So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o'z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amali-yotga tatbiq etadi


SO'ROQ VA UNDOV BELGILARI, ULARNING QO'LLANILISHI


Download 88.5 Kb.
bet8/14
Sana09.01.2022
Hajmi88.5 Kb.
#266937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
SO'ROQ VA UNDOV BELGILARI, ULARNING QO'LLANILISHI

So'roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio — so'roq so'ziga olib borib taqaydilar. So'roq ma'nosida maz-kur so'zning birinchi harfi «Q» ishlatila boshlagan, ke-yinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o'zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so'ng muntazam ishlatila boshlangan.

So'roq belgisi quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:

1. So'roq gaplarning oxirida.

Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi? Navoiyning tilshunoslikka bag'ishlangan qanday asari bor? Vazifani bajarib bo'ldim (darak gap). Vazifani bajarib bo'ldim? (ohang o'zgaradi).

2. Kim, nima, qanday, qanaqa, qaysi kabi so'roq olmoshlaridan so'ng.

Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so'roqlariga javob bo'Iadi.

3. Gap yoki matn ichidagi birorta so'z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo'lsa, undan so'ng qavs ichiga qo'yiladi. «Toping!» ma'nosida.

Abdulla Qodiriyning «0'tgan kunlar» qissasida (?) o'zbek xalqining yaqin o'tmishi haqida hikoya qilinadi. 5 • 5 = ? (matematikada).


Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling