So‘zning yumshog‘i g‘azabni so‘ndiradi, so‘zning qattig‘i esa odamni o‘ldiradi


Download 322.01 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi322.01 Kb.
#1770245
Bog'liq
05.07.2022 MAJBURIY FANLAR


Ona tili
1. So‘zning yumshog‘i g‘azabni so‘ndiradi, so‘zning qattig‘i esa odamni o‘ldiradi.
Fonetik hodisalar qaysi qo‘shimchalar ta`sirida yuzaga kelgan?
1) so‘z yasovchi;
2) lug‘aviy shakl yasovchi
3) sintaktik shakl yasovchi
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 2 D) 2, 3
2. Qaysi qatorda fe`l + fe`l shaklidagi qo‘shma fe'l qatnashgan?
A) Majnuntol suvga egilib salom berayotir.
B) Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi.
C) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma quvonch bilan tikildi.
D) Kech kuz kelib barglar sarg‘ayib to‘kilmoqda.
3. Qaysi qatorda o‘zlik nisbatidagi fe'l qatnashgan?
A) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun o‘ngga qayrildi.
B) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
C) Bu shodlik, baxtni ko‘rib ko‘z quvnaydi.
D) Bu bino tez fursatda qayta tiklanadi.
4. Qaysi qatorda berilgan so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi?
A) sup...rgi, yut..q, sov...moq
B) yur...sh, shug‘...llanmoq, tut..n
C) ur...sh, muh...m, suq...lmoq
D) qorong‘..., yug...rmoq, chumch...q
5. O‘g‘lim sendan boshqa umidim yo‘q
Qaysi tinish belgilari tushirib qoldirilgan?
A) vergul, ikki nuqta B) tire, ikki nuqta
C) vergul, nuqta D) nuqta
6. Qaysi qatorda undov so‘z ishtirok etgan?
A) Bo‘ldi, taqur-tuquringni yig‘ishtir, vaqt bo‘lib qoldi.
B) Tashqaridan kirayotgan g‘uv-g‘uv boshimni og‘ritib yubordi.
C) Darhaqiqat, bu gaplar bir oycha avval chiqqan edi.
D) Kampirning dodini eshitib hamma yig‘ildi
7. Qaysi qatorda o‘rin va payt ravishi ishtirok etgan?
A) Dehqon jo‘xorini keyin bozorga olib chiqibdi.
B) Keyin u yoqqa o‘tamiz, deb o‘n tarafdagi oynavand uyga ishora qildi.
C) Yolg‘on gapga ishonmang, erta-yu kech daladaman.
D) Mardlarcha kirib keldi, xuddi bir ishni qotirganday.
8. Savobdir jilg‘aga soysan deb aytsang,Yo xunuk ayolga oysan deb aytsang.
Ismlar sonini aniqlang.
A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta
9. Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik menga.
Olmoshlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) aniqlovchi, to‘ldiruvchi B) aniqlovchi, ot kesim
C) aniqlovchi, ega D) ega, to‘ldiruvchi
10. Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim.
Ko‘makchilar soni nechta?
A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta .D) 3 ta

Matematika
11. Hisoblang:
A) 40 B) 39 C) -40 D) -39
12. Tenglamani yeching:0,3(x+3)=0,4(x-3)
A) 22 B) 21 C) 24 D) 19
13. 2750000 so‘mning 20 %i necha so‘m bo‘ladi?
A) 550000 B) 55000 C) 330000 D) 3300000
14. 3 ta turli kitobni 3 ta o‘quvchiga (har biriga bir donadan berish sharti bilan) necha xil usulda berish mumkin?
A) 6 B) 4 C) 2 D) 3
15. Siniq chiziq rasmda berilgan qonuniyat bo‘yicha davom ettirilsa, qaysi nuqtadan o‘tadi?


  1. E nuqtadan B) F nuqtadan C) M nuqtadan D) N nuqtadan

16. Quyidagi grafik asosida to‘g‘ri ma’lumotni toping.

A) 50-kuni 750 ta mahsulot sotilgan. B) 60-kuni 850 ta mahsulot sotilgan.
C) 70-kuni 800 ta mahsulot sotilgan. D) 80-kuni 700 ta mahsulot sotilgan.
17. Agar 3,1409 < 3,141 bo`lsa, u holda 5,25 ning butun qismini aks holda 5,25 ning kasr qismini toping.
A) 3 B) 0,141 C) 5 D) 0,25
18. 8 75 =?
A) 155 B) 875 C) 600 D) 8075

19. 1 devorni bo‘yash uchun 100 g bo‘yoq ishlatilsa, rasmda tasvirlangan uyning oldi qismini bo‘yash uchun necha gramm bo‘yoq ishlatiladi?


A) 1700 B) 1800 C) 1400 D) 1100



20. A mulohaza “Har qanday toq son 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi”, B mulohaza esa “6 soni 4 ta natural bo‘luvchiga ega”. Ushbu mulohazalar asosida to‘g‘ri javobni toping.
A) A yolg‘on va B rost B) A va B rost
C) A rost va B yolg‘on D) A va B yolg‘on

Oʻzbekiston tarixi

21. X asr oxirida barham topgan sulolalarni aniqlang.
A) ma’muniylar va somoniylar B) tohiriylar va safforiylar
C) afrig‘iylar va somoniylar D) g‘aznaviylar va tohiriylar
22. Shamsiddin Mahbubiy nomi quyidagi qaysi qo‘zg‘olonda uchraydi?
A) Mahmud Tarobiy qo‘zg‘oloni B) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni
C) Hoshim ibn Hakim qo‘zg‘oloni D) Temur Malik qo‘zg‘oloni
23. Bahouddin Naqshband 1318-yilda Buxoro yaqinidagi qaysi qishloqda tavallud topgan?
A) Farjak B) Qasri Hinduvon . C) Baxshitepa D) Zandana
24. Buxoro amirligida harbiy harakatlar paytida aholi uchun olinadigan favqulodda soliqni toping.
A) yasoq B) qozon puli C) to‘la D) jul
25. Xiva xonligida shayoniylar hukmronligi o‘rnatilgan yilni belgilang.
A) 1770-yil B) 1804-yil C) 1512-yil D) 1764-yil
26.Abu Ali ibn Sino qachon va qayerda tug‘ilgan?
A)973-yilda qadimgi Kat shahrida B)873-yilda Farob shahrida tug‘ilgan
C)980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan
D)1074-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida
27.XIII asr boshlarida Xorazm sharqdagi ulkan davlat edi. Bu ulkan davlatning poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
A) Xiva B) Kat C) Urganch D) G’azna
28.720-yilda G’urak va Divashtich boshchiligida arablarga qarshi qayerda
qo‘zg’olon ko‘tarildi?
A ) Buxoro B) Farg’onda C) Sug’dda D) Marvda
29. Movarounnahrda arablar joriy etgan hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i nima deyilgan?
A) xiroj B) ushr C) qopchur D) tanobona
30.Turkiston Muxtoriyati e’lon qilingan 27-noyabr tunini “Milliy laylatulqadrimiz” deb atagan alloma nomini belgilang.
A) Abdurauf Fitrat B) Munavvarqori Abdurashidxonov
C) Fayzulla Xo‘jayev D) Obidjon Mahmudov
Download 322.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling