga
shu+da=shunda
obro‘+im=obro‘yim
shu+ga=shunga
achi+q=achchiq
parvo+im=parvoyim
Topshiriq. Matnni o‘qing. Matnda ajratilgan so‘zlarning talaffuzi va yozilishiga e’tibor bering. Diniy ma’rifatni targ‘ib qilishda, tinch va pokiza hayot kechirishda bizga ibrat bo‘ladigan ulug‘ bobolarimizdan biri Bahouddin Naqshband sanaladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog‘ida tavallud topgan. Bolalik chog‘idanoq ko‘ngli ilmga moyil bo‘lgan. Bahouddin Naqshband ilmni puxta o‘rganish va targ‘ib qilish bilan birgalikda usta hunarmand sanalgan. Shoyi gazlamalarga, temir va mis buyumlarga naqsh solish bilan kun kechirgan. Umrini insonlarga xolis xizmat qilish bilan o‘tkazgan. O‘z ta’limotiga “Dast ba kor-u dil ba yor!”, ya’ni “Qo‘ling ishda va diling Allohda bo‘lsin!” degan g‘oyani bosh shior qilib olgan. Shu bois Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy kabi Sharq allomalari uni o‘zlariga pir (ustoz) deb bilishgan. Munosabat bildiring.
1. “Qo‘ling ishda va diling Allohda bo‘lsin!” degan iborani qanday izohlaysiz?
2. Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm avj olgan bugungi kunda alloma aytgan fikrlarning qanday foydali tomonlari bor?
3. Buxorodan yetishib chiqqan yana qanday allomalar haqida o‘qigansiz?
84-mashq. Ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala, -ovlon qo‘shimchalarini qo‘shib yozing, sodir bo‘lgan o‘zgarishga diqqat qiling. 85-mashq. Past, sust so‘zlariga –ay qo‘shimchasini, qayir, ayir fe’llariga –il qo‘shimchasini qo‘shib yozing. Sodir bo‘lgan o‘zgarishni ayting. 86-mashq. Maqollar mazmuniga diqqat qilib, daftaringizga ko‘chiring. Tovush tushishi hodisasiga uchragan so‘zlarning tagiga chizing. 1. Yig‘lab-yig‘lab marza (ariq sirti, pushta, egat), olsang, O‘ynab-o‘ynab sug‘orasan. 2. Ishlaganning og‘zi oshga tegar, Ishlamaganning boshi – toshga. 3. Tuyaga yantoq kerak bo‘lsa, bo‘ynini cho‘zar. 4. Berarman (beruvchi)ga beshov ko‘p, olarman (oluvchi)ga oltov oz. 5. Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq, qo‘li ochiqning – yo‘li. 87-mashq. Quyidagi so‘zlarga –im egalik qo‘shimchasini qo‘shib ko‘chiring. Tovush o‘zgarishlariga diqqat qiling. Ko‘ngil, og‘iz, zahar, qorin, bo‘yin, qo‘ziqorin, bek, yuk, chok, idrok, ishtirok, ittifoq, huquq, peshtoq, ravnaq, axloq. 88-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi so‘zlarni ikki ustunga ajratib yozing. Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent– 2020
Do'stlaringiz bilan baham: |