So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limini aniqlang


Download 14.84 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi14.84 Kb.
#1057633
Bog'liq
Hujjat (1)

  1. So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limini aniqlang.




A) morfemika B) morfologiya
C) sintaksis D) frazeologiya
  1. Odobli va adolatli insonning qalami baxt-saodat uchun xizmat qiladi, odamlarni yaqinlashtiradi, do’stlikni mustahkamlaydi.




Berilgan gapdagi yasama so’zlar miqdorini aniqlang.
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
  1. Tepada cho’ziq oshqovoqlar quyoshning so’nggi shu’lalari bilan oltinlanar edi.




Gapdagi sodda yasama so’zlarning asosi qaysi turkumlarga mansub?
A) ot, sifat, fe’l B) ot, ravish, fe’l
C) sifat, ot, ravish D) fe’l, ravish, sifat
  1. Qaysi javobda tarkibida fonetik o’zgarish bo’lgan sodda yasama so’z qo’llangan?




A) Ko’klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
B) Izg’irindan ko’zlar yoshlandi.
C) Bir-birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik.
D) Dalada mashinalar ko’paymoqda.
  1. Hindubek turkiy va forsiy tillarni mukammal o’rgangan ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi ekani uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi.




Gapda qo’llangan yasama so’zlar miqdorini toping.
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta
  1. So’z tarkibini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limini aniqlang.




A) fonetika B) morfemika C) grafika D) leksika


  1. Asos haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?




A) So’zning eng kichik ma’noli qismi asos deyiladi.
B) Asos so’zning asosiy ma’nosini ifodalaydi.
C) Asos mustaqil holda qo’llana oladi.
D) Asos so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilgan sayin kengayib boradi.
Download 14.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling