So`zli tasavvurlar


Download 12.29 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi12.29 Kb.
#240295
Bog'liq
Sozli-tasavvurlar-metodi


So`zli tasavvurlar
Ta’rifi

  • O`rganilayotgan masala bilan bog`liq bo`lgan eng asosiy so`zni oling.

  • O`quvchilardan ular bu so`zni eshitganlarida xayollariga keladigan boshqa so`zlarni tez yozishini iltimos qiling. Bu atigi 2-3 daqiqa sarflanadigan juda qisqa mashq.

  • Bironta so`zni ham yozmaslik mumkinligi yuzasidan izoh bering. Natijada o`quvchilar dastlabki so`z bilan tasavvur qiladigan turli so`zlardan iborat “bir lahzalik surat” hosil bo`ladi.

  • Mavzu o`rganib bo`lingandan so`ng har bir o`quvchidan ular ushbu mavzu bo`yicha nima deb o`ylashi yoki his qilishini bir so`z bilan ifodalashni iltimos qiling. Ushbu mavzuga tegishli bo`lgan so`zni misol keltirishni so`rang. Sinf aylanib, bunday so`zlarni yig`ib chiqing. Bir yoki ikki nafar o`quvchilardan ushbu so`zlarning ro`yxatini tuzishni iltimos qiling.


Foydalanish doiralari

Ushbu usul mavzuni o`rganish jarayonining boshida o`quvchilar mavzu bo`yicha nimalarni bilishlarini, hamda bu jarayon oxirida – o`quvchilar qanday yangiliklarni bilib olganlarini aniqlash maqsadida qo`llanilishi mumkin.



Afzalliklari

Bunday usul o`quvchilarga o`zlarining shaxsiy rivojini ko`rishga, sizga esa – siz berayotgan ta’lim sifatini baholashga yordam beradi.



Qiyinchiliklari

Mashq uchun ajratilgan vaqtga qat’iyan amal qilish lozim. Jarayonning cho`zilishi mashq mohiyatini o`zgartirishi mumkin.
Download 12.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling