Specialist rePack [Заголовок документа]


Download 82.48 Kb.
bet7/12
Sana17.06.2023
Hajmi82.48 Kb.
#1537086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja

Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Jumladan, ishsizlikning ba’zi turlarining uzoq muddatli tavsifi ishchilarning o‘z malakalarini yo‘qotishlari hamda daromad va ijtimoiy mavqei jihatidan aholining nisbatan past toifasiga o‘tib qolishiga olib keladi. Bu esa ularda o‘z turmush tarzidan qoniqmaslik, ijtimoiy faollikning yo‘qolishi, atrofdagilarga nisbatan loqaydlikning paydo bo‘lishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog‘lomligiga putur etkazadi. Ishsizlik o‘sishining muqarrar oqibati bo‘lib mamlakatdagi jinoyatchilikning o‘sishi va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, mamlakatdagi ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
3. O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining hozirgi holati tahlili
O‘zbekistonda aholining 60 foizga yaqinini ishchi kuchi resurslari tashkil etadi. Ishchi kuchi resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, mehnat jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadilar. Ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilgan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa mehnat zahiralarini tashkil etadi. Chunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi tarkibiga qo‘shilishlari mumkin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda respublikada ishchi kuchi resurslari soni (2021 yil)
19 007,8ming kishini tashkil etadi (1-jadval).
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida ishchi kuchi resurslarining iqtisodiy faol va nofaol aholiga taqsimlanishi, ming kishi5

Ko‘rsatkichlar


Download 82.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling